hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

Buxorodaman, ona shahrimda. Telegramga endi rasm qo‘ya oldim.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

​​Qanday qilib qimmat sotish mumkin?

Sohaga kirganiga 2-3 yil bo‘lgan bo‘lsada juda yaxshi daromad ko‘rayotgan, shu bilan birga 5-6 yildan buyon sohada tayinli yutuqqa erishmagan insonlarni uchratganman.

Ulardagi farq nimada? Ikkinchi toifadagi mutaxassislar nimada xato qilishyapti?

Men istalgan turdagi biznesga turli marketing xizmatlarini ko‘rsatganman.

SMM, naming, brending, HR marketing, Sayt yaratish, CRM o‘rnatish va boshqa xizmatlar.

Turli biznesga turli xizmatlarni ko‘rsatgan paytimda xizmatlarim narxi arzon va qiymati ham kichik bo‘lgan.

Tajriba oshgani sari ko‘rsatayotgan xizmatlar soni kamayib, qiymati oshib va ularni faqat bir necha yo‘nalishdagi biznesga taklif qila boshladim.

Formula:
— Yangi mutaxassis » Hammaga
— Tajribali mutaxassis » Ixtisoslashgan

Buni kichik jadvalini post ostida ko‘rishingiz mumkin.

X qo‘yilgan katak yurish mumkin bo‘lmagan pozitsiyasini anglatadi.

Yana bu haqida batafsil yozaman.

(qog‘ozda yozib qo‘ya qoldim, kompyuterda jadval qilib vaqt ketkazmay)

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Xizmatlarimdagi chekni qanday ko‘tardim?

SMM mutaxassislari bir oylik SMM xizmati uchun o‘rtacha 500-800$ olishmoqda. Men esa hozir analiz xizmatimni o‘zini shu narxda sotyapman.

Tushunishingiz uchun SMM xizmati ichiga analiz, dizayn, kopirayting, video olish, targeting xizmatlari kirib ketadi. Bundan tashqari ham qo‘shimcha ishlar qilinishi mumkin loyihaga qarab.

Keling, hech qanday motivatsiya, aqlli gaplarsiz bir mijozim misolida buni qanday qilganimni ko‘rib chiqamiz.

Qiziqmi do‘stlar?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Agar pul topish ehtiyojingiz bo‘lmaganida nima ish bilan shug‘ullangan bo‘lardingiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Birodarlar, opa-singllar Qurbon Hayiti bayrami muborak bo‘lsin!

O‘zi bizni doimo dunyo va oxiratimiz uchun foydali ilm, amal va insonlar atrofida jam qilsin!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Me'yoridan oshsa gar, shakar ham zahar!

Shakardan voz kechish challenge'ni biz ham boshlaymizmi?

Batafsil videoda:
https://youtu.be/WKlA5As-rrs

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Katta maqsadlarni ko'zlagan insonlar uchun muhim hikmat!

👉🏻 https://youtu.be/WbidMpScC9I

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

https://youtu.be/tCP6xWpUlKE

✅ Texnologiyalar inson uchun xavfga aylanib bormoqda?!

ChatGPT shunchaki bashoratchi emas, aniq programmalashtirilgan dastur.

✅ Sun'iy intellekt shaxsiy brend va marketingga qanday ta'sir kòrsatadi?

Ishsizlik endi tobora ko'payadimi?
Yoxud insonlar o'z ish uslubini o'zgartirishga tayyor turishi lozim.

✅ Bunday o'zgarishlar olamida shaxs sifatida himoya masalasi qay darajada muhim?

✅ Kelajakda sizda ham sun'iy intellekt bo'ladi va siz uni boshqarasiz! Qiziqmi?

⚡️Milliard koʻrsatuvining navbatdagi suhbatdoshi:

Koʻrsatuvni bugun 20:00 da Alisher Isaevning Youtube kanalida tomosha qiling!

https://youtu.be/tCP6xWpUlKE

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

O‘z-o‘ziga bo‘lgan ortiqcha ishonch.

«Продавая незримое» kitobidan

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Aytgancha, marafonga qabul yopildi!

Yopiq kanalda darslarni boshladik. Natijalar bilan bo‘lishaman InshaAlloh!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Inson o‘ziga yoqadigan ish bilan pul topishga urinmasa, hayotidagi eng katta xatoni qilgan bo‘ladi.

©Malkolm Forbes

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

1912-yil Stokgolm olimpiadasi.
2012-yil London olimpiadasi.

Nimani tushundingiz? Izohlarda qoldiring!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🔥 Qabul ochildi!

10-iyun kuni, bir haftalik marafonga start beraman!

