⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz! ⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling! ⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive 📍Murojaat: @jonikuyarbot
E'lon
Bir qarich til, bir vagon dux, bir kamaz vijdon, bir tonna mardlik, bir uy halollik, birmuncha farosat va aql-zakovat sotiladi. Hali umuman ishlatilmagan. G'urur va or-nomusni esa alohida kelishtirib beramiz. Ot bilan tuya bo'larmidi, keling!
Komment:
— Sotqinlik, qarsakbozlik, laganbardorlik, o'g'ri-kazzoblik va hokazolar bormi?
— Bor, tonna-tonna. Ularni o'zimiz ishlatyapmiz, sotilmaydi!
@hazratikursdosh
Bir qaynovi ichida
Kechasi telefonimni yuzda ochadigan qilib kodlagandim. Ertalab tursam tanimayapti.
@hazratikursdosh
#14yanvar
Xudoga shukr, uchta barsetkam bor. Ularning ikkitasini hali ishlatganim yoʻq. Paypoqlarim esa yil oxirigacha yetadi. Bokal borasida kolleksiya qilganman. Kitob javonimda kitob qoʻygani joy qolmagan. Kamar va boʻyinboqlarim sonmingta. Yondaftarlarim shunaqangi koʻpki, hatto sotuvga chiqarsammi deyapman. Atir, dezodorant va qolgan barcha yuvinish-taranish vositalarim joyida. Bu borada oʻzimga qarab yuraman. Qoʻl soatga keladigan boʻlsak, har soatda yangisini taqaman. Nima deysiz? Ha, ulardan ham mnogo, almashtirib kiyishga.
@hazratikursdosh
14-yanvar hazillarini ochiq deb e’lon qilsak ham boʻlar)
@hazratikursdosh
Hazrati Kursdosh auditoriyasini kengaytirishda hissangizni qoʻshasizmi?
Yana bir masalada bosh qotib turibdi. Bilsangiz qaytishimiz bilan yangi proyektlar haqida gap ochgandim. Ana shularni boshlash va yuritish uchun auditoriyamiz kichiklik qilyapti. Bu turishda hech biri natija bermasligi tayin.
Shu bois oldingizdan oʻtmoqchimanki, asosiy kanalimizni rivojlantirish uchun, hech yoqtirmagan ishim, donat qilishni boshlasakmi, deb qoldim.
Oldindan aytib qoʻyay, buning yomon tomoni yoʻq ekan, oʻrganib chiqdim) Ijodkorni qoʻllab-quvvatlash va bu orqali loyihalarni amalga oshishida hissa qoʻshishingiz mumkin boʻladi. Albatta buni foydali deb bilsangiz.
Fikrlaringiz muhim. Shunga qarab tashkil qivorovuz. Yoki aksincha) Bunda ikkita kursdosh yoki tanishingizni chaqirib kelsangiz ham katta gap.
P.s: qanday davrlar ediya, degan musiqa fonida oʻqilsin. ✊😁
@hazratikursdosh
Toshkentning asosiy koʻchalari bo‘ylab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy boʻlinmalarining marsh yurishlari boʻlib oʻtyapti ekan.
Tinchlik davrida ham bunaqa chiqishlar albatta boʻlib turishi kerak. Shundagina ayrim davlatlarning fitnachi vakillari gaplarini oʻylab-oʻylab gapiradigan boʻladi.
#milliyarmiya
#uzarmy
#QurolliKuchlar
@hazratikursdosh
Qizlarimizni erta yoki kech turmushga chiqarish boʻyicha fikrlarim bor. Ularni sal kengroq yozishga harakat qilaman. Hozir esa birinchi xonimni mazgisini qotirib kelaman. Qayoqqa qarayapti u, bir ming nechchi boʻlib, ikki ming nechchilarni 3 talab bolasi boʻlsa. Ayasi, biyaxking qani!..
