Post haliyam o‘z kuchida.
"Подделка" mahsulotlar va uni sotadigan do‘konlardan ham voz keching!
O‘z brendi ustida ishlayotgan, mijozi, xodimi haqida qayg‘urayotgan brendlar ko‘p.
Kimlarni bilasiz? Kimlarni tavsiya qilasiz?
📌 telegram.me/hasanovblog
Nega biz "soqqa" ortidan yugurmasligimiz kerak?
Nega instagramdagi "Baxtli hayot" qolib, qiyin yo‘ldan yurishimiz kerak?
Bizning orzularimiz aslida bizniki bo‘lmasachi? Ular soxta va singdirilgan bo‘lsachi?
Undan tashqari qanday maqsad tomon harakat qilishim, energiyani qayerdan topishim, hayotimda balansni qanday saqlashim mumkin degan savollar sizda paydo bo‘lganmi?
Yashashdan ma'noni, missiyani qanday topish, qanday insonlar atrofida jam bo‘lish, umuman olganda qanday inson bo‘lishni o‘rgatuvchi instrument bor desak-chi?!
Buning javobini bugun o‘tadigan ovozli suhbatda berishga harakat qilamiz!
Shunchaki onlayn chatda qatnashing va "maraz odamcha"ning barcha savollariga javob toping!
Spiker: Habibullo Sa'dulloyev
Kun : 13-sentabr
Vaqti: 19:30
Formati: Onlayn, bepul
Ovozli chat guruhi: /channel/+RdF97A1UWndhZjIy
Koʻproq bilish uchun emas, yaxshiroq bilish uchun oʻrgan.
Lutsiy Anney Seneka
@oriftolib
Soft Skills ustida ishlashni foydasi yo'q...
«Неталогия» onlayn ta'lim platformasida «Soft Skills: как мягко добиваться карьерных целей» mavzusidagi navbatdagi kursni tugatdim.
Yaxshi ma'lumotlar berilgan. Undagi ma'lumotlardan biri 5K tushunchasi haqidagi taqdimotni post ostida qoldiraman.
Ayni shu mavzuda kurslarni o'qib, oxiri olgan xulosam shu bo'ldiki, soft skill - bu xulq va uni kurs o'qib o'zlashtirib bo'lmaydi.
Siz o'zingizga xulqingizni tarbiyalaydigan ustoz topmasangiz, soft skill'laringiz ustida ishlashni foydasi yo'q.
Chunki insondagi xulq ma'lumot orqali emas, tarbiya orqali shakllanadi.
Xulosam shuki: soft skill muhimlashib borayotgan paytda o'zingizga yaxshi namuna bo'ladigan, tarbiyalay oladigan ustoz toping!
📌 telegram.me/hasanovblog
Shogirdlikda "chirimang"...
Shogird tushishning asosiy ikki maqsadi bor: yo‘nalishni aniqlash yoki mutaxassislikda o‘sish.
Korxona yoki agentlikka shogird sifatida ishga kirayotgan kadrlarda bir muammoni ko‘raman: yuqoridagi ikki maqsaddan birini tanlamasdan ishga kirishish.
Oldingizga savol qo‘ying: Men o‘z yo‘limni tanladimmi yoki yo‘q?
Yo‘nalishni aniqlash uchun 1 yil kifoya, 2-3 yil sarflash shart emas. Siz agentlikka stajor sifatida kirib, tor sohalarni o‘rganib, o‘zingizga mosini tanlang.
Agar mutaxassis bo‘lish uchun kirgan bo‘lsangiz, ustozingizdan ko‘proq amaliyot o‘rganing va ko‘nikmalaringizni rivojlantiring.
Bir yerga ishga kirib, ishdan bo‘shagach "hech kim" bo‘lib chiqishdan yomoni yo‘q. Na pul, na obro‘, na yo‘nalish topmay, umringizni sarflaganingiz qoladi. Buning uchun esa ustoz emas, o‘zingiz javobgarsiz.
📌 telegram.me/hasanovblog
"O'z ishini yuqori baholanishi uchun nimalar qilish kerak?" mavzusida tadbirkor, HR menejer Avazbek Orzimatov bilan suhbatlashdik.
Suhbat davomida:
- Qimmat xodim zo'r xodim deganimi?
- Ish beruvchini filtrlash.
- Ishga kirishdan oldingi kelishuvlar.
