🤨 Yakshanba jumbog‘i!
🧮 Mobilografiya, kopirayting kabi bilimlarni o‘zlashtirib, matematika esingizdan chiqib ketmagan deb umid qilamiz.
Xo‘sh, ushbu savolga sizning javobingiz qanday?
Javoblarni kommentariyada qoldiring! 👇
Telegram | Instagram | YouTube
Bu bizni ofisimiz. Tok yo‘q. Ishlab bo‘lmay qoldi to‘g‘risi.
Qayerga #surish'ni rejalashtiryapsiz?
📌 telegram.me/hasanovblog
Nega rejalashtirish haqida ko‘p yoza boshladim?
Batafsil javob videoda!
Siz uchun rejalashtirish qanchalik muhim?
O‘zi shu jarayonni kerak deb hisoblaysizmi?
📌 telegram.me/hasanovblog
Supermarket o‘z mijozlari uchun o‘zgacha e'lon joylashtiribdi:
"Ehtiyot bo‘ling muz! Xuddi pingvin kabi yuring!"
P.S. Siz ham ko‘chada pingvinga o‘xshab yuribsizmi? 😅
📌 telegram.me/hasanovblog
Qanday qilib hammasini tez va oson o'rganish mumkin?
Maqsad qo'yish, rejalashtirish, odatlarni shakllantirish...
Inson nafsi uchun bular qiyin ishlar. Ayniqsa odam hammasini o'zim o'qib-o'rganib, o'zim qilaman desa.
Oson - bu nisbiy narsa.
Men maqsadlarga qanday erishishni o'zim izlanib, amaliyotda yordam beradigan insonsiz, 3-4 yilda qiynalib o'rganganman.
Ammo siz bularning barchasini mening tajribam orqali menga nisbatan tez va osonroq o'rganishingiz mumkin.
Buning uchun esa sizga o'zim foydalanadigan dastur, shablon va manbalarni sizga ulashib borishim mumkin.
Qarshi bo'lmasangiz, albatta)
Sizlardan talab qilinadigani esa faqat qo'llab-quvvatlov va amal qilish, bo'ldi.
Ushbu postga 80 dan ortiq reaksiya bildirilsa, kanalimda mana shunday shablon va darsliklarni ulashishni boshlayman InshaAlloh!
📌 telegram.me/hasanovblog
#sizga_menga
Biz ko'p narsada shoshqaloqlik qilamiz va hamma narsani mukammal bo'lishini xohlaymiz.
Har kun kitob o'qishni, har kun barvaqt turishni, har kun sport bilan shug'ullanishni, har kun to'g'ri ovqatlanishni xohlaymiz. Qisqa vaqt ichida bularning hammasini mukammal tarzda bajarishni istaymiz. Ammo hamma narsa sekin astalik bilan bo'ladi. Hattoki Qur'on ham 23 yilda nozil bo'lgan. Quyosh ham soniya - soniya chiqadi va botadi. Dunyodagi hamma narsa sekin va sokin ishlaydi. Hamma narsani bir chekkadan hal qila olamiz. Birdaniga bo'lmaydi. Muhimi sabot qilish bu yo'lda. Atrofdagi insonlarning gaplariga e'tibor qilmaslik.
Robbim hammamizni muvaffaq qilsin.
Amin.
Toshkentga endi qaytyapman.
(Buxoroda rejadan tashqari bir kun qolib ketdim. Yana rejalashtirish bilan muammo)
Ertaga yana yozishni boshlayman. Sizni foydali maqolalar kutib turibdi InshaAlloh!
📌 telegram.me/hasanovblog
2022-yil sarhisobi.
Hamma bloglarda bo‘lgani kabi menda bu sarhisobni o‘qimaysiz!
Lekin...
Ushbu yilda erishgan eng asosiy yutug‘im haqida gapirmoqchiman.
Juda ko‘pchilik birodarlarimiz oila qurishni turli bahonalar bilan ortga surishadi:
— Hali tayinli ishim yo‘q;
— Hali uyim-joyim ta'miri yaxshi emas;
— Uylanish meni maqsadlarimdan chalg‘itadi;
— Uylanishga yetadigan pulim yo‘q...
Yuqoridagi o‘ylarning deyarli barchasi menda bor edi.
Ammo harakat qilgan, sababini qilgan bandasini O‘zi noumid qilmaydi.
Bo‘ydoqlarga maslahatim shu: maqsadingiz bir yo‘lda bo‘lgan, fitrati toza, fikrlashi to‘g‘ri keladigan insoningiz, o‘z yarmingizni topishni ortga surmang!
📌 telegram.me/hasanovblog
"Выгорание"
Hammasi jonimga tegib, bariga qo‘l siltab yuborgim keladi ba'zan.
Sizda ham shunaqa bo‘lib turadimi?
Siz bilasiz, yangi maqsadlar qo‘yish kerak, hayotingizni o‘zgartirish kerak, harakat qilish kerak...
Bularni bajarishga energiya bilan kirishasiz ham. Lekin biroz vaqt o‘tgach charchaysiz. Zerikasiz. Hech narsa yoqmay qoladi.
Sizda shunday vaziyat kuzatilganmi? Qanday yo‘l tutasiz shunda?
Agar istasangiz, bu borada ustozim bergan maslahat bilan ulashaman.
40 ta reaksiya bo‘lsa, post yozaman InshaAlloh!
📌 telegram.me/hasanovblog
Azizlar, "Progress Academy" jamoasi uchun yangi nomzodlar izlayapmiz!
Bizga kerakli mutaxassislar:
— SMM menejeri;
— Digital marketolog;
Nimalar bera olamiz:
— Akademiyadagi SMM va Targeting kurslarida bepul o'qish;
— Shaxsiy rivojlanish bo'yicha 10 lab tekin darsliklar;
— Bozordan kelib chiqib oylik;
— Va eng katta boyligimiz, ahil jamoa.
Talablar katta emas:
— O'sishga bo'lgan xohish;
— Biroz bo'lsada soha bo'yicha tajriba;
— Tanqidiy fikrlash;
— Hech bo'lmasa bitta qo'shimcha til.
Agar sizga taklif ma'qul bo'lsa, ushbu anketani to'ldirsangiz: https://bit.ly/3BM6HyA
Katta rahmat 🙌
47 soat qoidasi. U nima va nega kerak?
O'z ishingizdan qoniqmayapsiz, shu tufayli yangi kasb o'rganmoqchisiz yoki maoshingiz kamligi sabab o'z biznesingizni boshlamoqchisiz yoki bo'lmasa, yangi tilni o'rganishni istaysiz.
Ammo, lekin, biroq... Bunga vaqt yo'q!
Muammo shundaki siz har kuni ishdasiz yoki o'qishda. Bunday vaziyatda maqsadlarga qanday erishsa bo'ladi. Bunga qanaqa qilib ulgurish mumkin? Ortiqcha vaqtni qayerdan topsa bo'ladi?
Agarda sizni shu savollar qiynayotgan bo'lsa-yu, lekin javob topa olmayotgan bo'lsangiz bu qoida siz uchun!
Qoida juda ham oddiy: bir haftada o'rtacha 40 soat ishga va 7 soat shaxsiy rivojlanishingiz (biznes boshlash, til, yangi kasb...) uchun vaqt ajratishdir!
Shunda siz ta'minot vositasidan voz kechmay/ajramay/bo'shamay —yangi ish/kasb/til o'rganish imkoniga ega bo'lasiz.
Hammasi aslida oson ko'rinsada, bu qoida ishlashidagi eng muhim faktor bu doimiylik hamda fokus hisoblanadi.
Siz 47 soat qoidasini qo'llash orqali natijaga erishmoqchi bo'lsangiz avvalo siz uchun eng muhim bo'lgan mashg'ulotni tanlashingiz va muntazam ravishda 1 soat vaqtingizni sizga kerakli bo'lgan o'sha mashg'ulot ustida o'tkazishingiz kerak.
"Sport formasi"dan chiqib ketishingiz uchun bir necha kunning o'zi yetarli.
Qoida juda sodda. Qo'llash uchun esa intizomni shakllantirish kerak bo'ladi!
📌 telegram.me/hasanovblog
"Portlab" ketmaslik uchun nima qilish kerak?
O‘zingni ishlaring chetda qolib ketib, birovga yordam berib yurasan. Chunki yo‘q deya olmaysan.
