hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

"Bolajon" "xalq"ning "bolalari", bayram muborak!

"Bizda buning uchun pul yo'q", - deya orzulari ko'milgan "bolalar", bayram muborak!

Istaklarini nazarga ilinmagan, "Ota-bobong kim bo'lgan-u, sen kim bo'larding?", - deb niyatlari parchalangan "bolalar", bayram muborak!

"Bolajon" xalqning allaqchon ulg'aygan "bolalari", bayram muborak!

Meni blogimda bolalar yo'q. Qo'shtirnoq ichida yozilgan bolalar deya aslida kattalarni nazarda tutganman.

Men "bolajon xalq", deb ko'klarga ko'tariladigan xalqimizni bola tarbiya qilayotganini juda ham kam oilalarda ko'ryapman.

Mayli, endi siz katta bo'ldingiz, balki ichingizdagi orzularni endi uyg'otarsiz?!

Rad qilingan, e'tiborga olinmagan, tanqid qilingan orzularni endi amalga oshirarsiz?!

Xoh 20, xoh 30, xoh 40 yoshda bo'ling, ahamiyatsiz!

Asosiysi umidni qayta alangalatish!

Kimnidir ayblash foyda bermaydi. O'zingizga achinishni, ayblashni to'xtatib, harakat qilishni boshlash kerak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qay biri qiymatliroq?

Bitta lavash + kola yoki bir haftalik marafon?

Bir haftalik marafon davomida siz butun umringiz davomida qo‘llashingiz mumkin bo‘lgan, hayotingizni:

- moliyaviy
- ruhiy
- jismoniy
- salomatlik
tomonlama yaxshi tarafga o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan:

- to‘g‘ri maqsad qo‘yish
- yomon odatlardan qutilish
- vaqti to‘g‘ri taqsimlash
- rejalashtirish
singari qimmatli bilimlarni olasiz.

Marafon yakunida qo‘ygan maqsadingizga erishishning 5 bosqichli formulasi qo‘lingizda bo‘ladi.

Sizningcha qay biri qiymatliroq:
Bir marta tushlik yoki butun umr qo‘llash mumkin bo‘lgan bilim?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bilasizmi?

Aslida juda ko'pchiligimiz noto'g'ri nafas olamiz. To'g'risi qanday bo'lishi haqida post oxirida qoldirilgan havola orqali ko'ringiz mumkin.

Aytmoqchi bo'lganim, biz ko'plab ishlarni nafas olishimiz singari xato bajaramiz. Lekin buni tuzatmaymiz. Sababi xato qilayotganimizni shunchaki bilmaymiz.

Xuddi shunday maqsad qo'yish, ishlarimizni rejalashtirishni ham.

Biz nafas olganimiz singari, har doim maqsadlar qo'yamiz, ishlarimizni qaysidir ma'noda rejalashtiramiz. Buni o'zimiz bilmasak-da.

Uy olish yoki qurish, mashina olish, to'y qilish, o'qishga kirish kabi maqsadlarimiz barchamizda bo'ladi.

Maqsadlarimizga yetishish jarayonida esa vaqtimizni o'zimiz bilganimizcha rejalashtiramiz.

Lekin qo'ygan maqsadimizga erishish jarayonida turli muammolarga uchrashni boshlaymiz:
— Pul yoki vaqtimiz yetishmaydi;
— Dangasalik qilamiz;
— Yo'l yarmida ishtiyoq yo'qoladi...

Bu kabi ichki muammolar aynan maqsad xato qo'yilganligi, ishlar to'g'ri rejalashtirilmaganligidan kelib chiqadi.

Qo'ygan maqsadlaringizga kuchli ishtiyoq bilan harakat qilishingiz uchun, yo'l o'rtasida to'xtab qolmasligingiz uchun aslida uni qanday qo'yishni o'rganib olishingiz kifoyadir.

Bir haftalik marafonizning ilk kunida aynan shuni o'rganamiz InshaAlloh!

Marafon 1-iyunda boshlanadi xudo xohlasa.

To'g'ri nafas olish haqidagi videoni esa quyida ko'rishingiz mumkin:
https://youtu.be/G2TP8Mg_Nyw?t=2019

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Menga ilk G‘ALABA KERAK!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Avval pul bilimga tikiladi, keyin esa bilim pulga. Bu har qanday rivojlanishning modelidir.

