hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

Kettikmi?

/channel/marketingclub_event/475

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kuniga 10$ jamg‘arib borib, qanday qilib millionerga aylanish mumkin?

Juda katta pul topmasdan turib ham millionerga aylanish mumkinligi, boy bo‘lishning 3 ta siri, pul jamg‘arish rejasi...

Devid Bax bularning barchasini hatto hech qanday moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lmagan inson ham tushuna oladigan tilda yoza olgan.

"... Bilmadim, qanday qilib, lekin sizga va'da beraman, buvijon, uch yilda bu yerdan tashqarida bo‘laman va orzularimga erishaman. Aytganingizdek, ichimdagi bolakayga ham o‘ynash imkonini beraman".
©Devid Bax

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Brend qurishni Payme'dan o‘rganish kerak...

Asaxiybook tomonidan tarjima qilingan "Latte omili" kitobi

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hammaga Assalomu alaykum!

Meni Ismim Muslim, marketologman.
5 yildan buyon Marketing va Sotuv bo'yicha ko'plab loyihalarda ishlab amaliy tajriba olganman. Shu kunlarda oʻzimga shogirt olmoqchiman.

Agar marketing sohasida o'qimoqchi va shu yoʻnalishda ketmoqchi bo'lganlar bo'lsa, sizga bilimlarimni o'rgatishga harakat qilaman va bu individual tarzda bo'ladi.

Dastur davomiyligi 3 oy oflayn boʻlib, bunda siz:

• Marketing tadqiqot
• Marketing Strategiyasi
• Communication Strategiyasi
• Performance marketing (Targeting, Google ads, Yandex direct toʻliq amaliyotga asoslangan)
• Organic traffic (SEO, Reels, TikTok, YouTube da kontentlar qilish orqali organik traffic olib kelish
• Digital PR
• Sotuv varonkalari
• 0 dan sotuvchi veb-sayt yasash
• B2B marketing va sotuvlar boʻyicha taʼlim olasiz.
• Mijozlar bilan suhbat olib borish sanʼati boʻyicha taʼlim olasiz.

Mentorlik qatnashchilarining hammasi yuz foiz ish bilan taʼminlanadi va unda qatnashish pulli. Pullik qilinganiga ko'p sabablar bor

Talablar:

• Ingliz tilini minimal 5,5 darajada bilish yoki o'rganishni boshlashi kerak
• Offline kuniga Kamida 6 soat Office ga kelish
• 16 yoshdan 22 yoshgacha oraligʻida boʻlsalar ayni muddao.

🧑‍💻 Roʻyxatdan oʻtish uchun ustiga bosing

Joylar soni cheklangan faqatgina 5 kishi qabul qilinadi. Aytgancha, bilimlarimizning hammasini real loyihalarda sinab koʻrasiz.

@muslimansari - obuna bo'lamiz))

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ommaviy ongsizlashtirish!

Men ko‘rishni boshladim, keling, birga ko‘ramiz:

https://youtu.be/4ymODZahOc4?si=TVAI0jB7wXJAFiz6

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Aytganday, 2 mlnga yaqin pul yig‘ib, tashlab berildi.

Barchani haqqiga duo qilishdi. Barchangizga katta rahmat 🙌

Bilasizmi, barcha qarzlarini uzish uchun bu pul kamlik qiladi. Lekin...

Jamiyatda yaxshi insonlar bor, ular men haqimda qayg‘uradi, og‘ir kunimda insonlarga suyansam bo‘ladi degan xotirjamlikni bera olganimizni o‘zi katta yutuq!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qariyb 1,5 mln yig‘dik! Sizlar bilan faxrlanaman!

Agar siz ham ehson qilmoqchi bo‘lsangiz, pul o‘tkazish uchun karta:

8600140215413098
Hasanov Faruxjon

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ertaga mana shu post tarixini aytib beraman.

Jamiyatimizdagi holat haqida, ozmuncha bilib olasiz InshaAlloh!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🔥 “3 tasi birda” praktikumni kutayotganlar bormi?

🔲 Abror Ahmedov — Sotuvni SMM orqali oshirishning 4 ta faktori (target, content, community va storieslar);
🔲 Aziz Axtamov — Mijozlarni magnitdek jalb qiluvchi marketing;
🔲 Sadriddin Abdurahimov — Targetga ortiqcha pul sarflamasdan, minimal byudjet bilan sotuvni ikki barobarga oshirish yo'llari.

💸 O’z ustingizda ishlash, soha bo’yicha ilm olish va o’rganishdan to’xtasangiz pulni ortidan quvib charchaysiz. Agar siz doimiy ilm olish va ishni bir maromda olib borsangiz pulning o’zi sizni ortingizdan quvadi, ishonavering!

🤩 Xullas, 19-avgust, soat 19:00da Yoshlar ishlari agentligi binosida ko’rishguncha. Aktual muammolarga yechimlarni birgalikda ko’rib chiqamiz!

💵 Masterklassda qatnashish narxi: 100.000 so’m

📌 Unutmang, eng yaxshi investitsiya bu rivojlanishga qilingan investitsiyadir!

➡️ Ro'yxatdan o'tish uchun: https://forms.gle/zzkFppivRsfqGFbN6

Telefon raqam: +998 99 054 74 73

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"Hurmatli musulmonlar!

Siz qilayotgan ibodat qiyin emas. Namoz o‘qish qiyinmas, ro‘za tutish qiyinmas, Umraga borish qiyinmas.

Musulmonning haqiqiy o‘rni, viqori, saviyasi qachon ko‘rinadi, bilasizmi?

Adolatsizlik bo‘lganda, tomosha qilmasa. Nohaqlikka jim turmasa.

Adolatsizlikka uchraganni qoralaganlar, yoki zo‘ravonlarni yonini olganlar - tili bor shaytondir!"

Nuriddin Yildiz, turkiyalik diniy ulamo.

©manba

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Твиттерда Отабек Ҳамид профили Бухоро шаҳри йиллар давомида қандай қилиб чўллаштирилганлиги расмларини бўлишибди. Унда Бухоронинг турли ҳудудлари сунъий йўлдош орқали олинган расмларда акс этади.


Ўзбекистонда, умуман дунёда иккинчи Бухоро йўқ, бу атмосферани, бу муҳитни бошқа жойда топиб бўлмайди. Шаҳарда саноат деярли йўқлиги, даромад асосан туризм ва бошқа хизматлардан эканлигини ҳисобга олиб, шаҳар ва вилоят раҳбарияти ҳам, ҳатто Республика раҳбарияти ҳам Бухорони пиёдалар ва аҳолига қулай яшил, асосан хизматларга ва таълимга йўналтирилган экологик тоза шаҳарга айлантиришни ўйлаши керак.

Яна бир файзли шаҳарни бошини есак, тарих бизни кечирмайди.

@allaevuzb

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Demonstrativ iste’mol

"Uch oy ichida uch marta sayohat qilib keldim", deb qoldi tanishim. Qilayotgan ishini so’radim. 30 dan oshgan. Maqtanarli hech nima qilmagan.

Ta’lim dargohi yurgizadigan ayolni taniyman. Bitiruvchilari bilan hech maqtanmaydi. Natijalari bilan ham. Lekin har bir borgan restorani, to’yxonasini kuzatuvchari ko’rishi shart deb o’ylaydi.

Bir hamkasbimiz bor. Sayohatlarini bo’lishib boradi. Yaxshi pul topadi. Yaxshi ishlatadi. O’zi ochgan maktabda o’z farzandini o’qitgisi kelmaydi.

Odamlar boshqa odamlar tomonidan e’tiborga tushishni xohlashadi. Tan olinish desak ham bo’lar balki. Ajralib turishmikan yoki. Bir so’z bilan - e’tirof.

E’tirof mehnat orqasidan kelmasa — ikkitagina yo’l bor.

1. Qattiqroq mehnat qilish, e’tiborga tushish.
2. E'tiborga tushishni boshqa yo’llarini izlash.

Mana shu boshqa yo’l — demonstrativ iste’molga olib boradi. "Menda borligini ko’rishsin. Hamma ola olmaydigan narsalarni olay, hamma bora olmaydigan joylarga boray. Ora-orada ko’rsatib qo’yay."

Ishini yaxshi qilmaslikdan o’zini yomon his qilmaydi. Chunki yomon ish - darajamni tushirmaydi deb o’ylaydi. Darajani ishga emas, iste’molga bog’laydi. Yaxshi yashayapmanmi - demak yaxshi odamman.

O’nlab o’z ishini ustalarini taniyman. Demonstrativ iste’molga berilishmagan. Ishi bilan tanilgisi keladi. Narsalari bilan emas.

Xulosa - ishini chala qiladiganlarni yomonlash emas.

Xulosa:

Ishingizni yaxshilab qiling. Mutaxassis bo’ling. Nafaqat ko’proq pul topasiz, kamroq ishlatasiz ham.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

✅ Тўғри оилада туғилишнинг афзаллиги ҳақида! Хоҳласак ҳам, хоҳламасак ҳам бу ҳақиқат!

Вазиятни болани муҳитини ўзгартириш орқали ўзгартириш мумкинлигига ишонаман!

https://youtu.be/fnvO1M1m5fM

Telegram: @AlisherIsaev_blogi
Instagram: Alisher Isaev blogi

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Shaxsiy moliya, ijtimoiy moliya, biznes moliya va axloqiy moliya mavzularida suhbat bo‘lyapti.

Konspekt bilan bo‘lishaymi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi

“Shifokor bo’lishga yetti yil umrim ketadi ona” - qarshilik bildirdim, 15 yoshlik men.

“Yetti yil umring baribir o’tib ketadi. Shifokor bo’lganing qoladi,” dedilar onam.

Hozir o’ylab qarasam - oddiy, lekin chuqur gap ekan.

Vaqtimiz baribir o’tib ketadi.

Uchta bola ishdan keyingi 2 soatni qanday o’tkazishni tanlashadi.

Birinchisi - ishladim, charchadim, o’yin o’ynab serial ko’rib dam olaman deydi.

Ikkinchisi - nima bo’layotganini bilib turishim kerak deydi. Yangilik saytlari, youtube, twitter, ekspert bo’lib ko’ringan blogerlarni kuzatishni tanlaydi.

Uchinchisi - Ingliz tili o’rganishga vaqt ajratadi.

2 yil o’tadi.

Birinchi bola - kibersportchi bo’lmadi. Chempionatlarga chiqmadi. Seriallari ishxonada ikkita odam bilan oson gaplashishdan boshqa foyda keltirmadi.

Ikkinchi bola - siyosat yoki atrof muhitni yaxshiroq tushunib qolmadi. Propaganda bilan boqildi. Aslida nima bo’layotganini baribir tushunmay yuraverdi.

Uchinchi bola - ingliz tilida kitob o’qishni boshladi. Dunyoqarashi kengaydi.

Vaqt kimgadur zararga ishladi. Boshqasiga foydaga.

Vaqt baribir o’tib ketadi. O’rganganingiz qoladi.

Daqiqalaringiz qayerga ketayotganiga e’tiborli bo’ling.

Vaqtga kelganda kichkina qarorlar bo’lmaydi.

Chunki

Vaqt kichik ishlarni katta ishlarga aylantiradi.

@azizrakhimov_blog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Piar turlari va uning ranglari haqida gaplashamiz!

⚡️ 8BIT reklama agentligi asoschisi — Shuhrat Ahmedjanov marketing sohasidagi 9 yillik tajribalarini biz bilan bo’lishadilar!

