⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz! ⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling! ⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive 📍Murojaat: @jonikuyarbot
Akam haliyam boʻydoq yuribdi. Bollarimga “boʻydoq bobo” deb chaqiringlar deb oʻrgatib qoʻydim. Qishloqdagi uyimizga bir kelin kerak, qoʻl-oyogʻi chaqqon. Akamga qarasam hali beri uylanish niyatidamas. Ayamga ikkinchi xonimni olib kelish kerakdir balki, anaqqisa variantlar… deb hazillashgandim sen hali menga keraksan, bolam deb hazilimga maza qoʻshib qoʻydi. Ayam kelinini oʻzi tanlagan, mendan koʻra yaxshi biladi, bittasini eplab olsagam. 😁
@hazratikursdosh
Kechasi doʻkonimda oʻzim turaman. Odatda musiqani baland qilib qoʻyib olaman. Qoʻshnilar “Uxlatgani qoʻyasanmi?!” deb baqirib qolishardi. Bugun Yasin qoʻyib qoʻydim. Qani birortasi chiqib koʻrsinchi. 😄
@hazratikursdosh
Kimdir, qaysidir qoʻshni tandirga pichaklarni yopdi-da, bay-bay-bay! Buni nimaligini bilgan biladi. 😋
@hazratikursdosh
Koʻp yillik ogʻir mehnatlari uchun barchalariga faxriy yorliq berilsin va nomlari abadiylashtirilsin.
P.s: hazildan tashqari ming soʻmlikni yangisini joriy qilish kerak, menimcha. Aksariyati shunday holatga tushgan.
@hazratikursdosh
Birinchi xonim ayasidan oʻpkalab qaytdi. Ayajon judayam tushungan ayolda. Qizini ortiqcha ushlab oʻtirmay qaytarib yuboribdi. Dadajon salom devoribdi. Xotin buyoqda nima gapligini tushunmay xafa, ayajon bilan dadajon esa yuqoridagi postni oʻqigan koʻrinadi. ✊😂
@hazratikursdosh
Shu desanaglar qishloqqa kelganimdan beri tinim bilganim yoʻq. Ishlar shunaqangi toʻplanib qolganki, bir yil meni kelishimni kutgandek. Odam qaysi birini qilishni bilmay dovdirab qoldi. Haliyam oʻzimga kelolganim yoʻq, bardak.
Oʻzimcha Toshkentda oʻtirvolib otpuskada unday qilaman, bunday qilaman deb rejalar tuzgandim. Birortasi oʻxshagani yoʻq, tub mohiyati bilan oʻzgarib ketsa, deng. Poytaxtga ertaroq qaytib dam olishni oʻylab qoldim. Shu bilan yana bir yil mazgi shturmda.
U deymiz-bu deymiz, boshqa tomondan toza havo, tabiiy yemaklar va jismoniy mehnatdan tan rohat ovotti, Alhamdulillah. Ona yer kuch bagʻishlayapti, bir soʻz bilan aytganda.
Shottaman karoche, yoʻqolib qolish yoʻq. Biroz yulduzlarni tomosha qilib yotay, albatta yolgʻizmas. Bollar ham qotib uxlab qolgan. Boʻsa boʻsin, romantika boʻsin. Ha joningga ursin. 💪😂
@hazratikursdosh
Qishloqdagi WIFI shahardagi WIFIdan koʻra tezroq ishlaganiga qaraganda ancha oʻsish bor. Yoʻllar asfalt, shahardayam bunaqa silliq yurmaganman. Biror internetda onlayn ish topib, shu yerda qolsammikan, bitta ofischa ochvolib, deb qolasan kishi.
Bu yerda Yandex Brogayam ish topiladi, karoche. Shahar endi havas emasdek koʻrinyapti, shuncha sharoitdan keyin. ✊😄
@hazratikursdosh
Yulduzlarni tomosha qilib, hovlida osmonga qarab yotishga nechchi? Fonida chigirtkalarni chirillashi, itlarni hurishi boʻlsa. Oʻpkani tozalab esayotgan mayin shabadagachi? Bay-bay-bay, jonni huzuri shu emasmi? 😉
@hazratikursdosh
Hayotdagi katta xatoing shundaki, sen vinetkangga qarab, haliyam birinchiman, deb o'ylaysan.
@hazratikursdosh
Pul koʻp narsani hal qiladigan zamonda yashayapmiz.
@hazratikursdosh
Bag‘rikenglik, yaratuvchanlik, yaxshilik hamjihatlik kabi oliyjanob fazilatlar mujassami — Navro‘z xush kelgan bo‘lsin.
Istagim, ushbu farahbahsh lahzalarda unayotgan ezgu tilak va ulug‘vor rejalaringiz barcha-barchasi ro‘yob topsin!
Kursdoshlar, har kunimiz ana shunday taftli, yutuq va pok niyatlar ro‘yobiga uyg‘un kechsin!
Yetkazganiga shukr!
@hazratikursdosh
10 ming dollar
— 10 ming dollar pul yoki qiz?
— 10 ming dollar!
— 10 ming dollar pul yoki chiroyli qiz?
— 10 ming dollar!
— 10 ming dollar pul yoki qad-qomati kelishga, chiroyli qiz?
— 10 ming dollar!
— 10 ming dollar pul yoki qad-qomati kelishgan, chiroyli va tagida mashinasi bor qiz?
— 10 ming dollar!
—10 ming dollar pul yoki qad-qomati kelishgan, chiroyli, tagida mashinasi va shahar markazida 3 xonali uyi bor, dadasi biznesmen qiz?
—10 ming dollar!
— Ey, odam podammas ekansan. Shu qizga uylansang 10 ming dollardan nechtasiga ega chiqasan axir, ovsar!?
— Hoy, galvars, qizni boshimga uramanmi. Pulni ber tez, uyda xotin kutyapti.
@hazratikursdosh
Oylik maoshgacha 4-5 million berib turoladigan do‘st qidiryapman. 😁
@hazratikursdosh
Qishlogʻimiz kelin-yangalarini bolasiga aytadigan eng yaxshi gapi «Eshshak!», «Mol!» ekan. Meni bolamga aytading eng yomon gapim «Asalim».
Davomi bor…
@hazratikursdosh
— Aka, qayda trenirovka qilgansiz?
— Betonda!
@hazratikursdosh
9-sinfgacha yaxshi koʻrgan sinfdoshim qishlogʻimizga kelin boʻlgan. Boya koʻrdim, hech nimani his qilmadim. Chindan ham yoshlikdagi “sevgi” ekan. Hatto instagramdagi haligi musiqalar bor-ku, shu joyiga qoʻyiladigan, shularnida xayolimga keltirdim, foydasi boʻlmadi. 😂
@hazratikursdosh
Iltimos ming soʻmlikni almashtiraylik yoki muomaladan chiqarib tashlaylik. Ular shundoq ham eski, yetmaganiga bolalar qoʻlida zoʻrlanyapti. Menga yetib kelgach ayrimlarini hayotini saqlab qolyapman, qolganlari jon taslim qilyapti. Hozir ham bir qizcha shunaqangi ezib olib keldiki, haligi soʻmga qarab yigʻlab yuborging keladi. Ma’lumot uchun, oziq-ovqat doʻkonim bor.
@hazratikursdosh
Birinchi xonimni qarindoshlarinikiga joʻnatgandim. Yarim kunda hammayoq bardak boʻlib ketdi. General (ayam) ham Toshkentda edi. Katta hovli gala erkaklarga qolib ketgan. Jonlari omon boʻlgur, oilamiz sarishtalari. Qoytinglar, deyman! ✊😄
@hazratikursdosh
Telegramni aylanib yursam kanalim borligi esimga tushib ketdi. Qondaysilar-e, jigarlarim?..💪😄
@hazratikursdosh
⚡️Abituriyent ruxsatnomasini endi telegram orqali yuklab olishingiz mumkin
Abituriyentlar ruxsatnomasida:
👉 Тest sinovi topshirish hududi va hududga kelish vaqti
👉 Test topshirish joyi nomi
👉 Test topshirish manzili
👉 Test topshirish alifbosi
👉 Тalim shakli va Talim til koʻrsatilgan boʻladi.
❗️Abituriyentlar ruxsatnomani @ruxsatnoma_uzbmb_bot telegram-boti orqali yuklab olishi mumkin.
👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot
👉 @ruxsatnoma_uzbmb_bot
Yil davomida qattiq ishlagan xodim, pulsiz ham otpuskada maza qivorovradi, nima dedingiz, qarindoshlar?
(Maoshni kutmay survordim, kerak boʻlsa orqadan yetvoladi)
Uji sizlar menga qarindosh, qonday? Karoche, qishloqqa ketovuz, poytaxt sizlarga omonat. Fishshuu, Misha, norin otmin!
P.s: buyogʻiga qishloqdan gapirovuz. 😉
@hazratikursdosh
Shu yoshgacha qilgan xatolaringizdan eng kattasi va afsus qiladiganingiz qaysi, deb savol berishsa, hech ikkilanmay sog‘lig‘im uchun qilingan har qanday xatodan afsuslanaman, deb javob bergan bo‘lardim.
Sog‘lig‘ingizni asrang, azizlar. Har bir yoshda cho‘kib borasiz. 18 yoshingizdagi kuch-g‘ayratni 30 yoshingizda qancha chiranmang topolmaysiz. Erishishingiz mumkin bo‘lgan narsa — sog‘liqni bir me'yorda ushlab turish.
Bunda har bir detal, narsa va voqelik, harakat va harakatsizlik muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Barcha zararli odatlardan vaqtida voz kechish, yeb-ichish, yotib-turish, sport mashg‘ulotlari va hokazolarni erinmasdan tartibga solish, kerak bo‘lsa o‘zingizni majburlash ham maqsadlidir.
Sog‘lig‘ingiz uchun nima zarur bo‘lsa hozir qiling. Keyin afsus chekkandan foyda yo‘q. Mening ham afsus chekadigan joylarim bor. Chekyapman ham, lekin bari befoyda. Hozirni ushlab qolish va birozgina yaxshilashga umidim bor xolos.
Shuni yodingizdan chiqarmang, vaqtinchalik kayf beruvchi (spirtli va energetik ichimliklar, ovqatlar, kamharakatlik, moda deb kiyinishlargacha) har qanday narsa vaqti kelib sog‘lig‘ingizni ozginasiga ham arzimaydi, bir tiyinga qimmat bo‘lib qoladi.
@hazratikursdosh
Oʻzbekistonda uchta biznesni boshlasangiz muvaffaqiyatga erishishingiz kafolati 100 dan 99 foiz. Birinchisi, oziq-ovqat doʻkoni yoki tamaddixona. Chunki biz koʻp va xoʻp ovqatlanamiz, ratsionga ham qaramaymiz. Ikkinchisi, dorixona yoki shifoxona. Chunki ratsion va gigiyenaga qaramay bosib ovqatlangan odam aniq kasallanadi. Kasal esa shifoxonaga boradi, dori sotib oladi. Uchinchisi, bolalar ust-bosh kiyim doʻkoni. Chunki biz bolajon xalqmiz, aksariyat hollarda narxigayam qaramay sotib olamiz, bolam, deymiz.
@hazratikursdosh
Shoshganda asabga tegish oson. Svetoforlar buni biladi...
@hazratikursdosh
Har kuning bo‘lsin Navro‘z!
Yurtimizga yangilanish va yasharish, bunyodkorlik, obodlik ramzi hisoblanuvchi, qadim qadriyatlar tarannumi bo‘lmish Navro‘zi olam kirib kelgani barchamizga muborak bo‘lsin.
@hazratikursdosh
Yotoqxonada
— Do'stlar, kelinglar hammamiz o‘zimizda borini baham ko‘raylik.
— Eshmat, uydan kelgan tandir go‘shtni baham ko‘r.
— Toshmat, sen Samarqanddan kelgan non-u qand qurslarni olib chiq.
— G‘ishmat, sen yashirib yeb yurgan pista-bodomlaringni dasturxonga qo‘y.
— Sen-chi, sen nimani baham ko‘rasan?
— Men mana shu fikrimni sizlar bilan baham ko‘ryapman-ku?!
@hazratikursdosh
Agar dunyo yuzingizga shapaloq tortib teskari o‘girilib ketayotgan bo‘lsa, buni shunday qoldirmang. O‘sha vaqtning o‘zidayoq ketiga tepishni unutmang!
@hazratikursdosh