hasanovblog | Неотсортированное

Telegram-канал hasanovblog - Hasanov kundaligi 📘

1297

📘 Bir yigitning muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi kechinmalari haqida... 👉Instagram.com/khasanovfarukh

Подписаться на канал

Hasanov kundaligi 📘

Marketing katta soha. Xuddi tibbiyot kabi.

Marketingda o'zimga "ниша" sifatida brend-menejerlikni tanlaganman. Endi maqsad shu sohani chuqurroq o'rganish.

Bu esa ilk qadamlar InshaAlloh!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Vaqtida qo‘yilgan paxta oltinga teng.

©Yangi o‘zbek xalq maqoli.(Instagramdan)

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Energiya turlari va to‘g‘ri dam olish haqida:
(buni ko‘pchilik bilmaydi)

👉https://youtu.be/tYvvPTKDUjw?si=6gyBKwMplxQcfDmn

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Rossiya propagandachilaridan biri yana O‘zbekiston mustaqilligiga tahdid qildi

Xushnudbek o‘z kanalida rossiyalik bir mashhur kishi O‘zbekiston, Qozog‘iston davlatlari va millatlari mustaqilligiga tahdid soluvchi gaplar gapirganini yozib chiqdi.

Huquqshunosning fikriga ko‘ra, bunday tezislar tasodif emas. “Chunki Ukrainaga bosqin ham aynan mana shu kabi umumiy tezislar asosida boshlangan”, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Bloger o‘zbekistonlik odamlarni uyg‘onishga, aqlli bo‘lishga, davlat mutasaddilarini esa butun boshli O‘zbekistonni bosib olish haqida gapirganlarga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atishga chaqirdi.

Holat haqida batafsil ma‘lumotni Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanalida o‘qishingiz mumkin.

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Sizlarga nima bo‘ldi?
O‘zaro yordamlashmayapsiz?!

Soffat surasi, 25-oyat.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tashqi ko‘rinishingga qarab salomlashishadi.
Mulohaza, muomalangga qarab xayrlashishadi.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hech narsaga "намёк" qilmayman. Lekin 14-yanvar yaqin ;)

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bepul darsliklar!

Asosiysi bepul ekanligi darsliklar sifatiga hech qanday ta'sir o‘tkazmagan!

Ustozimiz Shuxrat aka Eshmurodovning @RivojlanBot botlariga a'zo bo‘lib, shaxsiy rivojlanishga oid juda ko‘plab darsliklarni qo‘lga kiritishingiz mumkin.

Ajoyib tomoni, bot darsliklarni sizga tartib bilan yo‘naltiradi va doimiy tarzda eslatib turadi.

Shunaqa manba izlab yurgan do‘stlaringiz bo‘lsa, jo‘natib qo‘ying: @RivojlanBot

Bu reklama emas, xolis tavsiya. O‘zim bu botdan ancha vaqtdan buyon foydalanib kelaman. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Maqsadlar nimaga qog‘ozda qolib ketaveradi?

Bir yoki bir necha yillik maqsadlar qo‘ydim. Lekin vaqt o‘tgach qarasamki, maqsadga eltmaydigan boshqa ishlar bilan shug‘ullanyapman.

Maqsadlarimni ko‘z oldimda tursin deb, qog‘ozlarga yozib, xonamga yopishtirib tashladim. Borish kerak bo‘lgan manzil esimda-yu, lekin baribir bekorchilik bilan band bo‘lib qolyapman.

Muammo tushunarli, mantiqan hammasi aniq. Maqsadlar doim ko‘z oldimda tursa, dangasalik qilmasam, hammasiga erishsa bo‘ladi, InshaAlloh.

Lekin amaliyotda unday emas. Dangasalikdan qutilish qiyin. Nima qilsam, yechimini qayerdan topsam?

Miyaning mantiqan o‘ylaydigan qismi bu neokorteks bo‘lib, rejalashtirish, fikrlash kabi funksiyalarga u javob beradi. Kelajak haqida u o‘ylaydi, xatolardan u xulosa chiqaradi. Xullas, siz qanday maqsad qo‘yasiz va bunga qanday erishish rejasini tuzasiz — neokorteksning ishi.

