Seniki, meniki, bizniki... Bayram hammamizniki!
Tabriklayman 🔥
📌 telegram.me/hasanovblog
MAHZUNLIK
Ketmoqda jimgina buyuk ramazon,
Uning koʻzlariga tikilmoq qiyin.
Kimdir pichirlaydi judayam arzon:
"Qaytadi baribir bir yildan keyin..."
Ha, olgʻir hayotning qoidalari
Yutib yuboradi yana bizlarni.
Ovchidek ergashib yurganimiz sari,
U sekin yoʻqotib borar izlarin...
Goʻyo dil yurtidan quvilgan surgun
Ichga toʻkajakmiz koʻz yoshlarimiz,
U bizni quchoqlab oladi bir kun --
Tugab bitganida bardoshlarimiz...
Ha, shunda topamiz armugʻon kuchin:
"Ey yurak, och qolsang, gʻamingni yeyman!"
Tiriklik sharafin saqlamoq uchun
Ramazon bir yillik quvvatmi, deyman.
Alvido soʻzidan yasamam taskin,
Axir, qaylardadir mangudir bahor --
Ramazon taqvimdan ketishi mumkin,
Ammo yuraklarda qolmogʻi ham bor.
Ul yurak yurtida daryo besohil,
Risolat chashmasi tutqazar paygʻom --
Sharafli zotlarning uyida bir yil
Ayyom davom etar, ilohiy ayyom!!!
©@xayrulla_hamidov
📌 telegram.me/hasanovblog
LOYIHA
Ibn Salohning “Tabaqotush Shofiʼiyya” kitobida keladi:
“Lugʻat olimi Abul Hasan Ahmad ibn Forisning tarjimai holida kelishicha, u Qazvinda yashaganida har payshanba bitta kitob koʻchirar, uni juma namozidan oldin sotib pulini faqirlarga sadaqa qilar edi. Toki vafot etgunicha shunday davom etdi!”.
Insonning oʻz amali jinsidan sadaqasi boʻlishi lozim. Bu ish neʼmatga shukr va uning zavolidan muhofaza boʻladi inshaalloh!
Agar shifokor boʻlsangiz, aqalli haftada bitta bemorni boʻlsada bepul davolang.
Agar mudarris boʻlsangiz, hech boʻlmaganda haftada bir kunni darsni fahmlamaydigan talabaga darsni tushuntirish uchun ajrating.
Agar nonvoy boʻlsangiz, hech boʻlmaganda kunda bitta nonni sadaqa qilishga odatlaning.
Agar oziq-ovqat doʻkoningiz boʻlsa, kunda bitta maʼdanli suv boʻlsada, sadaqaga odatlaning.
Agar advokat boʻlsangiz oyda bir marta boʻlsada, bir faqir mazlumning himoyasini tekinga bajarib berishga odatlaning.
Siz oʻzingizni yaxshi taniysiz. Alloh sizga bergan ishingizga boqing. Ishingizning jinsidan sadaqa qilish imkonini albatta topasiz. Ana shunda bardavom boʻling. Allohga eng suyukli ishlardan biri, oz boʻlsada davomli boʻlgan yaxshilikdir!
©Abdulqodir_Polvonov
📌 telegram.me/hasanovblog
Tajribasiz mutaxassisga ish buyur, ketidan o‘zing yugur!
©Marketolog xalq maqoli
📌 telegram.me/hasanovblog
Kechagi kun xayrli o‘tdi Alhamdulillah!
Marketing bo‘yicha hozirdagi loyiham "Perfect shoes" erkaklar oyoq kiyimi ishlab chiqaruvchisi bilan ko‘rgazmada qatnashib, sovrin ham yutib oldik.
Reja bo‘yicha endi harakat yozgi oyoq kiyim modellari ustida ishlash. Sizlarning ichingizdan fokus guruh yig‘ishimiz mumkin.