@hazratikursdosh
Ikkita 2004-yil jiyanim bor. Sovchilar ikkisiga ham bosib kelyapti. Ularam oʻylab oʻtirmay bosib qaytaryapti. Bu yoshdagilar qiz chiqaryapti uji, deb eshitdim. Hozir ikki ming nechchilar trendda oʻzi?
@hazratikursdosh
Vaqt
Ayam “Atashkam” deb chaqirsa, “Ha” debman. Oʻgʻlimni chaqirayotgan ekan. Menga ham bolaligimda shunday deb erkalab murojaat qilardi…
@hazratikursdosh
Hisoblab chiqdim, 10 yil davlatimiz uchun jonimizni jabborga berib, mahkam ishlabmiz. Endi shaxsiy rivojlanish uchun harakat qilib koʻrsak, haqqimiz bordir?..
Bu kam vaqt boʻlib koʻrinishi mumkin. Har holda hech kimning, na davlatning va na bir kimsaning haqqiga xiyonat qilmasdan bu davrni bosib oʻtdik. Vijdonan ishladik, maoshimizni halollab oldik. Boshqa jihatdan esa, hech kimga paxta qoʻymadik, laganbardorlik qilmadik, muhimi – sotmadik.
Oʻqirmanlarga ochigʻini aytsam, qanchalik istamay, davlat ishidan ma’lum vaqtga oʻzimni cheklamoqni oʻylab turibman. Toʻgʻri, davlat ishida ishlab turib ham shaxsiy rivojlanishni amalga oshirsa boʻladi. Lekin xarakter qoʻymaydi. Ishmi, buni yuz foiz rejimda bajarishim, boshqa narsalarga chalgʻishim kerak emas. Shundagini tizimda yaxshiroq natija bera olaman. Balki bu axmoqlikdir, qaydam. Ammo shundayman.
Tarif sizga toʻgʻri kelib qolsa koʻnglingizga olmang-u, ma’lum ishxonadan foydalanib, asosan, ish vaqtida shaxsiy manfaati uchun harakat qiladiganlarni uncha yoqtirmaganman. Ayniqsa, u oʻz ishi bilan yurganida, uning vazifasi ham kimgadir qoʻshimcha yuklatilganida. Jamoamda boʻlsalar, buni oʻzlariga ochiq aytganman. Aslida, bir tomondan ular toʻgʻri qilishadi.
Hozirgi yozganlarim qanchalik gʻalati tuyilmasin, bu masalada mustahkam pozitsiya va aniq prinsiplarim bor. Maqsadga erishish uchun, balki, ish joyi va yoʻnalishni shunchaki almashtirgan ma’quldir. Aslida, shunday ham boʻldi. Qolganini yanayam Tangrim biladir.
@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, uxlasangiz boʻlmaydimi?
— Kunduzi postlarni oʻqish uchun birni bosing!
@hazratikursdosh
Ertalab turib kanalga kirganlar:
— Hazrati Kursdosh yangi yilni yuqori startda boshlabdimi?
— Hazrati Kursdosh bayram kechasi rosa tortibdimi?
— Hazrati Kursdosh nihoyat avjiga chiqa boshladi.
— Hazrati Kursdosh podyezda qolib ketganga oʻxshaydi.
— Hazrati Kursdoshni bollari kech uxlabdi-yov.
— Hazrati Kursdoshga kecha va kunduz haqida tushunirish ishlari olib borilsin va hk.
@hazratikursdosh
Sababchi boʻlib qolganimizdan xursandmiz. Vaqti-soati yetib Vatanga, oila bagʻriga toʻlib-toshib, sogʻ-salomat qaytish nasib qilsin.
@hazratikursdosh
Xoʻsh. Landi-landi – katta oʻyin boshlandi!
@hazratikursdosh
Bir xodim Samarqanddagi oddiy ishidan Toshkentga jiddiy tashkilotga ishga o‘tyapti ekan. Borishidan oldin yangi ishxonasidagi tanishiga qo‘ng‘iroq qilibdi.
