hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

O’zbegim marketologlari shu yerdamisiz?

🥳“Marketing Uz” loyihasi uzoq tanaffusdan so’ng yangi “Marketing Club” nomi bilan qaytmoqda.

“Marketing Club”ning navbatdagi tadbiri yil yakuniga bag’ishlanadi va eng kuchli ekspertlar qatnashadi.

🗓️ Tadbir 24-dekabr 14:00 da Yoshlar press klubida bo’lib o’tadi.

Spikerlarni tez orada e’lon qilamiz.

Ro’yxatdan o’tish uchun👉🏻 https://forms.gle/mEWLEBZmapMrqEot9

Telegram👉🏻@marketinguz_event

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hayotning barchasi ikki oyatda mujassam:

1. "Kim mening toʻgʻri yoʻlimga ergashsa, yoʻldan ozmas va baxtsiz boʻlmas", Toha surasi, 123-oyat.

2. "Kim mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot boʻlur", Toha surasi, 124-oyat.

Mana shu hayot formulasi boʻlib, inson uchun ulardan birini tanlash qolgan.

©️Muhammad Qodir

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

P.S. Sekin oilaviy biznesni ham yo‘lga qo‘yayapmiz. Duoda bo‘lasizlar!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

QAT'IYAT...

O‘qituvchi boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanliklari haqida so‘radi va har kimni orzusiga qarab baholashini aytdi.

– Nodira, sen katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan?
– Men shifokor bo‘lib, bolalarni davolamoqchiman.
– Senga besh baho. Sardor, sen qaysi kasbni tanlading?
– Men bankir bo‘lmoqchiman. Ko‘p pulim bo‘lishini xohlayman.
– Yaxshi. Senga to‘rt baho. Sherzod, sen kim bo‘lmoqchisan katta bo‘lganingda?
– Men katta-katta zavod-fabrikalarning egasi bo‘lib, ming-minglab odamlarni ish bilan taʼminlamoqchiman. Ko‘p turli narsalar ishlab chiqarib, butun dunyoga sotmoqchiman.

Sinfdagi bolalar kulishibdi. O‘qituvchi esa:
– Senga uch baho. Dars tugaguncha, tuzukroq kasbni orzu qilolsang, senga ham besh baho qo‘yaman, – debdi.

Dars tugashiga oz qolganda Sherzod o‘qituvchiga debdi:
– Ustoz, mayli, menga uch baho qo‘yavering.
Men orzuimdan voz kechmayman.

O‘qituvchi tabassum bilan javob beribdi:
– Sherzod, orzuingdan hech qachon voz kechma, va albatta, unga erishgin. Men sening qatʼiyatingni sinagan edim. Bahoying besh!

Orzularingizdan kechmang, qat'iyatli bo‘ling!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Qabul yopildi! Barchaga rahmat!

Aslida 30 dan ortiq odam yoziladi deb o‘ylamagan edim.

Boshida shunchaki qiziqqanlar uchun kichik marafon qilaman degan niyat bor edi. Lekin rejalar o‘zgardi.

Progress academy o‘quv markazimizda yuzma-yuz uchrashuv, qo‘shimcha moliyaviy savodxonlik bo‘yicha darslar qo‘shmoqchiman InshaAlloh!

Alloh o‘zi boshlagan ishlarimizni xayrli va barokatli qilsin ilohim 🤲

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Aslida hammasi nimadan boshlanishini bilasizmi?

Muvaffaqiyat, boylik, ilm olish, mansab...

O‘zgarishlarga qaratilgan jarayonlarning barchasi: islohotlar, inqiloblar-u, qonun va qarorlarning hammasi anglash natijasidir.

Siz nimadir xatoligini anglaysiz va uni o‘zgartirishga harakat qila boshlaysiz. Tushunyapsizmi?!

Mana shu - o‘sishning asosiy qismi, boshlanishi.

Siz hozirda bajarayotgan ishlaringizdan ko‘ra ko‘prog‘iga qodir ekanligingizni anglab yetasiz.

Endi ulkan orzular yetib bo‘lmas va vahimali emas. Mayda orzular, mayda maqsadlar va mayda odamlar siz uchun emasligini his qilasiz. Anglash jarayoni shunday.