Kechga esa marketologlar guruhining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda iftorlik qildik. Tajribali, hamfikr, ilmli insonlar yig‘ilgan bu klubga a'zo sifatida taklif qilishganidan xursandman!
Bugun esa Marketing Clubda yig‘ilamiz. Kelinglar! Manzil: /channel/marketingclub_event/212
📌 telegram.me/hasanovblog
Har bir tadbirkor va marketolog, albatta, bu bilimlarga ega bo‘lishi kerak!
📌 telegram.me/hasanovblog
Shaxmatda menga eng yoqadigan figura: oxiri farzin bo‘ladigan piyoda.
U asl farzindan ham afzalroqki, o‘yin masalasini ko‘p holatda shu figura hal qiladi!
©Xayrulla Hamidov
P.S. "Piyoda" bo‘lib tug‘ilgan bo‘lsangiz hech afsuslanmang! "O‘yin" masalasi ko‘p hollarda sizga bog‘liq bo‘ladi.
📌 telegram.me/hasanovblog
Hamkorlik narxlari necha pul ekanligini bilasizmi? Sha’n va qadr-qimmatning narxi-chi?
Zzhara Fest tomonidan Oʻzbekistondagi mashhur va mahalliy kompaniyalarga taklif etilayotgan tariflar bilan tanishing unda:
1. Brilliant hamkorlik: 5 milliard so‘m
2. Bosh hamkorlik: 3 milliard so‘m
3. Rasmiy hamkorlik: 1 milliard so‘m
4. Ishtirokchi: 500 million so‘m
5. Hamkor: 200 million so‘m
Zzhara'dagilar 40ga yaqin brendlar bilan aloqaga chiqishni rejalagan va u brendlarning toʻliq roʻyxati ham menda mavjud.
Kreml toʻkayotgan qonga bulgʻanishni va obroʻyingizni yoʻqotishni istasangiz, marhamat, Zzhara bilan hamkorlik qilavering, hurmatli va hurmatsiz brendlar.
#StopKremlinPropaganda
#StopZArtists
#ZZhara
@mirzo_zominiy
400,000$ lik qiymatga ega, samaradorlikni oshiruvchi, Ayvi Lining strategiyasi!
Nafaqat jamoa, balki shaxsiy rejalar uchun ham ajoyib ishlaydi.
O‘qish uchun 10 daqiqa yetarli!
📌 telegram.me/hasanovblog
Google ogohlantirish uchun ma’lumotlarni qayerdan olyapti?
Zilziladan ogohlantirish tizimi turli mamlakatlarda mavjud. Biroq zilzila vaqtini aniq aytish qiyin. Ya’ni “ertaga mana bu soatdan mana buncha daqiqa o‘tganda zilzila bo‘ladi” deb hech kim aytolmaydi.
Lekin kuchli zilziladan avval “forshok”lar bo‘ladi. Keyin zilzila, keyin “aftershok” kuzatiladi. Forshoklar boshlanganida Yer shari bo‘ylab o‘rnatilgan seysmograflar bir necha soniya oldin, ba’zan bir daqiqa oldin zilzila sodir bo‘lishi mumkin degan xabarni beradi.
Shuningdek, zilzila sodir bo‘lgan joydan to siz yashayotgan manzilgacha to‘lqin yetib kelishi uchun ham ma’lum qisqa vaqt o‘tadi. Bungacha ilovalar va dasturlarning xabari yetib keladi. Google ogohlantiruvi shu ma’lumotlar asosida shakllantiriladi.
Bor-yo‘g‘i bir necha soniya oldin ogohlantirsa, bundan qanday foyda bor?
Albatta, ushbu ma’lumotlar muhim. Chunki bu vaqt ichida hech bo‘lmasa, kimyoviy xavfli ob’yektlar, AESlar, tezyurar poyezdlarni to‘xtatish mumkin yoki uxlab yotgan odam uyg‘onishi va xonaning burchagiga turib olishga ulgurishi mumkin.
