hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

Eng yomon qullik nafsga qullikdir. Boshqa qulliklardan sizni o‘zgalar ozod qilishi mumkin. Lekin o‘z nafsiga qul insonni o‘zidan boshqa hech kim qutqara olmaydi.

Nafsga qullikning eng yomon jihati: bu qullikka bora-bora muhabbat shakllanishi va undan qutulishni istamaslikdir.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yoshlar uchun yaxshi imkoniyat, Xorazmdagi yoshlar oflayn tadbirlarda ham qatnashsa bo'lar ekan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Aslida ko'p savollarning javobini bilamiz, ammo uni kimdir tasdiqlashini kutamiz...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tajriba quyonchasi o‘zini qanday his qiladi?

Unda oldin sinovdan o‘tmagan, qo‘llash natijasida nima bo‘lishini hech kim bilmaydigan dori preparatlar, har xil vositalar sinab ko‘riladi.

Endi hayotimizga qarasak.

Biz oldin sinab ko‘rmagan, bajarib ko‘rmaguncha natijasi qanday bo‘lishini bilmaydigan juda ko‘p holatlarga duch kelamiz. Quyonchani holatiga qandaydir o‘xshash-a?

Ammo bizda tajriba quyonchasida bo‘lmagan bir imkoniyat bor. Oldingilar tajribasidan foydalanish!

Vaziyatga tepadan turib baho berish, chetdan nazar tashlash, sinalgan usullarni tavsiya qilishni ular oson eplaydilar.

Tajriba quyonchasi nimani his qilishini bilmayman. Bilishni ham istamayman. Men doim sinalgan bilimlarni izlayman, kerak bo‘lsa sotib olaman InshaAlloh.

Vaziyatlar bizga qanday ta'sir ko‘rsatishini bilmaymiz, lekin bizda quyonchada bo‘lmagan imkoniyatlar bor. Foydalaning!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Sizda hammasi yaxshi bo‘lib turganda, hayotga kulib boqishingiz oson kechadi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

WORKSHOP QOLDIRILDI!

Keyingi workshop haqida keyinroq ma'lumot joylayman InshaAlloh!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🎙 Xalqaro darajadagi marketolog bo'lish - mavzusida voice chat

Xalqaro darajadagi marketolog bo'lish va xalqaro kompaniyalarda ishlash uchun qanday bilim va ko'nikmalarga ega bo'lish haqida ZTE kompaniyasi marketing bo’limi rahbari Sardor Djanpulatov bilan voice chat tashkil qilmoqdamiz.

📅 3-iyul
⏳ 20:30 da

Spikerlar:
ZTE kompaniyasi marketing bo’limi rahbari, Samsung, Huawei, Vivo va MacBro kabi loyihalarda faoliyat yuritgan 11 yillik tajribaga ega marketolog: Sardor Djanpulatov
ProActive marketing agentligi brend menejeri: Farrux Hasanov


Izohlarda savollaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.

/channel/marketingclub_event

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

PR'ga qiziqadigan insonlar uchun do'stimiz yangi kanal ochibdilar - @prxona

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Endi gapingizni oladi

U bilan ish boshlashimdan oldin - ogohlantirishdi. Pand yeysan deyishdi.

O’zim bilganimni qildim. Katta pulga tushdim. Umrim ketdi.

Atrofimga til o’rganing, blog boshlang deb aytdim.

Muhtoj, lekin vaqti qolmaganda boshladi.

Gapimiz ta’sir qiladi, fikrini o’zgartira olamiz deb o’ylaymiz.

Odam fikrini odam o’zgartirishi qiyin, hayot o’zgartira oladi.

Og’maxon (Xomyak) qorniga bosib, pul ishlay olmasligini gapirib o’tirmang.

U sizga notcoin haqida, bitcoin haqida gapirib beradi.

Iqtisod haqida tushuncha berishga shoshilmang.

U sizni ko’rolmayotganlikda ayblab qo’yadi.

Umrini ketkazsin. Natijasini ko’rsin. Afsus bilan oldingizga kelsin.

