hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

2000-yillar. Internet rivojlanib, emaildan foydalanish ommalashayotgan davr. Psixiatr Dr Wilson (King’s College London University) bir savol bilan qiziqadi.

”Aqliy mehnat bilan ishlovchilar orasida elektorn pochtalarni tez-tez tekshirish inson aqliy faoliyatiga qanday ta’sir qilmoqda?”

80 ga yaqin ilmiy tekshiruvlar davomida aqliy mehnat qiluvchilar IQ darajasini kun davomida tekshirib boradi. Natijalar shuni ko’rsatadiki emailni tez-tez tekshirish inson IQ darajasini kun davomida 10 ballga pasaytirar ekan. Odam bir kecha uxlamasa ertasi kungi IQ darajasi odatdagidan 10 ballga pastroq bo’lishi isbotlangan. Nasha (marixuana) chekkan odamda esa 4 ballga pasayar ekan.

Bu 2004-yildagi natijalar. Facebook 2006-yil ochildi. Instagram 2010, Tik-Tok esa 2016. Ular kuchli psixolog va muhandislarni yollab, bizni qaram qilish uchun maxsus algoritmlar ishlab chiqishdi va chiqishmoqda. Aqliy mehnat samaradorligi past ekanligi sabablari mana qayerda.

Biz nasha kabi miya faoliyatiga salbiy ta’sir qiluvchi moddalardan qaytarilganmiz.

Nasha kuchsizroq, lekin geroin, amfetamin kabi kuchli narkotik moddalar bor. Ularni qabul qilgan odam fikrlashi buziladi, qaror qabul qilish markazi ishdan chiqadi, qattiq qaramlik - narkomaniya rivojlanadi.

Shu o’rinda bir qiziq ma’lumot.

Geroin, kokain va amfetamin kabi og’ir narkotiklar inson qaror qabul qilish markaziga qanday salbiy ta’sir ko’rsatsa Facebookga qaramlik ham shu darajada ekan. Tik-Tok bundanda battar bo’lsa hayron qolmayman.

”Xullas, nashavandmasakanmizu, lekin gerani har kuni urib yurippizakan, narkosha bo’lib”

Ko’pchilik o’ziga men dangasaman, fikrim chalg’igan, tartib yo’q, intizom yo’q, qat’iyatsizman, ma’suliyatsizman deb baho beradi. Bu xislatlar barchasi alkash va narkomanlarni birlashtiradigan xislatlar ekanligiga e’tibor berish zarur.

Zaharingiz tanlovi o’z qo’lingizda.

Bek Olimjon
«Balki foydasi tegar…»
24.03.2024
Norvegiya

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

P.S Texnik muammolar sabab ovoz sifati bilan muammo bor. Ammo kontent saviyasi ancha yaxshi chiqqan InshaAlloh.

Birinchi podcast'dagi xatolarni kechirgan holda bizni qo'llab-quvvatlaysiz degan umiddamiz!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"Boshqalarga oʻxshashni istadim. Natijada oʻzimni yoʻqotib qoʻydim.
Soʻngra ichimga boqdim. Ismimdan boshqa narsani tanimasligimni angladim!".

©️Jaloliddin Rumiy rohimahulloh

P.S. O‘zingiz bilan "uchrashuv" belgilab turasizmi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🌙 RAMAZON

Ibodatlardagi dangasalikni yo'qotish, qalbdagi xushuni qaytarish, yaxshi odatlarni shakllantirish vaqti.

Ramazon fazilati haqida Salmon (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «U avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish fursati bo‘lgan oydir», deganlar.

Ushbu muqaddas oyning fazilatlaridan to'liq bahramand bo'lish maqsadida o'z jamoamiz uchun ushbu "ODATLAR KUNDALIGI"ni tayyorladik!

Uni sizga ham ulashmoqdamiz-ki, qilingan amallar savobidan bizga ham yetishidan umidvormiz!

