hazratikursdosh | Неотсортированное

Telegram-канал hazratikursdosh - Hazrati Kursdosh | X

8305

⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz! ⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling! ⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive 📍Murojaat: @jonikuyarbot

Подписаться на канал

Hazrati Kursdosh | X

Puling boʻlsa yoʻqotar orin
Nomiga-da soʻrashganlar.
Bugun oʻzlari meshqorin
Qornim bilan oʻynashganlar!

Sal ogʻishsang yoʻlingdan
Tanimasdan gʻoz oʻtganlar.
Qoʻli tushmasdi-ku koʻksidan
Qornim bilan oʻynashganlar!

Kecha edi qoʻlimdan
Ushlab-ushlab yurganlar.
Endi tonir oʻz-oʻzidan
Qornim bilan oʻynashganlar!

Kun keladi koʻramiz
Soqqang sandiq boʻlganlar.
Yana qorin qoʻyarmiz
Qornim bilan oʻynashganlar!

Mayli sizga ham omad
Yor boʻlsin deb yurganlar.
Boʻling tinmay salomat
Qornim bilan oʻynashganlar!

Hazil she’rim oʻqiboq
Oʻzi bilan talashganlar.
Oʻsha mashhur dumaloq
Qornim bilan oʻynashganlar!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Kecha kechasi Toshkent shahri bo‘ylab 25 km masofani piyoda va yugurgan holda bosib o‘tdim. Bu kutilmaganda qilingan qaror o‘zimni jismoniy chiniqish darajamni aniqlash maqsadida qabul qilingandi. Hammasi yaxshi o‘tdi; nafas olish, qon bosimi, yurak joyida. Faqat tizza va undan pastdagi boʻg‘imlar sezdirib qo‘ydi. Oxirgi km da oyog‘im bor yo yo‘qligini sezmay qoldim. Hozir nima bo‘layotganini-ku aytmayman)

25 km men oʻylaganimdan koʻra katta masofa ekan. Ammo anchadan beri poytaxtda bo‘lib, bunaqa maza qilmaganman. O‘zgacha sayohat kayfini berdi bir tomondan. O‘zim uchun bu ishni haftada bir takrorlashni maqsad qilib qo‘ydim.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

“Botanika bog‘i”dagi sarguzashtlar

Kuni kecha "Botanika bog‘i"ga oilaviy dam olgani bordik. Piknik qilishga barcha shart-sharoitlar hozirlangan, hatto samokatlargacha olganmiz.

Bir vaqt kichkinacha bilan ovvora bo‘lib tursak, katta o‘g‘lim samokatini minib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ayasi bog‘ning u tomoniga, men qo‘limda ukasini ko‘targancha bog‘ning bu tomoniga qarab ketdik.

Ismini aytib qancha chaqirmayin, javob yo‘q. Chamasi 10 daqiqalarda, natijasiz qidiruvdan keyin ichimga g‘ulg‘ula oralay boshladi. Shu payti dunyoni buzib yuboradigan vajohatda edim. Miyada ming xil xayol, qo‘limda yana yosh bola bilan bir muddat to‘xtab qoldim.

Buning ustiga ayasi ham ketgan joyidan quruq qaytdi. Ana endi rostakamiga qidiruv boshlandi. Piyoda qidirishdan ish chiqmasligi, chaqirsam ham javob bermasligini, xarakterini yaxshi bilganim bois kattalar samokatini prokatga olib, jarayonni tezlashtirdim. Imkon qadar kattaroq maydonni, qisqa fursatda uzun yo‘lni bosib o‘tishim kerak edi-da.

Qidiruv jarayonida bog‘ning hech bir teshigi qolmadi, xilvat joylar ham. Bu orada necha bir juftliklarni bezovta qilib, noqulay holatga tushirdim. Tez harakat qilayotganim bois ayrimlari hech nimaga ulgurmay qolyapti. Ayni ish qizg‘in kechayotgan pallada chiqib qolaverdim-da. Bir-ikkitasini stop kadr qilib, noqulay bo‘lsa-da, bolani ko‘rinishini aytib, so‘roqqayam tutdim. Aka, siz kelmaguningizcha biz yerda emasdik, borliqni unutgandik, deydi yaramaslar.

