hetmuloqot | Неотсортированное

Telegram-канал hetmuloqot - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

76956

"HUDUDIY ELЕKTR TARMOQLARI" AJ Toshkent sh, Osiyo kо‘chasi, 8 Ishonch telefoni: 71 207 23 76 E-mail: info@het.uz Murojaat uchun @HET_admin Call center: 1154 Facebook: facebook.com/hududiyelektrtarmoqlari instagram.com/hududiyelektrtarmoqlari Sayt: het.uz

Подписаться на канал

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Qoraqolpag‘iston hududiy filiali tomonidan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok press tur bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qoraqolpag‘iston hududiy filiali rahbar va mutaxassislari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorini mazmun mohiyati va kelgusida erishiladigan natijalar xaqida OAV xodimlari, jurnalist va blogerlarga ma'lumotlar berildi.

Shundan sо‘ng mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga joriy yilning 1 may kunidan amaliyotga tadbiq etilayotgan aholi iste’molchilari uchun yangi tariflarning elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va NQAT) orqali hisoblanishi haqida tanishtirib o‘tildi.

Matbuot anjumani davomida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Rolik: “Narxlar oshishini Umidaga o‘xshaydigan aholining 75-80 foizi deyarli sezmaydi”

1-maydan elektr energiyasini ishlatganingizga qarab haq to‘laysiz.

Ushbu rolikda Madina va Umida misolida tejamkorlik kamroq xarajatga olib kelishi sodda va tushunarli qilib ko‘rsatib berilibdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan hudud iste’molchilarini elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion
dasturi xabar beradi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Baxshtepa mahallasi iste’molchilari barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanadi

Surxondaryo viloyati Sho’rchi tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan “Obod xonadon-obod ko’cha-obod mahalla” dasturi asosida Baxshtepa mahallasidagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, mahalladagi mavjud quvvati 100 kVA bo’lgan transformator punkti o’rniga yangi quvvati 250 kVA bo’lgan transformator o’rnatilib, 1,5 km yangi havo elektr uzatish tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirildi.

Bundan tashqari 51 dona yangi temir-beton ustunlari o’rnatilib, reja asosida ishlar davom etmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“PAXTAKOR” PODSTANSIYASIDA ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Andijon viloyatida ortiqcha yuklama bilan ishlab kelayotgan kuch transformatorlarini yukini yengillatish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan quvvati 40 ming kVA bo’lgan kuch transformatorlari keltirilganligi to’g’risida xabar berilgan edi.

Hozirda Izboskan tumanida joylashgan “Paxtakor” 110/35/10 kVli podstansiyasiga olib kelingan 2 dona quvvati 40 ming kVA bo’lgan kuch kuch transformatorlarini o’rnatish uchun demontaj ishlari boshlab yuborilgan. Ushbu kuch transformatorlarini belgilangan tartibda o’rnatish va montaj qilish jarayonlarida Xitoy Xalq Respublikasining China TBEA Heng Yang Transformer Co. ltd. kompaniyasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Milliy TV” telekanalining “Gapirmasak bо‘lmaydi” tok-shousida iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#elektr_energiyasini_tejang

ELEKTR ENERGIYASIDAN OQILONA VA TEJAMKORLIK BILAN FOYDALANING

Bugun hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur qila olmaymiz. Deyarli har kuni elektr energiyasidan foydalanar ekanmiz bu ne’matni iste’molimizga yetib kelguniga qadar qanchalar mashaqqatli mehnat va mablag‘ sarf etilishini anglashimiz lozim.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolikda har birimizni elektr energiyasidan tejamkorlik va oqilona foydalanishga undaydi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ tomonidan isteʼmolchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish hamda podstansiya qurilmalarini soz holatda ishlashi uchun yuqori kuchlanishli podstansiyalarda mukammal hamda joriy taʼmirlash, modernizatsiya va qayta taʼmirlash ishlari izhil olib borilmoqda.

Jumladan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ ishchi- hodimlari poytaxtning Mirzo-Ulug'bek hamda Yashnobod tumanlaridagi ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi  110/35/10 kVli «Tuzel» podstansiyasida mavsumiy mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirilmoqda.


«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MChJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Nimstansiyalarda yangi kuch transformatorlari o’rnatilmoqda

Batafsil: https://uza.uz/posts/587218

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Joriy yilda Samarqand viloyatining elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida qanday loyihalar amalga oshiriladi?

"Viloyatda elektr ta’minotini yanada yaxshilash borasida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar va joriy yilgi rejalar” mavzusida o‘tkazilgan navbatdagi matbuot anjumanida shu kabi savollarga batafsil javob berildi.

Bu haqda Samarqand televideniyasining “Diyor yangiliklari” axborot dasturi orqali efirga uzatilgan lavha orqali tanishishingiz mumkin.


Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Farg‘ona hududiy filiali tomonidan Toshloq tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi xabar beradi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

CHILONZORDA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ tomonidan poytaxt iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ayni vaqtda Chilonzor tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan tumanning “Do`mbirobod” mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida havo tarmogidagi eski simlar olib tashlanib o`rniga yangi SIP rusumidagi elektr uzatish kabel tarmoqlariga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, ishchi–xodimlar tomonidan salqi simlar tarangligini tortish, avariya holatdagi tayanchlarni ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Madaniyat va Ma’rifat” telekanalining “Agar” tok-shousida iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

NAMANGAN VILOYATI ISTE’MOLCHILARINING ELEKTR TA’MINOTINI YANADA YAXSHILASH MAQSADIDA 40 MING KVALI 5 TA KUCH TRANSFORMATORI OLIB KELINDI

Namangan viloyatidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarining elektr taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida har birining quvvati 40 000 kVA bo‘lgan 5 ta kuch transformatori olib kelindi.

Shuningdek, yaqin kunlarda viloyatga yana 1 ta 40 000 kVAli hamda 63 000 kVAli 2 ta kuch transformatori olib kelinishi rejalashtirilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialiga yetkazib berilayotgan mazkur transformatorlar Kosonsoy, Davlatobod, Chortoq hamda Chust tumanlaridagi podstansiyalarga o’rnatiladi va montaj qilinadi.

Buning natijasida viloyat iste’molchilarining elektr ta’minotini yanada yaxshilashga erishiladi.


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"YASHIL MAKON" LOYIHASI DOIRASIDA О‘TKAZILGAN KО‘CHATLAR PARVARISHLANMOQDA

"Yashil makon" loyihasi doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filialiga Pop tumanida joylashgan “Orom” hududiga manzarali kо‘chatlar ekilgan edi.

Ayni vaqtda bu yerda katanpa, archa, klyon, qayrag‘och, sosna kabi 1000 dan ortiq kо‘chatlar parvarish qilish ishlari olib borilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev yoqilg’i-energetika sohasida bozor mexanizmlari joriy etishga bag‘ishlangan “O‘zbekiston 24 ” telekanalining “Studiya 24” dasturida bugungi kunda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, iste’molchilarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash borasida ko‘rilayotgan keng kо‘lamli chora-tadbirlara tо‘xtalib о‘tdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“G‘ARBIY” PODSTANSIYASIDA YANGI TRANSFORMATORLARNI O‘RNATISH ISHLARI BOSHLANDI

Iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Samarqand viloyatida ham ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan podstansiyalarning quvvatini oshirish uchun yuqori quvvatdagi yangi transformatorlar olib kelinganligi xususida xabar bergandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yetkazib berilgan 2 dona 40 ming kVA yangi kuch transformatorlari Samarqand shahridagi “G‘arbiy” podstansiyasida o‘rnatilishi belgilangan.

Ayni kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali hamda Xitoy Xalq Respublikasidan kelgan mutaxassislar tomonidan ushbu transformatorlarni o‘rnatish va montaj ishlari boshlab yuborildi.

Mazkur yuqori quvvatdagi transformatorlarning o‘rnatish ishlar yakunlangach, Samarqand shahridagi 50 mingga yaqin aholi va 5 dan ziyod ulgurji iste’molchilarning elektr ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16 aprelda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror ilovalari bilan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bor gap” tok-shousida iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Samarqand hududiy filiali tomonidan Toyloq tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi xabar beradi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan Kasbi tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash hamda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash bo‘yicha “Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jarayonlar bilan “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturi xabar beradi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#challange #xon_atlas

Joriy yilning 8-14 aprel kunlari respublikamizda atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari targ‘ib etish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “Xon atlas 2024” milliy festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tashabbusni qо‘llab-quvvatlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ hamda uning tarkibiy korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar ish joylarida atlas, adras kabi milliy liboslarda bо‘lib, milliy an’analarimiz boqiyligi va ulug‘vorligini namoyish etishmoqda.

Ushbu haftalik doirasida о‘tkazilayotgan turli fleshmoblar, milliy liboslar namoyishi va chellenjlarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xotin-qizlari faol ishtirok etib, bu tashabbusni ular ko‘tarinki kayfiyatda o'tkazdilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

AZIZ VATANDOSHLAR!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ jamoasi barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu ulug‘ kunda Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Mohi Ramazonda qilingan barcha ezgu niyat va duolar ijobat bo‘lsin!

Yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin! Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

***

ДОРОГИЕ СООТЕЧЕСТВЕННИКИ!

Коллектив АО «Региональные электрические сети» поздравляет всех наших соотечественников со священным и светлым праздником — Рамазан хайит!