*Tavsiya: Ushbu kundalikni sifatli va qalin A4 shakldagi qog'ozga chiqaring va har kuni ko'zingiz tushadigan joyga ilib qo'ying!

🤲 Ey Alloh, bizdan Ramazondagi amallarimizni qabul et!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bu galgi master classdagi mavzularni o’zlashtirib, amalda qo’llasangiz. Kelasi oydagi master classga do’stlaringiz uchun ham to’lavorasiz, ishonavering!

➡️ Farxod Komilov sun'iy intellektni marketingda qo'llash mavzusida;
➡️ Ayjan Kasimbekova kuchli brend qurish mavzusida;
➡️ Akbarjon Botiraliyev esa triggerlar orqali savdoni 2xga oshirish mavzusida master class o'tib beradilar.

📆 9-mart (shanba), 14:00 da, IT park binosida barchangizni kutamiz. Mo'ljal: Inha Universiteti.

💵 Masterklassda qatnashish narxi: 109.000 so’m. 8-mart munosabati bilan ayol-qizlarimizga ishtirok etish bepul.

⚠️ Bu safar boshqacha bo’ladi…Joylar soni cheklangan!

➡️ Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://forms.gle/hYC3Bb88xWxMskZy7

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Telegram Premium ishlatadigan foydalanuvchilar boost qilishsa, kanalga storislar qo‘yishni boshlayman InshaAlloh!

/channel/boost/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Loyihamizning bayram sonini kutib oling!

🚀 Marketing sohasida 28 yillik tajribaga ega MOREINFO Marketing Agentligi rahbari Ayjan Kasimbekovadan maxsus masterklass.

📈 Qisqa vaqt ichida kuchli brend qurish va umuman olganda brend mavzusi doirasidagi ko’plab savollaringizga javob topasiz.

⏰ 9-mart (shanba), soat 14:00 IT park binosida hammangizni kutib qolamiz.

💵 Qatnashish narxi: 109.000 so’m
🌷 8-mart munosabati bilan ayol-qizlarimizga kichik sovg'a: ishtirok etish bepul.

*Qolganlar esa 14-yanvarni kutmasdan bemalol kelaverishi mumkin))

Ro'yxatdan o'ting:
👉https://forms.gle/hYC3Bb88xWxMskZy7

@marketingclub_event

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yashashchun kurashib, yashay olmagach,
O‘zimni o‘ldirdim, yashay boshladim!

https://youtu.be/DDPsWf67QOI?si=Vv6bdHCtg2q72YGE

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Muvaffaqiyatni sa’y-harakatda, muvaffaqiyatsizlikni esa loqaydlik va dangasalikda, baloni tilda, halovatni esa sukutda ko‘rdim.

©Najmiddin Kubro

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qaysi mezon asosida gaplashamiz?

Qonun, ko‘cha yoki shariat?

Inson qilayotgan ishining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi isbotiga muhtoj! Bu isbot uning shu yo‘lda bardavom bo‘lishi uchun juda ham muhim.

Agar isbot topa olmasa yoki ikkilanishlar juda kuchli bo‘lsa, qilayotgan ishidan oladigan ma'naviy ozuqani yo‘qota boshlaydi. Qoniqish hissini tuya olmaydi.

Inson har doim to‘g‘ri yo‘lda, to‘g‘ri amal ustida ekanligini tan oladigan odamlar, jamoalar tomon intiladi. O‘zi anglamagan holda tanqiddan qochadi.

Nimanidir to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini biz asosan 3 ta mezon asosida baholaymiz. Bular: davlat qonuni, ko‘cha (o‘rmon) qonuni, shariat qonunlari.

Nafaqat to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi, balki uning jazo yoki mukofotini shu asoslar bo‘yicha belgilash kerak.

Masalan, siz do‘stingiz bilan sherikchilik asosida biznes boshladingiz. Lekin yarim yo‘lda do‘stingiz biznes pullarini olib, o‘z ehtiyojiga ishlatib yubordi. Siz bundan bexabarsiz.

