#yangi_oquv_yili
🎥 Guliston davlat universiteti yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy masalalar bo'yicha 1- prorektori Faxriddin NIYAZOV: Guliston davlat universiteti yangi o'quv yiliga tayyor!
@gulduuz
#mustaqillik_darsi
🎥 "Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari"da akademik, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi S.S.Gulyamov ma'ruzasidan videolavha
🌐 @gulduuz
Олийгоҳларда янги ўқув йилига старт берилди
Бугун Гулистон давлатт университетида янги ўқув йили бошланиши муносабати билан «Бир бўлсак - ягона халқмиз, бирлашсак - Ватанмиз!» шиори остида тадбир бўлиб ўтди.
Шунингдек, олийгоҳнинг фаолллар залида "Нажот таълимда, нажот тарбияда, нажот билимда" номли мустақиллик дарслари ўтказилди. Унда малакали профессор-ўқитувчилар университетга илк қадам қўйган талабалар учун маъруза ўқидилар.
https://youtu.be/muKCvWjtifE?si=iZcBq0Kr5T-eADok
#mustaqillik_darslari
Yangi 2024-2025 o‘quv yili “Mustaqillik darslari" bilan boshlandi
Yangi o‘quv yili “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.
Universitet rektori, akademik S.Gulyamov, prorektorlar va malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan darslarda mustaqillikning tarixiy mohiyati, uni qo‘lga kiritish uchun kurashgan, ozod va obod vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘tgan 33 yillik tariximiz davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, tarixiy natijalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi kabi mavzularda talabalar bilan suhbatlar, savol-javoblar, mulohazalar olib borildi.
🚀 @gulduuz
🟦🟦🟦🟦🟦
🙋♂️ Guliston davlat universiteti Yoshlar kengashi jamoasi sizni o'z safiga chorlaydi!
😎 Sizda liderlik qobiliyati bor, ammo uni qanday rivojlantirishni bilmayapsizmi?
🔔 Unda sizni Guliston davlat universiteti Yoshlar kengashi yo’nalish hamda fakultet koordinatorligiga taklif etamiz!
❌ Bu sizga nimalar beradi?
-Quvnoq va lider yoshlardan iborat jamoa bilan ishlash, do'stlar orttirish;
- O'z ustingizda ishlab, o'zingizdagi yetakchilik qobiliyatini rivojlantirish;
- Viloyat va Respublika miqyosida tashkil etiladigan loyihalarda bevosita ishtirok etish;
- Shuningdek, o'z ustingizda ishlash barobarida oylik maosh olishingiz ham mumkin.
🫥 Kimlar jamoa a'zosi bo'lishi mumkin?
⚙️ Liderlik qobiliyatiga ega, jamoa bilan ishlashda kirishimli bo'lgan GulDU talabalari va magistrantlari jamoa a'zosi bo'lishlari mumkin.
✅ Agar taklifimiz sizni qiziqtirgan bo’lsa, koordinatorlarimizni saralash uchun ochilgan maxsus guruxga murojaat qiling .....
#guldu #koordinatorlarfaoliyati #elon
📍 Bizni kuzatishda davom eting!
🌐Telegram |
🌐Instagram |
🌐Facebook
#eslatma #ijara_kompensatsiya
⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasini targ‘ib etishga qaratilgan videoroliklar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovga taqdim etiladigan videoroliklar quyidagi talablarga asosan shakllantirilishi lozim:
➖ nizomda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi;
➖ kreativ yondashilgan bo‘lishi;
➖ muhandislik yo‘nalishida to‘liq tushuncha bera olishi lozim.
🔖 TANLOV NIZOMI👈
Tanlov yakuni bo‘yicha g‘olib deb topilgan 5 nafar ishtirokchi quyidagi miqdorda pul mukofotlari va maxsus sertifikat bilan rag‘batlantiriladi:
1️⃣-o‘rin - 30 million so‘m;
2️⃣-o‘rin - 25 million so‘m;
3️⃣-o‘rin - 20 million so‘m;
4️⃣-o‘rin - 15 million so‘m;
5️⃣-o‘rin - 10 million so‘m.
Shuningdek, tanlovda faol ishtiroki uchun 6-10-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar ham qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
📩 Ariza yuborish uchun havola: https://forms.gle/k2J1ySLDuw4Hmn5g7
Tanlovga arizalar 2024-yilning 5-sentyabridan 25-sentyabr kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Bizni kuzating
#yоshlar_bilan_ishlash
🏦Mahalla yoshlari bilan ishlar davom etmoqda
🫥Bugun Guliston davlat universiteti rektori, professor M.T.Xodjiyevga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Nurafshon” hamda “Bog‘iston” MFYda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🫥Universitet rektori har bir yosh bilan birma-bir muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rganib chiqdi. Uchrashuvda shu mahallada istiqomat qiluvchi universitetning xorijiy filologiya ta'lim yo'nalishi talabasi Sevinch Axmedovaga universitet rektori tomonidan ingliz tilida chop etilgan kitoblar to'plami sovg'a qilindi.
