#profilaktika
Profilaktika tadbirlari o'tkazildi
Guliston davlat universitetida kriptologiya sohasi bo'yicha fan olimpiadasi tashkil etildi.
Olimpiadani o'tkazishdan maqsad universitetning iqtidorli yoshlari o‘rtasida kriptologiya sohasi bo‘yicha fanga oid bilimlarini mustahkamlash, kriptologiyani bilish darajasi bo‘yicha ko‘nikmalarini takomillashtirish, shifrlash mahorati hamda fanda ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida kriptologiya sohasidagi bilimlarning keng tarqalishi va ommalashishiga erishishni qo‘llab-quvvatlashdan
iborat.
Olimpiada g'oliblariga har oy stipendiyaning 50 % hajmida pul mukofoti to'lash orqali rag'batlantirilish belgilandi.
@gulduuz
Ajoyib yangilik!
Ingliz tilidan yangi va tezkor kurslarimiz 4 -noyabr sanasidan boshlanmoqda. Qulay sharoit va hamyonbop narxlarda. Bizda ikki xil kurslar mavjud:
1. Grammatika va lug'at boyligi oshirish uchun - (300 ming so'm)
2. CEFR MULTILEVEL/IELTS ( 300 ming so'm)
Manzil: Guliston Davlat Universiteti, Ma'naviyat va Ma'rifat markazi
Murojaat uchun:
+998902520254
+998915000203
Tg: @mshodmonova
#olimpiada
🔍 Guliston davlat universitetida oʻtkazilayotgan Kriptologiya fan olimpiadasi dasturi va baholash mezonlari
⬇️ YUKLAB OLISH
✈️@gulduuz
#talabaga_yengillik
⚡️⚡️Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.
❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.
Bizni kuzating
🙋♂️ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenjini
Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti qabul qildi.
👍 Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim hamda tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
👍 “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenjini Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tamomladi.
#guldu #stop_korrupsiya #chellenj #tabiiyfanlar
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
🙋♂️ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenjini
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti qabul qildi.
👍 Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim hamda tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
👍 Ushbu chellenjni davom ettirish Axborot texnologiya va fizika matematika fakultetiga topshirildi!
#guldu #stop_korrupsiya #chellenj #tabiiyfanlar
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
#yashil_makon
🌱 «Yashil makon» umummilliy loyihasi amalda
🌴Guliston davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasining navbatdagi fasliga rasman start berildi.
🌿Bugun mazkur umummilliy loyiha doirasida Guliston davlat universitetining Boyovut tumanida joylashgan Sitrqi bo‘limi hududida prorektor A.O'rozboqov, Sirtqi bo'lim boshlig'i M.Latipov boshchiligida professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlar tomonidan yangi tashkil etilgan “Ota-onalar” va “Ustozlar” bog‘iga mevali va manlazarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ham faol ishtorik etishdi.
☘️Umummilliy loyihada ko‘chat ekish tadbirlari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlarida ham davom etmoqda.
✈️/channel/gulduuz
#ilmiy_tadqiqot
Universitet rektori yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi
Guliston davlat iniversiteti rektori M.Xodjiyev universitet yosh olimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tadqiqotchilar oldida turgan vazifalar va takliflar yuzasidan fikr almashildi. Tadqiqotchilar uchun ilmiy ishlarini olib borishlarida yaqindan yordam berish qat'iy davom ettirilishi ta'kidlanib, tadqiqotchilarning takliflari joyida eshitilib, ijobiy hal qilindi.
✈️ @gulduuz
#xalqaro_hamkorlik
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va Biokimyo Ilmiy Tadqiqot Instituti direktori professor H.Qo’shiyev Xitoy davlatining Shang Don akademiyasida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligida o’tkazilgan forumida ishtirok etdi.
