hazratikursdosh | Неотсортированное

Telegram-канал hazratikursdosh - Hazrati Kursdosh | X

8305

⚡️Talaba har qanday sharoitda tirik qolish xususiyatiga ega. ⚡️Hammasini ochiq-oydin gaplashamiz! ⚡️Tabiiy yozamiz, tabiiy kuling! ⚡️ LIVE — @hazratikursdoshlive 📍Murojaat: @jonikuyarbot

Подписаться на канал

Hazrati Kursdosh | X

Yig‘lashga yig‘latding endi, Jumagul,
Ortingdan ovvora edim, qurmagur.
Ko‘changni boshida turibman endi,
Bir qarab ko‘nglimni ko‘tar, suymagur.

Tunlari yo‘lingni ko‘p poylar edim,
Darvozang oldida senmi, kulmagur.
Senga dil izhorim aytishga endi
Yoningga borishga iting qo‘ymagur.

P.s: Bu she'r kanalimiz yaralishiga sababchi bo‘lgan real hayotdagi "Hazrati Kursdosh" qalamiga mansub. To‘yi kuni tabrikka chiqqanda o‘qib, kelindan o‘sha sizmidiz o‘zi deb so‘raganman. Davra bir ko‘tarilib olgandi. 😁

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Shilqim erkakka o‘xshab bahorga yomon suykaldi-da bu qish. Bahor ham chimildiqdagi kelinga o‘xshab rosa tortinyapti o‘ziyam.

"Balkondagi o‘ylar" ruknida

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#sodda_qilib_aytganda
Shaxsiy ambitsiyalar affekti binokulyar ko'rishni cheklaydi. Bunday holatdagi shaxs dispersion tahlil qilinganda diterminizm ish bermaydi. Chunki dinamik stereotiplar insonga xos noyob xususiyat.

Shu bois egosentrizm botqog'iga botgan odam ekstaz holatiga tushadi.

Sodda qilib aytganda, flegmatik his-tuyg'ulardan iearxiya usuli orqali xalos bo'lish maqsadga muvofiq. Bu inson fenomeniga bevosita bog'liq. Zero, shaxsiy introversiya kamdan-kam adashadi...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Saharlik dasturxonimizni yozib, bir-biridan mazali yemaklarni oldimizga qo'yayotgan, Alloh bergan risqimizni halol yedirayotgan Aziz ayyollar, opa-singil va onaxonlar, qo'llaringiz dard ko'rmasin. Xudodan umringiz uzoq bo'lishini, baxtimizga doim sog'-salomat yurishingizni so'raymiz, duolarimizda eslaymiz. Siz ayni damda avvalgidanda go'zalroqsiz!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Ramazon keldi

Ushbu oyda Allohdan umidvor bo'lib, oxiratini o'ylagan, go'zal niyatlarda ro'za tutishni maqsad qilganlarga O'zi kuch-quvvat bersin.

Barchangizni poklanish, yaxshilanish, mehr-oqibat oyida birdamlik tark etmasin. Iymoningiz yanayam mustahkam bo'lsin.

#Ramazonkeldi

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Singapurda chaqaloq tug‘ilganda beriladigan "suyunchi puli" 5 ming dollardan 10 ming dollargacha bo‘larkan.

Amerika, Rossiya va shunga o‘xshash davlatlarda, umuman olganda chet eldagi o‘zimizga o‘xshaganlarida ham bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulining dahshatli miqdoriga va homilador ayolga yaratilgan lyuks sharotlarga internetda bir-bir ko‘zingiz tushgan bo‘lishi kerak.

Masalan Singapurda ota-onalarni pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirish orqali mamlakatning tug‘ilish darajasini yaxshilash, bolalarni tarbiyalashdagi moliyaviy yukni kamaytirish va shu orqali ota-onalarni ko‘proq farzand ko‘rishga undash maqsad qilingan.