Marafonda siz:
— Maqsadlarga yetishning individual strategiyasi;
— Yangi hamda yaxshi odatlar;
— Rejalashtirish ko'nikmasiga ega bo‘lasiz,

va eng asosiysi

Marafon yakunlangach, sizning qo'lingizda maqsadga erishishning 5 bosqichli strategiyasi shabloni bo'ladi!

Marafonda barcha onlayn qatnashishi mumkin!

Bir haftalik yopiq kanaldagi darslar va oxirgi kunda zoom uchrashuv bo‘ladi.

Ushbu marafonda qatnashish bugun bor yo‘g‘i 37 000 so‘m
!
Har kuni 10 000 so‘mdan qo‘shilib boradi.
5-iyun — 47 000
6-iyun — 57 000
7-iyun — 67 000...

Qanchalik tez qaror qabul qilsangiz, shunchalik arzon! 10-iyunda start!

Qatnashish istagida bo‘lganlar
shaxsiyga yozing: @Hasanov_Farrux

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bugun TDIU da Kontent Marketing bo‘yicha o‘tgan mahorat darsidan.

Marketingga qiziqish ortayotganidan juda ham xursandman!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bunchalik tez yig‘iladi deb o‘ylamagandim))

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Threads'ga qo‘shildingizmi?

O‘zi twitter'da ham eplab biror narsa yozmaganman. Bunda ham shunchaki sahifa ochib qo‘ydim.

Mark Sukerberg va Ilon Mask o‘rtasidagi "jang" shunaqa ko‘rinishda bo‘lgani qiziqroq menga.

Keyin bu nom to‘g‘risi qanaqa o‘qiladi? 😅

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Mana shu mijozimiz misolida ko‘ramizmi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Marketing xizmatlarimni yangi darajaga ko‘tarish ustida ishlayapman. Yaxshi yangiliklar kutilyapti InshaAlloh.

Shu sabab blogda post yozgani hech qunt qilolmadim.

Hozirda mijozlar orasida ikkita kichikroq zavod va kiyim-kechak do‘koni tarmog‘i bor. Agar o‘xshasa jamoani shakllantirib, ishni kengaytiramiz xudo xohlasa.

O‘zgarishlar qay tartibda kechishiga qarab odamni turli ahvolga solar ekan. Orada ishsiz ham qolib ketdim.

Chunki yangi xizmatlarni tadbirkorlarga tushintirish, ularning muammosiga yechim bera olishimni ko‘rsatish va shartnoma qilish vaqt oladi.

Agarda tayyorgarliksiz bu ishga kirishsangiz orada pulsiz, ishsiz qolishingiz mumkin. Menga o‘xshab.

Marketing bo‘yicha qilayotgan ishlarimni ham yoritib boryami?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tavsiya

Brend strategiyasi, brend kommunikatsiyasiga juda ham qiziqadigan marketolog akamiz borlar.

Biz u kishining donoliklarini har doim e'tirof qilib kelganmiz)

O‘z kanallarida marketing sohasidagi va sohaga qiziquvchi insonlar uchun yaxshi ma'lumotlar berib kelmoqdalar.

Taniqli marketolog bo‘lib ketganlarida kanallariga hozir obuna bo‘lganingiz uchun, albatta, menga rahmat aytasiz)

Marhamat: @blognazarov

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Orzularingizni tayyorlab turing.

Arafa kunining oʻqi moʻljalga, albatta, tegadi InshaAlloh!

"Ehtiyojlariga erishish uchun uni Arafa kuniga asrab qoʻyadiganlarni koʻrdim. Allohdan ular ehtiyojlarini shu kuni soʻrashar edi!".

Imom Avzoiy rohimahulloh

©Abdulqodir Polvonov

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ayni vaqtdagi Toshkent havosi haqida!

PM
2.5 qanday moddalar ekanligi to'g'risida quyidagi maqolada tanishishingiz mumkin.
2-maqola: https://www.iqair.com/ru/newsroom/pm2-5

P.S. Ko'chada niqobsiz yurmang!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Professional deganda nimani tushunasiz deyishsa, men shu videoni ko‘rsatardim!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Asliyatni ko’ring

Navbat turib yeyilayotgan kabob - o’ldirilgan qo’y go’shtining issiqda toblangani xolos.

Soatlab ko’rayotgan videolarimizni 90%i - reklama va kurslar sotish uchun olingan, qiziqarli va sodda ma’lumotlar yig’indisi xolos.

Maqtanib kiyayotgan kiyimlarimiz - yerdan o’sib chiqqan paxta. Mato qilinib, soatiga 2$ga ishlaydigan Bangladeshliklar tomonidan tikilgan mahsulot xolos.