Forumda H.Qo’shiyev institutda olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning mintaqaviy muammolarning yechimidagi ahamiyati bo’yicha taqdimot qildi. Taqdimot ko’pchilikning qiziqishiga sabab bo’lib, Xitoy davlatining Shang Don Akademiyasi “ANALITICAL and TEST CENTER”i bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Ushbu shartnomaga ko’ra Guliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va Biokimyo Ilmiy Tadqiqot Instituti Shang Don akadimiyasi bilan hamkorlikda “Orolnining qurigan tubida o’simliklar qoplamini hosil qilish agrobiotexnologiyasini yaratish” loyihasini amalga oshirish bilan birga institut bazasida hamkorlikda mintaqaviy ahamiyatga ega bo’lgan “O’simlik va tuproq analizi hamda oziq-ovqat xavfsizligi” laboratoriyasi tashkil etiladi. Tashkilotlar o’rtasida o’zaro tajribalar almashish tizimi yo’lga qo’yiladi.
😎@gulduuz
#psixolog_xizmati
🌿Guliston davlat universiteti psixologi M.Karimova universitet sirtqi ta'lim talabalari bilan "Faoliyatga yo'nalgan motivatsiya" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tdi.
🌱Mashg'ulot davomida talabalar o'zlarida yashirinib yotgan ichki resurslarini amalda sinab ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishganligi sababli ularda vaziyatni tahlil qolish orqali ko'tarinki kayfiyatga erishildi.
@gulduuz
🙋♂️ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenjini Tabiiy fanlar fakulteti qabul qildi.
👍 Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim hamda tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
👍 Ushbu chellenjni davom ettirishni Filologiya fakultetiga topshirildi!
#guldu #stop_korrupsiya #chellenj #tabiiyfanlar
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
#besh_tashabbus #voleybol
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsum doirasida 2024-yil 22-oktabr kuni Guliston davlat universitetida sportning 🏐🏐🏐 voleybol turi bo'yicha talaba yigitlar o‘rtasida universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha universitet bosqichi g‘olibligini quyidagi jamoalar egallashdi.
🥇-o‘rin; Sport faoliyati
🥈-o‘rin; Filologiya
🥉-o‘rin; Axborot texnologiyalari va fizika-matematika
Sport faoliyati jamoasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida universitet shanini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
@gulduuz
🙋♂️ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenji e’lon qilindi.
👍 Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim hamda tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
👍 Ushbu chellenjni boshlab berish Tabiiy fanlar fakultetiga topshirildi!
#guldu #koordinatorlarfaoliyati #chellenj #tabiiyfanlar
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
#marifat_ulashib
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Diqqat!
Guliston davlat universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasining navbatdagi mavsumi boshlanmoqda.
@gulduuz
📺"Diyor yangiliklari"
🎥Ta'limdagi islohatlar
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (29.10.2024)
♻️Do‘stlarga ulashing👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
#trening
Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda dolzarb mavzuda seminar trening o'tkazildi
#seminar
#ixtiro_patent_model
🔹🔹🔹🔹
“Ixtiro va foydali model Talabnomasini tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayonini Patentlashga oid turli savollar” mavzusida seminar tashkil etildi
🏢 Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi bilan hamkorlikda “Ixtiro va foydali model Talabnomasini tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayonini Patentlashga oid turli savollar” bo‘yicha asosiy tushunchalar va amaliy tavsiyalar mavzusida seminar o‘tkazildi.
👨🏫 Guliston davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev moderatorligida o‘tkazilgan mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi direktori B.T.Sagdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘I S.A.Raxmonov, Ixtiro va foydali modellar bo‘limi boshlig‘I I.T.Abduqodirov, Ish faoliyatini tashkillashtirish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘I E.F.Nishonovlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.
📊 Unda “Intellektual mulk markazi” markazni tashkil qilishdan asosiy maqsadlar, mamlakatning intellektual mulk sohasidagi salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, intellektual mulk sohasida mutaxassislar bilim darajasini va ularni tayyorlash samaradorligini oshirish, omma o‘rtasida intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish, ixtirochilik faoliyatini rag‘batlantirish hamda ilmiy-texnik ijod, ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, foydali modelga va sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma shartlari, sanoat mulki obyekti ustuvorligi, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Vazirlikka birinchi bo‘lib topshirgan shaxsga tegishli bo‘lishi, ixtironing va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari, sanoat mulki obyektining huquq subyektlari, patent egasining sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqi hamda patent egasi mutlaq huquqining buzilishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌 @gulduuz
#talabaga_yengillik
Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:
➖bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
➖o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.
Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Bizni kuzating
#tayanch_doktorantura
#stajyor_tadqiqotchilik
📢 Guliston davlat universitetiga 2025-yil uchun Tayanch doktorantura (PhD) va stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun mutaxassislik fanlaridan sinov dasturlari va talabgorlarning bilimini baholash mezonlari
👉Tayanch doktorantura (PhD) bo‘yicha
👉Stajyor-tadqiqotchilik bo‘yicha
😎@gulduuz
#tanlov
#kitobxonlik
🟦🟦🟦
25.10.2024-yil kuni Guliston davlat unuversitetida talabalar o‘rtasida "Kitob mining do'stim" respublika ko‘rik-tanlovining ikkinchi fakultetlararo bosqichi o'tkazildi.
Ko‘rik-tanlovda 1 nafardan talabalar o'z fakulteti nomidan ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlov 3 ta shartdan iborat bo‘lib, barcha ishtirokchilar o'zlari tanlagan kitob bo'yicha chiqish qilishdi.
Hakamlar hay'atining natijasiga ko'ra Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti Matematika yo'nalishi 4-bosqich talabasi Qushbakova Kamola faxirli 1-o'rinni qo‘lga kiritib, mintaqaviy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
😎 @gulduuz
#talim_integratsiyasi
Guliston davlat universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri S.Tishlikov va kafedra professor o‘qituvchilari D.Abduraximov, A.Qudratov, J.Saidovlar tomonidan 25.10.2024 kuni Guliston agrotexnologiyalar texnikumida bo‘lishdi.
Unda texnikumning moddiy va o‘quv uslubiy ta’minoti o‘rganildi. O‘quv uslubiy ta’minotni boyitish uchun “Axborot texnologiyalari” kafedrasida nashr qilingan adabiyotlar va ularning elektron nusxalari taqdim qilindi.
“Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor o‘qituvchilari A.Qudratov va J.Saidovlar tomonidan “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi o‘quvchilariga “Axborot xavfsizligi” mavzusida master klass o‘tildi.
@gulduuz
🙋♂️ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenjini
Filologiya fakulteti qabul qildi.
👍 Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim hamda tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
👍 Ushbu chellenjni davom ettirish Raqamli iqtisodyot va innovatsiyalar fakultetiga topshirildi!
#guldu #stop_korrupsiya #chellenj #tabiiyfanlar
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
4️⃣4️⃣4️⃣
📱“Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi
⚡️Adliya vazirligi tomonidan tomonidan yaratilgan ushbu mobil ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
❓ Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
✅ Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
✅ Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
✅ Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYUU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔠 Huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchi va talabalarga tavsiya etiladi.
Yuklab olish:
App Store | Play Market
Bizni kuzating
#besh_tashabbus #voleybol
🖐"Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsum doirasida 2024-yil 23-oktabr kuni Guliston davlat universitetida sportning🏐🏐🏐 voleybol turi bo'yicha talaba qizlar o‘rtasida universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sportning voleybol turi bo‘yicha universitet bosqichi g‘olibligini quyidagi jamoalar egallashdi.
🥇-o‘rin; Sport faoliyati
🥈-o‘rin; Psixologiya va ijtimoiy fanlar
🥉-o‘rin; Filologiya
Sport faoliyati jamoasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida universitet shanini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
@gulduuz
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
✔️ 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan saylov munosabati bilan Guliston davlat universiteti talabalari orasida “Yurtim taraqqiyoti uchun ovoz beraman” shiori ostida so’rovnoma tashkil etildi.
👍 "Saylovda qatnashish - fuqarolik burchimizdir."
#kelajakuchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman #guldu #koordinatorlarfaoliyati
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
📌 #Diqqat
🔴 Hurmatli tomashabinlar, endi siz "Sirdaryo" telekanali orqali efirga uzatilayotgan barcha dasturlarni 18 soat davomida telegram kanalimiz orqali ham kuzatib borishingiz mumkin!
📡 @Sirdaryo_Mtrk
🙋♂️ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari tomonidan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” chellenjini Tibbiyot fakulteti qabul qildi.
👍 Huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan, huquqiy ta’lim hamda tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
👍 Ushbu chellenjni davom ettirish Tabiiy fanlar fakultetiga topshirildi!
#guldu #stop_korrupsiya #chellenj #tabiiyfanlar
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook