gulduuz | Неотсортированное

Telegram-канал gulduuz - GulDU.uz | Rasmiy kanal

5365

Guliston davlat universiteti rasmiy kanali Manzil: Guliston shahri, 4-mavze Jamoat transporti: 2-4 yo'nalishdagi avtobus, universitet bekati Web-site: www.guldu.uz Email: glsu_info@edu.uz Telefon: +998672254042 Faks: +998672254275

Подписаться на канал

GulDU.uz | Rasmiy kanal

Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻzdan kechirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 147-son buyrugʻi bilan vazirlik huzurida Taʼlim-fan kengashi tashkil etilgan boʻlib, mazkur kengash aʼzolari tomonidan respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatlari oʻrganilmoqda.

Rejaga koʻra bugun 5-sentabr kuni Norqulov Shoxzodbek Samandar oʻgʻli tomonidan Guliston davlat universiteti oʻquv auditoriyalari, laboratoriyalar, talabalarning turar joylari koʻzdan kechirilib, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi.

✈️@gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#seminar

Uslubiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan seminar oʻtkazildi

Guliston davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori D.Turdiboyev boshchiligida yangi oʻquv yilida oʻquv va uslubiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan seminar oʻtkazildi. Seminarda baholash mezoni, talaba mustaqil ishlarini tashkil etish, HEMIS raqamli taʼlim platformasida joriy qilingan oʻzgarishlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Bunda asosiy eʼtibor uslubiy ishlarni toʻliq raqamlishtirilgan holda tashkil etish va ish yuritilishiga qaratilib, sohaga joriy qilinayotgan yangilik va oʻzgarishlar yuzasidan namunaviy ishlanmalar taqdim qilindi.
Seminar fakultetlar kesimida davom etmoqda.

😎 @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#malaka_oshirish #HR

OTMlarning 111 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari malakasi oshirildi


19–22 va 26–29-avgust kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Mehnat shartnomalarini tuzish va xodimlar bilan ishlarni tashkil etish” bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. 

Kursning asosiy maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan kadrlar xizmati xodimlarining mehnat sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy standartlar asosida rivojlantirish bo‘ldi.

O‘tkazilgan I va II chaqiruv kurslarida oliy ta’lim muassasalarining 111 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 71 nafar, Toshkent shahridan 31 nafar, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlardan 9 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Dars mashg‘ulotlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yuqori malakali ekspertlari jalb etilib, ishtirokchilar elektron o‘quv-metodik materiallar paketi bilan ta’minlandi. 

Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikatlari topshirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik

⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#mustaqillik
#33yil
#bayram_soni

"YOLG'IZ DARAXT" QISSASI

Guliston davlat universitetining "O'zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi magistranti Yorqinjon Hayitboyev "Assalom, O'zbekiston" ko'rsatuvining bugungi bayram sonida ishtirok etdi.

Suhbat adabiyot, kitobxonlik, magistraturaga qabul bo'yicha tashkil etilgan bo'lib, magistrimiz tomonidan she'rlar ham ijro etilgan.

Suhbatning to'liq shaklini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtube.com/watch?v=iCP2VRwOmho&si=_LE2O2q4ra1P0pJ6

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#mustaqillik
#33yil
#qutlov

Mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin!

😎 @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#dayjest

🟦🟦🟩🟩

⚡️Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning "O'zbekistonning iqtisodiy mo''jizasi: yangi bosqichga qadam" nomli maqolasi Xalq so'zi gazetasining 2024-yil 29-avgust sanasidagi №176 (8799)-sonida chop etildi.

😎 /channel/gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#super_kontrakt

2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

https://www.youtube.com/watch?v=uwfykotg2go

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

Diyor Yangiliklari||

#24avgust
#Sirdaryo

📡 @Sirdaryo_Mtrk

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#talabaga_qulaylik

📢 Guliston davlat universiteti talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi: Endi talabalar yotoqxona izlab sarson bo'lmaydi!

🌐 /channel/gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#talabaga_qulaylik
#jarayon

Guliston davlat universiteti talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi o'z faoliyatini davom ettirmoqda...