Batafsil bu yerda
Kecha "Yandex Eats" orqali ovqat buyurtma qilib ko‘rgandim. Bugun so‘rovnoma uchun link jo‘natdi. To‘ldirib berdim.
Hech kim mijozchalik kamchiliklarni ko‘rolmaydi. Yurtimiz tadbirkorlari orasida esa mijozlar bilan qayta aloqa tizimini yo‘lga qo‘yganlar juda kam.
Aslida katta byudjet talab qilmaydi. Hafsala bo‘lsa kifoya.
📌 telegram.me/hasanovblog
📣 Взгляд изнутри: рекламный рынок Узбекистана и Казахстана. Интервью о слабых и сильных сторонах обоих рынков
Обсудили с креативным директором и стратегом агентства Lokals Central Asia, как бизнес победил креатив и к чему это привело, безответственность как проблему индустрии и зарождающийся стиль узбекской рекламы.
https://pr.uz/vzglyad-iznutri-rynok-na-reklamy-v-uzb-i-kz/
@pruz_news
— Yomon rassom nusxa koʻchiradi. Yaxshi rassom oʻgʻirlaydi!
— Men narsalarning suratini koʻrganimga koʻra emas, fikrlaganimga koʻra chizaman!
— Xayolingizga kelishi mumkin boʻlgan hamma narsa siz uchun haqiqatdir!
— Baʼzi rassomlar quyoshni sariq doiraga aylantirishadi, baʼzilari esa sariq doirani quyoshga aylantirishadi!
— Qoidalarni professionallar singari puxta oʻrganing, ana shunda rassomlar singari ularni buza olasiz!
©Pikasso / manba
📌 telegram.me/hasanovblog
Vaqt juda tez o‘tyapti. Bilmadim hammadami yoki faqat menda shunaqami?!
O‘zidan vaqtimga baraka berishini ko‘p so‘rayapman!
📌 telegram.me/hasanovblog
Soliha, muslima oʻzbekoyimlarga!
(Niyoziydan oʻzlashtirma. 08.03.2022)
بِسْمِ ٱللَّٰهِ
Keldi senga haq bu kun,
Nechun Endi Isyon? Qul
Jahannam kishanlarin
Oʻzing uchun xarom qil.
Farz qildi senga Islom
Ilm olmoq neʼmatin,
Shul neʼmatla sugʻorib
Qalbingni guliston qil.
Botqoq, xaqir umrni
Koʻrurlar senga ravo,
Ul iblisning doʻstlarin
Oʻzingdan mosuvo qil.
Soyada sargʻaymas yuzing
Bul qilmasin qalbing yaro,
Madrasa boʻlib oʻzing
Manzilingni Mavo qil.
Bor edi zoʻr xuquqing,
Pok yashab, ona boʻlmoq,
Oldilar uni sendan,
Ne topganing davo qil.
Oy xasad qilgan yuzing
El Ichra koʻz-koʻz qilib,
Xor boʻlib, kezding koʻcha
Ey nuridan judo gul.
Usti ochiq xolvaga
Qoʻnur najas pashshasi,
Sen qilib satri avrat
Pokliging nomoyon qil.
SEN qachon Ilm uchun
Otlansang ustoz sari,
Alloh farzila oʻzni
Xijobingla omon qil.
©Muslima Nisa | Muslim_Mind
📌 telegram.me/hasanovblog
SMM sohasiga endi kirib kelayotganlar uchun:
SMM — 1-qism | Kirish, so'rovnoma o'tkazish
👉🏽https://youtu.be/SdfJCv3ZMzs
SMM — 2-qism | Strategiya
👉🏽https://youtu.be/Dx3jr_BYFQU
SMM — 3-qism | Kontent turlari
👉🏽https://youtu.be/FXS4hqoaIbE
SMM — 4-qism | Kontent reja tuzish
👉🏽https://youtu.be/ukY7B-CQUfU
SMM — 5-qism | Trello
👉🏽https://youtu.be/tKeP3ZyrjgQ
Bu videolarni olganimizga ancha bo‘ldi ("Progress academy"ga rahmat buning uchun). Undan keyin ancha tajriba o‘sdi. Vaqt bo‘lganda yana darslar olib, yangi tajribalarni ulashishga harakat qilaman xudo xohlasa.