Bizni kuzatuvchilar soni, bizni yaxshi ko’radiganlar soni emas - bizni misol qilgan holda o’z hayotida o’zgarish qilmoqchi bo’lganlar soni xolos.

Oltin - eskirmaydigan yaltiroq metall, olmos - sinmaydigan tosh, kitob - muallif fikrlarining harflarda ko’rinishi…

Har bir narsani aslini ko’rishni o’rganing. “Bu aslida nima?” degan savol tilingizdan tushmasin. Shunda:

Ko’p vaqt sarflayotgan narsalarimiz aslida sarflashga arzimasligini,

Mana shu arzimaydigan narsalarga, arziydigan umringiz ketayotganini tushunib qolasiz.

©️Aziz Rahimov

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bugun nimalar qilishingiz kerakligi haqidagi ro'yxatdan, nimalar qilmasligingiz kerakligi haqidagi ro'yxat muhimroq aslida!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Nega biz o‘z ustimizda ishlashimiz kerak?!

Chunki shundoq ham boshqalardan ancha ortda qolganmiz!

Tarixga nazar solsak, barcha yutqazishlarimiz ilm olishdan, yangiliklar qilishdan to‘xtab qolinganimiz sabab yuzaga kelgan.

Hech bo‘lmasa boyroq, farovonroq yashash uchun bo‘lsa ham o‘z ustimizda ishlashimiz kerak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

100 yil oldingi atletlar hozirgilarga nisbatan qobiliyatsiz bo‘lganmi?

Yo‘q, aslo! Aksincha, o‘sha vaqtdagi iqlim, ekologiyani inobatga olsak, jismoniy va salomatlik jihatdan kuchli bo‘lishgan ehtimol. Qobiliyatlari ham kam bo‘lmagan hozirgi sportchilardan.

Nega unda ular o‘z qobiliyatidan kam foydalanishgan?

Sababi 100 yil oldingi olimpiada o‘yinlarida g‘alaba qozonish imkoni hozirgichalik kichik bo‘lmagan.

Fakt:
1912-yilgi olimpiya o‘yilarida 28 mamlakatdan 2400 ga yaqin,
2012-yilgi olimpiya o‘yilarida esa 204 ta Milliy Olimpiya Qo‘mitasidan 10,768 ta sportchi ishtirok etgan.

Bu degani raqobatda yutish uchun hozirgi atletlar 100 yil oldingi atletlarga nisbatan kamida 5 barobar ko‘proq mehnat qilishga majbur.

Bu holat faqat olimpiya o‘yilari bilan sodir bo‘ldimi?

Yana bir bor yo‘q!

Xitoylik tadbirkorlar bugun O‘zbekistonda ko‘plab bizneslarni yo‘lga qo‘yib, o‘zbek tadbirkorlarini sindiryapti.

Chunki ular yangi texnologiyalar ustida bosh qotirayotgan vaqtida biz shu topganimiz yetadi deya, choyxonama-choyxona yurgandik.

Sport, biznes, san'at, hatto dehqonchilik.

Barcha sohada biz raqobatda mag‘lub bo‘lmaslik uchun o‘z ustimizda ota-bobimizga nisbatan ko‘proq ishlashga majburmiz.

Resurslar: suv, toza havo, ekologiya, yer maydoni, mineral va yer osti boyliklari kamayib bormoqda. Ammo raqobat kuchayib boryapti!

O‘zbekistonda bu borada raqobat unchalik sezilmayapti. Ammo bir necha yildan keyin hozir ilm olmayotgan, o‘z ustida ishlamayotganlarga qiyin bo‘la boshlaydi.

Vaqt hali bor!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Siz tajriba quyonchasi emassiz!

2018-yildan buyon shaxsiy rivojlanish bo'yicha o'z ustimda ishlayman. Ushbu blog ham o'sha bilimlarni tarqatish maqsadida ochilgan.

Marafonda beriladigan bilimlar avvalo o'zimda sinovdan o'tgan, qo'llangan amaliy bilimlarga asoslangan.

Shundan so'nggina darslik holatiga keltirilgan bo'lib, hozirga qadar yuzlab insonlarda ajoyib natijalar ko'rsatgan.
Batafsil: @trening_natijalari kanalida o'qing!

Aytmoqchimanki, sizga beriladigan bilimlar test tariqasida berilmayapti.

Maqsadlaringizdagi mavhumlik, yomon odatlardan qutulolmaslik, rejalashtira olmaslik kabi muammolar sizni qiynayotgan bo'lsa, sizga amaliy va sinovdan o'tgan usulni taklif qilaman.

Safimizga qo'shilish uchun: @Hasanov_Farrux

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qurbon hayitiga necha kun qoldi?

Oy yakuniga, yoz yakuniga, yil yakunigachi?

Qandaydir to‘lovlar, rejalashtirilgan ishlar yoki loyihalar yakunigachi?

Juda ko‘pchilikda uchraydigan muammo shuki, yetib kelishi aniq bo‘lgan sanalar va u sanada bo‘ladigan chiqimlar, harakatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rmaslik.

Sizda ham shunaqa muammo bormi?

Bu muammoning yechimi: oldindan rejalashtirishdir!

Oldindan tayyorgarlik ko‘rilmaganligi oqibatida nima muammolar yuzaga kelishi mumkin?

— Pul jamg‘arilmaganligi tufayli qarzga kirish;
— Ishlar oz-ozdan qilib borilmaganligi tufayli qattiq mehnat qilish;
— Va'dani bajara olmay ishonchdan chiqish yoki ishonchdan chiqmay deb yolg‘on gapirish.

Shu muammolar bizga kerakmi?

Eng yomon tomoni bunday muammolar tobora ko‘paysa sizda o‘zingizga bo‘lgan ishonch tushadi.

Ishonchi past odamning ruhiyati ojiz bo‘ladi.

Ruhiyati ojiz odam katta ishlar qilolmaydi!

Shu sababdan ham, albatta, rejalashtirishni o‘rganish lozim!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Maqsadga yetishish formulasi (davomi)

Maktabda 6 yoki 7-sinfda o‘qirdim. O‘zimizni mashinamiz bo‘lishini orzu qilar, har bir duoyimda, albatta, mashina so‘rardim. Ikki yilcha shunday bo‘lgan.

Dadam mashina sotib olganlaridan keyin, yaxshi niyat bilan duo qilish, to‘xtamaslik kerakligini angladim.

Kollejga o‘qishga kirgach endi institutga o‘qishga kirish uchun harakat qila boshladim.

Yaxshi niyatlar bilan o‘qishga byudjetga kirishni so‘rab doim duo qilardim. Endi esa yuqoridagi amalni harakat bilan boyitdim.

3 yil niyat, duo, harakat qilib o‘qishga byudjet asosida qabul qilindim.

Institutda o‘qish davomida ilk yilning o‘zidayoq pul bilan muammolar paydo bo‘la boshladi.

Endi yangi maqsad paydo bo‘ldi. Ish topish va yaxshi daromad ko‘rish.

Har safar maqsad qo‘yib, u tomon harakat qilarkanman, harakatlar ketma-ketligida umumiylik ko‘ra boshladim.

Shundan keyin juda ko‘p ayni mavzuda kitoblar o‘qish, treninglarda qatnashishni boshladim.

2020-yil karantin esa orttirgan tajribam va barcha olgan bilimlarimni bir yerda jamlashim uchun vaqt berdi.

Bu formula ixtirochisi men emasman. Men shunchaki uni kitoblar va treninglardan jamladim.

U minglab yillardan buyon o‘zgarmay kelayotgan bilimlar asosida tuzilgan.

Ushbu formula:
1. To‘g‘ri maqsad qo‘yish;
2. Standartlarni aniqlash;
3. Standartlarga olib boruvchi odatlarni shakllantirish;
4. Istaklarni yana bir bor tahlil qilish;
5. Rejalashtirish;
6. Harakat qilish;
7. Muammolar bilan kurashish;
8. Tahlil qilish.

Yaxshi niyat va duo esa ushbu formula har bir bosqichining ajralmas qismidir!

Formulani yanada to‘liq o‘rganishni xohlaysizmi?

100 ta 🔥/👍 reaksiya va sizga o‘zimda bo‘lgan tajribani ulashaman xudo xohlasa!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Maqsadga yetishish formulasi

Barcha qo‘ygan maqsadlaringizga asosan bir yo‘l orqali borilishidan xabaringiz bormi?

Siz 99% holatda mana shu yo‘lni bosib o‘tasiz. Faqatgina 1% holatda istisnolar bo‘lishi mumkin.

Barcha insonlar maqsadlariga o‘zlari anglamagan holatda mana shu bosqichlardan o‘tib borishadi.

Agarda siz formulani o‘rgansangiz, hech bir maqsadga yetishish yo‘li siz uchun mavhum ko‘rinmaydi.

Bu yo‘l yaqinda ixtiro qilinmagan va juda ko‘p kitoblarda bu haqida yozilgan.

Men bu formulani qanday va qayerdan o‘rgandim?!

50 ta 👍 reaksiya yig‘ilsa, post davomini chiqaraman xudo xohlasa

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…
Подписаться на канал