#psixolog_xizmati
Guliston davlat universiteti psixologi M.Karimova tomonidan Axborot texnologiyalar fakultetining 1- kursga qabul qilingan talabalari bilan G.Yu.Ayzenkning "Temperamentni o'rganish" testi olinishiga start berildi. Test olinishidan oldin talabalarga Temperament – odamning individual xatti-harakatlarini ifodalab turuvchi tug‘ma va turg‘un psixofiziologik xususiyatlar yig‘indisi.
Barcha temperament vakillari ichida iqtidorli va iqtidorsiz, ilmli va ilmsiz, vijdonli va vijdonsiz kishilarni uchratish mumkin ekanligi tushuntirildi,har qanday temperament vakillari bilan faoliyatga yo'nalgan natijadorlikka erishish mumkinligi aytib o'tildi.
@gulduuz
#profilaktika
#psixolog_xizmati
TTJda profilaktika tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 6-iyundagi 3/’21-QQ-sonli “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishni yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ilovasiga binoan, Guliston Davlat universiteti XQMB inspektori S.Tursunboyeva hamda universitet psixologi M.Karimovalar tomonidan 2-TTJda istiqomat qiluvchi talaba qizlarning yashash sharoitlari o’rganildi.
O’rganish davomida bir xonada yashovchi qizlarga o’zaro hamjihatlikda va ahillikda yashashlari, bir birlarining buyumlarga xiyonat qilmasliklari va buning oqibatida turli xil ma’muriy jinoiy huquqbuzarliklar kelib chiqish oqibatlari tushuntirib o’tildi. Talabalarni o’zaro bir birlariga ma’sul ekanliklari haqida aloxida ta’kidlab o’tdilar, shu bilan bir qatorda, talabalarga:
- TTJ ichki tartib qoidalariga bo’ysuntshlari
- har qanday turdagi huquqbuzarlik sodir etmaslik;
- tazyiq va zo‘ravonlik, tamagirlik holatlariga duch kelishganda xabar qilishlari hamda bir qator dolzarb mavzular muhokama qilindi. Talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kerakli javoblarni olishdi.
✈️ @gulduuz
Axborot 24 | 21-oktabr - O`zbek tili bayrami kuni
#21oct #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#psixolog_xizmati
#trening
🧠 2024-yil 19-oktabr kuni Guliston davlat universiteti psixologi M.Karimova universitet talabalari bilan bilish jarayonlari bilan ishlashda qo'llaniladigan amaliy mashg'ulot olib bordi.
💡 Bilish jarayonlari-inson ruhiyatining tarkibiy qisimlari bo'lib , shaxsning psixologik xususiyatlarini (temperament tiplari, xarakter, qobiliyat) tarkib topishida asosiy rol o'ynaydi.
😎@gulduuz
✔️ 🟦🟦🟦
Guliston davlat universiteti talabalari ishtirokida tayyorlangan videochellenj…
#kelajakuchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman #guldu #koordinatorlarfaoliyati
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
✔️ 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan Saylovda ishtirok etish uchun Guliston davlat universiteti talabalari tayyor. Sizchi ?
#kelajakuchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman #guldu #koordinatorlarfaoliyati
👍Bizni kuzatishda davom eting!
👍Telegram |
👍Instagram |
👍 Facebook
🟩🟩🟩🟩
#tayinlov
Dotsent Sultanov Shuxratjon Nurmaxamatovich Guliston davlat universitetining Sport faoliyati fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
@gulduuz
🟩🟩🟩🟩
#tayinlov
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Taniberdiyev Akmal Abdug'aniyevich Guliston davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani lavozimiga tayinlandi.
@gulduuz
#SAYLOV2024
👨💻👩💻🧠
✔️ 2024-yil 27-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo'lib o'tadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 18-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetida professor-o'qituvchilar hamda texnik xodimlar ishtirokida aralash saylov tizimi bo'yicha o'quv -seminar trening tashkil etildi.
✅ Mazkur o'quv-seminarida ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligida ilk bora aralash tizim, ya’ni mojaritar va proporsional saylov tizimlari to'g'risida, ularning farqlari va afzalliklari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
✈️ @gulduuz
#SAYLOV2024
Ma'lumki, 2024-yil 27-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo'lib o'tadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 17-oktabr kuni Guliston davlat universiteti "Psixologiya va ijtimoiy fanlar" fakultetida professor-o'qituvchilar hamda texnik xodimlar ishtirokida aralash saylov tizimi bo'yicha o'quv -seminar treninggi tashkil etildi.
O'quv-seminarda ishtirokchilarga mojaritar va proporsional saylov tizimlari to'g'risida, ularning farqlari va afzalliklari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
@gulduuz
#SAYLOV2024
🇺🇿 SAYLOV - DEMOKRATIYA KOʻZGUSI
✅ 2024-yil 17-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakultetida “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
📝Tadbirni Filologiya fakulteti dekani D.Turdibayev kirish so‘zi bilan ochib berdi. D.Turdibayev proporsional saylov tizimi tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida tushunchalar berdi. So‘ngra soha mutaxassislari tomonidan kengroq tushunchalar berildi. Savol-javob tariqasida o‘tkazilgan davra suhbatida talaba-yoshlar keng taassurotlarga ega bo‘lishdi.
❕YODDA TUTING!
Majoritar saylov tizimida ko‘p ovoz olgan nomzod muayyan okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi.
✈️@gulduuz
#SAYLOV2024
🔰 Oʻzbekiston parlament saylovi
Oʻzbekistonda 2024-yil 27-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi. Shu monosabat bilan Guliston davlat universitetida ham targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
2024-yil 17- oktabr kuni Universitet Madaniyat saroyida "Yosh saylovchi" targ‘ibot va tashviqot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
@gulduuz
#SAYLOV2024
#chellenj
✅ Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabalari tomonidan "Saylov-2024" chellenjiga start berildi
🔗 @gulduuz
#guldu #chellenj #Stop_korrupsiya
🎗Guliston davlat universiteti #stop_korrupsiya chellenjini davom ettirmoqda.
🕊@gulduuz
#talim_integratsiyasi
🔹 21.10.2024 kuni Guliston davlat universiteti "Buxgalteriya hisobi va moliya" kafedrasi professor-o‘qituvchilari "Guliston agrotexnologiyalar" texnikumida tashkil qilingan kafedra filialida bo‘lishdi. U yerda texnikum professor-o‘qituvchilari va “Buxgalteriya hisobi” ta’lim yo‘nalishi talaba-yoshlari bilan birgalikda davra suxbati tashkil etildi. Davra suxbatida talaba-yoshlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kengroq ma’lumotlar berildi:
🔹Prezidentimiz 2019 yil 6-sentyabrdagi PF-5812 son farmoni va Vazirlar maxkamasining 2022 yil 11-yanvardagi dagi 17-son qarori "Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish” tartibi haqida;
🔹Universitet va texnikum o‘rtasida o‘quv, ilmiy soxada hamkorlik ishlarini yanada rivojlantirish, birgalikda darslik, o‘quv qo‘llanmalar hamda ilmiy moqala va tezislarni tayyorlash va nashrdan chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi;
🔹 Talaba-yoshlarga faqatgina nazariy bilimlar bilan cheklanib qolmasdan zamonaviy dasturlar "1C dasturi", “Uzasbo”dan foydalanishni yo‘lga qo‘yish, ular haqida malumotga ega bo‘lish;
🔹Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga professor-o‘qituvchilar tomonidan yetarlicha javob olishdi.
😎@gulduuz
#OAV
#UzA
#til_bayrami
📺📺
OAV biz haqimizda...
✉️ 2024-yil 21-oktabr kunli Guliston davlat universitetida "O'zbek tili bayrami" kuniga bag'ishlab o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir to'g'risida Oʻzbekiston Milliy Axborot Agentligi (UzA) rasmiy veb sahifasida “Til--millat mulki, boyligi" mavzusida tahliliy maqola chop etildi.