Kichkina o‘g‘limam ularni ko‘rsatib, ana-ana, deb qoladi, o‘g‘ilbola-da! Ota-bola shu zayilda "ana-ana", "qani-qani", deb ketaverdik.

Bir payti ko‘ngil shunaqangi joyiga tushdi, hali bunaqa hissiyotni tanimda o‘tkazmaganman. Yaramascha, samokatini sekin haydab, manzaralarni xotirjam tomosha qilib yuribdi. Uzoqdan bir muddat kuzatib turdim. Har zamonda ariqlar yonida to‘xtab, suvga toshlar otib, daraxtlar tepasiga xayol bilan qarab qo‘shiqlar hirgoya qilib qo‘yayapti. O‘rgildim sendaqa shoirtabiatdan, yurakni yoray deding-ku!

Indamasam hali yana o‘zicha yurmoqchi, parvoyi falak. Chaqirsam, tirshayib kelyapti, onangni emgur bolasi. Surishtirishni boshladim. Hatya ukasi bilan ko‘rganlarimizni ko‘rmabdi. Qiziqishda butun bog‘ni samokati bilan g‘izillab aylanib chiqibdi. Hatto yo‘qolib qolganiniyam bilmaydi.

Toʻlaqonli oila bog‘ni birgalikda aylanishda davom etdik. Kichkina o‘g‘lim yelkamda ketayotib "Ana-ana!" desa "Qani-qani?" devoribman. Yaxshiyamki ayasi hech nimani bilmaydi. 😉

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Bu yil birinchi xonim ikkinchi mutaxassislik boʻyicha talaba boʻlishni ixtiyor aylaganlarida, bugun oʻqishga kirganini nishonlab oʻtirardik. Bolalar bilan qayga boraman, deb topshirmadi. Bir ogʻiz xohish bildirganingizda edi oʻqishni oʻzini oldingizga olib kelib qoʻyardim, xonim!

Ayollaringizni oʻqiting bolalaringiz uchun.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Obedga oshxonada qovurma lagʻmon buyurtma qilgandim. Haligi taomni koʻrsangiz, bechora rosa qovurma lagʻmon boʻlgisi kelgan ekan, deysiz. Qornim ogʻrib qoldi. 🤦‍♂️

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Hamma hamma bilan-u, men bitta narsaga juda achindim. Olimpiada chempionlariga va'da qilingan katta-katta sovg‘alarni Olimpiadada mag‘lub bo‘lib qaytganlarni oldida berish — bu tovuqni ko‘z oldida tuxum qovurish bilan barobar. Qiyin-ey bu jarayon. To‘g‘ri havas qiladi, gap sovg‘ada ham emas, lekin shu barobarida ichidan qanday alamlarni o‘tkazib turgani faqat o‘ziga va Xudoga ayon. Ulargayam ishtirok uchun hatya kotta bollarni mashinasidan berish kerakmidi, yana qaydam. Taqdirlash marosimida yaqinlaridan boshqa hech kim qiziqmadi ular bilan menimcha. Oila shuning uchun ham kerak aslida.

P.s: bo‘ldi Olimpiada haqida boshqa yozmayman)

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

200 ming dollar, Tahoe, kottedj!

Kecha Olimpiada chempion va sovrindorlariga berilgan mukofotlarni o‘qib, tomosha qilar ekanman bir tomondan havasim, boshqa tomondan ko‘zimga yosh keldi. Chunki bir necha yildan beri Toshkentda ikki xonali kvartira sotib olaman deb o'zimni uyoqqa-buyoqqa urib, yetmaganiga uydagilarni ham bezovta qilib yig‘inib yotibman. Shu paytgacha olsam bo‘lardi, lekin bunga qarz va kreditlarsiz erishmoqni maqsad qilganman. Kamiga endi belgilangan pul to‘planay deganda narx oshib ketib qoladimi-ye! 😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Sportchi boʻlsam boʻlmasmidi… Davrlar kelib sportchilarga shunchalik e’tibor qaratilishini qaydan bilibman. Qoyil qoldim. Mashaqqatli kunlar mevalari buyursin. Mevalaram asl, katta-katta ekan oʻziyam. 😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Taekvondochi qizimiz Svetlana Osipova Olimpiya o’yinlarining finalida dayanga ko‘tarilib, Parij-2024 oltin medali uchun jang qiladigan bo‘ldi.