Va bo‘ldi: yana bir inson bu dunyoda o‘zgarishlarni amalga oshirishga, katta ishlar qilishga tayyor!

Endi uning uchun odamlarning gap-so‘zlari, yo‘lida uchraydigan to‘siqlar qo'rqinchli emas. Aksincha, bir necha yillardan keyin birov esga olmaydigan, oxirati uchun biror misqol yig‘magan odam sifatida bu olamni tark etish qo‘rqinchlidir.

Bizdan aynan shu narsani tortib olishgan. Ya'ni o‘zligimiz, kimligimizni anglashni. Tariximizni, dinimizni, madaniyatimizni o‘ldirib, bizni ulardan mosuvo qilishgan!

Bularni qaytarish kerak, qaytaramiz ham!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Marafonda qatnashuvchilar 20 dan oshdi!

Marafonda barcha onlayn qatnashishi mumkin!

14 kunlik individual darslar va oxirgi 15-kunda zoom uchrashuv bo‘ladi.

10-dekabrda start!

P.S: Qizlar uchun ayol kishi mentor biriktiriladi.

Savollar bo‘lsa shaxsiyga yozing: @Hasanov_Farrux

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Taslim bo‘lish hammani qo‘lidan keladi! Lekin, hamma baxtli va muvaffaqiyatlimi?!

Yana boshidan boshlash uchun hamma hafsala qilolmaydi.
Xatolarni tan olib, ularni tuzatish, o‘z ustida ishlashni hamma eplolmaydi.

"Hamma" qatorida bo‘lishni xohlamasangiz, ular qilolmagan ishlar ustida ishlang!

Bu yilda o‘xshamagan bo‘lsa, kelasi yil o‘xshar?! Qizig‘i siz boshqatdan boshlarkansiz, endi oldingidek g‘o‘r emas, tajriba bilan boshlaysiz!

Xo‘sh, qachon boshlaysiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

🔥 Hozirlaning!

10-dekabr kuni, 14 kunlik marafonga start beraman!

Marafonda siz:
— 2023-yil uchun maqsadlar;
— Maqsadlarga yetishning individual strategiyasi;
— Yangi hamda yaxshi odatlar;
— To‘siqlarni yengish bo‘yicha ko‘nikmalar
va eng asosiysi o‘zingiz kabi doimiy rivojlanish istagida bo‘lgan insonlar guruhiga ega bo‘lasiz!

Marafonda barcha onlayn qatnashishi mumkin!

14 kunlik individual darslar va oxirgi 15-kunda zoom uchrashuv bo‘ladi.

Trening narxi aslida 400,000 so‘m. Lekin bu marafonni o‘tkazishimdan maqsad tijorat emas. Ammo tekin bo‘lsa ham qadri bo‘lmaydi.

Ushbu marafonda qatnashish bugun bor yo‘g‘i 39 000 so‘m!
Har kuni 10 000 so‘mdan qo‘shilib boradi.
4-dekabr — 39 000
5-dekabr — 49 000
6-dekabr — 59 000...

Qanchalik tez qaror qabul qilsangiz, shunchalik arzon! 10-dekabrda start!

P.S: Qizlar uchun ayol kishi mentor biriktiriladi.

Qatnashish istagida bo‘lganlar shaxsiyga yozing: @Hasanov_Farrux

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Progress degan kursni tayyorlagan edim.

Marafon o‘sha trening asosida bo‘ladi. O‘zimda juda yaxshi effekt bergan:
— Maqsad qo‘yish;
— Rejalashtirish;
— Odatlar shakllantirish;
— To‘siqlarni yengish
kabi bilimlarni bir yerda jamlaganman.

Hozirga qadar aniq sonini bilmadim-u, 50 dan ortiq odamga darsni o‘tib, yaxshi natijalarni oldik.
(@trening_natijalari'da o‘qing)

Qatnashish istagida bo‘lganlar bormi? Individual ishlaymiz!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Intizom bu erkinlikmi yoki cheklov?

Qanday fikrdasiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Biz ertak aytmaymiz!

👨‍💻 Zamonaviy kasblarga qiziquvchi, ushbu sohada o'zini kashf qilmoqchi bo'lgan yoshi kichig-u katta barchaning diqqatiga. Hammani SMM va Targetingga asoslangan 2 kunlik mini kursimizga taklif qilamiz.