🔗Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin:
👉 https://uza.uz/oz/posts/til-millat-mulki-boyligi_648121
✈️@gulduuz
#21oktabr
#til_bayrami
🖌 Qadring baland bo‘lsin-ona tilim!
2024-yilning 21-oktabr sanasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “21-oktabr-O‘zbek tili bayrami” kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy va badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori professor M.Xodjiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi J.Abdullayev “O‘zbek tilining taraqqiyoti va Davlat maqomiga ega bo‘lishi” mavzusida chiqish qildi.
Bayram tadbirida muvaffaqiyatlarga erishgan bir guruh talaba-yoshlar bayram sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirning badiiy qismida universitetning ijodkor talaba-yoshlari tomonidan kuy-qo‘shiqlar va she’rlar ijro etilib, sahna ko‘rinishlari va milliy raqslar namoyish etildi.
🔗 @gulduuz
🇺🇿 Til–millat ko‘zgusi, millat ruhidir!
📝 1989-yil,21-oktabr o‘zligimiz, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rnimiz borligining kafolati bo‘lgan ona tilimiz–o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun Ya’ni,o‘zligini,o‘z tilini asrash yo‘lida jonini fido qilgan ne-ne allomalarimizning orzulari ro‘yobga chiqqan kun!
🙋 Har bir millatning iftixori,gʻururi – uning oʻz milliy tili ekanligi azaldan eʼtirof etiladi. Zero,har bir xalq oʻz tilining ijodkoridir. Bugun avlodlar oldida tilimiz sofligi va kamoloti uchun barchamiz birdek ma’sulmiz.
🎉 Aziz yoshlar sizlarni,O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti jamoasi 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy qutlaydi. Bu quvonchli kun barchamizga muborak bo‘lsin! Ona tilimizning rivoji uchun munosib hissa qo‘shaylik!
🔺Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram |
📱Instagram |
📱Facebook
#Guldu #korgazma #ustozshogird
🇺🇿 Guliston shahar Ma’naviyat-ma’rifat markazida o’tkazilgan “O’zbekiston qadriyatlar maskani” nomli ustoz-shogird an’analariga bag’ishlangan ko’rgazma uchun maxsus videorolik…
🔺Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram |
📱Instagram |
📱Facebook
Тил – миллат кўзгуси
Сирдарё вилояти божхона бошқармасида яқинлашиб келаётган буюк сана – 21 октябрь – Ўзбек тили байрами куни муносабати билан маънавий-маърифий тадбир ташкил қилинди.
Тадбирда Алишер Навоий номидаги Тошкент Давлат ўзбек тили ва адабиёти университети ҳузуридаги давлат тилида иш юритиш асосларини ўқитиш ва малака ошириш маркази Сирдарё вилояти ҳудудий бўлинмаси раҳбари, доцент Ҳамид Ёдгоров иштирок этиб, ўзбек тилининг этимологияси, ижтимоий-сиёсий доирадаги роли тўғрисида сўзлади.
Инсон учун киндик қони томган Ватани, дунёга келтириб вояга етказган ота-онаси қанчалик азиз ва мукаррам бўлса, унинг ўзлиги ва маънавий оламини белгилайдиган она тили ҳам шунчалик қадрли ва мўътабар эканлиги таъкидланди.
Сўнгги йилларда мамлакатимизда ўзбек тилини ривожлантириш, унинг ҳаётимиздаги ўрни ва таъсирини ошириш борасида янги бир давр бошланганлиги борасида фикрларини билдирди.
#SAYLOV2024
✔️ Ma'lumki, 2024-yil 27-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, hamda Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylovlar bo'lib o'tadi. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-oktabr kuni Guliston davlat universiteti "Psixologiya va ijtimoiy fanlar" fakultetida 2-bosqich talabalariga aralash saylov tizimi bo'yicha o'quv-seminar treninggi tashkil etildi. O'quv-seminarda o'qituvchilar Sh.Ma'rupof va M.Samatovalar tomonidan talabalarga mojaritar va proporsional saylov tizimlari to'g'risida, ularning farqlari va afzalliklari yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi.