Yaqindan taniyman, juda yoqimtoy qizcha. Lekin musobaqalarga kirishganida Diyora Keldiyorovaga o‘xshab jiddiy raqibga aylanadi.

Final bahslari 23:00 dan keyin boshlanarkan. Omad!

P.s: menam Olimpiada haqida biror nima yozay, dedim-da)

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Kompotni qachon ichamiz?

“Yil savoli” ruknida

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Men bu ertakni faqat dadam menga aytib bergan, men esa oʻgʻlimga aytib beryapman, deb oʻylarkanman shu paytgacha.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Toshkent eng ideal va goʻzal shahar. Puling boʻlsa.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Qondaysilar, jigarlarim. Qishloqda katta qurilishni tugatdik. Miyigʻim chiqib ketdi, onasini emsin. Endi sizlar bilanman. Bir norm post oʻqiyman deb sabr bilan oʻtirgan kuzatuvchilarimiz addushi hurmatdasiz! ✊

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Toshkentga qaytsam birinchi qiladigan ishim birinchi xonimga investitsiya kiritish boʻladi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Bir necha kunlik kuzatuvlarim natijasi oʻlaroq, qishlogʻimiz kelin-yangalari bolasini koyish, jumladan “tarbiya” berishda quyidagi soʻzlarni muntazam ishlatishar ekan. Yana baland ovozda: “Mol!”, “Eshshak”, “Oʻynashdan boʻgan!(tavba, oʻzi sotib qoʻyayaptimi)”, “Yer yetgur!”, “Nas”, “Xaromi”, “Ye, oʻl!”, “Palakat”, “Otangga oʻxshamay ket! (Kimga oʻxshasin?!)”, “Oʻlagʻay!”, “Padaringga la’nat!”, “Itdan tarqagan (Nima!?)”, “Ogʻzingga ch*ch*y!”, “Ogʻzingdan qoning kegir!” va hokazo buyogʻi shunday daxshatli tus olib boraveradi, men sizga aytsam.

Yana bolasi adashib-netib soʻkinib qoʻysa, “Kimdan oʻrganding?”, Kimdan eshitding!? deb qoʻyadi. Gʻalatimasmi?

Boshqa tomondan yaxshi gumonda boʻlib oʻylab koʻrsak, taxminan eri tomonidan boʻlgan mol reaksiyalar, soʻkishlaru, ba’zan kaltak yeyishlar, qolaversa, muntazam ravishdagi ogʻir mehnatlar toqatini toq qilib, bari koʻrgan-kechirgan stamlarini, balki alamlarini bolasiga baqirib chiqarib yuborishsa kerak, bechoralar. Yana qaydam, ilmsizlik ham bosh omildir bunda.

Albatta, hammalari ham unday emas. Men shunchaki eshitganimni yozdim. Xulosa qilmayman. Lekin ertaroq qishloqdan surmasak boʻlmaydi. Birinchi xonim lugʻatida yuqoridagi “tarbiyaviy soʻzlar” chala-yarim paydo boʻla boshladi. 😅

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Qorin qoʻyvorganimda nima bu ahvol, qorin boylavoribsan, ozroq harakat qilib tur, deyishdi. Qornimni yoʻqotdim, endi qorning yoʻqolib qolibdimi, ozib ketibsan, lekin erkak kishiga qorin ham boshqacha savlat berib turardi, deyishdi. Meni qornim oʻyinchoqmi silarga?! Boʻldi, bori shu, boshqa qoʻymayman! Qornim bilan oʻynashmalaring! 😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Buni hamma oila qurganlar bir kun kelib tushunib yetadi. Hech qachon ideal er, hech qachon ideal xotin boʻlmaydi. Bir biringizdan ideallikni talab qilmang. Vazifalarini rukach ham qilish koʻpam ish bermaydi. Bularning oʻrniga xafa qilgandan soʻng xursand qilishni, uzr soʻrashni, kechirishni, eshitishni, urushgandan soʻng yarashishni biling. Qolgan bari umrni bekorga sarflashga kiradi.