🌐 /channel/gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#bilasizmi #eslatma

⚡️Shoshiling, ikki kun qoldi! 56.7 balldan kam to‘plaganlar ham kollej/texnikum tanlovida qatnasha oladi


Xabaringiz bor ayni kunlarda oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida kollej yoki texnikumlarning kasb va mutaxassisligi hamda ta’lim shaklini tanlamoqda. Tanlov 27-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Bunda amaldagi tartibga ko‘ra kirish imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Kollej/texnikumlarga qabulda minimal o‘tish ballari belgilanmagan.

Shunday ekan, sizlarda 2 kun vaqt qolmoqda.

❗️Ma’lumot uchun joriy yilda texnikum yoki kollejlarga alohida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirilmaydi. Yoʻnalish tanlab qoʻysa boʻldi. Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z tanlovlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari (MANDAT) tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#hashar

🌳 Guliston davlat universitetida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida xayriya hashari bo‘lib o’tmoqda

🌳 2024-yil 24-avgust sanasida Guliston davlat universitetida professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlar ishtirokida xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Umumxalq xayriya hashari doirasida hududda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🌴 Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.

😎 @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi talablarga asosan shakllantirilishi lozim:

nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi;

kreativ yondashilgan bo‘lishi;

muhandislik yo‘nalishida to‘liq tushuncha bera olishi lozim.

🔖 TANLOV NIZOMI👈

Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi quyidagi miqdorda pul mukofotlari va maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi:

1️⃣-o‘rin - 30 million so‘m;

2️⃣-o‘rin - 25 million so‘m;

3️⃣-o‘rin - 20 million so‘m;

4️⃣-o‘rin - 15 million so‘m;

5️⃣-o‘rin - 10 million so‘m.

Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 6-10-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

📩 Ariza yuborish uchun havola: https://forms.gle/k2J1ySLDuw4Hmn5g7

Tanlovga arizalar 2024-yilning 5-sentyabridan 25-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#yоshlar_bilan_ishlash

🏦Mahalla yoshlari bilan ishlar davom etmoqda

🫥Bugun Guliston davlat universiteti rektori, professor M.T.Xodjiyevga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Nurafshon” hamda “Bog‘iston” MFYda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🫥Universitet rektori har bir yosh bilan birma-bir muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rganib chiqdi. Uchrashuvda shu mahallada istiqomat qiluvchi universitetning xorijiy filologiya ta'lim yo'nalishi talabasi Sevinch Axmedovaga universitet rektori tomonidan ingliz tilida chop etilgan kitoblar to'plami sovg'a qilindi.

🫥Muloqot vaqtida yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan oliy ta'limga o'qishga kirish bo'yicha tegishli fanlardan repetitor xizmatiga ehtiyojlari borligini, kelajakda IELTS xorijiy til sertifikati bo‘yicha imtihon topshirish niyatlari ham borligini ma'lum qilishdi.

🫥Rektor M.Xodjiyev tomonidan mahalla yoshlariga malakali repetitorlar xizmatini hamda ingliz tilidan bepul o‘quv kurslarini tashkil etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🫥Universitet rektorining MFY yoshlari bilan ishlar davom etmoqda.

✈️ /channel/gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#birinchi_qongiroq

Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi!


🔔 4-sentabr sanasida yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi-2024/2025 o’quv yili boshlandi. Guliston shahrida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishiga bag’ishlab “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Tadbirda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg’asi” tarqatilib, 1-qo‘ng‘iroq ovozi yangradi.