🫥Muloqot vaqtida yoshlar va ularning ota-onalari tomonidan oliy ta'limga o'qishga kirish bo'yicha tegishli fanlardan repetitor xizmatiga ehtiyojlari borligini, kelajakda IELTS xorijiy til sertifikati bo‘yicha imtihon topshirish niyatlari ham borligini ma'lum qilishdi.
🫥Rektor M.Xodjiyev tomonidan mahalla yoshlariga malakali repetitorlar xizmatini hamda ingliz tilidan bepul o‘quv kurslarini tashkil etish uchun mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🫥Universitet rektorining MFY yoshlari bilan ishlar davom etmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
#birinchi_qongiroq
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi!
🔔 4-sentabr sanasida yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida yangi-2024/2025 o’quv yili boshlandi. Guliston shahrida joylashgan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham yangi o‘quv yilining rasmiy ochilishiga bag’ishlab “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri hamda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi. Tadbirda 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg’asi” tarqatilib, 1-qo‘ng‘iroq ovozi yangradi.
🌱 Unda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev ishtirok etib, bayram nutqini so‘zladi hamda o‘quvchilarga “Mustaqillik darsi” doirasida jonajon diyorimizning 33 yillik davrida erishilgan yutuqlar, Uchinchi Renessansni bunyod etish yo‘lida ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
✈️ @gulduuz
#super_kontrakt #so‘ragan_edingiz
⚡️“Super” kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
🔹oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
🔸moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari bu yerda👈
Bazaviy kontrakt miqdorlari bu yerda👈
❗️Eslatma: shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Bizni kuzating
#Prezident_tabrigidan
Muammolarimizning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat TAʼLIMda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham TAʼLIM va TARBIYADIR.
Bizni kuzating
#Qabul2024
#5yillik_stajga_ega_bolganlar
👍👍👍👍👍
📢Qabul 2024: Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tavsiyanoma ega bo‘lgan abituriyentlar bilan 2024-yil 30-avgust kuni o'rkazilgan suhbat natijalari
Sirtqi ta'lim shakli bo'yicha 👇
👉 Iqtisodiyot
👉 Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
👉 Menejment
👉 Psixologiya
👉 Sport faoliyati: Futbol
👉 Sport faoliyati: Kurash
👉 Tarix
✈️ @gulduuz
#Qabul2024
#5yillik_stajga_ega_bolganlar
👍👍👍👍👍
📢Qabul 2024: 5 yil ish stajiga va tavsiyanomaga ega bo'lgan abituriyentlar diqqatiga!
📍 Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga va tavsiyanoma ega bo‘lgan abituriyentlar bilan suhbat 2024-yil 30-avgust kuni soat 10:00 da universitet Bosh binosida bo'lib o'tadi
✈️ @gulduuz
#talabaga_qulaylik
Men oʻqishga kirsam qayerda turaman?
❓ Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Yurtimizning boshqa hududlaridan o'qishga kirgan talabalar uchun turar-joy topish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki oliy taʼlimga talabalar qamrovining oshgani sayin yotoqxonaga boʻlgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.
✅Guliston davlat universitetida bu borada ijobiy yechimlarga erishilmoqda.
🏢 Bugungi kunda oliy taʼlim muassasasining 4 ta talabalar turar-joyi quvvati 2094 oʻringa moʻljallangan boʻlib, mazkur koʻrsatkich mavjud ehtiyojni qoplash imkonini bermoqda.
📢 Bundan tashqari, universitetda tashkil qilingan “Talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi"da talabalarning yotoqxona va ijara xonadoni bilan bogʻliq muammolari masʼullar tomonidan tezkorlik bilan ijobiy hal etilmoqda.
⚠️ Maʼlumot uchun: universitet yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali elektron ariza yuborish mumkin.