Endi gapingizni oladi.

Kelmaydiganlar ham bo’ladi. Nima ham derdik. Mashhur domla aytganlaridek:

Xudo urgan o’ttizda ham bola bo’ladi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kerakli nuqtaga yetolmaslikdagi asosiy muammo: xaos ichida, hissiyotlarga tayanib (motiv) bilan harakat qilishda.

Ko'p hollarda usul, texnika, gormonlar, salomatlik, muhit singari tashqi ta'sir omillari inobatga olinavermaydi.

Nazoratimiz ostida ushlashimiz mumkin bo'lgan omillar ustida ishlab, omadni esa bonusga qabul qilish ajoyib-ku to'g'rimi?!

Yakshanba kungi workshop sizga beradigan asosiy narsa bu - usul!

Maqsadga erishish usuli!

18 kishi ro‘yxatdan o‘tdi. 2 ta joy qoldi!

Workshopda qatnashmoqchi bo'lsangiz: @Hasanov_Farrux ga murojaat qiling!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🔥 WORKSHOP 1.2

🫠 Qo‘yilgan maqsadlar tomon ketyapsizmi yoki hammasi chalkashib ketdimi?!

Unday bo‘lsa, ertaga barchasini boshqattan, chuqurroq ko‘rib chiqamiz. Workshop'da miyangizni bo‘shatib, ko‘nglingizni xotirjam qilib ketasiz xudo xohlasa!

2024-YIL UCHUN SHAXSIY STRATEGIYA TUZILADI INSHAALLOH!


Workshop boshlanish vaqti: 9:00
Workshop tugash vaqti: 18:30
Kuni: 23-iyun, Yakshanba


⚡️ Kun tartibi:
1. Holat tahlili: 09:00-11:00 (nazariy / amaliy)
2. Maqsad qo‘yish: 11:15-13:00 (nazariy / amaliy)
3. Tushlik: 13:00-14:30
4. Standartlar: 14:30-15:30 (nazariy / amaliy)
5. Odatlar: 16:00-16:30 (nazariy / amaliy)
6. Tanaffus (kofe break): 16:30-17:00
7. Rejalashtirish: 17:00-18:00 (nazariy / amaliy)
8. Xulosa: 18:00-18:30

Joylar soni: 20 ta / 9 ta qoldi ⚡️

Workshopda qatnashmoqchi bo'lsangiz: @Hasanov_Farrux ga murojaat qiling!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

16-iyun, bayram, yil sarhisobi uchun unchalik odatiy vaqt emas, to‘g‘rimi?!

Yillik sarhisob odatda yil yakunida qilinadi. Lekin menda vaziyat boshqacha.

Miyangizni tartibsizlik qamrab oldimi? Unda maqsadlarni eslang, o‘tgan yo‘lingizni sarhisob va tahlil qiling!

O‘tgan vaqt mobaynida shaxsan o‘zim hayotimni turli jabhasi: oila, qarindoshlar, moliya, karyera masalalarida yutuqqa, sog‘lik masalasida esa ma'lum yo‘qotishlarga erishibman. Hammasi Allohdan albatta!

Bu o‘rinda siz bilan bo‘lishishni istaganim, eng katta yutuqlarimdan biri bu "ProActive" jamoasi bo‘ldi!

Men uchun ustoz, yaqin aka, suhbatdosh, samimiy hamkasb, tashvishli inson, tajribali mutaxassis va do‘st bo‘la olgan kam sonli jamoalardan biri!

Bu jamoaga qo‘shilganimga qariyb bir yil bo‘ldi! Hamkasbligimiz bardavom bo‘lsin! Proactivlik ruhi bizni hech tark etmasin ilohim!

Aziz kuzatuvchilarim, sizni ham yutuqlar, o‘sish, rivojlanish, yaxshi insonlar doim hamrohingiz bo‘lsin! Qurbon Hayiti bayrami muborak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ertalab saodatla uygʻonishni istasangiz kechasi kim bilan suhbatlashishni hal qilib oling!