Mixail Proxorov

Ilm uchun tikayotgan pullaringiz bu eng katta investitsiyangizdir.

Bunday investitsiya qilayotgan insonlar blogimda ko‘pligidan xursandman.

Olinayotgan bilimni qo‘llash, unga amal qilish, o‘sish uchun muhit ham juda muhim.

Aynan shu muhit izlab, qishloqdan Buxoro shaharga, u yerdan esa Toshkentga ko‘chib kelganman.

Keyinchalik balki bu yerdan ham ko‘chib ketarman. Chunki ehtimoli oshib boryapti.

Muhit juda muhim! Bunga qattiq e'tibor qarating. Shu sababdan ham biz klublar tashkil qilyapmiz yoki a'zo bo‘lyapmiz.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bir necha ming dollarlik xulosa!

2019-yildan hozirga qadar jami narxi qariyb 10,000$ ga yaqin bo‘lgan kurs va treninglarda o‘qibman.

Ibrohim Gulyamoning 7 va 13-kouching dasturlari, Alisher Isaevning 6-dasturlarida qatnashdim, Assodiq "Biznesni Islom moliyasiga boshqarish" kursi, Mfaktordagi ko‘plab praktikumlar, marketing va psixologiya bo‘yicha individual darslar, Mohirdev, Habibullo Sa'dulloyev darslari va hokazo ko‘plab kurslar.

O‘qilgan kitoblarni-ku aytmasam ham bo‘ladi.

Tanishlarim, qarindoshlarim: "Sen haliyam o‘qiyapsanmi, hech o‘qishing tugamadida", deb kulib qo‘yishadi.

Shuncha kursda o‘qib, olgan eng katta xulosamni bo‘lishaymi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Nimadan boshlashim kerak?

Muvaffaqiyatli bo‘lish, boy bo‘lish, sog‘lom bo‘lish, taqvoli bo‘lish...

Bunday inson bo‘lish uchun siz ham men ham nima qilish kerakligini yaxshi bilamiz.

Masalan, sog‘lom bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanish, muvaffaqiyatli bo‘lish uchun o‘z ustida ishlash...

Orzu-maqsadlarimiz tomon qanday amallar olib borishini bilsak, nega unda qilmaymiz?

Barcha amallar, harakatlar uchun asosiy kerak bo‘lgan yoqilg‘i bu — qat'iy xohish.

Qat'iy xohish!

Siz qachonki biror ishni bajarish uchun o‘zingizda qat'iy xohish uyg‘ota olmas ekansiz, maqsadingizga erishishganingizni faqatgina tushungizda ko‘rishingiz mumkin.

Lekin xohishni qanday uyg‘otamiz?

To‘q odam qachonki och qolsagina ovqatlanish uchun xohish paydo bo‘ladi.

Biz oldin och qolishimiz kerak!

Bu degani ko‘p pul topishim uchun pulsiz qolishim, sog‘lom bo‘lishim uchun kasal bo‘lishim kerak degani emas.

Biz arzon dofamin bilan to‘yinganmiz. Biz aynan mana shu narsadan qutulishimiz kerak.

Keyingi postda qo‘yilgan maqsadlar tomon harakat qilishda qanday qilib qat'iy xohishni uyg‘otish haqida gaplashamiz!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yigitlar, albatta, eshiting!

https://youtu.be/iv_aA9ZZ2_8

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

𝗠𝗲𝗻𝗴𝗮 𝗸𝗲𝗿𝗮𝗸𝗺𝗮𝘀 𝗱𝗲𝗯 𝗼'𝘁𝗾𝗮𝘇𝗶𝘀𝗵𝗴𝗮 𝘀𝗵𝗼𝘀𝗵𝗶𝗹𝗺𝗮𝗻𝗴 ❗️
𝗡𝘂𝘁𝗾𝗶 𝗿𝗮𝘃𝗼𝗻 𝘃𝗮 𝗼𝘇𝗶𝗴𝗮 𝗶𝘀𝗵𝗼𝗻𝗴𝗮𝗻 𝗼𝗱𝗮𝗺𝗹𝗮𝗿 𝗼𝗱𝗱𝗶𝘆 𝗼𝗱𝗮𝗺𝗹𝗮𝗿𝗱𝗮𝗻 2𝘅 𝗸𝗼'𝗽𝗿𝗼𝗾 𝗱𝗮𝗿𝗼𝗺𝗮𝗱𝗴𝗮 𝗲𝗴𝗮.