Senga shu insonni o‘zini tutishi yoqmaydi. Qilmishlaridan jahling chiqsada inday olmaysan. Chunki andisha deb jim yurasan.
Ishingdan rohat olmaysan. O‘zingni majburlab shu ishga har kuni borsangda, hech ishdan bo‘shay olmaysan. Chunki keyin qayerdan ish topaman deb qo‘rqasan.
Va oxirida...
O‘zingni qolib ketgan ishlaringga qaraysan-da, portlaysan!
Senga yoqmaydigan qiliqlar yig‘ilib boradi-da, portlaysan! Janjallashib ketasan!
Ishingdan ko‘ngling to‘lmaydi, boshliqlar kir qidiradi, portlaysan! Eshikni qattiq yopib ketasan!
Portlashgacha yetkazib borma! O‘z vaqtida yo‘q de, o‘z vaqtida yoqmayotganini bildir, o‘z vaqtida ket!
O‘z vaqtida bildirgan fikringni qabul qilishmasa, ularni tark et! Chidab yashash uchun kelmaganmiz bu dunyoga!
Sabrning ma'nosi boshqa!
📌 telegram.me/hasanovblog
Dangasalik ko‘pchilikni qiynaydigan mavzuda o‘zi.
Bo‘ldi, bugun kechga postni kuting xudo xohlasa!
📌 telegram.me/hasanovblog
Rus tilini bilish darajasini nega so‘ragandim, chunki menda Skillbox'dan istalgan kursingiz uchun 55% chegirma va yana qo‘shimcha Soft skills'ni rivojlantirish bo‘yicha 3 ta tekin kurs bor.
Kimga kerak bo‘lsa izohda yozing, ulashaman!
📌 telegram.me/hasanovblog
Futbol muxlisi emasman. Oldinlari qiziqardim, ammo hozir unchalik emas.
Lekin bu yilgi Jahon chempionatiga boshqa tomondan nazar soldim.
2010-yilda Qatar AQShni mag'lub etib, ushbu tadbirni o'z mamlakatida o'tkazish imkonini qo'lga kiritgan.
Shundan buyon Qatar tadbir uchun 300 milliard dollar sarflagan bo'lib, 7 ta yangi hamda 1 ta eski stadion rekonstruksiyasiga 10 milliard dollar pul sarf qilingan. Ya'ni davlat asosan pulni futbol o'yinlarini o'tkazish uchun emas unga tashrif buyuradigan muxlislarni o'z bag'riga sig'dira oladigan infra tuzilma yaratishga ishlatgan.
2022-yil oktabr oyining o'zida 3 million bilet muxlislar tomonidan sotib olib bo'lingan.
Yanada batafsil ma'lumot: https://www.bloomberg.com/graphics/2022-what-qatar-built-for-the-world-cup/?leadSource=uverify%20wall
Hali dekabr oyining statistikalarini o'qimadim, lekin mingga yaqin inson Jahon chempionati davrida Islomni qabul qilgani haqida ma'lumotlarga ko'p ko'zim tushdi.
Qatar butun dunyoga Islom dini aslida qanday ekanligini, musulmon davlatlar qanchalik rivojlanganligi, musulmon shaxsiyati ularning tasavvuri va OAV propagandasi ko'rsatgandaka emasligini ko'rsata oldi...
Marokash ham balki g'olib bo'lolmagandir, ammo u butun dunyoga uchta narsani isbotladi: https://www.instagram.com/reel/CmUcN1Ku8h4/?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Qatar va Marokashga barchasi uchun rahmat! Sizlar katta ishni amalga oshirdingiz!
📌 telegram.me/hasanovblog
Noshukurmiz!
— Elektr o‘chgan, gaz yo‘q, uyingiz sovuq va bundan norozi bo‘lyapsizmi? Noshukur ekansiz. Shukur qiling! Axir yurtimiz tinch-osoyishta! Mustaqilmiz!
— Ajdodlarimiz shu elektr va gazsiz ham yashashgan. Biz dangasalashib, noshukur bo‘lib ketyapmiz! Noshukur!
— Nima muammolar faqat bizda bormi? Faqat kamchiliklar haqida gapirguncha yutuqlarimiz haqida ham gapiraylik bunday!