©️Mahmud Darvish

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

G‘alabaning ota-onasi ko‘p. Mag‘lubiyat esa hamisha yetim!

©️Napaleon Banopart

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar.

Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin.

Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar.

Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yaxshi yangilik!

O’zbekistonlik matematika olimpiadasi qatnashchilari Buyuk Britaniyada yaqinda tugagan Xalqaro Matematik Olimpiadada (IMO), juda yaxshi natijalar ko’rsatib uyga 5 ta medal bilan qaytishmoqda! 2ta kumush va 3 ta bronza!!!

Muborak bo’lsin! Bu juda yaxshi ko’rsatkich! Umummilliy hisobda 43 - o’rin!!


Kumush medallar:
Tulkin Jaylovov
Elbek Zohidjonov
Bronza medallar:
Rasulbek Gafforov, Ozodbek Akhtamov, Madina Suyunova

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

👍 Trening Zal - Muvaffaqiyatga yo‘l!

👋Assalomu alaykum, yoshlar!
🌟Muvaffaqiyatli insonlar bilan yuzma-yuz uchrashish, tajribalari va bilimlarini o‘rganish imkoniyatini siz bilan ulashmoqchimiz

Trening Zal sizga:
Onlayn va Oflayn treninglar
"Networking"
Shaxsiy rivojlanish va karyera maslahatlari

❤️ Qiymatimiz: Treninglarimiz bepul!

Cheklangan imkoniyat: Faqat bizda haqiqiy muvaffaqiyatga erishgan insonlar bilan uchrashish va spikerlarga oʻz savolingizni berishingiz mumkin

👑 Orzularingizga qanot bag‘ishlaymiz!
Hoziroq telefon raqam va ismingizni yozib qoldiring: @Treninguchun_bot

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qimmat kanallarda qanday qilib arzon reklama chiqarish mumkin?

Albatta Telegram ADS orqali!

Nima uchun aynan Telegram ADS?

- Maqsadli auditoriya:
Telegram Ads yordamida 1000 obunachidan ortiq ochiq kanallarda reklama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz, bu esa reklamangizni aniq va maqsadli auditoriyaga yetkazadi.

- Budjet boshqaruvi:
Reklama xarajatlarini o‘zingiz boshqarasiz. Sarflashni o‘zingiz tanlaysiz va bu orqali reklama xarajatlarini nazorat qilasiz.

- Arzon narxlar
:
Telegram kanalida reklama orqali oʻrtacha 100$ evaziga 50k - 60k ko‘rish olish mumkin bo‘lsa, Telegram Ads orqali bu narx yarim baravarga tushishi mumkin.

- Istalgancha kanallarda reklama:
Aytaylik, siz 50+ kanallarda reklama bermoqchisiz, lekin buncha kanalda reklama berish uchun sizda buncha budjet yo'q. Shu paytda Telegram Ads orqali eng minimal budjet bilan istalgancha kanalda reklama bera olasiz.

Xo'sh, sizga ham Telegram Ads xizmati kerakmi?

Shu yo‘nalishda yaqin birodarimiz ish boshlaganlar. Murojaat uchun: @tg_ads_menejer

📱 Yoki @tgads_haqida barchasi haqida shu kanaldan batafsil bilib olishingiz mumkin!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

#Propaganda #Tafakkur #Manipulation

"Hokimiyat - bu ijtimoiy kontekstda, qarshiliklarga qaramay va bu imkoniyatning to'g'riligidan qat'i nazar, o'z xohishingizni o'tkazish imkoniyatidir."

Maks Veber

Bugungi zamonaviy jamiyatda hokimiyatning ko'lami va usullari har qachongidan ham murakkabroq va ko'zga ko'rinmasdir. Texnologiya va axborot vositalarining rivojlanishi bilan birga, inson ongini nazorat qilish va ta'sir qilishning yangi yo'llari tinimsiz kashf etilmoqda.

