hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

🔥 MARAFON BOSHLANDI!

Qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali kanalga o'ting:
👉🏻/channel/+z-QrpFa6Gc04NmRi

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Oʻzbekistonlik bolalar 81 ta davlat orasida matematika boʻyicha 72-oʻrinni, tabiiy fanlar va oʻqish savodxonligi yoʻnalishlarida 80-oʻrinni egalladi...

PISA testlari xalqaro tan olingan oʻlchovdan foydalanib, oʻqitish tizimlari, maktablar, oʻqituvchilar va oʻquvchilardan ma’lumotlarni toʻplab, oʻquvchilar bilimini baholaydi.

... Eng yomon natija koʻrsatgan 5 ta mamlakat qatoriga esa 360 ball bilan Dominikan Respublikasi undan keyin Kosova, Filippin, Oʻzbekiston va oxirgi oʻrinda Kambodja turibdi...

... “Ha, toʻgʻri oʻqidingiz, atigi 14 foiz 15-yoshli oʻquvchilar, “oʻrtacha uzunlikdagi matndagi asosiy gʻoyani aniqlay oladi, ravshan aniqlangan, lekin ba’zan murakkab kriteriylar asosida ma’lumot topa oladilar va agar ravshan qilib koʻrsatilsa, matnning maqsadi va shakli haqida fikr yurita oladilar”. Bu degani, 86% oʻquvchilarimiz buni uddalay olmaydi”, – deb yozgan Behzod Hoshimov.

O‘zbekiston "kelajagi" bo‘lgan yoshlarimiz ta'limi va ahvoli haqida batafsil o‘qing:
👉 https://kun.uz/19097464

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

BOYLIK YARATISH

Daromad boylik emas. Daromadni ishlab topish kerak. Boylik esa ishlaysizmi yo‘qmi ko‘payaveradi.

Shuning uchun daromadni emas boylikni ko‘paytirish uchun harakat qilish kerak.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Boylik nega kerak?

Boylik ozodlik uchun kerak! Vosita muammosidan xalos bo‘lish uchun... Bu haqida ortiqcha yozib o‘tirmayman.

Nega Genri Fordning pul jamg‘armaslik haqidagi gapini eng yomon maslahat deganman?!

Chunki, jamg‘armangiz yo‘q ekan, to‘satdan kelgan kasallik (masalan, pandemiya), baxtsiz hodisa, tavakkal biznes boshlash singari yakuni sizning "sinishingiz" bilan tugashi mumkin bo‘lgan ssenariylar juda ko‘p.

Aynan jamg‘armam bo‘lmaganligi sababli kattaroq pul kerak bo‘lib qolganda doim qarzga kirib qolardim. Oxirgi safar kattaroq qarz bo‘lgach, bu narsani to‘xtatish uchun shaxsiy moliya bo‘yicha ilm olishni boshladim.

Biz faqatgina oz foizni tashkil qiladigan, bunday holatlardan muvaffaqiyatli chiqib ketgan insonlarning gaplariga suyanib qolmasligimiz kerak. Albatta, moliyaviy bilimni oshirib, ilm bilan harakat qilish kerak.

Bundan tashqari boylik hosil qilish uchun pul jamg‘ara olish qobiliyati muhim hisoblanadi.

Bu borada "Latte omili" kitobi, sizning jamg‘arma haqidagi qarashlaringizni, albatta, o‘zgartirib yuboradi.

Daromaddan boylikka qarab o‘sish bosqichlari: qarzdan qutilish, stabil daromadga chiqish, daromadni oshirish, daromaddan boylik hosil qilish, boylikni strategik o‘stirish.

Keyingi postlarda shu yo‘l haqida yozaman InshaAlloh!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qari odamlar yoshlarga pul yig‘ishni maslahat qiladilar. Bu yomon maslahat. Har tangani yig‘ishga harakat qilmanglar. O‘zingizga tikinglar. Men 40 yoshgacha hali bir dollarni ham yig‘maganman.
©G.Ford

Mana shu men bir necha yil amal qilgan eng yomon maslahatlardan biri bo‘lgan.