В этот священный день желаем Вам здоровья, благополучия, счастья и достатка вашим семьям. Пусть сбудутся все добрые пожелания и молитвы совершенные в дни священного Рамазана!

Пусть всегда в нашей стране царит мир, будет чистым небо над нашей Родиной!

С праздником Рамазан хайит!

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

AMIR TEMUR AVLODLARIMIZ.

Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyati Namangan hududiy filialida an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "Ma'naviyat soat"lari filialidagi xodimlar uchun doimiy yangiliklarga boy va muhim sanalarga bag‘ishlangaligi bilan e'tiborlidir.

Navbatdagi ma'naviyat soatining mavzusi sifatida, bizning buyuk ajdodlarimizdan biri, sarkarda, davlat arbobi, o‘z saltanatidagi boshqaruv san'ati bilan butun olamga xaligacha doston bo‘lib kelinayotgan Amir Temur bobomizning hayot yo‘llari va bizgacha qoldirgan saboqlari haqida bo‘ldi.

Barcha yig‘ilganlar, o‘zlari uchun kerakli tushuncha va bilimlarni olishdi.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Milliy TV” telekanalining “Gapirmasak bо‘lmaydi” tok-shousida iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

ELEKTR QURILMALARINI EKSPLUATATSIYA QILISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARI BO'YICHA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Barcha sohada xavfsizlik qoidalari boʼlgani kabi energetika sohasida ham “Xavfsizlik texnikasi qoidalari” tushunchasi mavjud boʼlib, ishni xavfsiz bajarishda inson hayoti birinchi oʼrinda turadi.

Ushbu masala yuzasidan "Buxoro hududiy elektr tarmoqlari" AJ Shofirkon elektr taʼminoti korxonasida o‘tkazilgan seminarlarda batafsil toʼxtalib oʼtildi. Tadbirda elektr taʼminoti korxonalari bosh muhandislari va ustalari ishtirok etdi.

Bu haqida tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Seminarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati yetakchi muhandisi Sherzod Safarov soʼzga chiqib 2024 yilning oʼtgan davrida tizimda sodir boʼlgan baxtsiz xodisalarni tahlil qilib, ularning kelib chiqish sabablari, yoʼl qoʼyilgan qoida buzilishlar toʼgʼrisida atroflicha toʼxtalib oʼtdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

Diqqat, tanlov: Energetika vazirligi markaziy apparatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya samaradorligi va energiya auditi boshqarmasi boshlig‘i

Investitsiyalar va istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

▪️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Arizalar 2024-yil 8-aprel kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Murojaat uchun
bot — @vacancy_argos_bot

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

PAXTAKON MAHALLASIDA TARMOQLAR YANGILANMOQDA

Isteʼmolchilarning energiya resurslariga oʻsib borayotgan talabini taʼminlash va elektr tarmoqlarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida, Sayxunobod tumanidagi mahallalarda mavjud transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan Sayxunobod tumani "Paxtakon" mahallasida 81 dona 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog`idagi eskirgan sim yogʻochlar oʻrniga, yangi temir-beton ustunlari oʻrnatish ishlari borilmoqda.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

#radio_tolqinlarida

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan о‘tgan yilda past kuchlanishli elektr tarmoqlarida olib borilgan modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari, iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashda erishilgan yutuqlar, joriy yilga belgilangan vazifalar haqida Jamiyat matbuot kotibi F.Nuraliyev hamda Yig‘ma axborot-tahlil va strategik rivojlanish departamenti direktori o‘rinbosari Z. Xojimurodov ishtirokidagi intervyu “O‘zbekiston 24” radiokanali orqali efirga uzatildi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot

XAVFSIZLIK VA MAS'ULIYAT MUHIM AHAMIYATGA EGA

Barcha sohada xavfsizlik qoidalari boʼlgani kabi energetika sohasida ham “Xavfsizlik texnikasi qoidalari” tushunchasi mavjud boʼlib, ishni xavfsiz bajarishda inson hayoti birinchi oʼrinda turadi.

Ushbu masala yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filialining Nurota, Navbahor Karmana, Xatirchi tuman hamda Navoiy shahar elektr taʼminoti bо‘limlarida о‘tkazilgan seminarlarda batafsil toʼxtalib oʼtildi. Tadbirda elektr taʼminoti korxonalari bosh muhandislari va ustalari ishtirok etdi.

Seminarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati yetakchi muhandisi U.Xolmatov soʼzga chiqib 2024 yilning oʼtgan davrida tizimda sodir boʼlgan baxtsiz xodisalarni tahlil qilib, ularning kelib chiqish sabablari, yoʼl qoʼyilgan qoida buzilishlar toʼgʼrisida atroflicha toʼxtalib oʼtdi.

Seminar yakunida xodimlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga toʼlaqonli javob oldilar.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

Читать полностью…
Подписаться на канал