Tasavvur qiling, qo'lingizda odamlarning ongiga sezilmas tarzda ta'sir ko'rsatish imkoniyati bor. Shu darajada kuchli bir usul borki, u orqali har qanday qarshilikni yengib, istalgan xohishingizni amalga oshira olasiz. Bu usul zamonaviy texnologiyalar va psixologiyaning ajib birlashmasidir.

Faqat e'tibor bering! BIz sizga odatdagi siyqasi chiqqan "sensatsiya"ga yangi chopon kiydirib taqdim etmoqchi emasmiz. Zotan bu mavzu HAYP qilish uchun yaramaydi ham. ;) Shunchaki mavjud nazariyani umuman boshqa nuqtai nazardan ko'rishga harakat qildik va bu ta'riflab bo'lmas xulosalarga olib keldi.


🔗 Batafsil maqola va chuqurroq tahlil uchun havola ustiga bosing.

📱 Buni kimga ulashishni bilasiz... 😉

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Boshqalar bilan taqqoslab emas, o‘z hayotingda to‘laqonli yashabgina haqiqiy baxtga erisha olishingni anglash, tushunish katta ne'mat!

Baxt bu natija emas, jarayon. Insonlarni boricha qabul qilib, hayotingni solishtirmay, o‘zingga ortiqcha ramkalar yasamay, insonlar uchun emas o‘zing uchun yashash jarayoni!

Baxt ham baxtsizlik ham yuqadi! Baxtli insonlar tomon intiling!

Anglash ne'mati, baxtli yashash jarayoni, baxtli insonlar muhiti barchamizga nasib qilsin!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

2024-yil tugashiga 6 oy qoldi. Qo'ygan maqsadlaringizga erishishga qanchalik yaqinsiz?

Agar javobingiz qoniqarli bo'lmasa, va albatta, ko'pchilik kabi sizda ham shunaqa bo'lsihi mumkin, qolgan 6 oyni ham shunchaki o'tkazib yuborishingiz kerak emas.

Ushbu muammoni hal qilish uchun yakshanba kuni WORKSHOP o'tkazyapmiz! Videoda o'tgan galgi workshop muhiti ko'rishingiz mumkin!

2024-YIL UCHUN SHAXSIY STRATEGIYANI KO'RIB CHIQAMIZ INSHAALLOH
!

Workshop boshlanish vaqti: 9:00
Workshop tugash vaqti: 17:00
Kuni: 7-iyul, Yakshanba

Joylar soni: 20 ta / 16 ta qoldi

Workshopda qatnashmoqchi bo'lsangiz: @Hasanov_Farrux ga murojaat qiling!

Batafsil ma'lumot uchun:
https://progressworkshop.tilda.ws/

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

SO‘NGGISI BO‘LISHI MUMKIN...

Yoshlikdan birga katta bo‘lgan, bir maktabda o‘qigan ham uzoq qarindoshim bo‘lgan yigit bor edi. Mendan bor yo‘g‘i bir yosh katta.

Boshiga mushkul ish tushganda, kim bilan maslahat qilishni bilmay meni oldimga kelgandi. Ko‘rishdik, gaplashdik, muammosini hal qilishga harakat qildik.

O‘shanda men Buxoroda edim, bir necha kundan keyin Toshkentga keldim va shu bilan bir necha oylardan keyin u haqida eshitgan so‘nggi xabarim uni olamdan o‘tganligi haqida bo‘ldi!

Ham qo‘shnim, ham bolalikdan katta bo‘lgan do‘stim... O‘sha ko‘rishganimiz so‘nggisi bo‘lgan ekan... Alloh rahmatiga olsin, ilohim!

Institutda bizga dars bergan falsafa o‘qituvchimiz bor edilar. Ko‘p kitob o‘qigan, kitobni qanday qilib tez o‘qishni bilardilar.

Menga ham shuni o‘rgating deb yurgan vaqtlarimda karantin bo‘lib qoldi. Karantin tugab, o‘qishga qaytsam, rasmlari bino kirish qismiga osilgan, ostida esa taziya izhor qilingan yozuv...