#oilashunosadmin

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Katta oila yaxshi niyatda pul yig‘inib, topganimizni bankka qo‘yayotgandik. Barchasi birinchi xonimning hisob raqamlariga tushirilyapti. Balki shungadir, deb o‘ylab qoldim, summa oshib borgan sari ovozi me’yoridan balandlab ketyapti. Bora-bora uydan haydavormasa bo‘ldi.😁

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Rashkchi xotinlar buyurtmasi ekan.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Metroda meni hamma tanib qolishdimi deymanda. Qaysi vagonga chiqmay, barida odamlar bir-biriga joy berish bilan ovvora. Hatto talashib qolishyapti. 😅

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Qaynonam kuyoviga mehribon, ko‘z tegmasin. Balki qaynota bilan ayrim jihatlarimiz o‘xshab ketganigami, boshqa kuyovi yo‘qligi, bitta-yu bitta bo‘lganimgami, qaydam. Xotinimam meni bunchalik yaxshi ko‘rmasa kerak, deb o‘ylab qolaman gohida. Paxtani yomoni ketdi-ya shu yerda)

Lekin joyi kelganida bitta sirni ochay. Birinchi uchrashuvda gulni qizigamas, to‘ppa-to‘g‘ri ayasiga olib borib berganman. Qarasam qizining nozi bir yilga yetadigan edi-da. Joyida taktikani tuzib, tochkani qo‘yaqoldim.

Tentak bo‘lgan ekanim o‘ziyam. Shu-shu ayajonni aytgani aytgan, qizi hech nima deyolmaydi, desam. Jonlari omon bo‘lgurlar. 😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Shu desanglar oxirgi hafta biroz sinovlar va qiyinchiliklar bilan o‘tdi. Bir nokasni deb YTHga uchradim. Bo‘lmasa 60 lik joyda 120 tezlikda haydaydimi?! Mashinam ustada, o‘zim esa piyoda qolib ketdim.

Avtohalokat sodir bo‘lgan kuni mashinani qilib beraman deb turgan cho‘rban bu kunisiga tikka turib labziga chi*ib yubordi. Ish baribir sudga oshdi. Xudo biladi endi qanchon sud undirib beradi zararni.

YTH qo‘rqinchli, bir nechta ulov ishtirokida sodir bo‘ldi, odam halok bo‘lishi hechgap emasdi. Alhamdulillah, hech kimga hech nima qilmadi. Bunaqa paytda birinchi o‘rinda oilang ko‘z oldingdan shunaqangi tez o‘tadiki, o‘zingni nazorat qilolmasang, panikaga tushib qolasan.

Shahar hududida tezlikni 50 ga tushirib qo‘yishsa ham roziman. Bizni YTHni sodir qilgan ucharlarga esa qattiq jazolar berilishini judayam istardim. Kamida haydovchilik guvohnomasi bekor qilinishi, bir necha 10 yil mashina boshqarish huquqidan mahrum qilish va hatto bunda qamoq jazosi ham arziydi. Chunki bu yerda inson hayoti haqida gap ketyapti.

Boshqa tomondan esa, bizga o‘xshagan oilali va oylik maoshga kunini rejalashtiradigan, yetmaganiga kreditlari bor odamlar uchun kutilmagandagi bu kabi hodisalar ham bir teksdagi hayotga moddiy, ham ma'naviy tomondan sezilarli ta'sir qilmasdan qolmaydi. Bir muddat tartib izdan chiqadi.

