hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

Eng so‘nggida afsuslanmaslik uchun nima qilish kerak?

Nima qilsak baxtli bo‘lamiz?

Qanday yashasak, biz har doim baxtni va muvaffaqiyatni his qilamiz?

Ko‘ring!

Balki javob toparsiz!


📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

"Yerdan uzilmagan oyoqlar" uchun, albatta, oyoq kiyim kerak 😉!

Biz erkaklar poyafzali ishlab chiqaruvchisi sifatida oyoq kiyim sifatli bo'lishini xohlaymiz!

Buning uchun ushbu so'rovnomada qatnashib, bizga yordam bering: shorturl.at/eoswU

So'rovnoma faqat erkaklar uchun!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bekorchilar ishni bayramga aylantirishga harakat qiladi!

Youtubeda bir ko‘rsatuvda ko‘rib qolgandim, ya'ni bu iborada tasvirlangan holat menga juda ham tanish.

Men ishga ishlash va rivojlanish uchun borganman. Lekin buni hamma xodimlar ham hazm qilavermasdi.

Oldin gap yoshda, kichik yoshdagi xodimlar hali o'yinqaroq bo'ladi o'zi deb o'ylardim. Lekin bunday bo‘lib chiqmadi. Bunga yoshni aloqasi yo‘q.

Sababi oddiy. Ishga hamma ham ishlash uchun kelmas ekan.

Unda maqsad nima deysizmi? Shunchaki pul topish va kunini o'tkazish.

Batafsilroq tushuntirishga harakat qilaman.

Hamma ham ishga katta maqsadlar bilan kelmaydi. Ba'zilarning fiziologik hamma ehtiyojlari qongan. Uy, transport, yashash kabi. Shunchaki kuni o'tib turadigan, o'zi hurmatda bo'ladigan ish kerak.

Ularda boshqa hech qanday katta maqsadlar yo'q!

Shu sabab, ishdan bo'shamaslik darajasida ishlarni qilishadi, ortiqcha vazifalar uchun harakat yo'q.

Qolgan paytlarda ishda hamkasblari bilan gaplashish, turli o'yinlar o'ynash, ularga videolar yuborish, nimadir tashkillashtirish yoki muhokamasi bilan boshqalarni doim ishdan chalg'itishayotganiga guvoh bo'lasiz.

Shunday insonlarni ko'rganmisiz?

Ular uchun vaqt qadrli emas, aksincha, bo'sh vaqtlari ko'p.

Agar maqsadlaringiz katta bo'lsa undaylardan uzoq bo'ling!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bekorchilar ishni bayramga aylantirishga urinishadi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Senga bo‘lgan talabni bilmaguningcha o‘z bahoyingni bilmaysan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Shvetsariya pichog'i bo'lmang!

Hozirgacha bir-necha joyda bir-necha sohalar bo'yicha ish faoliaytimni olib bordim. Ish o'rnim asosan marketing sohasida edi. Marketing men uchun juda ham qiziq soha bo'lmasada, lekin o'ylashimcha o'z ishimni yaxshi uddalardim.

Men o'zi prefektsionistman. Shu sababli ko'pincha o'z ish faoliyatimdan tashqari boshqa marketingga aloqasi yo'q ishlarni ham bajarishga to'g'ri kelardi. Hamkasblarim tomonidan qilingan ishlarda men tushunadigan o'rinda ozgina kamchilik bo'lsa ham, shu ishni o'zim bajarishga kirishardim va buni qoniqarli darajada uddalardim ham. Shu bahona boshqa sohalarni ham amaliy o'rganayotganimdan quvonar edim. Keyinchalik bu holat shu darajada ko'p takrorlana boshladiki, o'zimning asosiy ishimga yetarlicha vaqt ajrata olmadim.

Barchasini baravar olib ketmoqchi ya'ni qo'pol qilib aytganda "besh qo'limni baravar og'zimga so'lmoqchi" bo'ldim. Lekin, 100 foizlik fokusim 5 sohaga bo'lingandan so'ng har biriga atigi 20 % dan yo'naltirildi va hech bir soha yuqori darajada shakllanmay qoldi. Agarda ushbu fokusni to'liqligichiga bir sohaga qaratganimda natija 5 baravar tezroq va yaxshiroq bo'lar edi deb o'ylayman.

Shvetsariya pichog'i misolida esa aynan shuni tushuntirmoqchiman. Bu pichoqning funksiylari ko'p: atvyortka, pichoq, qaychi va boshqalar. Endi o'ylab ko'ring, biror narsani qotirish uchun sizga ushbu pichoq va haqiqiy mustahkam ishchi atvyortka berilsa, qay biridan foydalanar edingiz? Biror narsa kesishda, ushbu pichoqchani ishlatgan bo'larmidingiz yoki o'tkir oshxona pichog'inimi? Kichik qaychichadanchi?

Bu pichoqdagi ma'lum funksiyali qurollar bir muddat, ilojsiz holatlarda ishlatilish uchun yaratilgan va pichoqning aniq bir vazifasi mavjud emas. To'g'ri, bu jamlanma qulay, ixcham lekin, asosiy vazifa bo'yicha ishlatilinuvchi qurollardan ancha nozik va noqulay. Ushbu pichoqdagi asosiy bir vazifani bajaruvchi haqiqiy ish qurollari esa ilojsiz vaziyatlarda emas, aynan kerakli va muhim vaziyatlarda foydalaniladi.

Sizlarga va o'zimga ham maslahatim: Shvetsariya pichog'i bo'lib qolmaylik. Haqiqiy, funksional qurol bo'laylik

P.S: Lekin, tangani ikkinchi tarafi ham bor. O'zingizga yoqqan sohani izlab topish uchun bundan boshqa yechim yo'q. Imkon qadar ko'proq sohalarga "tumshuq suqib" ko'rish kerak. Shunda o'zingiz istagan kasbni topishingiz ehtimoli ko'proq bo'ladi. O'zi sevgan kasbni topish esa, baxtli kelajak deganidir.

Muallif: Milliy Hub

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Rus tilini o‘rganuvchilar guruhi:
/channel/+MnBySYVbqcJjNzdi

Biladiganlar qo‘shilib, yordam berishlari ham mumkin!

Guruh uchun qonun-qoidalarni ham tuzib olamiz.

Ilk foydali kontent: til o‘rganishda uchraydigan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘llanma guruhga yuklandi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kimgadir ofat, kimgadir ofiyat...

Lekin aslida ikkalasi ham sinovda!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tushunishingiz kerak bo'lgan qoida bor!

Manzilga juda tez bormoqchi bo'lsangiz hamrohingiz kam bo'ladi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Sevgili Türk dostları! Size sabır, sebat ve cesaret! Düşüncelerimiz ve dualarımız sizinle.
😢🙏💔

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Xatolarim...

Shu paytgacha birorta til o‘rganmaganman. Hozir juda ham zarur bo‘lyapti. O‘sish yo‘q. Na ilmda na daromadda.

Maslahatga quloq tutmaganman.

Institutni ikkinchi kursida o‘qiyotgan vaqtimda, to‘rtinchi kursda o‘qiydigan kvartiradoshim: "Rus tilini o‘rgan. Men, ana o‘rganaman, mana o‘rganaman deb to‘rt yilimni o‘tkazdim. Sen bunday qilma", degan bo‘lsa ham, baribir amal qilmaganman, afsus.

Sharoit izlaganman.

Til o‘rganish uchun pulim yo‘qligini, ishlab juda ham charchayotganimni yoki bo‘lmasa vaqtim yo‘qligini bahona qilganman.

Prioritetlarni noto‘g‘ri qo‘yganman.

Karyeramda, hayotimda nima eng ustuvor degan savolga noto‘g‘ri javob berganman. Yashashdan asl maqsad, O‘ziga ibodat qilish ekanligini bila turib, amalda sustkashlik qilganman.

Xulosa chiqarmaganman.

O‘z xatolarimni qayta-qayta takrorlagan, boshqalar xatosidan ibrat olmaganman. Aytishga osonkuya, lekin ba'zi ishlarni xato ekanligini ilg‘ash uchun ham zukko bo‘lish kerak ekan.

Xatolarim ustida kam ishlayapman.

Bu esa eng katta kamchiligim bo‘lsa kerak. Yuqoridagi sanaganlarimni tuzatishga harakat qilyapman. Lekin juda sekin. Nafs bilan kurashish katta kuch talab qilarkan.

Sizda ham o‘z vaqtida kichik sanagan va vaqtlar o‘tgach yaxshigina muammolar paydo qilgan xatolaringiz bormi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🤨 Har doim ham sifatli mahsulot ishlab chiqarishning o‘zi, barcha sizdan xarid qilishi va doimiy mijozga aylanib qolishi uchun yetarli bo‘lavermaydi.

🤩 Biznes raqobatda g‘olib bo‘lishi uchun mijozlarini o‘z "muxlis"iga aylantirishi kerak!

Buning uchun esa auditoriya bilan to‘g‘ri kommunikatsiya o‘rnata oladigan, ular bilan dialog o‘rnata oladigan mutaxassislar zarur bo‘ladi.

Shunday mutaxassislar qatorida bo‘lishni va buni qanday amalga oshirish mumkinligini bilishni istasangiz:

⚡️4-fevral kuni 19:00 da bo‘lib o‘tadigan BEPUL OCHIQ DARSimizda sizni kutib qolamiz!

Ochiq darsda qatnashish uchun izohlarda "+" belgisini qoldiring!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

😎 Yangi yilni kasb bilan boshlang!

- O'z xarajatlarini o'zi qoplamoqchi bo'lgan talaba va yoshlar;
- Ish o'rnini o‘zgartirmoqchi bo'lganlar;
- Shaxsiy yoki oilaviy biznesini rivojlantirmoqchi bo'lgan biznes yoki hunar egalarini

4-fevral 19:00 da bo'lib o'tadigan BEPUL OCHIQ DARSimizda kutib qolamiz!

⚡️ Ochiq darsda siz:
- SMM da pul topishning 3 ta modelini;
- Qancha pul topish mumkin va buning uchun nimalar qilish kerakligini;
- Daromadga chiqish bo'yicha ilk qadamlar va boshqa ko'plab bilimlarga ega bo'lasiz.

Ochiq darsda qatnashish uchun izohlarda "+" belgisini qoldiring!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

O‘xshamadimi?

Boshqatdan reja tuzing, boshqatdan boshlang!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qanday qilib hammasidan charchaganda yana qayta energiyaga to‘lishi mumkin?

Shu holat sizga tanishmi?

— Ibodatda xushu yo‘qoladi. Ibodatlarda tanballik qila boshlaysiz;

— Yoki katta ruhiyat, motiv bilan boshlagan rejalar, maqsadlaringizga nisbatan xohish yo‘l yarmiga kelganda so‘nib qoladi;

— To‘satdan hech ish qilgingiz kelmay, hech narsa yoqmay qoladi;

— Kutilmagan hodisa tufayli barchasi izdan chiqib ketadi...

Har xil sabab bilan. Balki musibat yoki xiyonat, balki natija "ha" deganda bo‘lavermagani yoki qo‘llab-quvvatlov yo‘qligi...

O‘zimda ham ba'zan-ba'zan shunaqa holat bo‘lib turadi.

Hammasi yaxshi ketayotganda ishni beliga tepadigan bir vaziyat topiladi.

Xo‘sh, qanday qilib vaziyatdan chiqsa bo‘ladi? Men qanday chiqqanman?

Shu haqida yozaymi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hozir boshlanadi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Marketing Club tadbirimiz davom etadi

🔥 Bu safargi mehmonlarimiz o'z kasbining ustalari Humoyun Sobirov, Samira Latipova va Sarvar Zaynutdinov ishtirokidagi tadbirimiz 4-mart 14:00 da Yoshlar Ishlar Agentligida bo'lib o'tadi.

Barchangizni Marketing Eventda kutib qolamiz!

Ro’yxatdan o’tish uchun havola
👉 https://forms.gle/oqxn6WjuwoS1zdXJ7

Ishtirok etish mutlaqo bepul!

@marketingclub_event

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Muhabbat o'zi eski tuyg'u, ammo har bir yurak uni yangilaydi!
©Xodi Toqtosh

Lekin ba'zan muhabbatingizni izhor qilish uchun na so'z, na fursat topilmaydi.

Sevimli insoningizga shunday hadiya orqali o'z mehringizni izhor etib, ko'nglini shod eting!

"Hab - حب" o'zbekcha "muhabbat" so'zini anglatadi.
– Juftingiz;
– Onajoningiz;
– Singlingiz;
– Do'stingizga bo'lgan mehr-muhabbatingizni!

Formati: A4
Narxi: 200 ming so'm (yetkazma haqi ichida)
Murojaat uchun: @Hasanov_Farrux

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Yaxshi ko'rgan, to'g'rirog'i sevgan ishim!

Taxminan bir hafta oldin yangi loyiha, "Perfect Shoes" kompaniyasi bilan bozorni o'rganish bo'yicha ish boshladik.

Kelishuv bo'yicha kompaniya rahbari uchun kerakli ma'lumotlarni yig'ib, bozor haqida xulosani tayyorlab berishim kerak.

Tadqiqotlarni birinchi bosqichi yakunlanay deb qoldi. Hozir shuni taqdimotini tuzyapman.

Ishimni judayam yaxshi ko'raman. Rahbarlik, savdo, oz muddat HR bo'yicha ham ishlab ko'rdim.

Lekin meni yo'lim an'anaviy marketing degan qarorga keldim. Chunki bu loyihadan boshqacha zavq olyapman!

Sevgan ishingizni topganmisiz? O'sha sohada faoliyat yurityapsizmi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Gaziantepdagi shifoxonalarning birida zilzilaning boshlanishi.

Fidoiy tibbiyot xodimi Sheyma Alakush boshqalarga oʻxshab qochib ketmadi. Uxlayotgan bolalar va ayollarni uygʻotib, tashqariga chiqishga yordam berdi.

Vatan — bu avvalo odamlar.

🔗 Bobur Bekmurodov - Uzbekistan MP (@Bbobur)

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

#РЕПОСТ

Ҳолат яна ҳам ойдинлашиб бормоқда. Вазият жуда қийин. Мен ҳалок бўлганлар ҳақида сизларга хабар беришга бетинолмаяпман. Тирик чиқаётганлар ҳақидаги хушхабарлар яраларга оз бўлса ҳам малҳам бўлмоқда.
Азизлар! Бу менинг энг сўнгги чақириғимдир. Уламолар рамазон фитр садақасини олдинроқ бериш жоизлигини айтиб келганлар. Ҳозир кўп карра савоб олишни ният ва умид қилиб ФИТР САДАҚАларимизни ажратайлик. Ҳам қардошлик, ҳам қондошлик, ҳам диндошлик бурчимизни адо қилайлик.
Аллоҳ таоло ажримизни улуғ қилсин. Халқимизни бало-офатлардан асрасин.
Омин.

УЗКАРД: 8600490472104165 (ОДИЛ ХАМИДОВ)

ВИЗА: 4278310021318969 (ODIL KHAMIDOV)
КАПИТАЛБАНК

Муҳаммад Одил Ҳамид.

Камида далолат қилинг, савобда шерик бўлинг. Дўстларингизга ҳам юборинг.

/channel/muhammadodiluzofficial

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Rus tilidan onlayn kursda o‘qishni boshladim.

Til o‘rganmaganim katta xatolarimdan biri. Xatoni bilib turib to‘g‘irlamaslik esa ahmoqlik.

Kelajakda yana qayta afsuslanmaslik uchun hamma bahonalarni yig‘ishtirib dars qilyapman.

Ishlarim ko‘p, charchayapman, o‘rganolmayapman. Hozir ortiqcha pulim yo‘q til o‘rganish uchun...

Shu kabi bahonalar to‘sqinlik qilib, bir o‘zi o‘rganishi uchun motiv yetmayotganlar bo‘lsa, guruh tuzib olishimiz mumkin. Birgalikda o‘rganamiz!

Nima deysiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hammamiz quyoshda kuygan jizzamiz,
Qachon tiz choʻkuvdik, hamon izzamiz,
Sirqirab ogʻriydi shishgan tizzamiz,
Oʻrindan ozgina tursak maylimu?

Oʻtganlar bari bek, qolgan javdirar,
Gardinda koʻrinmas gʻullar* shaldirar,
Mehnatdan yorilgan qoʻllar qaltirar,
Oʻz bekim yerida yursak maylimu?

Nasimlar gullamish ozod togʻlarda,
Ozodlik mujdasi soʻlu sogʻlarda,
Bobolar qiynalib tikkan bogʻlarda
Agʻanab bir xayol sursak maylimu?

Necha ming alloma, joʻmardlar oʻlgan,
Tafakkur sasigan,
ruhlari soʻlgan,
Urugʻlar aynigan tap-taqir choʻlda
Oʻz bekim davlatin qursak maylimu?

Yuz ellik yildirki mana shu holat,
Hanuz davom etar makkor tijorat,
Bilmadim, qayerdan ushbu jaholat,
Nega siz boʻlmaysiz sira xijolat?
Nega men soʻrayman sizdan ijozat?!

©Shoir Shavkat Rahmon

P.S. Tushungan tushundi...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🇺🇿 🇹🇷 Kecha e'lon qilganimiz “Turk xalqiga koʻmak” loyihamizni qo'llab-quvvatlash uchun Toshkent vaqti bilan soat 13:50 holatiga ko'ra hisobimizga 150 mln so'mdan oshiq yordam pullari yuborildi.

Siz ham bu loyihamizga uzoqdan bo'lsa ham o'z hissangizni qo'shishingiz mumkin.

Hesabın Sahibi: OSMAN ÖZTÜRK IBAN TR790020500000897364000002

8600 0304 7867 3357 (uzcard)
Bahromov Asadbek

Alloh qilgan ehsonlarimizni dargohida qabul aylasin!

👉 @Registon TV — Turkiya haqida kuzatib boring!

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Birodar Turk xalqiga Alloh kuch - quvvat bersin. Inshaalloh duodamiz! 🇹🇷🇺🇿

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Har narsa va har kimning o‘z gali bor!

Shoshmang! Fursatini kuting, qattiq mehnat qiling!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🍃
Vaqtning qazosi yoʻq.

📌 @hasanovablog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Buxorolik Istanbul fotihlari

Istanbulni fath qilishda askarlari bilan Buxorodan yetib kelgan,
"نعم الجيش"
nomini olishga sazovor boʻlgan, musulmonlar olamida katta oʻzgarish boʻlishiga sababchi boʻlgan va soʻngi manzillari Fotih mavzesining markazidan joy olgan, yetti buxorolik amirlar haqida eshitganmisiz?
Haqlariga duo qilamiz:
Sayyid Abdulgʻafur
Sayyid Abdurrohman
Sayyid Abdurrohiym
Sayyid Jaʼfar
Sayyid Hamza
Sayyid Uqayl
Va Sayyid Abdulaziz...
Bayyina.uz

Sizga tarix o‘qituvchingiz ular haqida aytib berganmi?

Umuman olganda ajdodlarimizning qilgan harbiy yurishlaridan maqsad asli fath bo‘lganini aytishganmi?

Amir Temur bunchalik katta hududlarni egallashidan maqsad nimaga bo‘lgan? Dunyoga bo‘lgan muhabbatmi?!

Asl haqiqatni bizdan yashirishadi. Chunki haqiqatni bilsak, men, siz, biz o‘zligimizni anglaymiz! Bu esa kimlar uchundir katta muammolar tug‘diradi.

Shuning uchun bizni maishiy muammolar, gaz, benzin, kam oylik bilan ovora qilib qo‘yishgan!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Zerikish, sarhisob, yolg‘izlik va tafakkur, kichik harakat hamda g‘alabalar.

Hech narsa yoqmay qolganda, shunchaki hech narsa qilmayman. Zerikishimni kutaman.

Keyin bo‘lib o‘tgan ishlarni sarhisob qilaman. Nega, nega, nega, nega, nega!

Yolg‘izlikda o‘zim bilan uchrashaman. Tafakkur qilaman.

Maqsad va rejalarimni boshqatdan ko‘rib chiqaman hamda kichik-kichik bo‘laklarga ajrataman.

Har bir kichik vazifalarni bajararkanman bu men uchun kichik g‘alabalar degani. Undan ruhlanaman. O‘zimni mukofotlayman!

Tushuning, ba'zan inson sinib qoladi. Ruhan charchaydi. Bunday holatni hatto Payg‘ambarimiz (s.a.v) ham boshlaridan kechirganlar.

Bandamiz! O‘zingizga biroz vaqt bering.

Va eng avvalo, mahzunligingizdan O‘ziga yuzlaning! O‘zidan ofiyat so‘rang!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ulkan jarlik!

Siz ish yo'q degan gapni eshitganmisiz? Ish o'rinlarini ko'proq yaratishimiz degan gapni-chi? Unda tadbirkorlarning xodimlar yetishmayapti degan gaplari ham qulog'ingizga chalingan bo'lsa kerak. Paradoks, shunday emasmi?

Shaxsan men ishsizlar va ish beruvchilarning bu muammolariga tez-tez duch kelaman. Qizig'i o'zimizda ham shu muammo bor.

Akademiyamizdagi bo'sh ish o'rinlari uchun 246 ta nomzodning anketasini ko'rib chiqib, 2 ta xodim ololdik xolos.

Qolganlarning ish vaqti, malakasi, so'rayotgan oyligi va yana bir nechta parametrlari bizga to'g'ri kelmadi.

Muammo: talabalarning o'qish vaqtlari ishlash uchun moslashmaganligi, yoshlarning fikrlashi "motivatsiya" bilan juda ham to'yinganligi, 10 yillab olgan ta'limi davomida foydali bilimlarni kam o'zlashtirganligi...

Shu muammolar sabab ham ish beruvchi va nomzodlar o'rtasida ulkan jarlik paydo bo'lgan. Ulkan deyayotganim, bu shunchaki kichkina yoki hazm qilsa bo'ladigan tafovut emas.

Yozgan nomzodlar ichida o'zbek tilida eplab yozolmaydigan insonlar ham talaygina.

Tushuning, imlo bu gigiyena singari. Inson tishini yuvib yurishi kerak va bu bilan maqtanmaydi. Bu ishi o'z rahbariga hech qanday moliyaviy zarar yetkazmaydi, ammo muloqotda noqulaylik yaratadi. Imlo ham shunday. Bu eng oddiy muammocha edi.

Davlat ish o'rinlari yaratishimiz kerak deganda, mana shunday savodsiz xalq uchun ish o'rni yaratishni nazarda tutadi. Hech qanday imlo, matematika, fikrlash kerak bo'lmaydigan ish o'rinlari.

Chunki siz imloni, qo'shimcha bitta tilni, fikrlashni va o'z ustingizda ishlashni bilsangiz, punktual bo'lsangiz, hech qanday malakasiz ham ishga olaman deydigan tadbirkorlar topiladi va hatto ular o'zlarining yonlaridan pul to'lab sizni o'qitishga tayyorlar.

Imloni o'rganing, ilm oling, motivatsiyalardan qutulib, hayotga real ko'z bilan qarang!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…
Подписаться на канал