Videolardagi ma'lumotlar kuchli deya olmayman. Lekin manfaatli bo‘ladi InshaAlloh!
📌 telegram.me/hasanovblog
Brend nima?
Juda ham oddiy, hayotiy misol keltiraman:
2021-yildan buyon bir ijarachi bilan ishlayman. Oldin hamkasb yigitlar bilan boshqa kvartirasida turgan bo‘lsam, hozir esa oila qurgach o‘sha kishini boshqa kvartirasida yashayapmiz.
Ijarachi bilan to‘lov kuni tayin qilingach, 2021-yildan beri biror marta ijara to‘lovi kechikmagan. Uzog‘i bir kunga farq bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Kvartirada har doim toza, shikastlarsiz, qo‘shni yoki boshqalarning e'tirozlarisiz turilgan. Uy egasining hech bir narsasiga xiyonat qilinmagan.
Menga nisbatan ijaraching fikrlari: to‘lovni har doim o‘z vaqtida beradi, uyni ozoda tutadi, muammo tug‘dirmaydi, buyumlarimni asraydi, uyimdan xavotir olmasam ham bo‘ladi.
Brend mana shu!
Men haqimdagi mijozimning fikri, hissiyotlari!
Bu ijarachi menga o‘z kvartirasini boshqalarga nisbatan arzon berishga, imkon boricha men bilan uzoqroq ishlashga harakat qiladi.
Chunki uning uchun men brend sifatida shakllanganman!
Biznesga logo qilish, chiroyli nom topish, SMM yoki boshqa narsalar sizni brendga aylantirmaydi.
Brend bu sizning o‘z va'dangiz ustidan chiqishingiz!
Mijozlar siz haqingizda ijobiy fikrlashi, ijobiy hissiyotlarga ega bo‘lishi, sizni hech ikkilanmay tavsiya qila olishidir.
📌 telegram.me/hasanovblog
Ha yoki yo‘q orasida ikkilanayotgan bo‘lsangiz yo‘q javobini tanlang!
Olishga yo‘q deyolmay, ikkilangan ishimni baribir olmaydigan bo‘ldim.
📌 telegram.me/hasanovblog
Biznes, marketing, kommunikatsiya
✅ Mana shu uchchalasini bir biriga samarali bog'lash uchun nima qilish kerak? Bu haqida "Marketing Club"ning navbatdagi tadbirida Payme kompaniyasi marketing direktori Nodira Shermatova so'zlab beradi.
⏰ 8-aprel (shanba), soat 14:00 Yoshlar Press klubida hammangizni kutib qolamiz.
Ro'yxatdan o'ting:
👉 https://forms.gle/Su9zNsiS4oPLFX4K8
@marketingclub_event
Yangi boshlovchi Marketing oʻrganuvchilar Agency yoki Growth Partner ochsa boʻladimi?
Yani Yangi boshlanuvchilar uchun hech qanday biznes modeli ishlamaydi, chunki sizda taklif qiladigan hech narsa yo'q.
Avval Barcha qobilayt va mahoratni o'rganishga e'tibor qarating, so'ngra mahoratga ega bo'lgach...
Growth Partnering va Agency- bu mahoratdan foydalanish uchun yaxshi model.
Yuqori daromadli malakaga ega bo'lish uchun kamida 6 oy davomida Jiddiy tarzda o'rganishingiz kerak.
Undan keyin biror Kampaniyada ishlash tavsiya etiladi
Sizga Bitta Marketing bilimlari Biznes ochish uchun Kifoya qilmaydi
- Marketing
- Sales (b2b sotuvlar)
- PM - Loyihalar boshqaruvi ni o'rganishingiz kerak boʻladi.
Agar siz shu ishlarni qilsangiz, sizga hech qanday Boshlang'ich sarmoya kerak bo'lmaydi va jarayon ancha osonlashadi. Chunki siz o'z xizmatingizni ichkaridan bilasiz.
Shunda ancha Muofaqiyatli ish qilsangiz boʻladi!
@muslimansari - sizning "Growth Partner" Do'stingiz:))
Ramazon siz uchun nima?
Farz ibodati, iroda tarbiyasi, yangilanish yoki bo‘lmasa ochlik, odamlardan ajralib qolmaslik uchun amal? Balkim boshqa oylar singari oddiy oy?!
Ushbu oydan umidlarim katta! Fokusimni yanada Allohga qaratish, yomon odatlarimni yaxshilariga o‘zgartirish uchun harakatdaman!
Shaytonlar kishanlangan bu oyda o‘zimni yanada yaxshiroq taniyapman. O‘zimdan uyalyapman!
Ilk ro‘zangizni eslaysizmi? Qanday taassurotlar qolgan? Bu Ramazongacha nimalarni reja qilgandingiz? Qila olyapsizmi?
📌 telegram.me/hasanovblog
Илм кўтарилмасидан уни ўрганинглар. Илм олимларнинг вафоти туфайли кўтарилади. Жоним қўлида бўлган Зотга қасамки, Аллоҳ йўлида шаҳид бўлган кишилар (Қиёмат кунида) олимларга берилган каромат-даражаларни кўриб: «Кошки бизни ҳам Аллоҳ олим қилиб тирилтирса», деб орзу қиладилар. Зеро, ҳеч ким олим бўлиб туғилмайди. Илм ўрганиш, таълим олиш билан эгалланади.
Абдуллоҳ ибн Масъуд
Ассалому алайкум. Бугун 24 март, Жума. Рамазон ойини 2 - куни.
Сахарлик 05:01
Ифторлигимиз 18:41 да экан худо хохласа
1-kun saharlik, Alhamdulillah! Safardan qaytishga to‘g‘ri keldi.
Barchamizni tutayotgan ro‘zalarimizni Alloh dargohida qabul qilsin ilohim 🤲
📌 telegram.me/hasanovblog
Bir necha o'quv markazlar, kurslar aynan marketing yo'nalishida kadrlar chiqarishayotgan bo'lsada bozor hali ham och.
Sababi bitiruvchilar soni ko'p bo'lgani bilan ular ichida sanoqliginasi bu sohada faoliyatini davom ettiradi.
Birinchi oylardayoq daromad, stress yoki boshqa muammolar bilan boshqa sohaga o'tib ketadilar.
Ayniqsa o'zbekzabon yoshlarda bu muammo juda kuchli! Nega shunday deb o'ylaysiz?
📌 telegram.me/hasanovblog
Sizda birinchi taassurot qoldirish uchun faqat bir marta imkon bo‘ladi!
📌 telegram.me/hasanovblog
Bu temir izlarni buzgani qachon jur'at topa olarkanmiz-a?!
📌 telegram.me/hasanovblog
«Яндекс.Еда» O'zbekiston bozoriga kirib keldi! Qoyil!
Ilk (95,000 so'mdan ortiq bo'lgan) buyurtmaga "NEWUZ" promokodi bilan 40,000 so'm chegirma olishingiz mumkin. Yetkazib berish ham bepul.
Men uchun bizdagi yetkazib beruvchilar, Express24, Rasta, Bringo kabi dasturlarning javobi qiziq.
Raqobat qila olisharmikan?
Taomlarni Yandex.Go yoki Яндекс.Еда dasturlari orqali buyurtma berishingiz mumkin!
Sinab ko'ramizmi?
📌 telegram.me/hasanovblog