Har kuni ko‘chaga chiqar ekanman, ishlarimni bismilloh bilan boshlayman. Ayniqsa mashina boshqaruvida juda xushyor bo‘lib, tasbehlar aytib yuraman. Kimnidir bilib yo bilmay ko‘nglini og‘ritgan, balki norozi qilgan joyimiz bor ekanki, shunday jazolandik. Men buni his qildim. Bo‘lmasa avtohalokat boshlanish birinchi kontakti men bilan bog‘liq emasdi. Ko‘cha tilida aytganda yo‘q joydan "yeb" qoldim.

Shu joyda dadamning menga mashina boshqarishni o‘rgatayotgan payti aytgan gaplari esimga tushdi. (Ma'lumot uchun, mashina boshqarishni 4-sinfligimdan boshlaganman.) Aytardiki, senga ishonaman, yaxshi haydaysan, lekin atrofingdagilarga xushyor bo‘lishing kerak, ular xato qilishlari mumkin, derdi.

Xoh piyoda, xoh ulovda o‘zingizni ehtiyot qiling. Oilangiz, yaqinlaringiz, insoniyat uchun! Yo‘llarimiz bexatar bo‘lsin. O‘zi balo-qazolardan, ofat-talafotlardan asrasin.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Nimaga qiziqmayman?

Modaga qiziqmayman. Oddiy kiyinishni ma’qul koʻraman. Tor, yozuv va turli rasmlari bor kiyimlar umuman sotib olmayman. Hammasi shunchaki oddiy va qulay boʻlishi kerak. Odatdagi kundalik kiyim rusumim albatta sport. Ha, yana gulli futbolka kiyib oladigan, ust-bosh borasida qizil va pushti ranglardan foydalanadigan yigitlarni jinim suymaydi.

“Daydi oʻq” ruknida

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Sizlarni o'qishdan chalg'itmoqchi emasman. Bu shunchaki karikatura, xolos...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Uzr-ku. Ayol kishini agar spirtli ichimlikka qiyoslasak, me'yorini bilib-bilib ichmasang, kun kelib bomishga aylantirib qo‘yishi ham hechgapmas.

Qissadan hissa shuki, ichkilik sizni har ko‘yga solishi, xususan, 100 gr'mi davolashi, bir shishasi kuydirishi mumkin. Unisidan yo bunisidan aralashtirib yuborishingiz esa boshingizni yomon og‘ritadi.

P.s: ichsangizam tozasidan, bir xilini iching. Ertangi kuningiz yaxshi o‘tadi. 😉

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Maktab va universitetda shunchalik oʻqishga berilib ketibmizki, hatto tuzukroq sevishishni bilmaymiz.

“Tunda yoziladigan gaplar” ruknida

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

5 yil avval @hazratikursdosh bilan kanalma kanal tashashib post yozardik. Hozir bratim turmush tashvishlariga o'ralashib qolgan.

Avvallari talabalarga motivatsiya berardi. Hozir faqat qishloqdagi hayoti haqida yozyapti. Sentyabrgacha u kishini Hazrati Qishloqdosh deb chaqirib tursak ham bo'ladi.

Lekin biz ikkalamiz 6 yildan buyon hamon “tirik“miz. Bu orada qatorga kimlar kelmadi deysiz:))

@janobsatirik

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Aya, dadamni ichida pullari koʻppala ekan!
— Dadasi?
— Qorinni koʻrmayapsanmi chiqib ketganini?!😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Keyingi post qishloqda erlar oʻz ayollarini qanday soʻkishlari haqida boʻladi. Menimcha u soʻzlarni yozolmasam kerak. Lekin “ * “mana shunaqa yulduzchalardan foydalanib, post qilib koʻraman. Toʻxtang, unda hamma soʻzlar yulduzchadan iborat boʻlib qoladi-ku. Ha mayli, amallaymiz, reshyotkayam bor-ku. (#)😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Bolaligimda qishloqda yulduzlar gʻij-gʻij koʻrinardi, hozir nega koʻrinmaydi, desam svet oʻchmay qoʻyibdi. 😄

@hazratikursdosh

Читать полностью…
Подписаться на канал