🌱 Unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev ishtirok etib, bayram nutqini so‘zladi hamda o‘quvchilarga “Mustaqillik darsi” doirasida jonajon diyorimizning 33 yillik davrida erishilgan yutuqlar, Uchinchi Renessansni bunyod etish yo‘lida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

✈️ @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz

⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi

Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:

🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;

🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈

Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈

❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#Prezident_tabrigidan

Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat TAʼLIMda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham TAʼLIM va TARBIYADIR.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#Qabul2024
#5yillik_stajga_ega_bolganlar

👍👍👍👍👍


📢Qabul 2024: Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tavsiyanoma ega bo‘lgan abituriyentlar bilan 2024-yil 30-avgust kuni o'rkazilgan suhbat natijalari

Sirtqi ta'lim shakli bo'yicha 👇

👉 Iqtisodiyot

👉
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi

👉
Menejment

👉
Psixologiya

👉
Sport faoliyati: Futbol

👉
Sport faoliyati: Kurash

👉
Tarix

✈️ @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#Qabul2024
#5yillik_stajga_ega_bolganlar

👍👍👍👍👍

📢Qabul 2024: 5 yil ish stajiga va tavsiyanomaga ega bo'lgan abituriyentlar diqqatiga!

📍 Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tavsiyanoma ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbat 2024-yil 30-avgust kuni soat 10:00 da universitet Bosh binosida bo'lib o'tadi

✈️ @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#talabaga_qulaylik

Men oʻqishga kirsam qayerda turaman?

Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Yurtimizning boshqa hududlaridan o'qishga kirgan talabalar uchun turar-joy topish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki oliy taʼlimga talabalar qamrovining oshgani sayin yotoqxonaga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Guliston davlat universitetida bu borada ijobiy yechimlarga erishilmoqda.

🏢 Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasining 4 ta talabalar turar-joyi quvvati 2094 oʻringa moʻljallangan boʻlib, mazkur koʻrsatkich mavjud ehtiyojni qoplash imkonini bermoqda.

📢 Bundan tashqari, universitetda tashkil qilingan “Talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi"da talabalarning yotoqxona va ijara xonadoni bilan bogʻliq muammolari masʼullar tomonidan tezkorlik bilan ijobiy hal etilmoqda.

⚠️ Maʼlumot uchun: universitet yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron ariza yuborish mumkin.

😎 @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#mandat #magistratura #qabul2024

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda


2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#talabaga_qulaylik #foydali

📹 Talabalar turar joyiga joylashish uchun my.gov.uz portali orqali ariza yuborish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

Ushbu videoni yotoqxona uchun haligacha ariza yubormagan talabalarga yuborib qo‘ying

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#tayinlov

🟩🟩🟩🟩

Guliston davlat universitetining tegishli buyrug'i bilan Eshmurodov Dilmurod Dusmurod o'g'li Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
Universitet ma'muriyati D.Eshmurodovning kelgusidagi faoliyatida zafarlar tilaydi.

✈️ @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

E’lon!

Ish qidirayotgan talaba-yoshlar diqqatiga!


Ertaga, 28-avgust, soat 11:00da nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar va IT sohasida yuqori maoshli ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishga bag‘ishlangan tadbir tadbir tashkil etilmoqda.

📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: Raqamli texnologiyalar vazirligi (Toshkent).

📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉https://docs.google.com/forms/d/18W90IbMgtXM9wPE8-KSrnG_WXc5W4QRA--mFlNm8EQM/edit

🔗 Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun havola: 👉https://us06web.zoom.us/j/86410993843?pwd=xh1PaYZeyIvI4ADeEDPDij3M5HPmbH.1

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#oqishni_kochirish
#perevod


☄️ 2024/2025-O'quv yili uchun talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinov natijalari qaydnomasi (Guliston davlat universiteti bo'yicha)


👉 Kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha qaydnoma

👉 Sirtqi ta'lim shakli bo'yicha qaydnoma


✈️ /channel/gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#kontrakt

Guliston davlat universitetida 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab balakavr taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-shartnoma shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari

⬇️ Jadvalni yuklab olish


🚀 @gulduuz

Читать полностью…

GulDU.uz | Rasmiy kanal

#forum
#qovun_sayli

🎥 "Oʻzbekiston-Markaziy Osiyo va Xitoy iqtisodiy-madaniy forumi" doirasida tashkil etilgan “Qovun sayli” bayramida Guliston davlat universiteti jamoasining faol ishtirokiga bag'ishlangan videolavha

📌 @gulduuz

Читать полностью…
Подписаться на канал