Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.
Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.
Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.
Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.
Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.
Bizni kuzating
👍👍👍👍👍
#qabul2024
#kasbiy_ijodiy_imtihon
🏛 Guliston davlat universitetida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari
✔️60210400-Dizayn
✔️60210500-Rangtasvir
✔️60210800-Amaliy san'at
✔️60211400_Vokal_san'ati_an'anaviy_xonandalik
✔️60211500 - Chol‘gu ijrochiligi xalq cholg‘ulari
✔️61010200-Sport faoliyati (Futbol)
✔️61010200-Sport faoliyati (Kurash)
✔️61010200-Sport faoliyati (Vleybol)
❗️Eslatma: Alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy fanlardan ham test sinovlaridan o‘tadilar.
Bizni kuzating👇🏻
😎/channel/gulduuz
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Pahlovon Mahmud)ga nomzodlar tanlovining Aхborot texnologiyalari fanidan yozma va og‘zaki sinovi natijalari.
Читать полностью…🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🇺🇿🇺🇿 “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ 2024 ЙИЛГИ 1-ОЧИҚ СТИПЕНДИЯ ТАНЛОВИНИ ЭЪЛОН ҚИЛАДИ!
📣 “Эл-юрт умиди” жамғармаси хорижий давлатлар нуфузли университетлари ва илмий марказларида бакалавриат, магистратура ва докторантурада таълим олиш учун 500 ўринга мўлжалланган 2024 йилги 1-очиқ стипендия танловини эълон қилади!
✅ “Эл-юрт умиди” жамғармасининг 2024 йилги 1-очиқ стипендия танлови 500 ўринга мўлжалланган бўлиб:
- бакалавриат таълим дастури учун 100 ўрин,
- магистратура таълим дастури учун 250 ўрин,
-докторантура таълим дастури учун 150 ўрин ажратилган.
🔣 Стипендия танловига номзодлар ҳужжатларини қабул қилиш жорий йилнинг 25 июндан 25 июлга қадар, республиканинг барча ҳудудлари вакиллари учун ягона тартиб ва тенг имконият асосида, онлайн режимда ва электрон тарзда қабул қилинади.
👫 Саралаш танлови жараёнларини ўтказиш, жумладан номзодларнинг интеллектуал, таҳлил қилиш ва ижодий қобилиятлари даражасини аниқлашга қаратилган қўшимча тест синовлари ҳамда назарий билим ва амалий кўникмалари даражасини аниқлашга қаратилган давлат тилида суҳбат ўтказиш жорий йилнинг 25 июлдан 24 августга қадар давом этади.
✏️ Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади.
🌐 Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг онлайн ҳужжат топшириш платформасида (http://admission.eyuf.uz) батафсил ёритиб берилган.
🌐 Эътибор беринг, (http://admission.eyuf.uz онлайн қабул платформаси 2024 йил 25 июндан бошлаб ҳужжатларни қабул қилишни бошлайди.
☎️ Қўшимча саволларга жавобларни
+99 871 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
телефон рақамларидан ёки info@eyuf.uz электрон почта манзили орқали олишингиз мумкин.
👦👦 “Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни очиқ стипендия танловида кутиб қолади!
Батафсил ўқинг
🌆 EYUF axborot xizmati
🌐 Eyuf.uz
📝Telegram📝Facebook
💻Instagram🎞 YouTube
🌐 www.eyuf.uz
📣IT’ga qiziquvchi maktab o‘quvchilari va abituriyentlar diqqatiga
🔹27-iyun kuni soat 09:00da Guliston shahridagi Viloyat Musiqali drama teatirida “Karyera kuni” tashkil etiladi, unda IT sohasidagi tashkilotlar hamda viloyatdagi IT Park rezident kompaniyalari o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etadi.
💬“Karyera kuni” doirasida IT universitetlar rektorlari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
Karyera kunida:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbaryati;
Toshkent shahardagi Inha universiteti rahbaryati;
Toshkent shahardagi Amiti universiteti rahbaryati;
IT-Park universiteti rahbaryati;
Buxoro shahrdagi Achariya universiteti rahbaryati;
2024-2025-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli Davlat stipendiyalari (Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Pahlovon Mahmud)ga nomzodlar tanlovining O'zbekiston tarixi fanidan yozma va og‘zaki sinovi natijalari.
Читать полностью…#qabul2024 #eslatma
⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
E’tiborli bo‘ling!
❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi.
🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing):
👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi;
👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi;
👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma;
👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
📺 "Ochiq muloqot" teledasturi
Mavzu: 2024/2025-o'quv yili uchun OTMlariga qabul jarayonlari hamda test sinovlariga tayyorgarlik
Studiyada: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Bilimni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo'limi, OTMlari prorektorlari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, akademik litsey direktorlari hamda qabul bo'yicha mas'ul kotiblar
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| bbasirdaryo5154">YouTube
OYINA.UZ’DAN “HAYITLIK” – 66 MILLION SOʻM VA QIMMATBAHO SOVGʻALAR!
🗓Календарь Taqvimni oching!
15-iyundan 2-sentabrgacha bo‘lgan muddatni belgilang – 80 kun!
Mana shu 80 kunni qanday o‘tkazish bo‘yicha bizda daromadli taklif bor:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi 15-iyun sanasidan sovrin miqdori 66 mln soʻm boʻlgan (qimmatbaho sovgʻalar ham bor) “Kitoblararo 80 kun” marafoniga start bermoqda!
Marafon 4 bosqichdan iborat va har bir bosqich 20 kun davom etadi. Ishtirokchilar har bir bosqichda 2 tadan kitob o‘qishadi va yakunida onlayn sinovdan o‘tadi.