Men Nodir Nuriddinov sizga nutqingiz va so’zlashishda uchraydigan muammolaringizni xal qilishda ko’maklashaman.

❗️To’liq ma’lumot uchun kanalimizga obuna bo’ling: /channel/nodir_nuriddinov_official

🖐️ Kurs haqida to’liq ma’lumot olish uchun administratorga murojaat qiling:
/channel/onlinekurs_adminstrator

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Buxorodan Toshkent qaytyapmiz.

O‘qish uchun yaxshi kitob qo‘yishibdi.

O‘zi rozi bo‘lsin!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qayerga shoshyapsiz?

Chekka qishloqda tug‘ilganman. Lekin u yerdagi shart-sharoit meni qoniqtirmagan. Faqat ketishni istaganman u yerlardan.

2014-yil kollejga o‘qishga kirgach, qishloqdan uzoqlashdim, shu bilan birga oilamdan ham. Shunda tushundimki, nafaqat o‘zim yaxshi balki, oilam bilan birga yaxshi sharoitda yashash men uchun muhim ekan.

Maqsadimga Allohning fazli bilan shu yilda erishdim. O‘zim uchun yaxshi sharoit, muhit yaratish va ota-onamni yonimga olib kelish uchun 9 yil kerak bo‘ldi. 9 yil!

Undan tashqari o‘zim yoqtirgan sohamni topib, unda yaxshi daromad topish darajasigacha chiqishim uchun 4 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘lgan!

Uylanish qarorini qabul qilib, o‘zimga mos juft topish va oila qurgunimcha esa 2,5 yilcha muddat!

Atrofimda yoshlarni, tengqurlarimni ko‘ryapman: bugun ishga kirib, ertaga boy bo‘lsa, bugun biznes boshlab, ertaga dunyoni egallasa, bugun blogerlikni boshlab, ertaga butun dunyoga tanilsa...

Olamdagi muvaffaqiyat qonuniyatlari hali o‘zgarmadi. Hali ham bola tug‘ilishi uchun 9 oy kerak bo‘lganidek...

Aksincha, endi oldingidan ko‘proq ishlash, ko‘proq o‘qish, ko‘proq izlanish kerak bo‘lmoqda.

Arzon dofamin, 1-2 soatli muvaffaqiyat haqidagi kinolardan qoching. Real hayotga boqing. Harakatdan to‘xtamang. Lekin shoshmang!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Solihlardan biri aytadi:
kim Alloh bilan oʻrtasini isloh qilsa, u bilan odamlar oʻrtasiga Alloh kifoya qiladi.


©Mubashshir Ahmad

Munosabatlar bilan bog‘liq barcha muammolarning yechimi shunda.

Menga kimdir noto‘g‘ri, o‘zimga yoqmaydigan tarzda muomalada bo‘layotgan bo‘lsa, shu so‘zni eslayman.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"Marketing Club" yig‘ilishi

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ты узнаешь тогда, когда попробуешь 👌

© Твой Апгрейд

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bir birodarimizning onalari mielit (orqa miya shikastlanishi) kasalligi bilan og‘rib qolganlar.

Maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydilar. O‘zlarining daromadlari yetmay, dori-darmon olishga qiynalib qolgan ekanlar.

Yordam berishga imkoningiz bo‘lsa, mana shu kartaga to‘lov qilishingiz mumkin:
8600 1204 9456 8077 (холов салохиддин)

Besh, o‘n mingni kam demay yordam qilib yuborilsa mushkullari ancha yengil bo‘lardi InshaAlloh!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

KONTENT MARKETING VA KONTENT REJA YOZISH

RAQAMLI MARKETING KURSINING NAVBATDAGI 6-darsi.

Spiker: Farrux Hasanov — Progress Academy SMM Foundation o‘qituvchisi. Perfect Shoes Fabrikasi Marketologi.

Darsda qatnashuvchilar, maqsadli auditoriya uchun marketing kontetlarini tayyorlash, rejalashtirish, qanday qilib yozish kerakligi bo'yicha dastlabki amaliy bilimlarga ega bo'lishadi.

Kontent marketingi - bu maqsadli auditoriya uchun onlayn tarkibni yaratish, nashr etish va tarqatishga qaratilgan marketing uslubi.

📆 2-iyun, Juma kuni Soat 17:00da TDIU 1-bino 212-xonada barchani kutib qolamiz

Telegram | Web-sayt

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ham bloknot ham "Google задачи"ni birgalikda ishlataman. Effekti yaxshi bo'ladi.

Bloknotni o'z vazifasi, dasturni o'z vazifasi bor. Ko'pchilik bloknot kerak emas deydi. Bilmadim, rejalashtirishni bloknotimsiz tasavvur qilolmayman men.

Siz qanday instrumentlardan foydalanasiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Har doim ham hammasi yaxshi bo‘lavermaydi!

Maqsadlar qo‘yasiz, ko‘piga erisholmaysiz.

O‘zingizga ma'qul qizga sovchi qo‘yasiz, rozi bo‘lishmaydi.

Qarzga pul olasiz, vaqtida berolmaysiz.

Ishongan odamlaringiz ishonchingizni oqlamaydi.

Ish izlaysiz, qabul qilishmaydi.

Yoki shu kabi ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchrayverasiz.

O‘zimda shunaqa holat bo‘lgandi. Ketma-ket omadsizlik, qarzdorlik, aldanish...

O‘zimga bo‘lgan ishonch juda tushib ketgandi. Nima qilishni bilmay qolganman.

Muvaffaqiyatga erishishdagi eng asosiy omil bu sizning ruhiyatingizdir!

Ruhiyat tushganda, o‘ziga bo‘lgan ishonch kamayganda, eng birinchi qilish bo‘lgan narsa kichik bo‘lsa-da g‘alaba.

Kichik maqsad qo‘yasiz, harakat qilasiz, g‘alabaga erishasiz.

Mana shu davr bir necha bor takrorlangach, sizda o‘zingizga bo‘lgan ishonch oshadi.

Agar muvaffaqiyatsizliklardan charchagan bo‘lsangiz, o‘zingizga ayting: Menga ilk G‘ALABA KERAK!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Muvaffaqiyat uchun nimaga tayyorsiz?

Muvaffaqiyat haqida ajoyib video!

https://youtu.be/Nl6XBGDGHww

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

O‘qiganingga amal qil! Vazifalarni vaqtida bajar!

Kitob ortilgan eshshakka o‘xshab qolma!

Qo‘pol tuyuldimi?! Lekin juda ko‘p kurs va treninglarda o‘qib, olgan xulosam shunday!

Eng zo‘r natija olgan kursim, eng qimmati yoki dars beruvchi ekspert eng kuchli bo‘lgani emas.

Eng zo‘r natija olgan kursim bu berilgan bilimlarni o‘z vaqtida olib, qo‘llaganim.

Oyiga 1000$ to‘lab, o‘qigan kursimga nisbatan 150$ lik kurs hayotimni ko‘proq o‘zgartirgan, ko‘proq daromad olib kelgan.

Sababi oddiy: bilimlarni o‘z vaqtida qo‘lladim!

Hozir kitob o‘qishni to‘xtatdim! Kursda ham endi o‘qimayman!

Qachonki, hozirga qadar olgan barcha ilmlarimni qo‘llamasam.

Postni ustozimiz Ibrohim Gulyamovning gaplari bilan yakunlayman: "Bilag‘on emas, qilag‘on bo‘ling!".

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

BARCHAMIZ "NARKOMAN"MIZ!

Dangasalik qilmasdan, qo'yilgan maqsadlaringiz tomon katta ishtiyoq bilan, rejalashtirilgan ishlardan na ijtimoiy tarmoq va na boshqa narsalarga chalg'imasdan fokus bilan harakat qilishni xohlaysizmi?

Agarda hozir sizga beradigan ma'lumotlardan hech yo'q 50% foydalansangiz, uni o'zingizda tatbiq etolsangiz, albatta, yuqoridagi aytilgan natijalarga erishasiz!

*Buning uchun esa avvalo diqqat bilan postni oxirigacha o'qing!

Oldin tushuntirib o'tsam. Biz "narkoman"miz deganda qaramlikni nazarda tutganman. Lekin taqiqlangan giyohlarga emas dofaminga!

Dofamin
— rohatlanish va zavqlanish uchun javobgar neyromediator. Ya'ni baxt garmoni. Siz uchun yoqimli biror narsa ro’y berganda miyangiz dofamin ishlab chiqaradi.

Dofamin biz yaratilganimizdan buyon bizning hamrohimizdir. Ammo muammo shundaki biz borgan sari ushbu garmonga erishishning oson yo'llarini axtaryapmiz.

Narkotikka, ijtimoiy tarmoq, pornografiya va boshqa ko'plab yomon illatlarga qaramlik ortida dofaminga erishish maqsadi yotadi. Faqat tez va har safar ko'proq.

Miyamiz har doim tirik qolish va maqsadga erishishning oson yo'llarini izlaydi. Ayni mana shu damda biz arzon dofamin izlashga tushamiz.

Axir bir kitobni oxirigacha o'qib, tugatganda olinadigan dofaminga nisbatan, ijtimoiy tarmoqda videolar ko'rib dofaminga erishish oson va tezroqda.

*Ayni mavzu bo'yicha ushbu videoni ko'rishni tavsiya qilaman: https://youtu.be/Ldv04eMFWxI

Agarda siz ijtimoiy tarmoqdan emas, kitob o'qib dofaminga erishishni yo'lga qo'ysangiz, endilikda sizda kitob o'qishga nisbatan xohish uyg'ona boshlaydi.

Xo'sh, biz arzon dofamin olish yo'llaridan qutulish uchun nima qilishimiz kerak?

JAVOB: PARHEZ!

1. Ijtimoiy tarmoqdan kelgan xabarlarni ochish ma'lum vaqt belgilang;
2. Sekin-astalik bilan telefondan foydalanish vaqtlarini kamaytirib, boring;
3. Sizga arzon dofamin berayotgan illatlardan har biridan mana shunday uzoqlashing;
4. Postni do'stlaringizga ulashing.

*Agar oxirigacha o'qigan bo'lsangiz, post uzunlik qilmadimi? Izohda fikringizni kutaman!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

2019-yil 26-sentabr;
2020-yil 18-yanvar;
2021-yil 1-fevral.

Bu sanalarda rejalar qanday bo‘lgan, nimalar o‘xshagan-u, nimalar o‘xshamagan?!

Siz eslay olasizmi?

Agarda kundaligim bo‘lmaganida, men eslolmasdim.

Aslida rejalashtirish, yozishdan asl maqsad o‘sha kunlarni eslash emas. Maqsad - samaradorlik, maqsaddan chalg‘imaslik, kunlarning qanday o‘tayotganini tahlil qilish.

(Mana shu tahlil asosida qaysi oyda eng dangasa formamda bo‘lishimni yaxshi bilaman 😂)

Endi esa mana shu yillar davomida shakllangan tajribamni birin ketin ulashishni boshlayman!

Qancha ko‘p reaksiya bo‘lsa, shuncha qiziq ma'lumotlar ulashishga harakat qilaman!

Bismillah, boshladik!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Birga harakat qilamizmi?

Barchamizda turli orzu-maqsadlar bor. Gap ularning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligida emas, ularning bor ekanligida.

Orzu-maqsadlar bor ekan demak sizda oldinga harakat qilish uchun sabablar bor.

Faqatgina muammo shundaki ko'pchilik o'z maqsadlariga erishish uchun qanday harakatlar qilish kerakligini umuman yoki yetarlicha bilmaydi.

Sizda ham shundaymi?

Men ilk katta maqsadimni 2014-yilda qo'yganman. 2018-yildan ko'proq va aniqroq maqsadlar qo'yishni boshladim. 2019-yildan oxirlaridan buyon kundalik yuritaman. Masalan, sizga 2019-yil 19-sentabr kuni nimalar qilganim haqida aniq ma'lumot bera olaman.

Men bu bilimlarni batafsilroq ulashsam bu siz uchun qiziq bo'ladimi?

Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, ushbu so'rovnomani to'ldiring:
https://forms.gle/DKrMRqcUMhKTLJ9z8

Maqsadlaringizga birga erishamiz!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Salom do'stlar.

Ancha vaqtdan buyon tajribali marketologlar bilan hamkorlikda podkast, ovozli chat qilishni reja qilib yurgan edik. Va nihoyat 18-may, soat 20:00 da marketing sohasida 10 yillik tajribaga ega Habibullo Sa'dulloyev bilan "Mijozrizo marketing. Qanday qilib ham mijoz ham biznes uchun foydali marketing strategiya tuzish mumkin?" mavzusida ovozli chat bo'lib o'tadi.

Ushbu ovozli chatda siz:
- maqsadli auditoriyani aniqlash;
- ularning sodiqligini oshirish;
- ham biznes, ham mijoz uchun samarali marketing strategiyalar tuzishda nimalarga e'tibor berish
to'g'risida ko'nikmalariga ega bo'lasiz.

Bundan tashqari ovozli chat so'ngida marketologlar uchun maxsus yopiq guruhga a'zo bo'lasiz, keyinchalik faoliyatingiz davomida sizni qiynayotgan savollarga tajribali marketologlardan javob olishingiz mumkin bo'ladi.

Ovozli chatda siz o'zingizni savollaringizni mana bu manzil orqali yuborishingiz mumkin va albatta savollaringizga javob beriladi.

Sizlarni ovozli chatda kutib qolamiz.

Ovozli chat mana shu guruhda bo'lib o'tadi: @marketerscommunity1

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qurolni asrang

Professional bokschilar mashqlarni ehtiyotlik bilan qiladi, qo'lqopsiz qopni urmaydi, shlemsiz sparring tushmaydi. Jarohat olib, jangda qatnasha olmaslik - eng qo'rqinchli oqibat, janglarsiz pul topa olmaydi.

Professional futbolist tanishim bo'lar edi, murabbiyi unga ko’chada to'p tepganini ko'rsa, oyog’ini sindirishga va’da bergan. Unga faqat o'tli maydonda oyoqni himoya qiladigan yaxshi butsa bilan futbol o'ynash mumkin edi.

Birinchi holatda qurol - bu qo'l, ikkinchisida esa oyoq, shuning uchun sportchilar ularni musobaqadan oldin avaylab ishlatadi. Bu yerda ko'pchilikni quroli miya bo'lsak kerak. Qanchali siz qurolingizni avaylaysiz?

Stressga tushgan holatlarimda noto'g’ri qarorlarni ko'p qabul qilaman. Chunki stress paytida fokus tarqalib ketadi va miya faqat 20-30% ishlaydi. Manga pul olib keladigan va hayotimni osonlashtirib beradigan qurolim - aqlim, buni tushunganimdan keyin hayot o'zgardi.

Qurolim jarohat olsa, man jangga chiqmayman, baribir yutqazaman. Stressda bo'lib, kayfiyatim rasvo bo'lsa, hech qanday qarorlar qabul qilmayman va xulosalar chiqarmayman. Foydasi yo'q, miya hozir OFF holatida, borib dam olgan yaxshi.

Eng asosiy qurolingizni saqlang. Qayilgan oyoq bilan maydonga chiqmang, yutqazib qo’yasiz.

@aqlli_ikkichi

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hayot biror kishiga tekin dars bermaydi. "Hayot menga shunday taʼlim berdi", degan paytingda, aniq qimmat narx toʻlagan boʻlasan!

Najib Mahfuz

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

📹 Jamoamizga kreativ videograf va kontent-meyker kerak

Diqqat: anketalar 7 maygacha qabul qilinadi

🎦 LOYIHALARIMIZ HAQIDA
Biz ijtimoiy tarmoqlarda reklama bilan shug'ullanamiz, hamkorlarimiz Aviasales, Yandex kabi katta brendlar. YouTube-loyihalar va qisqa kontent bilan shug'ullanamiz.

Pakapak kanalimiz texnologiyalar va gadjetlar haqida.

🎦 TALABLAR
- kameralar bilan ishlab bilish, tasvirga olish (YouTube, Reels, TikTok)
- videomontaj (Premiere, AE)
- yangi g'oyalar taqdim qila olish
- kreativ fikrlash
- jamoada ishlash
- o'zbek va rus tillarini bilish shart
- mas'uliyat, time-management

💰 SHAROITLAR
- Media-sohada rivojlanish
- Ish grafiki: 5/2, 10:00 dan 19:00 gacha
- Maosh 10 000 000 so'mgacha (bajarilgan ish va KPIga qarab)

Biz jamoamiz a'zolariga professional muhitda o'sishga yordam beramiz. Qiziqarli odamlar, blogerlar va ijodkor insonlar muhitida bo'lasiz. Nafaqat oylik daromad, balki karyera jihatidan o'sish imkoniyati mavjud.

Agar ushbu e'lonni diqqat bilan o'qigan bo'lsangiz va biz bilan birgalikda ishlab o'sish niyatingiz bo'lsa quyidagi anketani to'ldiring

https://forms.gle/CGWDJvx2mK5o3zA77

Diqqat
: anketalar 7 maygacha qabul qilinadi

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Baxtli bo‘lmoqchimisiz yoki "Baxtli odam" ro‘lini o‘ynamoqchimisiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"Подделка"dan voz keching!

Bozorlarimiz brendi soxtalashtirilgan mahsulotlar bilan to‘lib-toshib yotibti. Sizning ham, albatta, bunday tovarlarga ko‘zingiz tushgan bo‘lsa kerak.

Loro Piana, Dolce & Gabbana, Chanel, Nike, Adidas kabi juda ko‘plab brendlarning logolaridan foydalanib ishlab chiqarilgan, ammo sifati ancha past bo‘lgan kiyim-kechak yoki boshqa turdagi tovarlar.

Xo‘sh, nega biz bunday soxtalashtirilgan tovarlardan voz kechishimiz kerak? Logosidan foydalangan bo‘lsa foydalanibdi-da, nima muammo — deyishingiz mumkin?

Muammo shundaki, bu ishlab chiqaruvchilarning iste'molchi oldidagi mas'uliyatini butkul yo‘qqa chiqaradi!

BU ASLIDA JUDA HAM KATTA MUAMMO!

Birgina oyoq kiyim misolini olamiz.

O‘zbekistonda mingdan ortiq oyoq kiyim ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Lekin siz qaysi mahalliy brendni bilasiz?

Shaxsan o‘zim o‘tkazgan so‘rovnomada yurtdoshlarimiz 10 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tanisharkan. Xo‘sh, qolganlar-chi?

Taxminan 60-70% dan ortiq ishlab chiqaruvchilar shunchaki boshqa brend logolaridan foydalanib soqqani qilishyapti.

Ular umuman siz, iste'molchi haqida qayg‘urishmaydi. Nimadir ommalashsa, ko‘chirishadi, chiqarishadi, sotishadi. Bo‘ldi!

Ishlab chiqargan mahsulotlari sizning sog‘ligingiz uchun zararliligi, sifatsizligi, talabga javob bermasligi ular uchun qiziq emas! Chunki ularni hech kim tanimaydi. To‘kiladigan obro‘, sudga beriladigan brend yo‘q!

Gapiradigan bo‘lsa, gap ko‘p! Hali kontrafakt mahsulotlar haqida indamadim.

ISTE'MOLCHI SIFATIDA O‘ZINGIZ HAQINGIZDA QAYG‘URING!

"Подделка"dan voz keching!

P.S. Kimdir "зато" ular xalqqa arzon sotadi degan vajni ham keltirishi mumkin. Mahsulotiga o‘z nomini berish hamda uni patentlash qimmat turmaydi. Keyin istagan narx va sifatda sotsin, lekin o‘z brendi ostida!

Shunda javobgarlikdan qocha olishmaydi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bir birodarimiz yaxshi gap aytgandilar:

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) musulmonlar sonining ko‘pligi bilan faxrlanishlarini aytganlar, rost.

Baʼzilarga musulmonlarning songa eʼtibor qaratishlari g‘alati tuyuladi, son emas, sifat muhim deydi, ammo dinda unday emas.

Tasavvur qiling, daryoda cho‘kayotgan yoki yong‘inda qolgan odamlarni qutqarishda son muhim.

Necha kishi qutqarilganligi!

Payg‘ambarning asosiy vazifasi ham axir shu, ko‘proq insonlarni olovdan qutqarish.

Ramazon Hayiti muborak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…
Подписаться на канал