Ammo bu ishlarni bajarishga kelganda miyaning limbik sistemasi ishga tushadi. Bu ishlarni bajarish kelajakda sizga qanchalik foyda olib kelishi unga qiziq emas. Unga hozir muhim. Miyadagi limbik sistema emotsiyalar uchun javob beradi.

Siz qachon o‘z hissiyotlaringizni nazorat qilishni o‘rgansangiz, maqsadlarga erishish jarayoningiz shunchalik oson kechadi.

Yaqinda "Serendipity" nomli treningni tugatdim. Yaponiya TOP menejerlari oʻzini rivojlantirishda qoʻllaydigan kuchli texnika haqida gapirilgan. Yuqoridagi ma'lumotlar ham shundan.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Nega maqsad qo‘yish kerak?

Nega maqsadlar qo‘yish, hamma narsani rejalashtirish kerak? Shunchaki orzularim og‘ushida yashasam-chi?!

Yaqin do‘stim hayotida shunaqa holat kuzatganman. U salohiyatli, yaxshi tarbiya ko‘rgan, ilmli yigit edi. Lekin hozir u turgan yer (muhiti, erishgan natijalari, daromadi, kasbi...) ga qarasam, do‘stim aslida bundanda ortig‘iga loyiq edi-ku, deb o‘ylab qolaman.

Gap shundaki, hayotimizga o‘zgarishlar o‘z-o‘zidan keladi. Buni istaysizmi yoki yo‘q, sizning tanangiz yillar o‘tishi bilan o‘zgaradi. Iqtisodiyot o‘zgaradi. Ob-havo o‘zgaradi. O‘zaro munosabatlar o‘zgaradi. Hayotdagi hamma narsa doimo o‘zgarib boradi. Sizning o‘zgarishlar ustida ishlashingiz shart emas.

Sizni o‘zgarishlar ustida ishlashingizga hojat yo‘q! Siz qilishingiz kerak bo‘lgan yagona ish, bu o‘zgarishlar sizning foydangizga bo‘lishini ta'minlashdir.

Do‘stim bilan suhbatlashganimda, unga ishi ma'qul emasligi, hayotida o‘sish bo‘lmayotganidan, bir xilda o‘tayotganidan xavotirda ekanligini aytdi.

Ertaga sizga yoqmaydigan manzilda bo‘lmaslik uchun bugun harakat qilishingiz kerak!

Do‘stim bugun o‘ziga yoqmayotgan joyda ekanligining sababi, u maqsad qo‘yishi kerak bo‘lgan kechani boy berganida.

Siz maqsad qo‘ymasangiz, o‘z yo‘lingizni o‘zingiz belgilamasangiz, buni siz uchun boshqalar qiladi. Siz reja tuzmasangiz, siz uchun boshqalar tuzadi.

Ertaga kim bilan, qanday shart-sharoitda, qayerda yashamoqchisiz? Qanday insonlar, qanday muhit, qanday hayot xohlayapsiz?

Nega inson hayotida maqsad muhim ekanligini tushintira oldimmi?

Bilim, tajriba, shart-sharoit va imkoniyatlaringiz qancha bo‘lishi ahamiyatsiz! Agar, uni yo‘naltira olmasangiz! Maqsad shunga kerak!

Bu haqida hozir o‘ylang, hozir maqsadlar qo‘ying!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Tadqiqot: pul va to’ylar

Salom do’stlar!

Biz bir loyiha uchun o’zbekistonliklarning pulga va to’ylarga bo’lgan munosabatlarini o’rganyapmiz.

Loyiha juda masshtabi yuqori bo’lishi kutilmoqda. Shunday loyihaga siz ham o’z hissangizni qo’shishga imkoniyatingiz bor ;)

Shu so’rovnomani to’ldirish kifoya:

https://forms.gle/UDL4GJh1zWMWCEzu9

Mavzuga doir qo’shimcha fikr-mulohazalar bo’lsa izohlarda yozishingiz mumkin

Rahmat!

@thinkwithMirro

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

O‘z fikriga ega bo‘lgan har bir insonning, albatta, dushmani bo‘ladi.

©Cherchil

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Infoqallob kim u?