Shunaqa gaplarni siz ham eshityapsizmi?
Xo‘sh, aslida hammasi shunaqami?
Biz norozilik bildirishimiz, o‘z haqqimizni talab qilishimiz noshukurlik deyiladimi? Noshukurlik nima aslida?
... Shunda Junayd biroz oʻylanib, bunday javob beradi: «Shukr – Alloh taolo lutf etgan neʼmatlar bilan Unga osiy boʻlmaslik va oʻsha neʼmatlarni maʼsiyatga sarmoya qilmaslikdir». ...
(to‘liq: https://islom.uz/maqola/12379)
Bizga Alloh taolo juda ko‘plab yerosti boyliklarini ne'mat qilib bergan. Shukurning ma'nosidan kelib chiqsak, bu ne'matlarni O‘zi rozi bo‘ladigan tartibda, kerakli o‘rinlar uchun ishlatish bu boyliklarning shukrini ado qilishga kirarkan. To‘g‘rimi?!
Xalq esa o‘z orasidan boshqaruv uchun munosib ko‘rgan vakillarini saylab, ular nomidan bu resurslarni taqsimot qilishga ruxsat bergan.
Lekin o‘sha ishonch bildirilgan amaldorlar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajara olmayotgani (shukrini ado qilolmayotgani) hisobidan xalq ulardan norozi bo‘lishi noshukurlikmi?
Xulosa qilaylik!
Bizga berilgan ong-u tafakkurni, zabonni, aql-u farosatni (O‘zining roziligi yo‘lida) ishlatmaslik, kamchiliklarga ko‘z yumish, ularni tuzatishga harakat qilmaslik, menimcha, noshukurlik aslida!!!
Noshukurmiz!
Haqqimizni, haqni talab qilolmayotganimiz, jim turganimiz uchun noshukurmiz!
📌 telegram.me/hasanovblog
Kutilmagan savollardan sarosimaga tushmaslikni eng oson yoʻli - ularni kutib yashashdir.
Robbing kim?
Dining nima?
Paygʻambaring kim?
©QodirMuhammad
P.S. Avvalo o‘zimga nasihat:
Rejalar tuzayotganda shunga ham ahamiyat beraylik!
📌 telegram.me/hasanovblog
Muvaffaqiyat bu odatlarning soyasidir. Sizning moliyaviy holatingiz- pulga nisbatan odatlaringiz natijasi. Sizning vazningiz- ovqatlanish odatingizning natijasi. Sizning bilimlaringiz - sizning o'qishga bo'lgan odatlaringiz natijasi [...] Davomiy takrorlanish, shunga erishasiz.
Vaqt muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o'rtasidagi farqni oshirib boradi, vaqt siz asosiy e’tibor qaratayotgan ishning natijasini karraga oshiradi. Yaxshi odatlar vaqtni sizga do'st qilsa, yomon odatlar vaqtdan eng zolim dushmanni yaratadi.
Jeyms Klirning " Atom odatlar" kitobidan.
® Abdulboriy Qodirov
"Progress Academy" jamoasi uchun Call-center operatori kerak!
Talablar katta emas:
— Lidlarni sotuvga aylantirish;
— Xushmuomalalilik;
— Biroz bo'lsada soha bo'yicha tajriba;
— Hech bo'lmasa bitta qo'shimcha til.
Nimalar bera olamiz:
— Akademiya tomonidan sotuv bo'yicha dars;
— Shaxsiy rivojlanish bo'yicha 10 lab tekin darsliklar;
— Bozordan kelib chiqib oylik;
— Va eng katta boyligimiz, ahil jamoa.
Ish vaqti: 9:00-19:00 6/1
Oylik maosh: 2 mln + sotuvdan foiz
Manzilimiz: Google map | Яндекс карта
Agar sizga taklif ma'qul bo'lsa: @progresuz
Katta rahmat 🙌
Nega tizim haqida va'da berilgan post chiqmadi?
Aytilgan post vaqtida chiqmagani yoki bo‘lmasa ta'lim tizimida o‘qish kuni o‘yin qilinib, bir necha xil qaror chiqarilgani...
Kichik bir blog va katta bir vazirlik doirasidagi tizim yo‘qligi namunasidir.
Chunki kontent (ya'ni blogda berilayotgan post/ma'lumot) chiqarish bo‘yicha reja yo‘q. Men tomondan sizlarning muammolaringizni o‘rganish ishlari amalga oshirilmagan. Xuddi shunday vazirlik miqyosida ham shunaqa deyish mumkin.
Tizim o‘zi nima?
Tizim — o‘zaro bog‘liq qismlarni bir natijaga erishishi uchun ma'lum qoidalar asosida bir-biriga muvofiq ishlashi, harakati.
Bunda bir qism ishdan chiqishi bilan tizim faoliyati izdan chiqadi.
Katta-katta imperiyalarning qulashi ham markazlashgan/tizimlashgan davlat qurolmaganidan bo'lsa, oddiy bir maqsadga erishish uchun ham ishlarni tartibli/tizimli bajarish juda muhimdir.
Soddaroq tushuntiradigan bo'lsam, men ishga o'z vaqtida borishim uchun o'z vaqtida uyg'onishim, nonushtam o'z vaqtida tayyor bo'lishi, avtobus o'z vaqtida kelishi muhim. Ushbu tizimdan birginasi noto'g'ri ishlasa, natija-o'z vaqtida ishga borish o'xshamay qoladi.
Insonning butun boshli organizmi ham ilohiy tizim asosida ishlaydi.
Nima demoqchiman: To'g'ri maqsad qo'yish natijani yarmi bo'lsa, qolgan yarmiga to'g'ri harakatlar orqali erishish mumkin.
Buning uchun esa siz reja tuzishingiz va shu rejani amalga oshiradigan harakatlar tizimini ishlab chiqishingiz kerak bo'ladi.
📌 telegram.me/hasanovblog
Esiz shuncha mehnatim. Qanchalik qattiq harakat qilgandim-a... O‘xshamadi!
Shunaqa afsus chekkan insonlarni ko‘p ko‘raman. Qancha urinishiga qaramasdan o‘zi istagandek natijaga erisha olmagan kishi xafa bo‘lishi tabiiy hol, albatta.
Xo‘sh, muvaffaqiyat kaliti nimada? Qanday qilib o‘zimiz istagan natijalarga oson erisha olamiz?
Siz o‘z oldingizga maqsad qo‘yganda hech qachon bir narsani unutmang! Muvaffaqiyat har doim ham katta kuch talab qilmaydi!
Katta natijalar tizimli va davomli harakat talab qiladi! Uning asosiy masalliq (ingrediyenti) shu!
Bu degani mehnat qilmaslik kerak degani emas. Ammo mehnat birinchi darajali emas.
Rejali/tizimli mehnat va harakatda davomli bo‘lish orqali muvaffaqiyatga erishasiz.
Masalan, bir kurs sotuv tizimini qurishni boshladim. Taxminan bir yil deganda, har oy tizimli choralar evaziga tizim qurildi.
Albatta, yuqoridagi gaplar qonun emas. Istisnolar ham bor. Ammo asos shu.
Ko‘pchilik bachkanalikda ayblaydigan vayner, blogerlar ham davomli mehnati tufayli bu darajaga yetishdi. Tushunyapsizmi?
Shu tufayli ham siz to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish hamda u tomon tizimli harakat qilishni yo‘lga qo‘yishingiz kerak!
Xo‘p, tizim qanday quriladi? Uning rejalashtirishdagi o‘rni qanday?
Keyingi post shu haqida bo‘lsin desangiz, reaksiya qoldiring!
📌 telegram.me/hasanovblog
To‘satdan vazifalar chiqib qolsa nima qilish kerak?
Ko‘pchilik birdaniga rejalar o‘zgarib qolsa qaror qabul qilishga qiynalib qoladi.
Nima qilish kerak? Bajarishim kerak bo‘lgan vazifalarim bor-ku?! Qanday yo'l tutsam bo'ladi?
Masalan, men rejalarimni haftalik tuzib qo‘ygandim. Ammo janoza bo‘lib qolgani tufayli 2 kunga Buxoro ketyapman.
Bu yerda prioritet muhim. Siz vazifalarga prioritet qo'yishingiz kerak. Bundan tashqari Eyzenxauer matritsasidan foydalanishni o'rganishingiz lozim.
Bir boshidan shular haqida qisqacha ma'lumotlar berib boraman. Qiziqmi?
📌 telegram.me/hasanovblog
"Выгорание" — charchash, yonish!
Bu so‘zni charchash yoki yonish deb tarjima qilish mumkin. Men sizga gapirmoqchi bo‘layotgan holat esa bu — emotsional charchash!
Barcha-barchasidan zerikish. Bu depressiya emas, haqiqiy charchash ham. Buni men miyaning o‘yini deb bilaman. Negaligini hozir gapirib beraman:
Siz oylar davomida muntazam ravishda ish bilan shug‘ullanasiz, mehnat qilasiz, ammo hech qanday yaxshi natija ko‘rmaysiz yoki o‘sish (progress)ni his qilmaysiz.
Sizning kutuvlaringiz amalga oshmadi.
Bunaqa vaziyatda odamda na kulishga va na yig‘lashga energiya bo‘ladi, uyqu bilan muammolar boshlanishi mumkin. Zerikish, ishlash uchun quvvat yetishmasligi yoki ishga chiqishni xohlamaslik kabi muammolar yuzaga kela boshlaydi.
Bizning psixika quvvatimizni keraksiz (ongimiz shunaqa deb hisoblaydigan) yerga sarflamaslik uchun bizni shunchaki o‘chirib qo‘yadi. Asablarimizni, kuchimizni, quvvatimizni saqlash yo‘li bu u uchun.
Yana bir narsani yodda tutish lozimki, emotsional charchash bu kompleks holat.
Siz faqat ishdagi muvaffaqiyatsiz bir necha oy uchun "yonmaysiz".
Siz iltimoslarga "yo‘q" deya olmaganingiz tufayli vazifalar ortishi, oilaviy mojarolar, moliyaviy kamchiliklar, kelajakka ishonchsizlik, atrof-muhitdagi insonlarning noto‘g‘ri munosabati orqali bosimning ortib ketishidan bunday psixologik holat yuzaga kelishi mumkin.
Qanday qutulish kerak? Nima qilish kerak?
Dam olish. Bunda siz hech narsa qilmaslik bilan aktiv shug‘ullanishingiz mumkin)
Tafakkur. Siz uddalay olmaganingiz bu sizni ishga yaroqsiz ekanligingizni anglatmaydi. Shunchaki harakatlaringizni noto‘g‘ri yo‘nalishga sarflagan bo‘lishingiz mumkin.
Analiz. Bo‘lgan vaziyatni o‘ylab ko‘ring. Nega bu vaziyatga tushdingiz. Xulosa chiqaring.
(Ko‘proq ma'lumot bilish uchun rus tilida foydali maqola)
To‘g‘risi kattaroq maqola yozish uchun telegram noqulaylik qilyapti. O‘zim uchun yangi sayt tayyorlash arafasidaman InshaAlloh. Foydali maqolalar ko‘p bo‘ladi xudo xohlasa.
📌 telegram.me/hasanovblog
Siz bu davlatda yashar ekansiz, albatta, sog‘lom va boy bo‘lishingiz kerak!
Va eng asosiysi istalgan vaqtda ko‘chib ketish uchun til bilishingiz lozim.
Bu so‘zlar qalbimning tub-tubidan, aynan siz haqingizda qayg‘urganimdan chiqib kelmoqda.
Yangiliklarni aktiv kuzatib borayotgan odam nimaga bunaqa deyayotganimni yaxshi tushunadi.
📌 telegram.me/hasanovblog
Karyera qilayotganlar uchun vaqtni taqsimlash borasida 47 soat qoidasi bor ekan.
Yaqinda o‘rgandim. Hayotimda joriy qilmoqchiman va vazifalarga shu asosida vaqt ajrataman InshaAlloh.
Istasangiz shu bo‘yicha yozaman.
📌 telegram.me/hasanovblog
Diqqat! Barcha istaklaringizni amalga oshiruvchi sehrli tayoqchani sizga ulashmoqchiman!
U orqali siz orzu-istaklaringizga, maqsadlaringizga bemalol erisha olasiz. Bu sehrli tayoqchaning nomi intizomdir!
Lekin unga qanday erishamiz? Qanday qilib maqsadlarimiz ustida dangasalik qilmay, tinimsiz ishlay olamiz? Qanday qilib qilishimiz kerak bo'lgan ishlarni orqaga suravermasdan o'z vaqtida bajarsa bo'ladi? Qanday?
Sizni motivatsiyalar-u, bir dunyo nazariyalar bilan boshingizni qotirmoqchi emasman. Sizga shunchaki o'z tajribamni ulashaman. Ushbu postni o'qishda davom etishdan oldin o'zingizga hozir ulashiladigan tajribani, albatta, sinab ko'raman deb va'da bering! Axir, aslida shu muammoni hal etish uchun ushbu postni o'qiyapsiz-ku!
Va'da bergan bo'lsangiz endi davom etamiz.
Oldin bir narsani tushunib olsak. Dangasalik o'zi nima?
Dangasalik — deb biror ish yoki faoliyatni bajarishga layoqatli va imkoni boʻla turib, oʻsha ish yoki faoliyatni bajarishni istamaslikka aytiladi.
©️wikipediya
Tushunyapsizmi?! Siz o'zingiz istayotgan ishni qilish uchun barcha imkoniyatlaringiz bor bo'lishi mumkin. Vaqt, pul, texnika... Lekin xohish yo'q.
Menda kitob o'qish bilan xuddi shunaqa holat bo'ldi. Oyiga 4-5 ta kitob o'qiydigan inson birdaniga ish rejimim o'zgargani sabab kitob o'qish kamaya-kamaya, axiyri o'qimay qo'ydim.
Xo'sh, unga qanday yechim topdim.
Boshida ozgina o'qib ko'rdim. Nafsim qanchada qiynalar ekan? 7-8 betcha bemalol. Keyin zerikdim va yoqmay boshladi. Shundan keyin bir hafta faqat 5 betdan kitob o'qidim. Keyin kuniga 6 betdan o'qiy boshladim. 4-5 kun shunday.
Har kuni kunlik vazifamdan biri bo'lgan kitobni o'qirkanman, o'qib bo'lgach o'zimga bo'lgan ishonch o'sayotganini sezdim. Keyin kitob o'qish yoqa boshladi. Vazifani bajarib bo'lgach ustidan chiziq tortish mendagi dofaminni oshirardi. Ayniqsa, kitobni oxirlab qolganini ko'rgach ishtiyoqim oshib ketdi va qanday qilib kitobni tugatganimni sezmay qoldim.
Odatlarni shakllantirishda asosiy qoida nafsga birdan qarshi chiqmaslik, uni birdan qiynamaslik. Sekin-asta u bilan do'stlashgan holda ishga kirish kerak va birdaniga o'zgarishlarni kutmaslik lozim. Qaysidir kun vazifa qolsa ertasiga uni, albatta, bajarib qo'ying, ko'p emas oz-ozdan, ammo davomli bajaring!
Xo'sh, yangi odatlarni shakllantirishni boshlaymizmi?
📌 telegram.me/hasanovblog
Hozirgina bu kitobni o‘qib tugatdim.
Orada bir muddat dangasalik qilib, kitob o‘qish odatini tashlab qo‘ygan edim.
Lekin hozir dangasalikni yengib, har kuni kitob mutolaa qilyapman. Bugun esa 50 betdan oshiq o‘qidim.
Siz ham kitob o‘qish foydali ekanini bilasiz, lekin o‘qishga dangasalik qilyapsizmi? Unda bundan o‘zim qanday qutulganimni aytib beraman.
Agar reaksiyalar 30 tadan oshsa shu haqda post yozaman!
📌 telegram.me/hasanovblog
ASSOODIQ AUDIOLARI
Islom moliyasi bo‘yicha ustozimiz Abdumannon Abdulloh domlaning suhbatlaridan audio tarzida ham bahramand boʼlishinggiz mumkin✅
@Assoodiq_audiolar 👈
@Assoodiq_audiolar 👈
"Karvoning tezligi eng sekin yuradigan tuyaning tezligiga bog‘liq!"
Jamoangizdagi eng kuchsiz kadrlar biznesingiz o‘sish darajasini belgilab beradi.
📌 telegram.me/hasanovblog