Endi do‘stingizni sudga berasizmi, "erkakcha" gaplashib olasizmi yoki qozini oldiga olib borasizmi?

Bizning muammomiz nimada?

Biz insoniylik, odob, axloq singari barcha uchun nisbiy bo‘lgan, chegarasi noaniq tushunchalar ustida munosabatlar quramiz, ishlar qilamiz. Aniq mezon yo‘q.

Rahbariyat qiynalgan vaqtimda yordam bermadi, ota-onam menga sharoit qilib bermadi...

Bunday talablar qanday mezon bo‘yicha qo‘yilyapti? Konstitutsiya, din yoki ko‘cha mezoni bo‘yichami?

Biror ishning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi, qilingan ishni qanday jazolash yoki mukofotlash kerakligi bo‘yicha sizda aniq mezon bo‘lsin!

Shunda "menimcha" degan tushuncha girdobida qolib ketmaysiz!

"Menimcha"larni yig‘ishtirib, mezon bo‘yicha gaplashaylik!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Muzokaralarda qandaysiz?

Sizga bir savolim bor: Siz va ikkinchi tomon o'rtasida kelishuv, muammo yoki shu kabi holatlar bo'lsa, ularni qanday hal qilasiz?

Misol keltiraman: Rahbariyat oyligimni oshirishini xohlayman. Lekin bu bo'yicha gap boshlashim bilan menga berilgan savollarga javob berolmay o'zimni yo'qotib qo'yaman.
Ikkinchi misol: Ishda menga yoqmaydigan holat bor. Agar bu haqida gap boshlasam, asablarimni jilovlay olmasdan, janjallashib ketishdan qo'rqaman. Kelishmovchiliklarni hal qilishda qiynalaman. Aytmoqchi bo'lganlarim ichimda qolib ketaveradi.

Mana shunday holatlar hammamizda bo'lishi mumkin, to'g'rimi?! Nafaqat ishda, balki uy, ko'cha, qarindoshlar orasida. Mana shunaqa muammolar sizda ham bormi?

Ikki yoki bir necha tomon munozaraga kelishi kerak bo'lgan holatlarda qanday yechim topasiz yoki nimadan qiynalasiz?

Keling, izohlarda shu haqida ozgina gaplashsak 👇🏻

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Мен бир нарсани мантиқан тушунаолмаяпман.

Ўзбекистон фуқароси ўз ватандошларини она тилида гаплашишига, дағал бўлса-да, даъват қилгани, қандай қилиб айни Россия амалдорларига бунчалар тегиб, бу чет эл мамлакатини шу қадар жазавага туширса?! Айни рус тилида гапирмасин, демадику, ахир? Ўзбек тилиди ҳам гапириш керак, деди. Бу туристлар ёки чет эл фуқароларига қаратилиб гапирилган сўзлар эмаски, чет эл давлати бунга муносабат билдирса.
Нега энди айни Россия амалдорларига бу гап шунчалик таъсир қилиши керак? Россия мутассадиларининг амалида мантиқ бўлганида барча элчиларимиз, Ўзбекистонда гаплашиладиган барча мавжуд чет тиллари вазирликларига чақиртирилиши ва протест берилиши керак бўлган бўларди: ўзбек тилида гаплаша олмаса, бу дегани, у дунёнинг исталган бошқа бир тилида гаплашиш қобилиятига эга бўлиши мумкин дегани, нега энди ўша бошқа тил айни рус тили бўлиши керак экан?

Ёки гап эгасини топиб қолдимикан? Қайси сўзлари Россия Ташқи Ишлари расмийларига шунчалик таъсир қилибди экан: “босқинчи” сўзими, ёки “телба” сўзими?

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tanilish

Qadimda bittasi zam-zam qudugʻiga bavl qilgan. Uni odamlar tepkilab tashlashgan. Haramdagi mirshablar uni bir amallab qutqarib amirning huzuriga keltirishadi.

