hazratikursdosh | Неотсортированное

Telegram-канал hazratikursdosh - Hazrati Kursdosh | X

8305

⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz! ⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling! ⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive 📍Murojaat: @jonikuyarbot

Подписаться на канал

Hazrati Kursdosh | X

— Nega ikkinchi bolangiz nimjon?
— Bolaligida sutimga suv qoʻshib ichardi, foydakash tushmagur.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Bir qaynovi ichida

— Xotin, bolang qani?
— Ertalab internetga kirib ketuvdi, haliyam chiqqani yoʻq.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Bir qaynovi ichida

— Bordi-yu, bir pochka dollar topib olsang, birinchi oʻrinda nima qilar eding?
— Qarzlarimni qaytarar edim.
— Qolganini-chi?
— Qolganlar sabr qilib turishadi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Bir qaynovi ichida

— Bir pochka dollar topib olsang, nima qilasan?
— Umid qilma!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Texnologiyalarni ko'rsatsa — texnobloger, ekologik muammolarni ko'tarsa — ekobloger. Lekin molbozorda mollar qolib, odamlarni "syomka" qilib yurgan blogerlar nima deb atalishini bilolmayapman.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Kanalimizning aziz oʻquvchilari, bugun men sizlarga bir sirni ochishga majburman. Endi buni sizlardan yashirolmayman. Bundan buyogʻiga bekitishning ham foydasi yoʻq. Temirni ham qizigʻida bos, deganlar. Buni ochiqlashning fursati yetgan koʻrinadi. Men ajdaho jangchisiman.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#nasihat
— Xotin semirsa, erning yaxshiligidan biling. Er semirsa, xotinning.
— Men ham semirib ketyapman. Lekin boʻydoqman-ku?
— Sen kasalsan, uka.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Xat-savodi joyida, jamoaga tez moslashadigan, kirishimli va harakatchan, yangilik yaratishga ishtiyoqi baland, qobiliyatli, bilimli hamda vatanini sevadigan nomzodlar boʻlsa, ishga taklif qilamiz. Rus va ingliz tillarini bilish xodimga ustunlik beradi.
— Nima ish qilasizlar, aka?
— Savodlini besavod, muomalasini mol qilib, ishtiyoqini oʻldiramiz. Bilimiga tupurib, boshliqni sevdiramiz. Aytagimizni qildirib, tuppa-tuzuk qul qilamiz.
— Rus va ingliz tilini bilsachi?
— Har qanday tilda sindiramiz!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#tavsiya
Hayotingni tartibga solishni o‘z shikafingdan boshla! 😉

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Darslar tugab, ezilgan kayfiyatda sekin-asta sudralib ijara uyiga qaytgan ikki boʻydoqning yuvilmagan idishlar, sovuq va toʻzigan xonasiga qarab bir-biriga soʻzlab turgan joyi:

Shaharlik:
Kelganingda choy damlab, kutib oladigan, kastumingni kiydirib, galstugingni to'g'rilab, oʻqishga jo'natadigan bir mehribon insoning bo'lmasa qiyin ekan.

Qishloqlik:
Seni oʻqishga kuzatgach, belni mahkam bog'lab, o't o'rsa, sigir-buzoq qo'y-qo'zilardan xabar olsa, sigir sog'sa, tappi qilsa, non yopsa, yer chopsa, kirlarni yuvsa, dazmollasa, ovqat qilsa...

Shu payti hammomdan ovoz keldi:
— Oxx... Shunday bir yor istaydi bu ko’ngil...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#xayoliy
Bir necha yil avval xayrlasharkanmiz "Sen ayrim davlatlarning siyosatiga o'xshaysan", degandim. Indamagandi. Yaqinda shu gapim uchun shaxsiydan ikki varaqlik haqorat yozib, bloklabdi.

O'shanda oddiygina qilib "beqarorsan" desam bo'lmasmidi-ya.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Facebook ishlatadiganlar tushunadi

Xullas, mumba-yumba qabilasidagi yurist opa feysbukdan yozdi. Bir familiyadoshimdan qanchadir million qolibdi, shuni olib maydalavorsammikan.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Qaniydi mening katta bir samolyot sotib olishga yetadigan pulim bo‘lsa!
— Samolyotni nima qilasan?
— Hech nima. Men faqat shuncha pulim bo‘lsa edi, deyapman.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Talaba shifokor qabulida:
— Doktor, oʻpkamda muammo bor.
— Sigaret chekib turasizmi?
— Ha, lekin foydasi bo‘lmayapti.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Xayli kun, jigarlar!