@gulduuz
#korgazma
⚜️ Oʻzbekiston qadriyatlar maskani
🏦 Avval xabar berganimizdek, 18-oktabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi tomonidan Axborot kutubxona markazida Guliston davlat universiteti “Sanʼatshunoslik” fakulteti oʻqituvchisi-rassom Shaymurodov Taxir Zamanovich va rangtasvir yoʻnalishi talabalari ijodiy ishlarining “Oʻzbekiston qadriyatlar maskani” nomli “ustoz-shogird” anaʼnalariga bagʻishlangan koʻrgazmasi tashkil etildi.
⭐️ Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi A.Maxmudaliyev ishtirok etib, musavvirlar ishlari bilan yaqindan tanishdi.
🫥 Koʻrgazmada 100 ga yaqin nodir asarlar joy olgan boʻlib, yigʻilganlar orasida katta qiziqish uygʻotishdi.
🚀@gulduuz
#OAV
#UzA
📺📺
OAV biz haqimizda...
✉️ 2024-yilning 16-17-oktabr kunlari Guliston davlat universitetida “Filologiya istiqbollari va chet tillarini oʻqitishning amaliy imkoniyatlari" mavzusida oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumani toʻgʻrisida Oʻzbekiston Milliy Axborot Agentligi (UzA) rasmiy veb sahifasida tahliliy maqola chop etildi.
🔗Maqola bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin:
👉 https://uza.uz/oz/posts/filologiyaga-doir-xalqaro-ilmiy-amaliy-anjuman_646794
✈️@gulduuz
Ma'lumki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi PQ-270-son qaroriga koʻra, oktabr oyida mamlakatimizda “Siyosiy qatagʻonlarni yod etish haftaligi” deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yilning 17-oktabr kuni Guliston davlat universiteti “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakultetida “Xotira abadiy-qadr muqaddas” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yangiyer bo'linmasi boshlig'i A.Abduqodirov hamda Din ishlari bo'yicha qo'mita xodimi Sh.Eshonqulovlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
@gulduuz
#SAYLOV2024
2024-yil 17-oktyabr kuni Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetida "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis hamda mahalliy Kengashlarga deputatlik sayloviga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar va oldingi saylovdan farqlar to‘g‘risida o‘tiladigan seminar-trening reja-grafik jadvali" asosida Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Boyovut tumani bo'limi hamkorligida davra suxbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda fakultet dekani Akmal Taniberdiyev hamda hamkor tashkilot rahbari Asqarali Odilovlar - "Proporsional, majoritar va aralash saylov tizimi tushunchasi va uning o'ziga xos xususiyatlari" to'g'risida saylovoldi tushunchalar berishdi.
Talabalar qiziq va zarur bo'lgan hamda tushunmagan savollariga munosib javoblar olishdi.
@gulduuz
4️⃣4️⃣4️⃣
📢Ertaga 18-oktabr sanasida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining a'zosi, Guliston davlat universiteti, "San'atshunoslik" fakulteti, "Amaliy san'at va dizayn" kafedrasi o'qituvchisi, rassom Shaymuradov Taxir Zamonovich va universitetimizning Rangtasvir (dastgohli) ta'lim yo'nalishi talabalari tomonidan "Ustoz-shogird" an'analariga bag'ishlangan "O'zbekiston qadryatlar maskani" nomli ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.
📍Manzil: Guliston shahar, "Taraqqiyot" MFY, O'zbekiston shox ko'chasi, 8-uy.
Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi binosi, 2-qavat.
📎 @gulduuz
#besh_tashabbus #mini_futbol
🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" 2-mavsum doirasida 2024-yil 16-oktabr kuni Guliston davlat universiteti talabalari o'rtasida sportning ⚽️⚽️⚽️ mini-futbol turi bo'yicha talabalar o‘rtasida universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Sportning mini-futbol turi bo‘yicha universitet bosqichi g‘olibligini quyidagi jamoalar egallashdi.
🥇-o‘rin; Sport faoliyati
🥈-o‘rin; Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar
🥉-o‘rin; Tabiiy fanlar
Sport faoliyati jamoasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan viloyat bosqichida universitet shanini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.