Hamma infoqallob deb biladigan bir yigitdan kurs sotib olganman. Olgan ma'lumotlarimdan qoniqqanman.

Hammani infoqallobga chiqarib, kelayotgan yil "infoqalloblar yili" bo'lishini bashorat qilayotgan birodarlarimizning ta'lim platformasida o‘qib, olgan ma'lumotlarimdan unchalik qoniqmaganman.

Diniy ulamo yonida yurib, darslarida qatnashib yurgan bolani (ismlar sir bo‘la qolsin) jurnalistika bo‘yicha onlayn kursiga to‘lov qilib, "uxlaganman".

Yaqinda hammani "moshennik"ka chiqarib yurgan bir odam, endi o'z kursini ochibdi.

Shu yerda savol tug'iladi: Kim haq, kim nohaq? Kimning fikrlari to'g'ri?

Bu yerda tushunib olishimiz kerak bo'lgan bir jihat bor. Haq va nohaq, to'g'ri va noto'g'riga qaysi mezonlar asosida ajratamiz?

Agar kapitalizm ko'zi bilan bozor iqtisodiyotiga nazar tashlasak, unda hammasi joyida. Hamma maksimal foyda qilishga harakat qilyapti. Bozorni shu o'stiradi. Sifatsiz mahsulotlarni bozorning o'zi siqib chiqaradi.

Kapitalizm axloqli ham, axloqsiz ham emas. U axloqqa befarq. Undagi asosiy mezon maksimal foyda olish.

Agarda bu yo'lda kimdir boshqalarni aldasa, jabrlanuvchilar uni sudga berishi, sud esa uni jazolashi kerak. Sud buni bajarish yoki bajarmasligi endi bu boshqa masala.

Biz musulmonmiz va barchasi Islom iqtisodiyoti asosida bo'lishi lozim deb, bu nazar bilan qarasakchi? Islom iqtisodi axloqqa befarq emas. Endi axloq tushunchasi Islom iqtisodida qanday ishlashini o'rganib chiqish lozim bo'ladi.

Aytmoqchi bo'lganim, hamma o'z fikrimni bildiryapman deb, infoqallob degan tamg'ani istagan odamiga uryapti.

Mustafoqul Boltaboyev yozgan kitob desa
, ha zo'r kitob ekan, deb ketadiganlardan bo'lmang! Mashhur odam gapirdi degani, to'g'ri gapirdi degani emas.

Bu borada o'z mezoningiz bo'lsin va bu mezon ilmga qurilgan bo'lsin!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Aql haj qilish uchun tuya topgunicha, muhabbat Ka'bani bir marta aylanib bo‘ldi.
©J. Rumiy

📌 @hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Supermarket o‘z mijozlari uchun o‘zgacha e'lon joylashtiribdi:

"Ehtiyot bo‘ling muz! Xuddi pingvin kabi yuring!"

P.S. Siz ham ko‘chada pingvinga o‘xshab yuribsizmi? 😅

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ilmning avvali horlik, keyin azizlik, keyin sharaf..

Ilmning avvali achchiq piyozga o’xshaydi. Juda mashaqqatli yo’l, yillar qiyinchilik bilan o’tadi. Moddiy va manaviy qiyinchilik, insonlarni gap- so’zlariga sabr qilish kerak bo’ladi.

Azizlik- qiyinchilik vaqti o’tgandan keyin, insonlar sizni etirof etishi. Hurmat- izzat ikrom qilishi!

Sharaf- bu ohiratda beriladigan mukofot.

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hozir mijozlarni tanishning o'zi yetarli emas, mijozlar nega sizni maxsulotingizni sotib olishayotganini va sizni maxsulotingizdan qanday foydalanishayotganini ham bilishingiz kerak!

Bu uchun esa Jobs to be Done bizga yordam beradi.

Quyidagi videoda JBTD nima ekanligi real keyslar orqali ochib berilgan: https://youtu.be/tVqXJm75kXc?si=0rArOLaNnUnbp_0Q

Videoni do'stlaringizga ham yuborishni unutmang😉

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

To‘g‘ri dam olishni bilasizmi?

Sizningcha to‘g‘ri dam olish qanday bo‘ladi?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

ESLATMA!!!

Sizga nisbatan "otilgan tosh"dan jahlingiz chiqsa, demak o'sha "tosh"da ozgina bo'lsa ham haqiqat bor...

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Bilim — bu nima va u qanday ishlashini bilish.

Ko‘nikma — biladigan ilmini ishlata olish, bajara olish.

Kompetensiya — kerak paytda ko‘nikmalarini qo‘llay olishi, joyida ishlata olishi.

Munosabat — u biladigan narsasini o‘zi yoqtiradimi yoki yo‘qmi?

Qay biri eng muhimi deb bilasiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Kanalni foydasi ko‘pda ;))

P.S. Rasmni yuqoridagi postga aloqasi yo‘q.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Google trends va Yandex wordstat orqali "time management", "vaqtni boshqarish", "soft skills", "hard skills" kabi so'zlarini qancha odam qidirishini tekshirib ko'rdim.

Oyiga Yandex va Google dan 3000-4000 atrofida qidiruv bo'larkan.(Google xato ko‘rsatishi mumkin. Yandex aniqroq ma'lumot beradi) Telegram blogimdagi ba'zi maqolalarni saytga joylasam, organik trafik qancha kelarkan degan ma'noda tekshirib ko'rayotgan edim.

Qiziqishga boshqa so'z O'zbekiston hududida qancha qidirilishini tekshirib ko'rdim. Yandexni o'zida o'tgan oyda 1 200 847 ta so'rov bo'libdi. Raqamlarni ko'rib ko'zimdan yosh chiqib ketdi.

Yozishga uyaldim. Jamiyat qanday kontent iste'mol qilayotgani ma'lum shu yerdan. U qanday "so'z" deb o'ylaysiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hissiyotlar muhim!

Oldin hissiyotlarim bilan hisoblashmaganman. Unda tanlov bo‘lmagan. Kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqda vaqt o‘tkazish uchun pul, berilgan topshiriqlarni bajarmaslik uchun ixtiyor bo‘lmagan.

Dars qilmasam ota-onam, ustozlarimdan dakki eshitardim.

Vazifani bajarmasam meni og‘ir mehnat kutardi. Bajarmaslik uchun imkon bo‘lmagan.

Miyani azobdan qochish, rohatga intilish funksiyasiga ko‘ra, men vazifani bajarmasam azob kutadi, bajarsam maqtov eshitib, rohatlanaman.

Ammo bugun...

Ammo bugun menda ixtiyor bor. Men mustaqilman. Uning (miyaning) kompyuter o‘yinlari, ijtimoiy tarmoqlardan arzon dofamin olishi uchun menda pul bor.

U to‘ymaydi, bo‘ldi demaydi, shu daraja yetarli demaydi. Har safar ko‘proq xohlayveradi.

Gazli ichimliklar, fast food, kompyuter o‘yinlari, youtube, tik-tok, instagramdagi reels, telegramdan sms kelishi bilan o‘qishdan tezda dofamin oladi.

Endi unga uzoq muddatli maqsadlar, undan keladigan rohat qiziq emas. Kutishni istamaydi.

Neokorteks bu oxiri voy desa, limbik sistema buni tushinmaydi. Nimalar bo‘layotganini ko‘ra olmaydi.

Men soatlab kompyuter o‘yinlariga berilib, vaqtimni boy beraman. Keyin qilgan ishim uchun afsuslanaman.

Mana shunday vaqtda limbik sistemaga ta'sir o‘tkazish yo‘lini o‘rgandim. Juda oddiy, amma samarali texnika ekan. Faqat olib, ishlatish kerak!

Bu o‘sha vaqtda nimalarni his qilganingizni qog‘ozga tushirishdir. Hissiyotlarni erinmay yozaman. Bu hissiyotlarni his qilishimga nima sabab bo‘lganini va boshqa buni his qilishni istamasligimni yozaman.

Endi irodali bo‘lishim shartmas. O‘zimga ta'sir o‘tkaza olyapman.

Oldinlari vaqtni bekorga sarflash uchun variantlar kam bo‘lgan. Endi tanlov juda ko‘p. Oldin IQ muhim bo‘lgan bo‘lsa, endi EQ ning muhimlilik darajasi oshyapti.

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ertadan boshlayman..., dushanbadan boshlayman..., yangi yildan boshlayman... deydiganlar uchun ertaga ideal kun!

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Fotiha surasida "ihdinas sirotal mustaqiym", degan so‘zlar bor. "Bizni eng to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgin", degan maʼnoni anglatadi.

Eʼtibor bering, bu so‘zlar har bir musulmonning tilidan har kuni bir necha marta yangraydi, namozning har bir rakaatida aytiladi. Eʼtibor bering, bu so‘zlar iymon keltirgan, o‘zini musulmonman deb hisoblagan insonlar tomonidan takrorlanadi, takrorlanaveradi. Axir shundoq ham musulmonman, to‘g‘ri yo‘ldamanku emas.

Yaʼni, bizning musulmon ekanimiz, besh vaqt namoz o‘qishimiz biz uchun hali hech narsaning kafolatini bermaydi. Mana, biz yaxshi musulmonmiz, jannatning kalitini cho‘ntagimizga soldik, deb erta-yu kech boshqalarni muhokama qilib o‘tirish kerak emasligini bildiradi. Eng avval va har kuni o‘zimizga o‘zimiz hisob berish kerakligini anglashimiz, to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasligini O‘zidan so‘rashimiz lozim bo‘ladi.

Buni nafaqat Fotiha surasini tilovati o‘laroq aytishimiz, balki butun maʼnosi bilan xis qilishimiz, amallarimizda va boshqalarga bo‘lgan munosabatimizda suvayirg‘ich qilishimiz kerak.
Ihdinas sirotal mustaqiym.

©Juma muborak! @iqtiboslar

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Ajoyib podcast!

Korzinka do‘konlari tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimovning muvaffaqiyati kalitlari haqida:

https://youtu.be/ijgVEhTCejk?si=zFoWc6xJCcokGkyA

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Hech kimga ishonmang!

Juda mashhur o‘quv markazni bilaman. Markaz jamiyat uchun ko‘p foydali ishlar qilayotganini ko‘rganman. Rahbarini juda ham yaxshi inson deb bilaman.

Lekin bir kuni boshqa o‘quv markazi rahbarini qanday qilib "uxlatib" ketganini eshitib qoldim. Guvohlar ham bor.

Yana bir ko‘pchilik ustoz deb bilgan, treninglar o‘tib yurgan odamning o‘z jamoasini qanday boshqarganini ko‘rib, hayron qolganman. Amali treningdagi so‘zlargia to‘g‘ri kelmaydi.

Bunaqa holatlar ko‘p bo‘lgan...

Shuning uchun so‘zlarga ishonmayman. Amalda nima bor? Shu muhim!

Zo‘r ibora bor: "Ishon, lekin tekshir!". Buni boshqacharoq ifodalasa ham bo‘ladi: "Doim yaxshi gumonda bo‘l, lekin tekshir!".

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Siz nimaning g‘amini yesangiz, o‘sha narsaga tavfiq keladi.

©Husaynxon Yahyo Abdulmajid

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Moliyaviy bosqichlar:
1. Operatsion;
2. Taktik;
3. Strategik.

Birinchi bosqich: Sizning topayotgan daromadingiz kunlik xarajatlaringizgagina yetadi yoki qarzdasiz. Hech qanday "Moliyaviy yostiq" (ya'ni yig‘ilgan pullar), passiv daromad manbasi mavjud emas.

Ikkinchi bosqich: Sizda kamida olti oy yashashingizga yetadigan "moliyaviy yostiq"changiz bor. Xarajatlaringizdan orttirib, pulingizni investitsiya yoki yangi biznes ochish uchun yig‘a boshladingiz.

Uchinchi bosqich: Sizda biznes yoki investitsiya qilingan manbalar mavjud. Daromaddan boylik yaratish va u boylikni strategik ko‘paytirish holati.

Hozirda siz qay bir bosqichdasiz?

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…

Hasanov kundaligi 📘

Pul yig'ishni endi boshlaganimda menda ham shunaqa bo'lardi...

📌 telegram.me/hasanovblog

Читать полностью…
Подписаться на канал