"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz
TOGʻLI SARCHASHMANING XONADONLARI NURGA TO‘LDI
Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumani Sarchashma qishlog‘i aholisining elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolari ijobiy yechim topdi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan olis tog‘li hudud iste’molchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida zarur choralar kо‘rildi.
Tafsilotlar “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi lavhasida.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan hududda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari oʼtkazilmoqda.
Viloyatning Sho‘rchi tumanida olib borilgan reyd tadbirlari va aniqlangan qoidabuzarliklar haqida “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali namoyish etilgan videolavhada batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Avval xabar berganimizdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati xodimlarining gender siyosati asoslarini yaratish bо‘yicha xabardorligini oshirishga qaratilgan anjuman-trening о‘tkazildi.
Unda sо‘z olganlar mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng kо‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Batafsil: https://uza.uz
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati
Rasmiy kanallarimiz👇👇👇
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
Пользуясь в повседневной жизни электроприборами, соблюдая их инструкции по безопасному использованию, мы предотвратим возможные неприятные ситуации.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Avval xabar berganimizdek bugun “Hyatt Regency Tashkent”da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Gender siyosati asoslarini yaratish bo‘yicha xabardorlikni oshirish” mavzusida anjuman-trening bo‘lib o‘tdi.
Tadbir tafsilotlari xususida “О‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” dasturida tanishish mumkin.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
SAMARQANDDA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
“Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida hududlarda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, Samarqand shahri Gagarin ko‘chasida yer ostidan yuqori kuchlanishli zaxira elektr uzatish tarmog‘i tortish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Samarqand tumanidagi olis Ohalik mahallasida aholi xonadonlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash uchun qo‘shimcha yangi transformator punkti va 20 ta beton ustunlari o‘rnatildi. Hozirda mazkur transformator punktining elektr uzatish tarmog‘iga yuqori kuchlanishli tarmoq tortish ishlari bajarilmoqda.
Hududlarda bajarilayotgan amaliy ishlar xususida Samarqand televideniyesining “Diyor yangiliklari” axborot dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
YANGI TRANSFORMATOR PUNKTINING MONTAJ ISHLARI BAJARILMOQDA
Farg'ona viloyati Uchko’prik tumanidagi “G’ozig’ijdon” mahallasining elektr ta'minoti yaxshilanmoqda.
Mahalla hududida joylashgan transformator punktiga qo‘shimcha o‘rnatilgan yangi transformator punkti foydalanishga topshirilish arafasida.
Ayni vaqtda yangi transformator punktida yakuniy montaj ishlari bajarilmoqda.
“Farg'ona HETK” AJ matbuot xizmati
Rasmiy kanallarimiz👇👇👇
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Hurmatli fuqarolar!
Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi“ o‘tkaziladi.
Shu munosbat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolardan xonadondagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borishi va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, xonani isitishda gaz plitasidan foydalanmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va ularga gaz jihozlaridan foydalanishga ruxsat bermaslikni sо‘rab qoladi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim tarkibidagi hududiy filiallar va korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filialida joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.
Uch kun davom etadigan malaka oshirishda xodimlar dastur asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish uslublari, korxonada ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish va ularni bugungi kun talablari bilan uyg‘unlashtirish hamda davlat tilida ish yuritish yо‘nalishlarida о‘z bilim va kо‘nikmalarini oshiradilar.
Shu bilan bir qatoda malaka oshirish yakunlariga kо‘ra ishtirokchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ sertifikatlari topshiriladi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
no comment | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonuni:
➖ davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
➖ davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
➖ davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
no comment | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qarorga asosan 2024 yilning noyabr oyi “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilingan edi.
Mazkur oylik doirasida hududlarda prokuratura idoralari hamda ta’minotchi korxonalr ishtirokida amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Guliston shahrida tashkil etilgan navbatdagi o'quv amaliy seminarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya tejamkorlik hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng tadbiq etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishtirokchilariga ma'lumotlar berildi.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari davlat siyosati darajasiga kо‘tarildi. Bugun har qaysi sohaga e’tibor qaratmang u yerda teng nufuzga ega holda mehnat qilayotgan ayollarni kо‘ramiz.
Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda ham bugun erkaklar bilan yelkama-yelka mehnat qilib kelayotgan ayol xodimlar soni – 2 680 ni tashkil etadi.
Batafsil
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Амал_қилинг
❗️Энергия самарадорлиги ва тежамкорлиги учун тавсияларга амал қилинг
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida tashkil etilgan o'quv amaliy seminarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya tejamkorlik hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng tadbiq etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishtirokchilariga ma'lumotlar berildi.
Читать полностью…“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik kо‘rish borasidagi ishlar izchillik bilan olib borilmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Jizzax hududiy filiali axborot xizmati
Rasmiy kanallarimiz👇👇👇
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
Hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarga nisbatan qat’iy choralar ko’rish yuzasidan tungi nazorat tadbirlari doimiy bo’lib o’tmoqda.
Xususan, Energetika xavfsizligi oyligi doirasida “ENERGOSAVDO” Andijon shahar bo'limi va shahar prokuraturasi hamda IIB hamkorligida Andijon shahrida yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini bartaraf etish va qarzdorligi bor ulgurji iste'molchilarni tarmoqdan ajratish borasida nazorat tadbirlarini amalga oshirmoqda.
Shuningdek, ASKUE tizimiga mos elektr hisoblagichlarga tashqi ta'sir ko'rsatilgan hamda aloqaga chiqmaganlari aniqlanib, bartaraf etilmoqda hamda energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha ma‘muriy ish rasmiylashtirilib tadbirkorlik subyektlarida tushintirish ishlari ham olib borilmoqda.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Bugun “Hyatt Regency Tashkent”da “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda Osiyo Taraqqiyot Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Gender siyosati asoslarini yaratish bo‘yicha xabardorlikni oshirish” mavzusida anjuman-trening bo‘lib o‘tdi.
OTBning “Elektr tarmoqlarini raqamlashtirish hamda barqarorligini oshirish loyihasi” ostida “Ekvita” (Italiya) konsalting kompaniyasining Texnik yordami bilan tashkil etilgan tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati, gender tenglik Kengashi a’zolari, hududiy bo‘linmalarning gender tenglik Kengashlari raislari, xotin-qizlar Kengashlari raislari, kadrlar bo‘limlari rahbarlari hamda loyihani amalga oshirish guruh rahbariyati ishtirok etdilar.
Batafsil
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyligi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadoryo hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida tanishish mumkin.
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Energetika_xavfsizligi_oyi
Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda “Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” qo‘shma qarorga asosan 2024 yilning noyabr oyi “Energetika xavfsizligi oyi” deb e’lon qilingan edi.
Mazkur oylik doirasida Toshkent shahrida prokuratura idoralari hamda ta’minotchi korxonalar ishtirokida reydlar tashkil etildi.
#Energetika_xavfsizligi_oyi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston va Ozarbayjon Prezidentlari bilan birgalikda “yashil” energetikani rivojlantirish loyihasiga start berdi
—————
Президент Узбекистана вместе с Президентами Казахстана и Азербайджана дал старт проекту по развитию «зеленой» энергетики
Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan viloyatida mavsumga tayyorgarlik ko’rish, energiya va energiya resurslarini tejash masalalariga e'tibor qaratilib, bu borada samarali ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bu borada viloyatda olib borilayotgan amaliy ishlar xususida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturining lavhasida tanishish mumkin.
Jizzax viloyatida tashkil etilgan i o'quv amaliy seminarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ viloyat hududiy filiali tomonidan 2024-2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya tejamkorlik hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng tadbiq etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ishtirokchilariga ma'lumotlar berildi.
Читать полностью…#Energetika_xavfsizligi_oyi
Korrupsiya haqida xabar bering!
Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:
Ishonch telefoni: +998781507561,
Telegram-bot: @HETanticor_bot ,
Call-markaz: 1154
Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.