Boy ekan, mashhur ekan, muvaffaqiyatli odam ekan deb hammaning ham gapini olaverish kerak emas.

Pulni ishlab topish bir mahorat bo‘lsa, uni to‘g‘ri boshqarish, sarflash esa san'atdir!

Har doim jamg‘armangiz bo‘lsin! Bu degani pulni o'zimga tikmasligim kerak degani emas, ammo qachonligini bilishingiz kerak.

Moliyaviy holat bo‘yicha 3 ta bosqich bor. Agar siz noldan ko'tarilayotgan bo'lsangiz, albatta, bu bosqichlardan o'tasiz.

Toki shu bosqichlarni bilmagunimga qadar nega pul yig‘ish kerakligini tushunmaganman.

Agar shu 3 ta bosqich qiziq bo‘lsa "👍" bosing!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kecha aqlli edim, dunyoni o‘zgartirmoqchi bo‘ldim.
Bugun donoman, o‘zimni o‘zgartiryapman.


©Rumiy

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

KECHIKMANG!

 Ibn Saʼd rohimahulloh oʻzining "Tabaqot"ida keltiradi:
"Sanobuhiy aytadi:
"Yamandan Nabiy sallollohu alayhi va sallamni koʻrish uchun yoʻlga chiqdik. Madina tepalariga yetib kelganimizda bir otliq peshvoz chiqib bizga dedi:
   "Rasululloh sallollohu alayhi va sallamni dafn qilganimizga besh kun boʻldi!".

Biroz toʻxtang! Ularning ahvolini tasavvur qiling...

Sanobuhiy va uning hamrohlari Rasululloh sallollohu alayhi va sallamning yuzlarini koʻrib sahoba boʻlish baxtidan besh kungina kech qolishdi! Ular tobeʼinlar roʻyxatidan joy olishdi!

Chiqargan baʼzi qarorlaringizning toʻlovini bir umr ham toʻlay olmaysiz.
  
Temirni qizigʻida uring. Sovugandan keyin vaqt oʻtgan boʻladi.

©Abdulqodir Samarqandiy

Bir yil oldin yozgan postim esimda. Vaqt bilan nima sodir bo‘layotganini bilmayman-u, lekin juda ham tez o‘tyapti.

O‘zizga, albatta, vaqt ajrating! 2024-yilni rejalashtirish uchun 1 oy vaqtingiz qoldi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bill Gates qizini kambag’alga turmushga bergan bo’larmidi?

Bir necha yil oldin AQShda investitsiyalar va moliya bo'yicha konferentsiyada ma’ruzachilardan biri Bill Geyts edi va savol-javob davomida bir jurnalist unga hammani kuldirgan savol berdi.

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri bo'lgan u qizini kambag'al odamga turmushga bergan bo’larmidi?- degan savol yangragan.

Bill Gates bunday javob berdi:

Birinchidan, shuni tushuningki, boylik ko'p pulga ega bo'lishlikni anglatmaydi.

Boylik, birinchi navbatda, boylik yaratish qobiliyatidir.

Masalan, lotereya yoki tasodifiy o'yinlarda g'alaba qozongan, hatto 100 million yutib olgan kishi boy emas, u juda ko'p pulga ega kambag'al odam bo’lishi ham mumkin. Shuning uchun lotereya millionerlarining 90%dan ko’pi 5 yil ichida yana kambag'al bo'lib qolishadi.

Shu bilan birga pulsiz boylar ham bor.

Bunga misol: Ko'pchilik tadbirkorlar.

Ular allaqachon boylik yo'lida harakatda,garchi pullari bo'lmasa ham, chunki ular moliyaviy intellektni rivojlantirmoqdalar va bu boylik yaratish degani.

Boy va kambag'al qanday farq qiladi?

Agar biror yigit yoki qiz o’qishini ilm olib tugatishga qaror qilganini, yangi narsalarni o'rganayotganini va doimiy ravishda o’zini rivojlantirishga harakat qilayotganini ko'rsangiz, bilingki, u boy odam bo’ladi

Muammosini hukumatda, qonunlarda yoki boshqa odamlar deb da’vo qilsa va boylarni o‘zi yomon ko’rib, ularni doimo tanqid qilib, ularni g’irrom va yovuz odamlar deb hisoblaydigan insonni ko‘rsangiz, bilingki, u kambag‘aldir

Boylar orzusi sari uchishlari uchun faqat ma'lumot va mashg'ulotlarga muhtoj ekaniga amin bo’ladilar. Kambag'allar esa boshqalar ularga uchish uchun pul berishlari yoki sharoit yaratishlari kerak, deb hisoblashadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, qizim kambag'alga turmushga chiqmaydi deganimda, pulni nazarda tutmayman. Men bu odamning boylik yaratish qobiliyati haqida gapiryapman.

Jinoyatchilarning aksariyati kambag‘al ekanligi haqiqat. Ular pul oldida aqllarini yo'qotadilar, shuning uchun ular o'g'irlashadi va birovning mulkiga tajovuz qilishadi, chunki ular o'zlari pul ishlashni bilishmaydi.

Bir kuni bank qo'riqchisi bir qop pul topib, sumkani olib, bank mudiriga uzatdi.

Odamlar bu odamni ahmoq deyishgan, lekin aslida bu odam pulsiz boy odam edi.

Oradan bir yil o‘tib, bank unga qabulxonada ishlashni taklif qildi, 3 yildan so‘ng u mijozlarga xizmat ko‘rsatish, 10 yildan keyin esa ushbu bankning shtat filialini boshqardi. Endi u yuzlab xodimlarni boshqarmoqda va uning yillik mukofotlari u o'g'irlashi mumkin bo'lgan miqdordan ancha yuqori.

Demak, boylik bu- eng avvalo, ruhiy holatdir!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Donishmandning gapi rost!

Hayot yo‘li zinaga o‘xshaydi. Zinalar ko‘tarilish uchun mo‘ljallangan, o‘tirib dam olish uchun emas.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Mushugim uchun yangi oila kerak.

Ragdoll zotli 2 oyli mushugimizga ega izlayapman.

Sheriklari 75$ dan sotilgan, men tekinga beraman. Faqat mushukni yaxshi ko‘radigan insonga.

Mushuk eng pokiza hayvonlardan hisoblanadi, bolalar uchun ajoyib do‘st va ularda mas'uliyatni shakllantiradi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bugun Abulqosim Eshon madrasasidagi hunarmandlar ishlarini ko‘rgani borgandik.

Hunarmandlik, san'at sohasini o‘rganish, ishlarni tahlil qilish bo‘yicha qayerdan, qanday ilm olsam bo‘ladi deb ustalardan maslahat so‘ragandim.

Pedagog, olim Bulatov kitoblari tavsiya qilishgandi. Kitoblarini elektron olib ko‘rdim. Ma'lumotlar ajoyib, tahlil usullari, san'at mantig‘i singari ajoyib bilimlar berilgan. Tavsiya qilaman!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

“Bekat” — har birimizga tegishli og‘riqli rolik!

https://youtu.be/yYZIo52-pQE?si=O3FJhiQC85tVYj3L

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yaqinda bir tanish tadbirkor kichik bir reklama kampaniyasi qilaylik, savdo tushdi degandilar.

Yuqoridagi xarajatlar rejasi shu reklama kampaniyaniki. Unda kopirayting (matn yozish) uchun 300$ ajratilganini ko‘rishingiz mumkin.

2018-yil, endigina marketing sohasiga qadam qo‘yganimda, pulni aynan kopiraytingdan ishlab topganman.

O‘zi aslida bu qiyin ish emas. Mendagi bu bilim maktabda yaxshi o‘qitgan ona tili va adabiyot o‘qituvchimiz, SMM kursida berilgan bir nechta kopirayting texnikalari va doimiy kitob mutolaasi natijasida shakllangan.

Kopiraytingni o‘rganib qo‘yish foydalari juda ham ko‘p.

Shu sababdan o‘zim yaqindan tanigan, soha mutaxassislaridan bo‘lgan do‘stimiz kanallarini sizga tavsiya qilmoqchiman: @copywriter_on

Qo‘shimcha ilm hech qachon zarar qilmaydi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yangi kitob, yangi sarguzasht!

500 betli kitob ekan. Qancha vaqtda tugata olarkanman?

Foydali joylarini ulashib borishga harakat qilaman xudo xohlasa.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Menga Targeting (Facebook/Instagram ads) ni o'rganmoqchi bo'lgan 5 kishi kerak!

1 oy davomida target bo'yicha o'zim bilgan narsalarni amaliy loyihalar bilan o'rgataman.

Asosiy mavzular quyidagicha:

• Ads Manager sozlash;

• Facebook reklama voronkasi;

• Auditoriyalar bilan ishlash;

• Byudjetni rejalashtirish;

• Test qilish usullari (creative/auditoriya/landing);

• TOF/MOF/BOF uchun mos kreativlar;

• Re-targeting;

• Reklama kreativi va matnlari tuzilishi;

• Natijalarga qarab tahlil qilish, xulosa olish, tavsiya berish;

• Masshtablashtirish, avtomatlashtirish;

Darslar:
• Oflayn ('Impact co-working'da) shaklida o'tiladi;
• Haftada 2-3 marta amaliy dars (2-3 soatdan), qolgan vaqt ofisda amaliy loyihalarda tajriba to'playsiz;
• Topshiriqlar / vazifalar beriladi.

❗️O'qishni tamomlab, bizda ishlashingiz yoki o'zingiz mustaqil loyihalar olib faoliyat yuritishingiz mumkin bo'ladi.

Davomiyligi: 1 oy
Narxi: $500
Kim uchun: Marketing sohasida ishga kirish oldidan tajriba to'plamoqchi bo'lganlarga mos

📱Murojaat uchun: @muslimbekr

👉 O'quvchidan 💻 talab qilinadi

@muslimbek_rakhmonov

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Allohim, olayotgan ilmimizni O‘zingga osiy bo‘lishdan tiyilish uchun ishlatishni nasib qil, boshqalarning amallariga qozilik qilish uchun emas!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Testosteron darajasi bo‘yicha birinchi o‘rindamiz lekin 🫠...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bir sinalgan tajriba yetti kitobdan afzal.
©maqol

Bir kishi tajriba bilan erishgan ilmiga faqat kitob yoki treningda o‘qib, yetib borish qiyin.

Siz biror mavzuda nazariy bilimga ega bo‘lishingiz mumkin. Lekin mohiyatni anglash tajriba bilan kelarkan.

Hozir to‘g‘riligini anglab, amal qilishni boshlagan ilmlarimni ustozlarim ancha oldin aytishgan.

Shuning uchun ham olgan ilmini sinovdan o‘tkazgan insonning o‘sha mavzu yuzasidan so‘zlari qadrliroq bo‘ladi.

Kitobdan o‘qib berish esa hammani qo‘lidan keladi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

IT kompaniyalarda marketologlarning o‘rni va u qanchalik kerakligi, marketing strategiyasini ishlab chiqish, isteʼmolchilar ehtiyojlarini tushunish sanʼatini, bozorga brendlarni muvaffaqiyatli olib kirish hamda ishga tushirish mavzularida yaxshi podcast bo'libdi😉

To'liq podcast: https://youtu.be/Bk1S0wKAEoc?si=pousZHc-17G7dfc1

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Marafon 10-dekabrda boshlanadi!

2024-yil uchun rejalarini tuzib olmoqchi bo'lganlar uchun ajoyib imkoniyat.

Qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali kanalga o'ting:
👉🏻/channel/+z-QrpFa6Gc04NmRi

Blogim esa o'z yo'nalishida davom etaveradi InshaAlloh.

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Izlangan taqvo darveshning tasbihi, "shayx"larning sallasi yoki obidlarning takyasi emas. Taqvo bu ilm, din, dunyo, ruh, modda, reja, tartib, taraqqiyot, ishlab chiqarish, ishni puxta qilish va ehsondir!".

Abul Hasan Nadviy rohimahulloh

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

O‘sish uchun eng samarali yo‘l!

Xatolar ustida ishlash va uni takrorlamaslik bu o‘sish va rivojlanish uchun ajoyib usuldir.

Lekin bundan ham samaraliroq bo‘lgan yo‘l bor.

Siz har doim nimani boshqalarga nisbatan yaxshiroq bajarayotganingizni topish va uning ustida ishlash!

Bu biznesda pozitsiyalanish deyiladi.

Xoh biznesda, xoh o‘z mutaxassisligingizda bo‘lsin, siz nimani boshqalardan yaxshiroq qilishingizni anglashingiz hamda shu bilan o‘z o‘rningizni belgilab olishingiz asosiy o‘sish nuqtangiz hisoblanadi!

Xulosa:

Xatolar ustida ishlash, albatta, ajoyib. Ammo o‘sish uchun eng samarali yo‘l siz barchadan yaxshiroq qilayotgan ishga fokus qaratishingizdir!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Har gal biror mashina yoki avtobusda, restoran yoki market peshtoqida 🇺🇿 koʻrsam, odamlar oʻzi anglab, sezib, sevib, bayrogʻimizni ilib qoʻyishganini koʻrsam, ich-ichimdan xursand boʻlib ketaman.

Biz vatanimiz bayrogʻiga nisbatan juda kamtar yondoshamiz, uni namoyish qilish, keng jamoatchilikka, xalqqa singdirishdan nimagadir uyalamizmi… bilmadim. Bu taalluqlilik belgisi, uni koʻproq koʻrsatishimiz, qadrlashimiz, hurmat qilishimiz shart.

U faqat rasmiy tadbirlar arafasida / davomida emas, doim, har kun xalq bilan birga boʻlishi kerak.

@mirzo_zominiy

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Mushukchamga ega topildi! Rahmat hammaga!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ancha vaqtdan buyon Hasanxondomla?si=pOE9Swid5iqTy1TE">Hasanxon Yahyo va husayn_buxoriy?si=Tyno3N6G9jlyBEwu">Husayn Buxoriy ustozlarning suhbatlarini eshitib kelaman. Hasanxon Yahyo ustoz bir intervyuda bolalikdagi vaqtimni behuda ketkazganimdan afsuslanaman degandilar. Yoshlikda shuncha ta'lim, ilm ola turib...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Birga o'qiymizmi?

Kopirayting sohada rivojlanishim, daromad topishim uchun katta yordam bergan. Bundan keyin ham ancha asqatadi deb o'ylayman xudo xohlasa.

Shu sababli kopirayting bo'yicha bilimlarimni kuchaytirish maqsadida /channel/copywriter_on/129 challande'da qatnashyapman. Yangi kasbli bo'lmoqchi bo'lganlar bo'lsa, birga o'qiymiz!

Agar siz:

1. Imlo xatolarsiz yoza olsangiz;

2. 2 oy davomida, Haftada 3 kun 2-3 soat vaqt ajrata olsangiz;

3. Rus yoki ingliz tillaridan birini yaxshi bilsangiz;

4. Marketing, SMM, Kopirayting sohalari haqida boshlang'ich tushunchalarga ega bo'lsangiz;

5. Intizomga amal qila olsangiz, marhamat!

👉🏻 /channel/copywriter_on/129

P.S. Blogim a'zolariga challenge'da qatnashish uchun 10% chegirma ham bor ekan!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

DUO QILING!

  Ibn Abdi Robbihning "Al-iqdul farid" kitobida keladi:
   "Abu Yaʼqub Buvaytiy imom Shofiʼiy rohimahullohning as’hoblaridan edi. Xokim undan nojoiz bir ishda fatvo chiqarib berishini soʻradi. U bosh tortdi. Hokim uni qamoqqa tiqdi. Buvaytiy  qamoqda turganida juma namoziga azon aytilsa tahorat olar, kiyimlarini tuzatib eshik oldigacha kelar edi. Qamoqxonadagi posbon undan soʻrar edi:
- Qayerga?
- Robbimning daʼvatchisiga ijobat qilmoqchiman!
- Orqaga qayt, Alloh ofiyat bersin!
   Shunda Buvaytiy shunday der edi:
   "Robbim! Sen bilasan, men Sening chaqirigʻingga ijobat qilmoqchi edim. Meni man qilishdi!"

   Biz natijadan emas, harakatdan masʼulmiz. Yetib borishdan emas, yurishdan masʼulmiz. Gʻalabadan emas, dushmanga qarshi turishdan masʼulmiz.
   Biz Allohning daʼvatchilariga imkoniyatimiz va qudratimiz miqdoricha ijobat qilamiz. Bu kurashda hamma narsaning taʼsiri bor. Har birimiz oʻz maydonimizda harakat qilishimiz lozim. Buni kichkina ish deb qaramang!

   Falastin xalqining ozodlik uchun kurashi agar yahudiylarning ogʻalarini tashvishlantirmaganida ishgʻolchi davlatni qoʻllash va  Falastin zaminida tikan ekish uchun zamonaviy qurollar bilan kelisharmidi?!
   Gʻazo eshigida qadam qoʻyishdan qoʻrqitib ularni toʻxtatgan kuch nima?! Gʻazoliklarning otryadlari emasmi?!
   Agar murojaatlar behuda boʻlganida televizorlarga chiqib bir narsalarni gʻuldurab tahlil qilisharmidi?!
   Bu narsalar hali Falastin xalqining izzati tugamaganiga ishora qiladi.

   Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar va chiqishlar behuda boʻlganida Mark ularni oʻchirarmidi?!
   Bu ong jangi. Umum fikrini oʻzgartirish jangi. BBC ва CNN telekompaniyalarining qanday aldashayotganini koʻrmayapsizmi?
   "Gardian" oʻzining rassomi Stiv Bellni Netanyahuning jinoyatlarini tanqid qilib karikatura chizgani uchun ishdan oldi.
   Bu jang faqatgina Gʻazoning dardi emas, butun ummatning dardidir.
   Bu jang oddiy jang emas, aqidalar orasidagi jangdir.
   Bu chegara janglari emas, mavjudlik jangidir.
   Bu jangda hamma oʻz chegarasida tursin. Hamma bu urushga qarshiligini bildirsin.
   Ummat safidan hech yoʻqsa tuygʻular ila joy oling. Duoning qiladigan ishiga yengil qaramang!

©manba

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Sizlab gaplashardik. Ishim tushdi, sansirashni boshladi...

O‘zidan o‘zgasiga muhtoj qilmasin ekan!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ilm va iymon bilan sug‘orilmagan qalbni pul faqat bulg‘aydi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

To tirik ekansan..
To tirik ekansan: kurash, ishla, yon!
To tirik ekansan: sev, sevil, quvon!
To tirik ekansan: izla, qidir, top!
To tirik ekansan: intil, yuksal, chop!
To tirik ekansan odamday yig'lab,
Odamday sevinib, qayg'urib yasha!
Sevdingmi, yoringni dadil qo'ltiqlab,
Odamli ko'chadan odiming tashla!
Dard-alam o'tganda oshkor yosh to'kib,
Quvonsang oshkora xandon otib kul!
Dushmaning qaddini beshafqat bukib,
Do'stingga tuta bil dasta-dasta gul!
Do'stlaring qol siqib, nurga cho'mganda
Qalb tafting kaftida lovullab qolsin,
Vaqt yetib ko'zingni mangu yumganda
Sen yurgan ko'chalar huvillab qolsin!

Shuhrat

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Biznesmen bo‘lish uchun hech qachon kech bo‘lmaydi, lekin ayni bir sohada kuchli mutaxassis bo‘lish haqida bunday deya olmayman...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…
Подписаться на канал