⚡️ Siz ushbu mini kurs davomida 14 yillik tajribalarga asoslangan qimmatli bilimlarga, SMM'da pul topish modellari, kuchli strategiyalar qanaqa bo'lishi kerakligi, Targeting asoslari va shu kabi bilimlarni o'z ishining mutaxassislaridan olish imkoniyatiga egasiz!

Mini kurs haqida batafsil ma'lumot olish izohlarda "+" belgisini qoldiring yoki administratorlarga murojaat qiling!

Murojaat uchun:

🧑‍💻 Administrator
📞 71 200 2212

Telegram | Instagram | YouTube

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

⭕️⭕️⭕️⭕️

Assalomu alaykum hammaga. Ushbu kitobdan bazi joylarda bepul tarqatib yurgan ekan. Ko'rinishidan musulmonlar kitobida o'xshaydi, lekin, asli ichi Bibliya kitobiga o'xshaydi.

Ilmsiz yoshlar missionerlarni domiga tushib qolmasin. Kanali borlar o'z kanallariga tarqatishlarini so'rab qolamiz.

@Book_blogerr

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

P.S. O‘zgarish va uning falsafasi menga yoqdi. O‘zim Ucell ishlatsam ham)

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bugun oila kuni!

Ya'ni bugun na ishga, na tanishlarga vaqt ajratmayman. Kunim faqat oilam bilan o‘tadi. Maqsadlar, rejalar haqida gaplashamiz, vaqtni birgalikda o‘tkazamiz. Xabarlarga faqat kechga yaqin javob beraman.

Buni bir yaxshi tadbirkor akamizdan o‘rganganman. Alloh u kishidan rozi bo‘lsin. Yaxshi ibrat bo‘lganlar. Bu odat faqat yaxshilikka ishlamoqda.

Sizga ham albatta tavsiya qilaman!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kecha asaxiy.uz saytidan 70.000 so‘mga kitob buyurtma bergandim.

Buyurtmani bugun keltirib berishdi. Yetkazib berish bilan 80.000 so‘m bo‘ldi.

Lekin qadoqni ochsam...

Nega bunaqa bo‘ldi ekan?

P.S "Bir varaqli marketing reja" kitobi bu. Marketing, biznes olamidagi barchaga tavsiya qilaman kitobni. Asaxiydan olishingiz mumkin.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Muhammad Hasan ad Dadu Shinqitiy rahimahulloh shunday deganlar:
Ilm talab qilishda musofirlik, g‘ariblik shartdir. Chunki kishi oilasi bilan birga yasharkan, ko‘proq dunyosining tashvishlari bilan band bo‘ladi.

Ulug‘larimiz muvaffaqiyatning hikmatini yaxshi anglashgan. O‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan tengdoshlarimga hazrat Shinqitiyning so‘zlariga amal qilishlarini tavsiya qilaman...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ajoyib yangilik!

Endilikda siz arab tilidagi istalgan yozuvingizni yozdirib olishingiz yoki yuqoridagi kabi tayyorlatib olishingiz mumkin!

Eng sara va eng go'zal ko'rinishdagi yozuvlar, sizning ham xonadoningizni bezab turadi!

⏳Buyurtmalar tayyor bo'lish muddati:
Yozuvga qarab 1 haftadan 2 haftagacha.

Buyurtma narxlari ham shunga qarab o'zgaradi!

💸Narxlar: 50 ming so'mdan boshlanadi. Dizayn va yozuv murakkabligiga qarab oshib borishi mumkin.

Shoshiling, bunaqa imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi.

Murojaat uchun: @aslianbook

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Xitoyliklarda shunday bir maqol bor:

''Daraxt ekish uchun qulay payt yigirma yil oldin edi. Endigi eng qulay payt esa hozir!''

Endi fursatni qo‘ldan boy bermang! Harakatni boshlash vaqti keldi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ertaga start!

14 kun davomida marafon ishtirokchilari bilan birgalikda 2023-yil uchun o‘z maqsad va rejalarimizni tuzib olamiz.