Umuman olganda hammasida har xil maqsad, muhimi ular beryapti, cheklamayapti. Buning ustiga rivojlangan, pik davlatlar, bir nimani bilmasa qilmaydi. Iqtisodchilari ham tupoy emas!

Bizdachi? Ota-onani rag‘batlantirish o‘rniga cheklayapti. Avlodning normal hayotga (bu yerda boshqa so‘z bor edi o‘zi) bo‘lgan ishonchi tug‘ruqxonadan so‘nishni boshlayapti. O‘sha biz mavzuga olgan beriladigan 600-700 ming so‘m ham ota-onaning o‘zida qolmaydi, doyalarning cho‘ntagiga ziyodi bilan kirib ketadi. Hammasini bitta-bitta maydalab yozgim kelyapti, ammo vaqtim yo‘q.

Buning ustiga tug‘ruqxonalarimizdagi sharoitlar haminqadar. Ayollarimiz maxsus stollarda emas, yotgan kravatlarida tug‘vorayotgan holatlar ham uchrab turibdi. Jonlari sog‘ bo‘lsin, doya va hamshiralari ichida vijdonlilari ko‘p. Ammo ularning ichida shundaylari borki, pul bermasang, yaxshi gapirmasang yerda tug‘ib qo‘ysang ham qaramaydi. Balki, buni maoshi kamligi uchun qilar. Aslida, buyam muammo.

Eng yomon ko‘rganim, 100-300 dollar bersang, seni xotiningga yaxshilab qaraydi, bermaganiga qo‘l uchida. Nega hammasiga bir xil qaramaydi? Nima qilsang ham aylanib-o‘rgilib bari pulga kelib taqalaveradi. Bular bo‘lsa, mana shunaqa muammolarni hal qilish, sharoitlarni yaxshilash o‘rniga, qo‘yinglar-e, bo‘mabdi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Omon qolganlar bormi? 😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Yigiti yo‘q qizlar sovg‘ani kecha olishgan bo‘ladi. Yigiti bor qizlar esa 3 kun oldin janjallashib qolishgan.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Qalay, hammasi yengil o‘tdimi?

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Ertaga, 7-mart — ommaviy dars qoldirish kuni.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

O‘qituvchi kelajak avlodning taqdiriga ikkilanib qaray boshladimi, demak vaziyat o‘ylaganimizdan ko‘ra ancha yomon.

Farzandlar tarbiyasida qattiq turishimiz, hatto bu yo‘lda zahmat chekishimiz kerak. Hamma muammoning ildizi oilada. Farzandi tarbiyasiz oilalarning ikkita aniq xatosi bor: birinchisi, bolaga nisbatan e'tiborsizlik. Ikkinchisi, ota-onaning o‘zining tarbiyasi buzuq.

Hamma omillar aylanib kelib o‘qimaslik va uqmaslikka, tor fikrlik va dunyoqarashning bir tomonlama ekanligiga borib taqalaveradi.

Hayot tezlashdi, jarayonlar ham shunga yarasha. Nima bo‘lgandayam ozgina rahmdillikni chekkaga surib, farzandlarga qattiqroq turgan maqsadli. Buni kun kelib bolalarimiz jamiyat oralaganda odamlar biz hozir gapirayotgandek ularni muhokama qilmasliklari uchun ham qilishimiz zarur.

Xudodan ularning tarbiyasida adashmaslikni doim so‘raylik.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Domla:
— Qanday qushlar foydali?
Orqa partadagi talaba javob berdi:
— Qovurilgani...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Nima qilamiz, bollar? Maslahatni bir joyga qo‘yaylik.
— Avval pul topamiz!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Youtubedagi Shuxrat Musayev kanalida e'lon qilingan "Koreyaga Foxisha yoki kelin?" nomli videomaterialga ilova qilingan posterda Harvardga 100%lik grand yutgan Namanganlik Go'zalxon Xaydarovaning rasmi bosilgan va go'yoki sarlovhadagi ma'no bilan uyg'unlashtiruvchi obraz yaratilgan. (Kunuzda bu qizning intervyusi bor)

Bu holat Talaba qizimizning shani, qadr-qimmatining kamsitilishiga sabab bo'lishi shubhasiz. Shunday ekan Go'zalxon Xaydarova tegishli joylarga murojaat qilib bu holatga qonuniy yechim talab qilishi kerak.

Insonni inson qilib turgan narsa uning shanidir. Uni toptash, ayniqsa jamoatchilik orasida yer qilishning javobi jiddiy bo'lishi kerak.

Bu holat biz yoki biror yaqinimiz bilan ham sodir bo'lishi mumkin edi. Qizlarimizni ichimizdagi dushmanlarimizdan himoya qilaylik.

Otabek Saidaxmadov

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Singlim, nega yubkang bunchalar kalta?
— Kalta emas, bo'yim o'sgan...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Mana bu postni 2019-yil yozgan ekanim. Nima deb o‘ylaysiz, hozirga ham mos keladimi:

Universitet binolari borasida nolish yo'q: bugun barcha oliy o'quv yurtlari bosqichma-bosqich qayta ta'mirlanib, yaroqsiz holga kelib qolganlari buzib boshqattan qurilmoqda. Lekin bilim beruvchi o'qituvchilar bilim-saviyasi hamda ularni qayta tayyorlash dasturi masalasini qayta ko'rib chiqishlik havo kabi zarurdir.

Bugun pedagog oldida o'ta mas'uliyatli vazifa turibdi. U talabadan bir necha marotaba oldinda yuruvchi, aql, salohiyat, bilim-saviya, kerak bo'lsa diniy-dunyoviy jihatdan ham tolibiga o'rnak bo'la olishi zarur. Agar buning aksi bo'lsa talaba qo'ldan boy berildi hisob. U o'zini boshqa tarafga uradi, masalan chet elga borib ishlashni va shu kabi rejalar tuza boshlaydi. Qiziqqan sohasidagi ta'lim rasvo, pedagog nomiga nomunosib bo'lsa talaba ko'zlari javdirab qayoqqa ham borsin? Bir-ikkita kastyum-yubkasini kammunizm qisib qolganlar bo'sh ish o'rinlariga o'zining jiyan-bachchalarini tiqishtirib yotgani haqida esa gapirmayman!

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Qish oxiri yorildi. Bahorga bor dardini ochib-sochdi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

— Doktor, negadir internetda ko'p o'tirsam, oyoqlarim uvishib qolyapti. Qanday davolasa bo'ladi?
— Darding juda yuqumli. Ko'pchilik talabalarning muammosi bu. Lekin davosi bor. Buning yo'li oson. Bundan buyon hojatxonaga telefon olib kirma...

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Zamdekan xotini bilan suhbatda:
— Shuncha qizlarni ichidan aynan meni tanlab, qanday sevib qolgansiz?
— Sen, dastlab, tanqidiy fikrlashing bilan e'tiborimni tortgansan.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Tarovehga chiqqanda yo'ldan topib oldim. Hammasi yaxshi-yu faqat bir narsaga tushunmay turibman.
"Не является платёжным средством" nima degani🧐

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Endi hammaga ham “suyunchi puli” berilmas ekan

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga, ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga (kam ta’minlangan oilalarga bo‘lsa kerak) rasmiylashtiriladigan bo‘lyapti. Shu ikki toifadan boshqa hammaga zambarakni o‘qi!

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida beriladi. Yig‘im va birnimalarga qaytarib qolganida 600 mingcha qoladi. Davlat rahbari byudjet xarajatarini qisqartirish choralarini ko‘ringlar, degan bo‘lsa uch-to‘rtta “aqlli” shuni o‘ylab topishgan shekilli.

Shaxsiy fikrim: bilmadim, hukumat nimani o‘ylagan, lekin bu menga past ketishdek tuyilyapti. Keyin tug‘ilish avvalgidek bir oilada 10-15 tani tashkil qilmaydi, hozir 3-4 taga cho‘ntagi teshilyapti odamlarning. Qolaversa, qay yusunda bo‘lmasin shu davlat va jamiyat uchun nafi tegadigan farzand dunyoga keladi, tug‘iliboq chet elga sotilib ketadigani emas. Shu bola, shu pul shu yerda qoladi, hatto ziyodi bilan.

Tushunmayman, bizni iqtisodchilarga davlat buyudjetini barqarorlashtiringlar desa, ko‘paytirish yo‘llarini toppish o‘rniga, yana oddiy xalqqa yopishib, qisqartirish yo‘llariga o‘tadi. Boshqachasiga aqli ham yetmaydi-da, afsus.

Bo‘ldi, yana ozgina yozsam men past ketayotgan bo‘laman. Baribir, bola dunyoga keltirayotgan har bir onaning oh-vohlari uchun ham bu “suyunchi puli” o‘zgarishsiz qolishi kerak edi.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Tug'ilgan kunim bilan tabriklayotgan tanish opa-singillarga rahmat aytish qatorida "Birga bo'lsin!" devorishimga sal qolyapti. 😂

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Aziz ayollar, munis va go'zal opa-singillar!

Men sizlarni cheksiz hurmat qilib, hamisha izzatda tutaman. Mehrimni boricha berib, sizning tinch va osuda umr kechirishingiz uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Sizning bu hayotda zavq-shavqqa to'lib, bahor gullaridek ochilib yurishingizni chin dildan istab qolaman.

Sizlar borki, hayotimiz hamisha tartibli, ozoda va yoqimli bo'laveradi. Olam bunyodkorlari, umringiz uzoq bo'lsin. Bayram muborak!


@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Tan olinglar, kursdoshlarga sovg‘a olishni bir amallaysan, lekin sevgan qizingga sovg‘a olishda haqiqiy ma'noda qiynalasan. Nima olish, ikkilanish, qanday berish, nima deyish, yoqadimi-yoqmaydimi va hokazo. Undan ko‘ra shu kunlarda "kasal" bo‘lib qolganing yaxshi. 😁

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Nima bo‘ldi ekan shu masala?

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Maktab bolalari tobora xavfli mavjudodlarga aylanib bormoqda. Maktabda dars o'tib ularni yaqindan bilgach, bu fikrim yanayam qat'iylashdi. Birontasining ko'zida o'qiyman degan uchqunni ko'rmadim. Adabiyot fanidan Shavkat Rahmonning “Turkiylar” she’rini tahlil qilib berdim, zora nimadir tushunishsa deb, ammo qayerda... bema'ni maishiy savollar berishdan nariga o'tishmadi. O'zim Shavkat Rahmonni juda sevaman. Rosti, tushunishmagani, loaqal gaplarimni anglashga urinishmagani uchun yig'lagim keldi...

Bir tiyinga olmaydi o‘qituvchini, o‘zlarini huquqini biladi, o‘zlaricha haq talashadi. Tikka yuzingizga sapchiydi. Aytaversa gap ko'p...

Vallohi bu avloddan kimlar yetishib chiqadi bilmayman...

Mohichehra

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Inyazda o‘qiydigan bollar o‘qish davridagi ikki kunni hech qachon yodidan chiqarmaydi. Birinchisi, shunday oliygohga o'qishga kirganini bilgan kuni. Ikkinchisi, 8-martni.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

8-mart munosabati bilan qizlar metroda yigitlarga joy beryapti ekan.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

#obhavo
Qish bahorga “aliment” toʻlayapti.

@hazratikursdosh

Читать полностью…

Hazrati Kursdosh | X

Jadidlar yetishmayapti, jadidlar!

Chirchiq garnizoni Ma'naviyat va ma'rifat markazi harbiy orkestri tomonidan Iqbol Mirzoning “Jadidlar” she’ri asosida
ijro etilibdi.

Qoyil!

@hazratikursdosh

Читать полностью…
Подписаться на канал