💥 Real keyslarga asoslangan praktikumda o’rganganlarimizni amalda qo’llash haqida alohida gaplashamiz.

📆 29-sentabr, soat 19:00, Yoshlar ishlari agentligi binosi.

💵 Masterklassda qatnashish narxi: 200.000 so’m.

⚠️ Bu safar boshqacha bo’ladi…Joylar soni cheklangan!

➡️ Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://forms.gle/bKW428BQh2ekTvx58

Yoki /channel/marketingclubadmin ga murojaat qilishingiz mumkin.

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ajab odati bor umr daryosin
Dastlab sust oqadi, sokin, zoʻrba-zoʻr.
Endi tushunganda hayot maʼnosin
Uning shiddat bilan oqishini koʻr.

Chamandek ochilib-sochilgan edi,
Yoshlikning nafarmon gullari kecha.
Quritib qoʻyibman, oh bilsam endi
Umr daryosini men icha-icha...

Naim KARIMOV

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Habibullo Sa'dulloyev, ustozimiz yangi guruh uchun qabul boshladilar.

Marketingda, o‘z karyerasida yangi bosqichga chiqmoqchi bo‘lganlar o‘qisin:

blognazarov/marketingkurs" rel="nofollow">https://teletype.in/@blognazarov/marketingkurs

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

*Video o'chirilibdi...

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

O‘zim uchun yozganlarim!


Ba'zi odamlar hayotingga, hech kimga ishonib bo‘lmasligini o‘rgatish uchun kelishadi.


O‘zingni o‘zing tushunmaysan! Lekin buni boshqalardan kutasan.


Insonlardan bexojat bo‘lish uchun turli sohalarda mahoratingni oshir, yaxshi pul top!


Imkoniyatlar avtobus emas, biri ketsa keyingisi keladigan. Berilgan imkondan foydalana olgan vaqtda omad nima ekanligini anglaysan.


Qalblar muhim! Do‘stlikda, sevgida, oilada... Qalbga quloq tutish, qalblarni ulash muhim!


O‘zini yenga olgan inson, eng kuchli inson!


📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bajarish kerak bo‘ldi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bir tanishim bor. Turmushi o‘xshamay, farzandi va onasi bilan yolg‘iz qolgan. Otasi va akasi olamdan o‘tgan.

Oilaviy muammolari uning shaxsiy ishi. Hozirgi post bu haqida emas. Unga jamiyatning munosabati haqida!

Shu qizda ikki yilcha oldin moliyaviy muammo paydo bo‘lganda mendan bir necha marta yordam so‘ragandi. Imkonim boricha yordam berdim.

Keyin bir yildan keyin qarzini qaytardi va orada yana yordam so‘radi. O‘zimga aloqaga chiqishga xijolat bo‘lmasin deb singlim bilan tanishtirdim, do‘stlashib olishdi. Singlim har-har zamonda oilasidan xabar olib turardi.

Keyin bir marta tanishim yordam so‘ragan odamlar bilan bo‘lgan bir nechta muammoli vaziyatni singlim menga aytib berdi. Eshitib, qonim qaynab ketgan.

Bilasizmi, bizda bevaga qanday ko‘z bilan qarashadi?! Ayniqsa orqasida biror himoya qiladigan erkak bo‘lmasa!

O‘sha tanishim bir necha odamdan yordam so‘rab ko‘rgan, yordamdan keyin ancha o‘tmay, isqirt takliflarini bildirishgan unga. Ishxonada ham shunga yaqin holat bo‘lgan. Hozir u ishidan ketgan, hammaga erim bor deb aytadi.

Dinni tushunadiganlarni desang, bir nechtasi yashirin nikoh taklif qilgan. O‘lib-netib qolsang ertaga, bu yashirgan ikkinchi ayolingni merosi nima bo‘ladi, adolatni qanday ta'minlaysan...?!

Beva qolganiga 2 yil bo‘lgan ayolga nimalarni gapirishmagan deysiz?! Mayli o‘zida ham ayb bor deylik, lekin biz ERKAKmizku!

Biz juda ko‘p muammolarni shunchaki bosti-bosti qilishga o‘rganganmiz. Xuddiki, shunday qilinsa, u haqida gapirilmasa yo‘qolib qoladi.

Bu kanalda shahvatlariga qul bo‘lgan yigitlar, erkaklar yo‘q deb o‘ylayman.

Postdan maqsad ogohlikka chaqirish, himoya qilish kerak bo‘lgan insonlar borligi haqida eslatish, befarq bo‘lmaslik kerakligini uqtirish!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Savob talabida bo'lgan birodarlar!

Boquvchisini yo‘qotgan, beva ayolning boshlariga mushkulot tushib, hozirda qarzga kirib qolgan ekanlar.

Imkoni borlar, o'z imkonlaridan kelib chiqib, quyidagi kartaga pul o'tkazishlari mumkin:
8600140215413098
Hasanov Faruxjon

Biz pulni naqd qilib, qo'llariga yetkazib beramiz InshaAlloh.

...Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o‘shalar najot topuvchidirlar”, deyilgan (“Tag‘obun” surasi, 16-oyat).

Alloh taolo barchamizni yuqorida va’da qilingan buyuk maqom sohiblari bo‘lib yashashni nasib etsin!

8600140215413098
Hasanov Faruxjon

Tarqatishda yordam bering!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Men hammasini bilardim!

Yaqinda bir tadbirkorga biznesi bo'yicha bir oy davomida qilingan tadqiqotlar natijasini taqdimot qilib berdik. Tadqiqot so'nggida biznesdagi muammolarga yechim ham ko'rsatib o'tildi.

Bir-necha soat davomida qilingan taqdimot so‘nggida biznes egasi nima deganini bilasizmi?

"Men bularni hammasini bilardim! Men bularni hammasini bilardim, lekin qilolmaganmiz!".

Siz bilib turib qilmaganingiz bilan bilmaganingizni oxir-oqibatda hech qanday farqi yo'q. Bilib turib qilmasik, bilmay qilmagandan yomonroq aslida.

Mijoz bundan xulosa chiqardi deb o'ylamayman. Lekin men o'zim uchun oldin chiqargan xulosamni yana bir bor tasdiqlab oldim.

Kitob ortilgan "eshak"ka aylanib qolmaslik kerak.

Oz bo'lsada bilganiga amal qilgan odam, ko'p narsa bilib, hech qaysiga amal qilmaydigan odamdan ustun har doim!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Menga o'xshab pullaringizni sovurmang!

2018-yil oxiri 2019-yil boshlarida oyiga 500$ atrofida daromad qilardim. 2020-yil karantin tugab, ko'pchilik endi daromad qilishni boshlaganda 1000$ cha daromadim bor edi.

Savol tug'iladi: Qani o'sha pullar?

Pullarni juda noto'g'ri sarflaganman. Eng katta kamchiligim moliyaviy savodimni chiqarmaganim bo'lgan. Shu tufayli ancha qarzlarga kirib qolganman.

Hozirda avvalgi xatolarimni takrorlamaslik uchun doimiy moliyaviy bilimlarim ustida ishlab boryapman.

Agar siz ham topayotgan pullaringizni qadrlasangiz, ularni kamayish o'rniga doimiy o'sishini istasangiz, Xondamir akani kanal va bergan intervyularini kuzatib borishni tavsiya qilaman.

👉🏻 https://youtu.be/Av8X1hs-Lsc

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ustozlarim shunday insonlar.

E'tiborga tushishning "qattiqroq mehnat qilish" yo‘lini tanlashgan.

Shuning uchun menga ham ayni shu yo‘l to‘g‘ri ko‘rinadi va shunga harakat qilyapman.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kiyim-kechak xarid qilishni yoqtirasizmi?

Biz ayollar kiyim-kechak do‘koni sifatida xizmat ko‘rsatishimiz sifatli bo'lishini xohlaymiz!

Buning uchun ushbu so'rovnomada qatnashib, bizga yordam bering:
https://forms.gle/eHH3txYNSP1cUUNd9

So'rovnoma faqat ayollar uchun!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tartibsiz, intizomsiz hayot eng achinarli hayot!


Hamma narsa bilishdan boshlanadi. Bilim mafkurani o‘zgartiradi.

Bilimni o‘zi hayotni isloh qilmaydi. Isloh tadbiq bilan bo‘ladi!

Bilimlarimizni tadbiq qilishda dangasalikka yo‘l qo‘ymasligimiz uchun muhit yaratishimiz kerak. Harakat uchun hamma narsani oson qilib qo‘yishimiz kerak.


Har bir sarf-xarajatimiz oldiga savol qo‘yishimiz kerak: "Bu olayotgan narsam nima funksiya bajaradi, xarajatga arziydimi?".

©Xondamir Nusratxo‘jayev suhbatlaridan qilingan konspektdan parcha.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ijod “Ishlaganda” keladi!

Bizda yangi rubrika)💣

Bu rubrikamiz - “Ish, laganda”, emas balki “Ishlaganda” deb nomlanadi.😀

Nega aynan bunday nomlandi?
- Chunki, biz “ishlaganda” yaxshi g’oyalar keladi;
- Qaysidur brend biz bilan “ishlaganda” gina harakatlarimiz katta katta natijaga intilgan bo’ladi.

Rubrikaga bu mavzuni nima aloqasi bor, dersiz?
Aloqasi juda juda kattada😅

Bu rubrikamizda sizlarga haftada 2 marotaba shu kabi savol beriladi:

— Falonchi brend siz bilan ishlaganda birinchi bo’lib nima qilardingiz?

— Falonchi mutaxassis o’zini ommaga tanitishni istab siz bilan ishlaganda, qanday ketma ketlik taklif qilar edingiz?


Siz bu savolga o’zingizni javobni berasiz va eng zo’r javob 24 soat ichida aniqlanib kanalimiz postlaridan joy oladi.

Bu rubrika orqali esa, sizni marketingdagi tajribangiz yanada oshib borishini niyyat qilganmiz.

Demak! Tadbirkor aka ukalar, marketing yoki mediyadagi do’stlar. “Ishlaganda” ishlashga tayyormisiz?😅💣

#Ishlaganda #Marketing #Abloguz

“Marketingga aloqadorlar uchun”

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Paul Grahamning buyuk ish qilish to'g'risidagi blog posti haqiqatan ham o'qishga sazovor. Unga qaraganda, formula oddiy - sizning shijoatingiz va qobiliyatingizga mos keladigan ishni tanlang, bilimning shu yunlashida oxiriga yetishga o'rganing, bo'shliqlarni aniqlang, va ularni jasorat bilan o'zingiz tekshiring. Qattiq ishlash va chuqur qiziqishning o'rnini hech narsa bosa olmaydi. Ishlarida buyuklik izlayotganlar uchun juda muhim maqola!

Ingliz tilida o'qishga qiynalsangiz Google Translate orqali tarjima qilishingiz mumkin. Bu maqola turli yoshda nima ish bilan shug'ullanishim kerak deganar uchun yo'llanma bo'lishi mumkin.

http://paulgraham.com/greatwork.html?fbclid=PAAaa4L-QvKxuhXzQa-07QW3N8E7IhOsBm9JJgB0Fo4-YLjEWO2YizGx4z6Eo_aem_Aard0Y8QEjKvC5gW1cjusvsHGEF2lXK1a8dC3DQUkWLk82RMQTa38lnDb1jhsGbB0Ck

Читать полностью…
Подписаться на канал