Amir undan nega bunday qilganini soʻraydi. U shunday javob beradi:
"Kishilar meni koʻrsatib "mana shu kishi zam-zamga bavl qilgan", deyishlari uchun shunday qildim!".

©Abdulqodir Pavlonov

Bu odamlar tanilish istagida tarixda qilgan juda ko‘plab ahmoqliklarda biri xolos.

Aqlli tarixchilar esa atayin ularning ismini zikr qilmasdan voqealarni muhrlashgan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Asl maqsaddan chalg‘imang!

Sizga barcha o‘z haqiqatini singdirishni istaydi. O‘zi to‘g‘ri deb bilganini siz ham to‘g‘ri deb bilishingizni xohlaydi.

Taksiga chiqsangiz, haydovchining o‘z haqiqati, ishga borsangiz, rahbar yoki mijozning o‘z haqiqatlari bor.

Men uchun ziynatlar (pul, tashqi ko‘rinish, mashina)dan ko‘ra qiymat (ish natijasi, olayotgan zavq, mendan qolayotgan manfaatlar) muhim deysiz-u...

Tushunchalaringizni o‘zgartirishayotganini sezmaysiz. O‘zingizni oz-ozdan yo‘qotib borasiz...

Kurasholmaysiz...

Moddiy manfaatlar peshqadamlikni olishni boshlaydi. Ma'naviy olam esa ko‘milishni.

Ular kabi o‘ylash uchun endi sabablar izlashni boshlaysiz. Xuddi banka ichidagi tuzlamaga tushgan bodring kabi. Bu banka ichida hech qachon shirin bodring bo‘lishning iloji yo‘q.

Faqat siz to‘g‘ri fikrlashingizning o‘zi yetarli emas! Shunday insonlar muhitida bo‘lish ham juda muhim!

Asl maqsaddan chalg‘imang! Buni amalga oshirish uchun mos muhitga kirishdan yoki uni qurishdan boshlang!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Inson muvaffaqiyati soft skills bilan bog‘liq.

Do‘stim, sohangiz nima bo‘lishining ahamiyati yo‘q!

Taqdiriga kulib boqqanga, omad kuladi.

Qat'iyatli insonlar ko‘prog‘iga erishadi.

To‘xtamaydigan kishi oxirigacha boradi.

Lekin...

Bunday ko‘nikmalarni bizda kim shakllantiradi?

Tarbiya? Ustozlar? Hayot?

Yo‘q! Ular emas!

Hayotingingiz uchun asosiy va yagona javobgar shaxs! Aynan u!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Blogimni qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat ✊

Ilk donatim! Birinchi donatni qilgan inson, siz tarixda qoldingiz 😅

Mobodoga ;)
https://tirikchilik.uz/khasanovfarukh

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Cubic podcastining birinchi soni "Marketing Evolyutsiyasi - Mahsulot bo'lishi yetarli" mavzusida bo'lib o'tdi. Bu safargi mehmonimiz: Business Navigator Consulting asoschisi va rahbari Azizjon Gapparov.

🗣 Podkastimiz davomida:
- O'zbekistonda marketing qanday rivojlandi.
- Kompaniya uchun R&D bo'limi qanchalik muhim.
- Marketingda product erasi qanday boshlangan.
- Bozorda birinchi bo'lish qanchalik muhim.

🎬 To‘liq podkast YouTube-kanalimizda. O‘ting va tomosha qiling! 👇
https://youtu.be/8SudY8oFbDc?si=f-tfYy115ORQj5Uc

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ramazon oyida ba'zi o‘y-fikrlar miyani tark etdi. Demak, shaytondan bo‘lgan ekan.

Ba'zi noto‘g‘ri o‘y-fikrlar hali bor. Demak, nafsimni yomonligi ham kam emas ekan aslida.

O‘zimni qayta taniyapman...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qo'shimcha daromad manbai izlayapsizmi?

Bir necha oy oldin ko'pirayter do'stimiz o'tkazayotgan chellenjni tavsiya qilgandim. Unda o'zim ham ishtirok etdim. Natijalar qanday bo'lgani ko'rdim.

15-martdan ushbu chellenjga qayta start beryaptilar:
/channel/copywriter_on/207

Agar siz – Kopirayter, SMM menejer, uy bekasi, talaba yoki qoʻshimcha daromad istagidagi inson boʻlsangiz, kopirayting sohasi aynan siz uchun!

Bu chellenj-kursda siz shunchaki SMM kopirayter emas, ish beruvchilar talabiga javob bera oladigan kopirayter boʻlib yetishasiz!

Qabul 12-martgacha! Qabul soni cheklangan, kursdan maqsad soqqa qilish emas, shoshilishingizni xolis tavsiya qilaman.

Kursga roʻyxatdan oʻtish uchun: @prokopirayting_2'ga yozasiz.

🤫 Farrux Hasanov promokodi orqali keldim desangiz, har bir tarif uchun yana 10$ chegirmaga ham ega bo'lasiz.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kuchli jamoa bir-biridan yordamini ayamaydigan jamoa emas, kuchli jamoa avvalo bir-biriga xalaqit qilmaydigan jamoa!

Yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, kutilgan sifatda topshirib, u qilgan ish ortidan yana bir kishi ovora bo‘lmaydigan mutaxassislardan iborat jamoa!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Xullas, bosish kerak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bugun 29-fevral. Qishning oxirgi kuni!

Yangi faslga sarhisob bilan o'tish kerak:
— Nimalarni reja qilgandim?
— Rejalarimga qanchalik erishyapman?
— Nimada yutdim-u, qayerda yutqazdim?
— Nima xulosalar chiqarishim kerak?
— Maqsadlarimdan chalg'imadimmi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Rahbariyat yoki xodimlar ilmsizligi ortidan qilingan xatolar uchun katta brendlar ko‘proq to‘laydi.

Aynan shu narsani yaxshi bilgan tadbirkorlar doimiy ta'lim oladi va biznesida ham korporativ ta'limni yo‘lga qo‘yadi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ne'matning odobi...
   
   Imom Ahmad rohimahullohning "Zuhd" kitobida keladi:
   "Sahobalar farzandlariga bir narsa berishni yoqtirishmas edi. Chunki bolalar u narsa bilan koʻchaga chiqishsa, kambagʻalning bolasi, yetim bolalar uni koʻrib uyiga kirib yigʻlaydi, qalbi parchalanadi, deb mulohaza qilishar edi!".

   Neʼmatning odobi shuki, u bilan bu neʼmatdan mahrum kishilar oldida maqtanilmasin.
   Farzandi yoʻq insonlar oldida farzandingiz haqida koʻp gapirmang.
   Faqirning oldida pulingiz, narsalaringiz haqida gapirmang.
   Bemorning oldida sogʻ va salomat ekanligingiz haqida gapirmang.

   Insonlarda yetishmovchilik boʻlishi tabiiy. Ular sekin-asta hayotlarini toʻldira borishadi. Ammo neʼmat sohiblarining jarohatga tuz sepishi toʻgʻri emas!

©Abdulqodir Samarqandiy

P.S: Ammo biz bugun ayni shu bilan bandmiz! Asoslarimizdan uzoqlashyapmiz.

Bizga berilgan xoh katta bo‘lsin, xoh kichik har bir ne'matni ommaga bir maqtanib qo‘yishimiz kerak.

Instagram aynan shuning uchungina xizmat qilayotgandek ba'zan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hamma talab qiladi, lekin...

Xodim rahbaridan maoshni ko‘tarishni so‘raydi, lekin ko‘proq qiymat yaratishga harakat qilmaydi.

Rahbar xodimidan ko‘proq va sifatli ishlashni talab qiladi, lekin buning uchun tizim yoki muhit yaratishga shoshilmaydi.