— Mahallani xotinlari nima deyapti, chamadonlarimni yig‘ishtiraveraymi?
— Mahallani xotinlari bilan ish qilmayman-u, lekin siz kelayotgan lavozim egasi o‘z xohishi bilan ishdan bo‘shadi.
— Gaplaringizni uncha tushunmadim. Mayli, yo‘ldan ul-bul olaymi?
— Siyob bozoriga kirib uch-to‘rt xil vazelin oling. Sizga hali ko‘p kerak bo‘ladi...
— Nima, Toshkentda qimmat boʻlib ketdimi?
— Qimmat emasku-ya, shunchaki yangilarni boshida sal avaylashadi, yana oʻzingiz bilasiz.
— Baribir tushunmadim?..
— Mayli, qoʻyavering. Balki oʻrganib ketarsiz…
@hazratikursdosh
— Hazrati Kursdosh, avvallari talabalar hayotidan bir-bir dolzarb muammolarni olib chiqardingiz?..
— Bormi og'riq?
@hazratikursdosh
Bir qaynovi ichida
— U qanday odam edi?
— Pasportiga chiroyli rasmga tushgan kam sonli odamlardan edi.
@hazratikursdosh
#14yanvar
Ma’lumot oʻrnida, oʻzimga 2025-yilning barcha fasllari uchun yetadigan paypoqlar sotib olganman.
@hazratikursdosh
Eshitdinglarmi, Hazrati Kursdosh uyalmasdan talabalardan pul soʻrayotganmish, degan mish-mish tarqalmadimi hali? ✊😂
@hazratikursdosh
Hamma oʻqishga qaytgan boʻlsa, @Maklersiz kanalimiz faoliyat olib borayotganini mamnuniyat bilan eslatmoqchiman.
Kanal talabalar uchun maklersiz, hech qanday haqsiz kvartira topish uchun moʻljallangan. E’lon berish ham teppa tekin.
Oʻzingizga kerakli kvartirani hamyonbop holda tez va oson topish uchun ham kanalni ommalashtirish kerak. Hech qanday manfaat koʻzlamaganimiz bois bunda yordam bersangiz boʻladi.
Yashasa talaba yashasin!
@hazratikursdosh
Bir nimaga bosh qotib qoldi. Oshga goʻsht uchun tuxum qoʻymaydigan dakang tovuqni soʻysammikan yoki tuxum qoʻyadigan oddiy tovuqni?
@hazratikursdosh
2004-yillarni ikki-uchtadan bolasi borligi, 1997-yillar quda boʻlib qolganiga qaraganda, qizlarimizni oxirgi imtihonidan chiqarib, maktabdan toʻppa-toʻgʻri toʻyxonaga olib ketishayotgan ekanda!?.
@hazratikursdosh
Ikkilanib qoldim. Men uchun ayamni oshiga teng keladigani yoʻq. Lekin qaynonam ham oshni boplab tayyorlaydi. Koʻp chaqirib turadi. Ammo bittasini zoʻr deb tan olishim kerak. Qiyin vaziyat, birinikini tanlasam biri xafa boʻladi. Ikkisi ham baxtimizga sogʻ-salomat, bardam-baquvvat boʻlib, yayrab-yashanb yursin. Osh bilan siylagan qoʻllari dard koʻrmasin. Xullas mening tanlovim: Ayamlarni oshiga teng keladigani yoʻq! ✊😁
@hazratikursdosh
Olivye bilan bayram torti tugagan boʻlsa, sekin qaytsak ham boʻladi, jigarlar. ✊😁
@hazratikursdosh
— Oʻgʻlim, singling boʻlishini xohlaysanmi?
— Ha, xohlayman. Buning uchun nima qilishim kerak?
— Hechnima, shunchaki buni ayangga ham ayt.
— Aya, singlim boʻlishini xohlayman.
— Bolam, seni bunaqa kech uxlashingda hali beri xohishingni bajarolmaymiz-ov.