😎 @gulduuz
#bilasizmi #eslatma
📹 Magistraturaga o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
✅ #Olimlar_minbari
#26.08–07.09.2024
📰 Olimlar hamda professor-o‘qituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Dillarda istiqlol shukronasi” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“O‘zbekistonning iqtisodiy mo‘jizasi: yangi bosqichga qadam” — Muhsin HOJIYEV, Guliston davlat universiteti rektori, professor;
“Bilim va salohiyat yangi O‘zbekiston kelajagini barpo etishda ikki muhim omil” — Sherzod NE’MATOV, Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Har birimizdan g‘ayrat-shijoat talab etadigan muhit” — Azizbek HASANOV, Termiz davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Patentlangan mahsulot. Nega hammasi ham davomli ishlab chiqarilmaydi?” — Shavkat HASANOV, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rektori, professor;
«Исторический процесс в узбекистано-азербайджанских отношениях: от стратегического партнерства к альянсу» — Баходиржон Шермухаммадов, ректор Ферганского государственного университета, профессор;
“Ilmiy faoliyatda jamoaviylik” — Barno ABDULLAYEVA, Toshkent davlat pedagogika universiteti prorektori, professor;
“Azim Xorazm bu, qadim Xorazm ma’rifat va san’at o‘lkasi” — Sayyora TOʻYCHIYEVA, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti professori;
“Deputatlikka nomzod qanday talablarga javob berishi kerak” — Abrorjon OTAJONOV, Toshkent davlat yuridik universiteti professori;
“Ta’lim islohotlari va jamiyat taraqqiyoti - ularning uyg‘unlashuvi pirovard maqsadlarimizga yetkazadi” — Abdurahim ERKAYEV, Qarshi davlat universiteti professori;
«Великий поэт, наставник, гуманист» — Жыгагул ТАСПАНОВА, доцент Каракалпакского государственного университета имени Бердаха;
«День независимости Узбекистана: праздник свободы и единства» — Махмуда КУЧКАРОВА, доцент Ферганского государственного университета;
«Быть достойными великих предков» — Азалшох ХАМРОЕВ, директор Мемориального музея жертв репрессий Бухарского государственного университета, доцент;
«Немецкий язык мост к новым достижениям» — Сурайё ХАМРАХОДЖАЕВА, старший преподаватель Ташкентского государственного экономического университета.
Bizni kuzating
9-14 сентябрь - “Хон атлас ҳафталиги”
Ҳафталикни ўтказишдан мақсад:
✅ Ўзбек халқининг асрлик ўтмиш маданияти, урф-одат ва анъаналари, диди, эстетик қарашлари шунингдек, ташқи қиёфа, либос борасида ўзига хос хусусиятларини намойиш этиш;
✅ барча тоифадаги хотин-қизлар, уй бекалари, ўқувчи-талаба қизлар, ёш келинлар, турли ташкилотларда фаолият кўрсатаётган ходимлар ўртасида миллий қадриятларни тарғиб этиш, уларнинг кийиниш услубини янада такомиллаштириш, кийиниш маданиятига янги услуб ва тамойилларни тавсия этиш;
✅ миллийлик ва замонавийлик, маҳаллий ва бадиий жиҳатлар уйғун бўлган, шунингдек, миллий мерос даражасидаги либосларни кенг тарғиб қилиш;
✅ ёш авлодда миллий ғурур ҳиссини уйғотиш, маданий илдизларига бўлган ҳурмат ва қизиқишни кучайтириш, шунингдек миллий урф-одат ва анъаналар билан бирга умуминсоний ахлоқ қоидаларини, умумеътироф этилган дид ва эстетик қарашларни шакллантириш;
✅ ўзбек миллий шойи матолари – атлас ва адрасни тайёрлаш технологияси ЮНEСКО номоддий маданий меросни муҳофаза қилиш бўйича илғор тажриба рўйхатига киритилганини тарғиб этиш;
✅ дизайн санъати ва миллий саноат ҳамда соҳада ёш кадрларни тайёрлаш, шунингдек, бугунги кунда либослар тарғиботи, савдоси билан боғлиқ йўналишлардаги ютуқ ва камчилик ва муаммоларни муҳокама қилиш.
✅РАСМИЙ АХБОРОТ ХИЗМАТИ
🕊Telegram | 🌐web-Site |🕊RU
#bilimlar_kuni
#yangi_oquv_yili
🎥 Guliston davlat universitetida yangi 2024/2025-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida o'tkazilgan bayram tadbiridan videolavha
📌 @gulduuz
#yangi_oquv_yili
Guliston davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
2024-yilning 9-sentabr kuni Guliston davlat universitetida Yangi 2024/2025-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T.Xodjiyev ochib berdi va tabrik nutqini so‘zladi. Universitet rektori tabrik so‘zida barcha rprofessor-o‘qitvuchilarni, talaba-yoshlar va ota-onalarni jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklab, 2024/2025-o‘quv yilida universitet jamoasining maqsad va vazifalari haqida qisqacha fikr bildiri.