Koronavirusga chalinib, dunyodan o‘tibdilar. Domladan oxirgi darsni olgan ekanman...

Tirik bo‘lsa-da, so‘nggi marta ko‘rganimga, gaplashganimga ko‘p vaqtlar bo‘lib ketgan insonlar ham ancha.

So‘nggi marta ko‘rishgan do‘stim, so‘nggi marta ko‘rishgan ustozim, so‘nggi marta ko‘rishgan hamkasbim...

O‘ylamay qalbini og‘ritgan insonlaringiz, kerakli gaplarni ayta olmagan, birga o‘tkazgan vaqt qadrini bilmagan onlaringiz shunda armon bo‘lib qolarkan!

Bu so‘nggisi bo‘lishi mumkinligi xayolimizga kelmaydi, o‘ylashni ham xohlamaymiz...

Lahzalarni, insonlarni, har bir onni qadrlash — baxt!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasi logotipini o'zgartirgani haqida xabarlarni o'qigan bo'lsangiz kerak. Tarmoqlarda kompaniyaga taklif sifatida ishlab chiqilgan bir qancha ishlar tarqaldi.

Ulardan biri 2018--yilda Tribe brending agentligi tomonidan ishlab chiqilgan taklif loyihasi ekan. Ishni ko'rib chiqish davomida biz milliy elementlardan foydalanilganligiga e'tibor qaratdik va o'ylashimizcha qiziqarli keys bo'lgan.

PRxonada gaplashamiz! - @prxona

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

WORKSHOP 1.2

Shaxsiy strategiyani tuzish, maqsadlar qo‘yish bo‘yicha "Progress" nomli kursim bor. Qariyb 6 yildan buyon shu darslik ustida oz-ozdan ishlab kelaman. Aniq sonini bilmayman-ku, onlayn formatda individual yuzdan ortiq odam o‘qidi. Norozi bo‘lganlar bo‘lmagan Alhamdulillah! Shu kursni oflayn ko‘rinishida tashkil qildik.

Hech qanday sirli masalliqni o‘zi yo‘q! Darsda berilayotgan asosiy qiymat: olgan bilimingizni tezda amaliyotda qo‘llash!

Endi bu qatnashchilar nima qilishnigina emas, qanday qilishni ham bilishadi.

Bu formatdan umidlarim katta! Alloh boshlagan ishlarimizni xayrli, barokatli va asosiysi bardavom qilsin ilohim 🤲

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

.
.
UPD
: 5 ta joy qoldi!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

2024-yil boshida qo'ygan maqsadlaringiz yodingizdami?

- Juda ko'pchilik yil boshida qo'ygan maqsadlariga doimiy qarab borishni unutadi;
- Maqsadni ortga suraverish, dangasalik tufayli anchasiga erishmay qoladi;
- Yoki boshidan xato maqsadlar qo'ygan bo'ladi;
- Yoki bo'lmasa yil o'rtasiga kelganda, maqsadlar butunlay o'zgarib ketgan bo'ladi.

Umuman olganda qo'yilgan maqsadlarga tomon yo'l tekis va silliq emas!

Xo'sh, miyadagi tartibsizlikni o'rniga tushirish, orzu va maqsadlarga yetish yo'lini qanday qilib osonlashtirish, tezlashtirish mumkin?

Ushbu muammoni hal qilish uchun yakshanba kuni WORKSHOP o'tkazyapmiz!

Batafsil videoda tanishishingiz mumkin:
https://www.loom.com/share/a3ac8accc7b74f63a51202fa5a0bdc1d?sid=9e14f2bd-e568-48d1-b39b-08cd8414b50b

Workshopda qatnashmoqchi bo'lsangiz: @Hasanov_Farrux ga murojaat qiling!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Nasiya savdo bu kreditmi?

Bugun ayni shu mavzuda 2 ta post o'qidim.

Biri hozirda Kanadada yashayotgan Farhod aka
/channel/zambarakning_oqi/4753
Ikkinchi esa iqtisodchi Otabek akani kanallarida:
/channel/the_bakiroo/8331

Ushbu ikki insonning shaxsiyatini hurmat qilgan holda, ular yo'l qo'yayotgan bir xatoni aytib o'tmoqchiman.

Kredit (lot. creditum — qarz, credo — ishonaman, ma'qullayman) — pul mablagʻlari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) toʻlab, qaytarib berish sharti bilan maʼlum muddatlarga qarzga berish.
manba

Nasiya savdo — bu umumiy tushuncha boʻlib, har qanday naqd boʻlmagan, yaʼni mol uchun pul joyida berilmasdan, keyinroq berishga kelishilgan savdo nasiya deyiladi. Boʻlib-boʻlib toʻlash – nasiya savdoda mol uchun toʻlov maʼlum bir muddatda bir marta emas, balki muayyan davr ichida bir necha qismlarga boʻlib toʻlash tushuniladi.
manba

Yuqoridagi ta'riflardan ko'rinib turibdiki, nasiya savdo bu kredit emas. Ya'ni nasiya bu savdodagi jarayon. Kredit esa pul ko'rinishidagi qarz, unda savdo jarayoni bo'lishi shartmas. Bank bunda uchinchi, qarz beruvchi tomon sifatida qatnashadi.

Tashqaridan qaralganda ikkala jarayon bir-biriga yaqin bo'lsada, Islom moliyasida bu alohida tushunchalar hisoblanadi.

Ustamani balandligiga kelsak, to'g'ri. Ustamalar bizda juda baland. Shaxsiy tavsiyam esa kredit ham nasiya ham emas, naqd pul bilan savdo qiling. Moliyaviy savodxonligingizni oshirib boring!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

STRATEGIYA YOKI STRATEGIYA AFSONASI

Biznes va hayotdagi maqsadlar strategik yoki taktik bo'lishi mumkin.

Taktik maqsadlar ikkita xususiyatga ega:
- ularga qanday erishishni bilasiz
- erishish uchun siz allaqachon qilayotgan ishingizni ko'proq/yaxshiroq qilishingiz kerak.

Men savdoni 20% ga oshirishim kerak
Men vaznimning yana 20% ini yo'qotishim kerak

Strategik maqsadlar teskari xususiyatlarga ega:
- Siz ularga qanday erishishni bilmaysiz
- allaqachon qilayotgan ishingizni ko'proq/yaxshiroq qilish orqali ularga erisha olmaysiz.

Aksariyat korxonalarimiz hali ham taktik strategiya bilan voronka ichida aylanib, ishlab yurishibdi. Garchi uni strategiya deb atash mumkin bo’lmasa-da, chunki... siz o'zingiz bilgan narsani qilasiz, shunchaki ko'proq qilasiz yoki biroz yaxshiroq qilasiz.

Biroq, yirik va buyuk o'yinchilar/kompaniyalar - ular strategiya bo'yicha yashaydilar. Ular bizning iste’mol madaniyatimizni, hayot tarzimizni o‘zgartiradilar, har bir xonadonga “taqillatmasdan” kirib boradilar.

@chiroylimoliya shuning uchun sizning (kichik biznesingiz) muammosi strategiya emas, balki strategiyaning yetishmasligida

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Vanihoyaaat! "Marketing Maximum" kursini rasman bitirdim!

Bu kurs menga nimalar bergani haqida alohida, batafsil yozaman InshaAlloh!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"Kreativ reklama o'gitlari" haqida gaplashamiz.

Sintez reklama agentligi kreativ direktori Farrux Sharif kreativ g'oyalar qanday yaratilishi va ularni biznesga qanday tadbiq qilish mavzusida real keyslar asosida Master class o'tib beradilar.

Manzil: IT park binosi.
Sana: 25-may, 14:00
Qatnashish narxi: 109.000 so’m.

👉 Ro'yxatdan o'ting:
https://forms.gle/bmeiWZsnZ1SRYKd97

@marketingclub_event

Читать полностью…
Подписаться на канал