— Dada?
— Bilmadim, oʻzlaring kelishib olinglar. 😂
@hazratikursdosh
Bir qaynovi ichida
— U nega buncha kech uylandi?
— Ilonlardan oʻlgudek qoʻrqardi.
@hazratikursdosh
Oʻtgan yillar davomida boʻydoqlarni uylash uchun ozmi-koʻpmi ter toʻkib, birmuncha say-harakatlarni amalga oshirganimiz bor.
Bunda ezgu niyatlarga tilakdosh boʻlganimiz ayon. Boshqa tomondan esa kanalimiz kuzatuvchilari bittaga ortishini xohlagan edik, desam. Chindan ham er-u xotin birgalikda oʻqib borishsa, qanday goʻzal?..
Lekin bularni uylab baraka topamanmi, desam choʻgʻi battar boʻldimi, deb qoʻrqamanda. Oila qurgandan keyin kanal oʻqib oʻtirishga vaqti boʻlmasligini hisobga olmagan ko’rinamiz.
Reaksiyalar ham haminqadar. Shunga kechasi post qilyapmanki, baribir turishadi. Ayniqsa ikki-uch yoshli farzandi borlar. 😉
P.s: xayolni boʻlmay bosamiz, jigarlarim. Kanalimizda barchaga birdek sharoitlar bor. Siz bizga emas, biz sizga moslashamiz. Ahayt!
@hazratikursdosh
Aytganday, bu yil ilon yili ekan. Shu munosabat bilan barcha xotin-qizlarimizni chin yurakday tabriklayman. Sizlarga uzoq-umr, sihat-salomatlik, oilangizga baraka tilayman.
P.s: Boʻydoqlar, boʻldi endi birortasiga chaqtiring. Hechqisi yoʻq, ozroq ogʻriydi xolos. Keyin oʻrganib ketasiz. ✊😂
@hazratikursdosh
Bir qaynovi ichida
— O'g'lim, uxladingizmi?
— Ha, dadajon.
@hazratikursdosh
Oʻylab qarasam, 2024-yil hisobida oʻzim uchun koʻzga koʻrinarli ishlar qilmabman. Yil men uchun bir chiziqda oʻtgandek. Boʻlgan boʻlsa bordir, eslay olmadim.
✔️Bilganim yil davomida juda yaxshi mehnat faoliyatini olib bordim. Jamoam bilan tashkilotimizga yaxshigina foyda keltirdik, ishni ziyodi bilan bajardik, deb oʻylayman. Kasbda koʻplab tadbirlarni amalga oshirib koʻrdik. Ayrim yoʻnalishlarda yaxshigana tajriba oshirdik.
Rostdan ham jamoam bilan chinakamiga ishladik. Terlab-terlab, charchab-charchab, gohida soʻkinib-soʻkinib qoʻydik. Lekin barchasi vijdon amri bilan bajarildi. Davlatimiz, xalqimiz, jamiyatimiz, ayniqsa, sohaning rivoji uchun shu yil qattiq harakat qildik. Qaysidir ma’noda buni uddaladik. Balki shuning uchun ham bu yil shaxsiy rivojlanish depsinib qolgandir, qaydam.
✔️Va shuning bilan sevgan ishimdan boʻshadim… Nasib boʻlsa yangi yilda yangi joy, yangi jamoa bilan faoliyat olib boramiz. Bu yoʻlda ham maqsadlarimiz ulkan, umidlarimiz katta. Ustaning esa oshigʻi olchi!
Qayda boʻlmaylik, eng muhimi vazifamizni doimgidek vijdonan bajarishga harakat qilamiz. Qolganiga Xudo poshsho.
P.s: bu yil eskisidan farqli shaxsiy rivojlanish borasida bir-ikki risklarni amalga oshirishga harakat qilib koʻramiz. Bular haqida esa mavridi bilan yozib boraman.
@hazratikursdosh