Tadbir davomida akademik S.Gulyamov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir Alisher Nur, universitet prorektorlari va jamoatchilik vakillari ham tabrik so‘zlari bilan ma’ruza qilishdi.
🚀 @gulduuz
#kengash
⚜️Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlandi
⏺2024-yilning 6-sentabr sanasida Gulsiton davlat universiteti Kengashining yangi-2024/2025 o‘quv yilidagi ilk majlisi "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!" shiori ostida kengaytirilgan tarzda o‘tkazildi. Mazkur tadbirni universitet rektori, Kengash raisi M.Xodjiyev ochib berdi va olib bordi. Kengash raisi kirish so‘zida jamoani Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz-Mustqilligimizning 33 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
⏺Shundan so'ng yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. O'tgan o'quv yilida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, 2024/2025-o‘quv yilida o‘quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda moddiy-texnik bazani yanada yaxshilash yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
⏺Kun tartibidagi masalalar yuzasidan prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va tajribali professor o‘qituvchilar ham so‘zga chiqishib o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
🚀 @gulduuz
Yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻzdan kechirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 15-maydagi 147-son buyrugʻi bilan vazirlik huzurida Taʼlim-fan kengashi tashkil etilgan boʻlib, mazkur kengash aʼzolari tomonidan respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalarining yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holatlari oʻrganilmoqda.
Rejaga koʻra bugun 5-sentabr kuni Norqulov Shoxzodbek Samandar oʻgʻli tomonidan Guliston davlat universiteti oʻquv auditoriyalari, laboratoriyalar, talabalarning turar joylari koʻzdan kechirilib, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik holati oʻrganildi.
✈️@gulduuz
#seminar
Uslubiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan seminar oʻtkazildi
Guliston davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori D.Turdiboyev boshchiligida yangi oʻquv yilida oʻquv va uslubiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan seminar oʻtkazildi. Seminarda baholash mezoni, talaba mustaqil ishlarini tashkil etish, HEMIS raqamli taʼlim platformasida joriy qilingan oʻzgarishlar boʻyicha tushuntirishlar berildi.
Bunda asosiy eʼtibor uslubiy ishlarni toʻliq raqamlishtirilgan holda tashkil etish va ish yuritilishiga qaratilib, sohaga joriy qilinayotgan yangilik va oʻzgarishlar yuzasidan namunaviy ishlanmalar taqdim qilindi.
Seminar fakultetlar kesimida davom etmoqda.
😎 @gulduuz
#malaka_oshirish #HR
OTMlarning 111 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari malakasi oshirildi
19–22 va 26–29-avgust kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Mehnat shartnomalarini tuzish va xodimlar bilan ishlarni tashkil etish” bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kursning asosiy maqsadi oliy ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan kadrlar xizmati xodimlarining mehnat sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarini zamonaviy standartlar asosida rivojlantirish bo‘ldi.
O‘tkazilgan I va II chaqiruv kurslarida oliy ta’lim muassasalarining 111 nafar kadrlar bo‘limi boshliqlari jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 71 nafar, Toshkent shahridan 31 nafar, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlardan 9 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Dars mashg‘ulotlariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining yuqori malakali ekspertlari jalb etilib, ishtirokchilar elektron o‘quv-metodik materiallar paketi bilan ta’minlandi.
Maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining sertifikatlari topshirildi.
Bizni kuzating
#raqamlashtirish #talabaga_qulaylik
⚡️Endi talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza berishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
24-sentyabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
Bizni kuzating
#mustaqillik
#33yil
#bayram_soni
"YOLG'IZ DARAXT" QISSASI
Guliston davlat universitetining "O'zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi magistranti Yorqinjon Hayitboyev "Assalom, O'zbekiston" ko'rsatuvining bugungi bayram sonida ishtirok etdi.
Suhbat adabiyot, kitobxonlik, magistraturaga qabul bo'yicha tashkil etilgan bo'lib, magistrimiz tomonidan she'rlar ham ijro etilgan.
Suhbatning to'liq shaklini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtube.com/watch?v=iCP2VRwOmho&si=_LE2O2q4ra1P0pJ6
#dayjest
🟦🟦🟩🟩
⚡️Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning "O'zbekistonning iqtisodiy mo''jizasi: yangi bosqichga qadam" nomli maqolasi Xalq so'zi gazetasining 2024-yil 29-avgust sanasidagi №176 (8799)-sonida chop etildi.
😎 /channel/gulduuz
#super_kontrakt
2024/2025-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktyabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating