"Dolzarb 30 kun" tadbirlari boshlandi
Bugun, 1-iyul kunidan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq respublikamiz hududida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbirlari boshlandi. Ushbu tadbir 1-avgust kuniga qadar davom etadi.
Hurmatli fuqarolar!
Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
👍👍👍👍👍
#qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Guliston davlat universitetida o'tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanalari jadvali
🚀/channel/gulduuz
🗞 Саккиз йилда ҳаётимни ўзгартирган саккиз ислоҳот
Сирдарёлик ёш ижодкор "Мард ўғлон" Давлат мукофоти билан тақдирланган ҳамда "Ёш китобхон" ғолиби, Президент совғаси "Спарк" соҳиби бўлган Ёрқинжон Ҳайитбоевнинг республика нашри "Янги Ўзбекистон" газетасида "Саккиз йилда ҳаётимни ўзгартирган саккиз ислоҳот" номли мақоласи чоп этилибди ☺️👍👇
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Pahlovon Mahmud)ga nomzodlar tanlovining Chet:tili fanidan imtixon sinovi natijalari.
Читать полностью…Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab, kollej, texnikum oʻquvchilarini kasbga oʻrgatib, ish berayotgan tadbirkorlarning bu xarajatlari soliq bazasidan chegirib tashlanadi. Oʻquvchilarga daromad soligʻi va ijtimoiy soliq 1 foiz qilib belgilanadi.
Bundan keyin ham qizlarning taʼlim olishi, daromad topishi, sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar davom ettirilishi taʼkidlandi.
Jumladan, ogʻir sharoitga tushib qolgan uy-joyga muhtoj qizlar uchun 1 xonali ijtimoiy uylar quriladi. Ular ishga joylashib, oyoqqa turib olgunga qadar, ushbu uylarda 3 yil davomida bepul yashashi mumkin boʻladi.
Hokimlarga ijtimoiy uylarning namunaviy loyihasini qilib, qurilishni boshlash topshirildi.
Sogʻligi tufayli ishga qatnay olmaydigan qizlarning yashab turgan xonadonida masofaviy ish bilan taʼminlash choralari koʻriladi. Bundan tashqari, uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi.
Bizni kuzating
Har bir viloyatdagi bittadan Barkamol avlod markazida “Kreativ sanoat parklari” tashkil qilinadi. Ularga IT park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar beriladi.
“Kreativ sanoat parklari” oliygohlar va yirik ishlab chiqaruvchilarga biriktiriladi. Bu parklar yosh tadbirkorlar, ilm va biznes o‘rtasida muloqot maydonchasi bo‘ladi.
Jamg‘arma bu yerdagi yoshlarning startaplariga uch yilga 100 million so‘mgacha ssuda beradi.
Ushbu yosh tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish va aylanma uchun keyinchalik 100 million so‘m imtiyozli kredit beriladi.
“Kreativ sanoat parklari”ni rivojlantirish uchun bu yilni o‘zida 10 million dollar yo‘naltiriladi.
Shuningdek, 2–4-oktabr kunlari Toshkent shahrida Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha To‘rtinchi butunjahon anjumani o‘tkaziladi.
Tadbir kuniga qadar kreativ industriyani rivojlantirish bo‘yicha qonun qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bizni kuzating
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi.
Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi.
Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi.
Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
Bizni kuzating
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.
Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
no comment | «II Xalqaro maqom san’ati anjumani»ga tayyorgarlik
#27june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#nomdor_stipendiya
📹
Guliston davlat universitetida “Axborot texnologiyalari” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga imtihon jarayonlari o‘tkazilmoqda.
✈️/channel/gulduuz
UzreportTV | «Yoshlar oyligi»: rahbar va yoshlar uchrashuvi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov GulDU talabasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi.
#qabul2024
#abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Bizni kuzating
#nomdor_stipendiya
📹
Guliston davlat universitetida"O'zbekiston tarixi" fanidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga imtihon jarayonlari o‘tkazilmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
2024-2025-o'quv yili uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalari nomzodlariga O‘zbekiston tarixi, Chet tili va Axborot texnologiyalari fanlaridan bo‘lib o‘tadigan imtihon SANASI va DASTURLARI:
Axborot texnologiyalari
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Chet tili
#qabul2024
#magistratura
⚡️⚡️Magistraturaga qabul boshlandi
▶️ 2024-yil 1-iyuldan respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
✔️ 2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.
📹 Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating
👍👍👍👍👍
#qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihonlar
Ko’zi ojiz abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezonlari
📊Biologiya
📊Chet tili
📊Fizika
📊Geografiya
📊Huquqshunoslik
📊Kimyo
📊Matematika
📊O‘zbek tili va adabiyoti
📊O‘zbekiston tarixi
📊Qoraqalpoq tili
📊Qozoq tili va adabiyoti
📊Tarix
📊Turkman tili
📊Русский язык и литература
📊Русский язык
❗️Eslatma: Kirish imtihonida mazkur fanlar mavjud bo‘lgan barcha turdagi yo‘nalishlar uchun (majburiy fanlar bo‘yicha)
📌 /channel/gulduuz
Guliston davlat universitetida “Chet tili” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga imtihon jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Читать полностью…Maktab, kollej, texnikum, oliygoh sport zallari va kutubxonalari, stadion va basseynlar mahalla yoshlariga xizmat qilishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Yoz mavsumida "Yangi O‘zbekiston vatanparvar yoshlari" dasturi asosida 2 million yoshlar sport va vatanparvarlik tadbirlari bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, jamoaviy sport o‘yinlari, shaxmat, stol tennisi, badminton, yakka kurash, suzish bo‘yicha tuman, viloyat hokimlari, vazirlar kubogi o‘tkaziladi.
Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi.
Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul "vay-fay" o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.
Bizni kuzating
Endi oliygoh, vazirlik va korxonalarga tegishli laboratoriyalarning yagona onlayn platformasi yaratiladi.
Qaysi laboratoriyada qanday uskuna bor, ular qanday sinovlar qila oladi va qanday quvvatlarda ishlayapti, degan savolga javob bo‘ladi.
Yosh olimlar tadqiqotlari uchun kerak bo‘lgan uskuna, butlovchi qism va kimyoviy vositalar bojdan ozod qilinadi.
Bizni kuzating
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.
Bizni kuzating
👍👍👍👍👍
#qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
🏛 Guliston davlat universitetida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari
✔️60210400-Dizayn
✔️60210500-Rangtasvir
✔️60210800-Amaliy san'at
✔️60211400_Vokal_san'ati_an'anaviy_xonandalik
✔️60211500 - Chol‘gu ijrochiligi xalq cholg‘ulari
✔️61010200-Sport faoliyati (Futbol)
✔️61010200-Sport faoliyati (Kurash)
✔️61010200-Sport faoliyati (Vleybol)
❗️Eslatma: Alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy fanlardan ham test sinovlaridan o‘tadilar.
Bizni kuzating👇🏻
😎/channel/gulduuz
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Pahlovon Mahmud)ga nomzodlar tanlovining Aхborot texnologiyalari fanidan yozma va og‘zaki sinovi natijalari.
Читать полностью…🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ ТАНЛОВИНИ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ!
📣 “Эл-юрт умиди” жамғармаси хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 500 ўринга мўлжалланган 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилади!
✅ “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2024 йилги 1-очиқ стипендия танлови 500 ўринга мўлжалланган бўлиб:
- бакалавриат таълим дастури учун 100 ўрин,
- магистратура таълим дастури учун 250 ўрин,
-докторантура таълим дастури учун 150 ўрин ажратилган.
🔣 Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг 25 июндан 25 июлга қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади.
👫 Саралаш танлови жараёнларини ўтказиш, жумладан номзодларнинг интеллектуал, таҳлил қилиш ва ижодий қобилиятлари даражасини аниқлашга қаратилган қўшимча тест синовлари ҳамда назарий билим ва амалий кўникмалари даражасини аниқлашга қаратилган давлат тилида суҳбат ўтказиш жорий йилнинг 25 июлдан 24 августга қадар давом этади.
✏️ Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади.
🌐 Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг онлайн ҳужжат топшириш платформасида (http://admission.eyuf.uz) батафсил ёритиб берилган.
🌐 Эътибор беринг, (http://admission.eyuf.uz онлайн қабул платформаси 2024 йил 25 июндан бошлаб ҳужжатларни қабул қилишни бошлайди.
☎️ Қўшимча саволларга жавобларни
+99 871 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
телефон рақамларидан ёки info@eyuf.uz электрон почта манзили орқали олишингиз мумкин.
👦👦 “Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни очиқ стипендия танловида кутиб қолади!
Батафсил ўқинг
🌆 EYUF axborot xizmati
🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
🌐 www.eyuf.uz
📣IT’ga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abituriyentlar diqqatiga
🔹27-iyun kuni soat 09:00da Guliston shahridagi Viloyat Musiqali drama teatirida “Karyera kuni” tashkil etiladi, unda IT sohasidagi tashkilotlar hamda viloyatdagi IT Park rezident kompaniyalari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.
💬“Karyera kuni” doirasida IT universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Karyera kunida:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbaryati;
Toshkent shahardagi Inha universiteti rahbaryati;
Toshkent shahardagi Amiti universiteti rahbaryati;
IT-Park universiteti rahbaryati;
Buxoro shahrdagi Achariya universiteti rahbaryati;
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Pahlovon Mahmud)ga nomzodlar tanlovining O'zbekiston tarixi fanidan yozma va og‘zaki sinovi natijalari.
Читать полностью…#qabul2024 #eslatma
⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
E’tiborli bo‘ling!
❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi.
🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):
👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;
👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma;
👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
📺 "Ochiq muloqot" teledasturi
Mavzu: 2024/2025-o'quv yili uchun OTMlariga qabul jarayonlari hamda test sinovlariga tayyorgarlik
Studiyada: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo'limi, OTMlari prorektorlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, akademik litsey direktorlari hamda qabul bo'yicha mas'ul kotiblar
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| bbasirdaryo5154">YouTube
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!
🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!
Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!
Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.
Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!
Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!
Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Bizni kuzating