— O‘tgan umringizdan ko‘nglingiz to‘lmay, buyog‘iga boshqacha davom etmoqchi bo‘lsangiz;
— Kunlaringiz samaradorligi pasayib, rejalashtirishni o‘rganmoqchimisiz?
— Yomon odatlarni yo‘qotib, yaxshi odatlarni shakllantirmoqchi bo‘lsangiz
unda bizni jamoamiz aynan siz uchun!

Bugun qo‘shilish uchun so‘nggi kun!
@Hasanov_Farrux

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Mutolaa miyani aʼlo darajada mashq qildiradi!

Oksford olimlari mutolaa vaqtida miyaning bilish qobiliyati ishga tushishini isbotlashgan. Hatto miyaning boshqa payt harakatsiz boʻlgan sohalari ham faollashadi.

Mutolaa vaqtida qon miyaning eʼtiborni jamlash va bilish qobiliyatlari bilan bogʻliq sohasiga tushadi.

Gap shundaki, televizor tomosha qilish yoki videooʻyinlar oʻynash vaqtida bu holat kuzatilmaydi.

©kun.uz

P.S. Bu yilda nechta kitob o‘qidingiz? Kelasi yilda esa qancha o‘qimoqchisiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

«​​1. Motivatsiya beruvchi postni o‘qiysan
2. Bir muncha motivatsiya olasan
3. Va shu motivatsiya olgan holatingda divanda yotishda davom etasan.
»

Ko‘pchilik insonlar motivatsiya yetishmayapti deyishganida, asosan o‘z dangasaliklarini shu so‘z ortiga yashirishayotgan bo‘ladi.

Mana navbatdagi yil yakuniga yetib qoldi. Bu yilda nimalar qilishga ulgurdingiz? Qo‘ygan maqsadlaringizga qanchalik erishdingiz?

Yoki hali ham motivatsiya ummonini izlab yuribsizmi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ma'nosini anglang!

Har qanday maqsad yo‘lida muvaffaqiyatga qaraganda muhimroq bo‘lgan bir necha vazifalar bo‘ladi.

Agar ularga e’tibor bermay, boshqa ishlar bilan shug‘ullansangiz sizda bandlik hissi bo‘ladi. Biroq, samaradorlik aziyat chekadi.

Samaradorlik– biror vazifaga vaqt sarflash emas, vaqtni qanday sarflashdir. Bu esa aynan o‘z diqqatingizni boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Siz uchun muhim bo‘lgan vazifalarga diqqatingizni qaratishingiz uchun sizda reja bo‘lishi kerak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bu marafonimizda kirish darsi bo‘ladi.

Marafonni pulli yoki bepul qilishni o‘ylayapman.

Siz nima deysiz?

Pulli bo‘lsin desangiz reaksiya 👍

Bepul desangiz kommentariyada sababini qoldiring!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Intizom haqida zo‘r fikrlar bildirildi. Blogim a'zolari bilan faxrlanaman.

Endi, intizomni shakllantira olmayotgan do‘stlarimizga yechim berish niyatim bor.

Afsuski intizom shunchaki shakllanib qolmaydi. Ammo u maqsad qo‘ygach unga yetishish jarayonida juda zarur xislat hisoblanadi.

Shuning uchun "Progress" nomli 14 kunlik onlayn marafon tashkillashtirmoqchiman. Siz bu marafonda yer sharining istalgan nuqtadasidan ishtirok etishingiz mumkin.

2023-yilga yangi maqsad, yangi reja va intizom bilan o‘tmoqchi bo‘lganlar uchun!

Agar men bilan bo‘lsangiz reaksiya qoldiring!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

2023-yilni rejalashtirish uchun 1 oy vaqtingiz qoldi!

— Bu yilda nimalarga erisha olmadingiz?
— Navbatdagi yilda qanday maqsadlaringiz bor?
— Qanday ilm olmoqchi, qancha daromad qilmoqchisiz?

Savollarga javob topishni boshlash kerak!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bizga berilgan eng zo‘r dars ko‘zbo‘yamachilikdir!

Eng yaxshi dars bu namuna bo‘lsa, aksar katta avlod bizga korrupsiya, ko‘zbo‘yamachilik, isrof kabi illatlarda juda ham yaxshi namuna bo‘lib berganlar.

Tug‘ilgan go‘dak pora bilan tug‘ruqxonadan chiqarkan, uni quvonchli kun bahonasida tashkillashtirilgan bazm isrofi ostida uyga olib kirishadi.

Bu farzand maktabda ko‘r-ko‘rona baho oladi, institutga superkontrakt bilan o‘qishga kiradi, pora bilan savodsizlarcha bitiradi va bir davlat muassasasiga tanish-bilish bilan ishga kiradi.

Kunlardan bir kuni, uni Susambil kanalida yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida korrupsiya qanchalik qisqargani haqida vaz o‘qiyotganini ko‘rib qolasiz.

Qanaqa to‘ydagi isrof, qanaqa dabdababozlik haqida gapiryapsiz. Axir, bu allaqachon bizning tarbiyaga aylanib ulgurdi!

Johillikda qolgan bunaqa olomonni faqat ilm qutqaradi!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Rejalashtirish bu — san'at!

Daftarda ishlashni unchalik yoqtirmayman. Doska qulay menga. Bu voronka rejasini ham qoralamasini avval doskada, undan keyin draw.io da tuzib oldim.

Har qanday ishdan oldin imkon qadar aniq reja tuzib olishga va shu bo‘yicha vazifalarni bajarishga harakat qilaman.

Rejalashtirilgan ishda baraka, unum va samara bo‘ladi.

Shuning uchun ham rejalashtirishni o‘zi bir ilm, ilm bo‘lganda ham juda kerakli ilm. Shaxsiy hayotda, ishda, ilm olishda bu bilim juda asqatadi.

Ayniqsa siz karyera yoki biznesda katta natijalarga erishmoqchi bo‘lsangiz, rejalashtirishni albatta o‘rganishingiz zarur.

Vaqtni boshqara olmaysiz, siz faqatgina o‘zingizni, harakatlaringizni boshqarishingiz mumkin.

Time management (vaqtni boshqarish)ni unuting, self management (o‘zingizni boshqarish), power management (energiyangizni boshqarish)ni o‘rganing!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Biz brendimizni yangilab, imkoniyatlar eshigini ochmoqdamiz

Bizda katta yangilik.
Biz o‘zgaryapmiz va yanada koʻproq imkoniyatlarni taqdim etyapmiz.
Bizning yangi vizual elementlarimiz texnologiklik, rivoj, ochiqlik, qulaylik va soflik ramzini bildiradi.
Bizning brendimiz endi yanada yorqin va xilma-xil bo‘ldi — yangi ranglarimiz, shriftimiz va yuqoriga intilgan naqshimiz paydo boʻldi.

Bizning yangi shiorimiz: Siz bilan \\ С тобой

Bunday oʻzgarishlar nima sababdan va qanday roʻy berganligini bilish uchun havola orqali oʻting.

↩️ Beeline. Siz bilan

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

To‘g‘ri maqsad qo‘yish

Maqsad qo‘yishdan oldin motivatsiya darajangizni tekshirib oling. Agar juda ruhlangan yoki o‘zingizga nisbatan ishonchingiz tushib ketgan bo‘lsa, oldin o‘zingizni normal holatga keltirib olishingiz kerak.

Bundan keyin esa maqsad qo‘yish bo‘yicha SMART usulidan foydalanishingiz mumkin.

SMART maqsad:
S - Specific ( Aniq)
M - Measurable (O’lchamli)
A - Achivable (Erisha oladigan)
R - Relevant yoki Realictic (Real yoki qiymatga ega)
T - Time bound - (Vaqt bilan chegaralangan)

Ya'ni siz o‘z orzularingizni maqsadga aylantirishingiz uchun ular aniq o‘lchamli, erishsa bo‘ladigan va vaqt bilan chegaralangan bo‘lishi kerak.

Masalan, mart oyida o‘zim qo‘ygan maqsadim: Men uylanishim uchun 01.06.2022 sanagacha 4,000$ ishlab topaman. Bu men uylanmoqchiman degan maqsadga nisbatan ancha farqli (aytgancha bu maqsad ortig‘i bilan erishilgan Alhamdulillah. Faqat biroz kechikib).

Endi maqsad qo‘yish navbati sizga!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…
Подписаться на канал