Ayol eridan ishda kechgacha qolmaslikni talab qiladi, lekin "Shirin ovqat tayyorladim, vaqtliroq kelasizmi?", demaydi.

Hukumatdan korrupsiyani yo‘qotishni talab qiladi, lekin o‘zi qoida buzsa pora berishga urinadi.

Bolasidan kitob o‘qishni talab qiladi, lekin o‘zi televizor yoki telefon qarshisida soatlab o‘tiradi.

Bizda hamma talab qiladi, talab qilishnigina biladi. Lekin hech ham o‘zini isloh qilgisi kelmaydi!

Bloggerdan talab qilamiz, jamiyatdan talab qilamiz, rahbariyatdan talab qilamiz, hukumatdan talab qilamiz...

Talab qilishdan to‘xtamaymiz. Lekin islohotga shoshilmaymiz!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ustoz Sherzodxon Qudratxo’jadan Kril Altman tomonidan olingan intervyu:

https://youtu.be/YWy1bkh9kFc?si=O26YKJu-AF8b4Zh6

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

HECH QANDAY OSON YO‘L YO‘Q!

“Muvaffaqiyatingiz iste’dodga bog‘liq emas, balki komfort zonangizdan qanday chiqishni bilishingizga bog‘liq”.

©Menejment “otasi” Piter Druker

“Menimcha, hayotdagi hamma narsa diqqatingizni bir narsaga qaratish va o‘zingizni unga bag‘ishlash qobiliyatingizga bog‘liq”.

©Kinorejissor Norman Jevison

"Men yoshligimda sakkiz soatlik ish kuni ixtiro qilinmaganidan xursandman. Agar hayotim shunday davomiy ish kunlaridan iborat bo‘lsa, boshlagan ishlarimning ko‘pini oxiriga yetkaza olmasdim”.

©Ixtirochi Tomas Edison

Nafsini yenga olish, bir ishga qunt qilish va o‘zini bag‘ishlash hamda tinimsiz mehnat! Bu muvaffaqiyat omillari!

Boshqa hech qanday oson yo‘llar yo‘q!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Robbim, ... munosibmasman, lekin muhtojman!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yashab qolish!

Agar investorning ko'zi bilan qarasangiz, o'tgan yil eng yaxshi yillardan biri bo'lgan. Microsoft kabi kompaniyalarning aksiyalari 65 foizga, META 170 foizga, NVIDIA 219 foizga qimmatlashdi.

Agar 2023-yilga IT-kompaniya xodimlari nazari bilan qarasangiz, vaziyat butunlay boshqacha. O'tgan yil ishdan bo'shatilganlar soni bo'yicha rekord yil bo'ldi. Agar 2022-yilda yirik IT-kompaniyalar 165 ming xodimni ishdan bo'shatgan bo'lsa, 2023-yilda xuddi shu kompaniyalar o'z xodimlarini 262 mingga qisqartirgan.
manba

Mehnat bozorida "yashab qolish" uchun mutaxassisda qanday ko'nikmalar bo'lishi kerak?

Aziz aka bu haqida yaxshi post yozibdilar: /channel/azizrakhimov_blog/728

Aytishingiz mumkin, biznes boshlash, frilanser sifatida ishlash kabi boshqa yechimlari ham bor deb.

Albatta! Lekin soft skill'laringizni rivojlantirishingiz siz uchun hech qachon zarar keltirmaydi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yaqin orada telefon/kompyuter yoki ularga aksessuar sotib oldingizmi?

Yoki umuman sotib olish niyatida yuribsizmi?

Biz yangi o'tkazayotgan tadqiqot uchun shunday insonlar kerak.

Quyidagi formani to'ldirsangiz. Biz sizga aloqaga chiqamiz:
👉🏻 https://forms.gle/r54wmZvkny5dhdTh8

Читать полностью…
Подписаться на канал