P.s: kimga joʻnatishni oʻzingiz bilasiz.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Dadasi, sizga yangiligim bor. Biz yaqinda koʻpayishamiz!
— Yoʻgʻ-e, men yana ota boʻlamanmi. Bu qanday baxt!
— Yoʻq, onam biznikiga koʻchib kelmoqchi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Noqulay vaziyat

Ikkita joʻra va ikkita dugona bir vaqtda dorixonaga kirib qolibdi. Yigitlar qizlarni hurmat qilgan holda yoʻl beribdi. Qizlar ham erkaklardan oldin boʻlmaylik, deb ulardan keyinga oʻtibdi. Shu zayilda oradan 3-4 daqiqa oʻtsa hamki, ularning hech biri — yigitlar ham, qizlar ham sotuvchiga murojaat qilmasmish. Tugadi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Talaba shifokor qabulida:
— Bilasizmi, doktor, men doim ertalab turishim kerak vaqtdan ikki-uch soat keyin turaman. Oʻqishga kechga qolaverib, dekanimdan rosa gap eshityapman. Iltimos menga barvaqt turishimga yordam beradigan dori yozib bering!
Shifokor kerakli dorilar roʻyxatini yozib beribdi.
Talaba yotoqqa qaytib, dorilarni ichgacha, uyquga ketadi. Uygʻonganida soat 6.30 ni koʻrsatardi. U hursand boʻlib, oʻqishga hammadan oldin borib, dekani kelgach, oldiga kirib, maqtana ketibdi:
— Endi mendan havotir olmang, shifokor menga barvaqt uygʻonadigan dorilar yozib berdi.
— Juda yaxshi. Biroq, kecha nega oʻqishga kelmading?

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

U tushunarsiz odam edi. Lablari qancha katta boʻlsa, pomadaga pul shuncha koʻp ketadi, derdi. Aytganida turib, labi kichkinasiga uylanib ketdi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Super-kontraktlarga jo‘natamiz. 😁

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Arsenal 5:1 Man siti (beshga bir)

“Man Siti” Husanov bilan — 1 ta gol oʻtkazdi. “Man Siti” Husanovsiz — 5 ta gol oʻtkazdi.

P.s: shuning uchun, hech boʻlmasa bitta tahoratli oʻyinchini asosiy tarkibga qoʻshish kerak edi, Pep!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#oyina
Men xoinman

Oilam, xotinim va farzandlarimga har kuni xiyonat qilaman. Ishdan uyga kech kelaman. Xotinim bilan gaplashish oʻrniga ovqatlanaman, farzandlarim bilan oʻynashni oʻrniga uxlayman. Har kuni shunday — ularning haqqiga xiyonat qilib yashayman.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#news #xabarlar
Iskandarning shoxi borligini videoga olib tarqatib yuborgan shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan ish qo'zg'atildi va bu sirni oshkor qilish quroli hisoblangan nay tegishli tartibda musodara qilindi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Latifani dodasi 🤣

Bir erkakning ikkita xotini bor ekan. Ammo ikkala xotini ham bu haqda mutlaqo bexabar ekan. Bir kuni o‘sha odam ikkala xotinini ham birga, bitta joyga dam olishga yuboribdi. Dam olishga borgan ayollar hech narsadan bexabar, bir-birlari bilan yaqin dugona bo‘lib qolishibdi, birga suratlarga tushibdi. Dam olishdan qaytgach, eri birinchi xotinini oldiga borib:⠀
— Xo‘sh, qanday dam olding, kimlar bilan tanishding, — deb so‘rabdi.⠀
Shunda xotini:
— Maza qilib dam oldim. Bir ayol bilan tanishdim, — deb erining ikkinchi xotinini rasmini ko‘rsatibdi.
— Lekin, judayam yengiltak ayol ekan, har kuni har xil erkaklar bilan yurdi-ya, — debdi birinchi xotini.
Bu gaplardan g‘azablangan er ertasi kuni ikkinchi xotinining oldiga borib, u ayoldan ham gapirib berishini so‘rasa, ikkinchi xotini shunday debdi:
— Dadasi, ....davomi👈😂

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Tasavvur qiling, bir toʻda balo-qazolar siz tomon bostirib kelyapti. Sizning esa yoqangizda qalampirli koʻzmunchoqcha taqilgan. Tamom. Balo-qazolar sardorining koʻzi qalampirchaga tushadi-yu, safdoshlariga chekinishni buyuradi. Milliy antiseptik gʻolib boʻladi.

@janobsatirik

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Azizim, shoirona gaplarga osh pishmaydi…

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Jigarlarim, talabalar uchun ijaraga oson kvartira yoki kvartiraga sherik topish uchun @Maklersiz kanalimiz tinmay xizmat qilyapti.

Kanalga e’lon beruvchilardan hech qanday pul olinmaydi, tekin. Eng muhimi, makler aralashuvisiz munosabatlar oʻrnatiladi. Albatta, ijaraga turuvchi ham, qoʻyuvchi ham bundan minnatdor, oʻz maqsadiga osongina erishmoqda. Biz ham bundan xursandmiz.

Kelinglar, talabalar, oʻzimiz shu kanalimizni oʻzimiz uchun ommalashtirib, qamrovni yanada kengaytiraylik. Makler va shunday kanallarga falon pul bergandan shunisi yaxshi.

Barchasi talabalar uchun! Biz sizga yaxshi boʻlishlik uchun harakatdamiz. Siz bizga emas, hech boʻlmasa oʻzingizga yaxshilik qiling.

Kanal: @Maklersiz

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Ishxonani uy qilib olgan boshliqlar haqida

— Mana, bir oy ta’tilda toʻyib-toʻyib oldingiz, ayasi. Ruxsat bersangiz, endi ishlasam.
— Ruxsat, faqat uyga ertaroq keling.
— Yana shunday deydi-ya! Ishlagani qoʻyasanmi oʻzi?
— Meni deb kelmasangiz-da, bolalaringizni deb keling.
— Seni boshligʻimning xotini bilan tanishtirib qoʻyaman.
— Nima qilaman tanishib. Odam quribdimi?!
— Obbo, xotin tushmagur, hamma narsaga yetgan aqling, shunga kelganida oqsadimi?
— Sahal bunday ochib gapiringda, kanalingizga post yozmayapsiz-ku! (Improvizatsiya)
— Boshliq uyiga qancha erta ketsa, men ham shuncha erta kelaman-da!
— Ha, tushundim. Boplaymiz buni. Yangamni raqamini bering.
— Shu ishni qoyillatsang, seni butun ishxona boʻlib duo qilamiz, xotin!

Soʻngsoʻz oʻrnida: Bir xotinning hiylasi qirq tuyaga yuk boʻladi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Soch oldiryapman. Penalti tugadi. G'alaba-a-a!.. Sartaroshning ishontirishicha, bitta quloq bilan ham bemalol yaxshi eshitish mumkin ekan...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Yemitlar

Xabaringiz bor, ayrim past-baland sabablarga (arzimasa ham!) ish joyimni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelib qoldi. O‘zimga va imkoniyatlarimga mos ish qidirib bir nechta tashkilotlarga suhbatga bordim.

Kuzatdim, ko‘rdim, o‘rgandim, surishtirdim, bildim, shartlashdim, xulosa qildim. Shular barobarida har bir tashkilotda "yemitlar" borligiga guvoh bo‘ldim. Izoh: yemitlar — hech bir ish qilmay, ish bermay davlatning pulini yeb yotganlar.

Xususiy sektorlarni bilmadim, ammo davlat tashkilotlarida xodimlar va rahbar lavozimlarini qunt bilan ko‘rib chiqish kerakka o‘xshaydi. Zero, davlat ishi, jamiyat taqdiri o‘yinchoq masala emas. Ayrim shunday tashkilotlarda keraksiz xodim-u butun boshli jamoalar "faoliyat olib" bormayapti, deb bo‘lmaydi. Eng qizig‘i, ularga Siz — mehnatsevar, bilimli, talabchan va vatanparvar xodim "keraksiz" hisoblanadi.

Bunday jamoalarda rahbar o‘zidan aqlli xodimni ishga olmaydi. Ishxona esa o‘sha no‘noq (shaksiz) rahbarning saviyasidan nari-beri depsinib turaveradi. Ko‘p joyda "kadrlar masalasi" deganda birinchi o‘rinda xodimlar taqdiri ko‘riladi. Aslida, rahbar lavozimlarini dastlab ko‘rib chiqish maqsadli bo‘lar-ov. So‘roqda boshqarilmaydigan xodim emas, boshqarolmaydigan rahbar tamoyilini ilgari surishimiz kerak.

Mutaxassis va nomutaxassislik masalasi ham juda og‘riqli muammo. Masalan, deylik siz nomutaxassilik bo‘yicha rahbar lavozimiga tayinlangansiz, mutaxassisga qay darajada to‘g‘ri topshiriq bera olishingiz mumkin? Berdingiz ham deylik, uni qanday tekshirasiz? Salohiyatli bo‘lgan taqdiringizda ham shu kamtik bilinib qoladi. Bu esa ish samaradorligi muvozanatini buzadi.

Bularga (mutaxassis bo‘ldi ham, mayli) boshqaruv no‘noqligi qo‘shilganda nima bo‘ladi? Natijada hech kim o‘z ishi bilan shug‘ullanmaydi: dasturchi hisobot (matn) tayyorlaydi, musahhih koderlik bilan shug‘ullanadi (masalan). Zotan, topshiriq shunday bo‘lgan.

Yana bir gap. Jamoaviy ishda "yakkalik" degan tushuncha yo‘q. Oxirgi xodimgacha birlik, bir xil ish ko‘rilishi lozim. Bilimida ham, saviyasida ham, boshqasida ham. Aravani 5 nafari oldinga itarib, 1 nafari orqaga tortsa ham bo‘lmaydi. O‘zim bularni jamaoani ishlatib, boshqarib ko‘rgan xodim sifatida aytyapman.

Davomi bor...

@hazratikursdosh

Читать полностью…
Подписаться на канал