- Ish jarayonida nimaga tayyor turish lozim?
- Qachon ishdan ketish mumkin?
- Ustoz tanlash va undan nimalar kutish kerak?
To'liq suhbat: https://youtu.be/BJ2zqi8PS9M?si=Rs37kyInxV2-0W04
🎙 "Qimmat mutaxassis kuchli deganimi?"
"O'z ishini yuqori baholanishi uchun nimalar qilish kerak?" - mavzusida video chat
Bu safargi mehmonimiz tadbirkor, HR menejer Avazbek Orzimatov.
Qachon:
📆 29-avgust, Bugun
⏳ 20:00 da
Spikerlarimiz:
Avazbek Orzimatov: Oddiy consult kompaniyasi asoschisi.
Farrux Hasanov: ProActive marketing agentligi brend menejeri
Barchangizni online suhbatda kutib qolamiz!
Izohlarda savollaringizni yozib qoldirishni unutmang.
@marketingclub_event
Ko‘p biladi degani ko‘p pul topadi degani emas!
Sizga bir qiziq faktni aytaman: Mening hozirgi daromadimga teng pulni 2020-yilning ayni shu paytlarida ishlab topganman.
Qiziq-a?!
Axir men 4 yildan buyon digital marketing, biznes, moliya, shaxsiy rivojlanish bo‘yicha juda ko‘p bilimlar oldim-ku!
Quyida bir postdan qisqa parcha keltiraman:
«Профессиональный рост» — это тупик
1. Твой потенциал определяется не тем, ЧТО ты умеешь — а тем, КАК ты это делаешь.
2. Владелец LVMH Бернар Арно вошёл в тройку самых богатых людей мира, не потому что он умел шить одежду или создавать украшения — а потому что он понял, КАК можно дорого продавать одежду, украшения, сумки, шампанское и многое другое.
3. КАК ты сейчас делаешь то, что умеешь? А можно ли применить это КАК в каком-то другом более перспективном деле или даже в делах?
MENING SHAXSIY KONSTITUTSIYAM!
Har bir davlatning o'z qonunlari va har bir e'tiqodning shar'iy qoidalari bo'lgani kabi, har bir insonning ham o'ziga xos tamoyillari va qoidalari bor. Ushbu qoidalar shaxsning o'ziga xosligini shakllantiradi va unga nima qilish mumkin yoki mumkin emasligini belgilab beradi.
"Mening qoidalarim: yolg'on gapirmayman, g'iybat qilmayman, uchrashuvga kech qolmayman, yordamga muhtojlarga har doim yordam beraman, doimo ilm olishga intilaman…"
Ammo ba'zan biz o'z qoidalarimizni buzamiz: do'stlar bilan gazli ichimlik ichamiz, qiyin vaziyatda pora beramiz yoki uxlab qolib ishga kech qolamiz. Bunday holatlarda o'zimizga nisbatan norozilik paydo bo'ladi va vijdon azobi qiynab yuradi.
Shunday holatlarda o'z qoidalaringizni SHAXSIY KONSTITUTSIYA sifatida qabul qiling! Bu qoidalar sizning shaxsiy "qonunlaringiz" bo'lib, ular sizga har doim to'g'ri yo'lni ko'rsatib turadi.
Uni qog‘ozga tushurib, devoringizga ilib qo‘ying!
Quyida qanday qilib buni amalga oshirish ya'ni qonunlaringizni tuzish haqida qo'llanma keltiraman:
Marketing Club telegram kanalida Samira Latipova bilan bo'lib o'tgan Marketingda “Product Thinking” mavzusidagi video chatimiz youtube'ga yuklandi:
👉🏻 https://youtu.be/IeTWPYTFTNs
Hammaning maqsadi Qabristonda eng boy o‘lik bo‘lish !
Buyuk liderlar buyuk strateg ham bo‘lishgan, ularning yagona farqi o‘zlarida bir narsani topishgan va qolganlarga ham shu narsani yetkazib bera olishgan
Bu - missiya, oliy maqsad.
Missiyasini topgan korxonalarda juda katta o‘sish bo‘ladi.
Missiya qanday topiladi, biror instrument bormi ?
Javob videoda ...
@cubicclub
Blogda faol bo‘lolmayapman. Yozish uchun fikrlar ko‘p. Lekin...
Safarlar, yakunlanishi kerak bo‘lgan loyihalar, mijozlarimiz ishlari, uchrashuvlar bilan band bo‘lib qolyapman.
Sizda nima gaplar?
"Halol yuz ming dirham sadaqa qilgandan koʻra harom bir dirhamni tark qilgan afzaldir!".
Imom Molik rohimahulloh
📌 telegram.me/hasanovblog
Digital marketingda ishlamoqchi bo‘lgan va har-xil kurslarni bitirib ish topa olmayotganlar diqqatiga!
Xullas, Ravshan do‘stimiz 2 kishi uchun Zapusk, Progrev, Shaxsiy brend bilan ishlash va Internet marketing bo‘yicha amaliyotga asoslangan shogirdlik kursini ochyaptilar.
Faqat ikki kishi qabul qilarkanlar va barcha bilimlar amaliyotda sinab ko‘riladi.
Agar kursda o‘qib, aytilgan barcha ishlarni qilib, natijaga chiqa olmasangiz to‘lovingiz 100% qaytarib beriladi!
Bir kishi olingan, bitta joy qolgan!
Batafsilroq ma'lumot kanalda berilgan:
/channel/marketologravshan/1763
ChatGPT yoki Gemini?
Ikkala sun'iy intellektni ham pulli verisiyasini bir oy davomida ishlatib ko'rdim.
Endi bittasini tanlashga qiynalyapman. Narxi ham bir xil. Ularni o'ziga ham bu savolni berdim.
Tajribasi borlar tanlashda yordamlashib yubora olasizmi?
📌 telegram.me/hasanovblog
Bayramga sovg‘alar ko‘p bo‘ldi!
Parij Olimpiadasida mamlakatimiz umumjamoa hisobida 13-o‘rinda, Osiyo qitʼasida 4-o‘rinda!
Paralimpik o’yinlarda bo‘lsa, O’zbekiston dunyo bo’ylab 7-o’rinda!
Ilm-fanda ham bu yilda yutuqlarimiz juda ko‘p bo‘ldi!
P.S: Yana bir zo‘r yangilik, Open Budget'da mahallamiz yutdi. Vanihoyat yo‘llarimiz asfalt bo‘ladi xudo xohlasa!
Asosiysi mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin, mustaqilligimiz haqiqiy bo‘lsin!
📌 telegram.me/hasanovblog
P.S. Mutaxassislar uchun foydali suhbat bo‘lishiga harakat qilamiz.
30 daqiqalarda boshlaymiz xudo xohlasa!
📌 telegram.me/hasanovblog
"Ilm — yodlab olingan narsa emas. Ilm seni yaxshi tomonga o'zgartirgan narsadir."
©️Imom Shofe'iy
📌 telegram.me/hasanovblog
Mutaxassis sifatida bir aybim bor...
Biznes egalari xizmatimdan foydalanish maqsadida necha marta suhbatga taklif qilgan bo‘lsa ham juda kam holatda ishimni sota olganman.
Aybim shundaki, muammoga chuqur kirishib ketaman.
Tushunishingiz uchun bir misol keltiraman. Bir shifokor aytgandi: "Bizda tahlillar uchun 200$ to‘lab, davolanish uchun 2000$ ishlatsangiz, Turkiyada tahlillar uchun 2000$ to‘lab, davolanish uchun 200$ ishlatasiz", deb.
O‘zbek biznesida ham xuddi shunaqa holat desam bo‘ladi.
Mijozlar ko‘p hollarda unga kerakli narsani emas, u xohlagan narsani qilib berishimni xohlashadi. Bu esa meni qoniqtirmaydi.
Chunki bemor ko‘p hollarda og‘riqqa fokus berib, uning manbasini izlashni unutib qo‘yadi. Men esa tahlil qilib, vaziyatga chuqurroq kirish tarafdori bo‘laman va shu yerda ko‘pincha sotuv tugaydi.
Siz nima deb o‘ylaysiz, bu rostan aybmi?!
📌 telegram.me/hasanovblog
Open Budget loyihasi bo‘yicha ovoz berish ishlari boshlanganidan xabaringiz bor.
Agar siz qaysidir loyihaga ovoz bermagan bo‘lsangiz, bizga yordam bera olasizmi?
Qishlog‘imizni 2 km yo‘lini asfalt qilish uchun loyiha ovozga qo‘yilgan.
Tushunishingiz uchun, biz bu asfaltni maktabda o‘qigan davrimdan buyon kutamiz. Balki shu safar amalga oshsa InshaAlloh
Link orqali kirib, ovoz berishingiz mumkin:
https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/48/dcb9258c-c099-4f77-99e8-dc7e6f7ce272
Rahmat kattakon 🙌
📌 telegram.me/hasanovblog
Rus tilidan individual ustoz kerak.
Grammatika yoki mavzular o‘tishi shart emas!
Har ikki kunda bir marta uchrashib, rus tilida o‘qiyotgan kitobimni tarjimasiga yordam berishi va rus tilida gaplashishi yetarli. Xatolarimni jarayonda tuzatib ketsa bo‘ldi.
Agar siz rus tilini savodli bilsangiz, marketing va biznesga qiziqsangiz, pedagog bo‘lishingiz ham shart emas.
Siz rus tili men esa marketing tomonlama bilim alishamiz.
O‘quv markazlari va o‘qituvchilarni metodlari biroz zerikarli tuyulgani va ma'qul bo‘lmagani sababli shunaqa usulni sinab ko‘rmoqchiman.
Nima uchun yo‘q, to‘g‘rimi?!
Shartlarini yana kelishamiz.
Agar taklif qiziq bo‘lsa: @Hasanov_Farrux
📌 telegram.me/hasanovblog
🎙 Marketingda “Product Thinking” - mavzusida video chat
"Product thinking in marketing" mavzusida tadbirkor, PR va Produkt menejer Samira Latipova bilan online suhbat tashkil qilmoqdamiz.
Qachon:
📆 21-avgust, chorshanba
⏳ 20:00 da
Spikerlarimiz:
Samira Latipova: 8bit.uz ta’sischilaridan biri, Experss24 loyihasi sobiq produkt menejeri; hozirda esa “Product Community” da Founder, va botifi.me Co-Founderi
Farrux Hasanov: ProActive marketing agentligi brend menejeri
Barchangizni online suhbatda kutib qolamiz!
Izohlarda savollaringizni yozib qoldirishni unutmang.
@marketingclub_event
Siz bilan ishlash qulay bo‘lishi kerak!
Xizmat ko‘rsatish sohasida, xoh tajribali bo‘lsin, xoh tajribasiz, har bir mutaxassis stresssiz, tez va sifatli daromad olishni istaydi. Kim bunday imkoniyatni yarata olsa, eng yaxshi mutaxassislar bilan ishlash imkoniga ega bo‘ladi.
Xodim, hamkasb yoki yollanma mutaxassis bo‘lishidan qat'i nazar, agar vazifa to‘liq va aniq tushuntirilmasa, natijada chiqqan ish mijozning ko‘nglini to‘ldirmaydi.
Nega siz bilan ishlash qulay bo‘lishi kerak?
Yuqoridagi kabi noaniq vazifalar ishning yakunlanishini cho‘zadi, qayta-qayta o‘zgartirishlar mutaxassisni charchatadi. Natijada, kelajakdagi loyihalarda siz bilan ishlash istagi pasayadi.
Ham ruhiy, ham moliyaviy, ham texnik jihatdan hamkoringizni tushunib, unga qulay sharoit yaratish orqali tajribali mutaxassislar orasida obro‘ga ega bo‘lasiz va ular siz bilan ishlashga doim tayyor bo‘lishadi.
Bu esa karyerangizdagi muvaffaqiyatning kalitidir!
📌 telegram.me/hasanovblog
Nima uchun it vafodorlikning namunasi, deb hisoblanadi? Axir u oʻzi kabi itlarga emas, odamlarga vafodor-ku!
©Karl Kraus
📌 telegram.me/hasanovblog
Harvardda doktorlikni yo‘qlagan birinchi O’zbekistonlik.
Yozgi Olimpiada o‘yinlarida oltin olgan ilk O‘zbekistonlik ayol.
Ilk IELTS 9 va bu singari qator yutuqlar...
Chegaralar faqatgina miyada. Har qanday yo‘nalishda bu chegarani kimdir, qachondir buzib o‘tadi.
O‘z sohangizda bu SIZ bo‘lishingiz mumkin!
📌 telegram.me/hasanovblog
💰 Soft skill — zamonaviy dunyoda muvaffaqiyat kaliti!
📈 Hayotingizni yangi bosqichga olib chiqing!
🎤Spiker: Farrux Xasanov
• Marketingda 5 yildan oshiq tajriba
• Marketolog, brend menejer