Xullas, bor-yo‘g‘i 8 ta kitobni o‘qib, katta pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar yutib olishingiz mumkin!
Ha, aytgancha, yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham marafonga taklif qiling!
Toʻliq ma'lumot va marafonda ishtirok etish uchun bot: @oyinatanlovbot
Bizni kuzating
#qabul2024 #magistratura #sertifikat
Qaysi mutaxassislikka C1 shart?
Qaysi mutaxassislikka B2 kerak?
Qaysilariga B1 ham bo‘ladi?
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida taqdim etilmoqda (ilova)
Bizni kuzating
#qabul2024 #foydali #ovozli_chat
⚡️Joriy yil kollej yoki texnikumga kirish istagida bo‘lganlar ham 25-iyunga qadar OTM bakalavriati uchun talabgor abituriyentlar qatori bir vaqtda (5–25-iyun kunlari) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan bugunga qadar Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirokida 4 ta ovozli chat o‘tkazilib, mavzuga doir barcha savollarga javob berilgan.
1-OVOZLI CHAT: 2024-yil 4-iyun kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi
➖➖➖
#qabul2024
⚡️QABUL 2024: Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Axborot maslahat markazi “Call center” o‘z faoliyatini davom ettirmoqda!
📣 O‘zbekiston Respublikasida 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish maqsadida Guliston davlat universitetida Axborot maslahat markazi “Call center” tashkil etildi.
👁 Qabul jarayonlari 5-iyundan 25-iyunga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining sayti my.uzbmb.uz yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali amalga oshiriladi.
📞 Fuqarolar 67-225-02-75, 67-225-09-46, 67-225-18-47, 67-225-03-50 telefon raqamlari orqali Axborot maslahat markazi “Call center” bilan bog’lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
❕“Call center” ish vaqti: dushanba-shanba, soat 09:00-18:00
✈️ /channel/gulduuz
#Ovozli_chat #qabul2024
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi
Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi.
Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Chatga ulanish: 👉/channel/BaholashUz?livestream
❕ Eslatma: oldingi ovozli chatlarda javob berilgan yoki mavzuga aloqador boʻlmagan savollar berilmasligi so‘raladi.
Bizni kuzating
⚡️Guliston shahar prokurori yoshlar va tyutorlar bilan uchrashdi
💠Yoshlar bandiligini taʼminlash, ularning ishsizligiga barxam berish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biridir.
Shlu munosabat bilan, Guliston shahar prokurori, 2-sektor rahbari Anvar Xusanov o'zi tomonidan otaliqqa olingan Guliston davlat universitetidagi talabalar va ularning tyutorlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda, shahar prokurori yoshlar o'rtasida samarali profilaktik ishlarni tashkil etish va amalga oshirish, ularni ijtimoiy hayotga rmoslashtirish, sog'lom turmush tarzida hayot kechirishiga ko'maklashish, vatanparvarlik, Vatanga bo'lgan muhabbat ruhida tarbiyalash, xuquqiy savodxonligini va qonunga itoatkorlik hissini oshirish, ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish bo'yicha vazifalarga to'xtalib o'tdi.
💠Yoshlarni qiziqtirgan masalalar va ularni qiynab kelayotgan muammolarni atrofilicha o'rganar ekan shahar prokurori ularni hal etishning samarali yechimlari yuzasidan o'zining hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda tavsiyalar berdi. Bundan tashqari, otaliqqa olingan yoshlarning tizimli muammolarini hal etish, bu borada amalga oshirilishi lozim bo'lgan tashkiliy-amaliy tadbirlar masalalari mutasaddilar ishtirokida atroflicha muhokama qilindi. Tadbir davomida yoshlarni maʼnaviy-maʼrifiy, vatanparvarlik, psixologik, axloqiy va albatta huquqiy tarbiyalashni yanada kuchaytirish hamda ularni qonunlarga itoatkor shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb talablaridan ekanligi taʼkidlandi.
✈️ /channel/gulduuz
#sanatshunoslik
#badiiy_kulolchilik
🎥 MAXSUS REPORTAJ: Guliston davlat universiteti Badiiy kulolchilik markazi
📌 /channel/gulduuz
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi.
Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi.
Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi.
Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi.
Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi.
Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
no comment | «II Xalqaro maqom san’ati anjumani»ga tayyorgarlik
#27june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#nomdor_stipendiya
📹
Guliston davlat universitetida “Axborot texnologiyalari” fanidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga imtihon jarayonlari o‘tkazilmoqda.
✈️/channel/gulduuz
UzreportTV | «Yoshlar oyligi»: rahbar va yoshlar uchrashuvi
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Otabek Hasanov GulDU talabasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi.
#qabul2024
#abituriyent
Abituriyentlar test uchun to‘lovlarni bugun ham amalga oshirsa bo‘ladi
Bizni kuzating
#nomdor_stipendiya
📹
Guliston davlat universitetida"O'zbekiston tarixi" fanidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hamda Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalariga imtihon jarayonlari o‘tkazilmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.
👨🏻💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin.
📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
Hurmatli abituriyentlar!
❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring!
✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling!
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz
▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
2024-2025-o'quv yili uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va Navoiy, Islom Karimov, Ulug‘bek, Beruniy, Bobur, Pahlovon Mahmud nomli davlat stipendiyalari nomzodlariga O‘zbekiston tarixi, Chet tili va Axborot texnologiyalari fanlaridan bo‘lib o‘tadigan imtihon SANASI va DASTURLARI:
Axborot texnologiyalari
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Chet tili
#qabul2024 #doktorantura #sertifikat
Doktoranturaga hujjat topshirishda talab etiladigan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati ixtisosliklar kesimida taqdim etilmoqda
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxat (ilova)
Bizni kuzating
✨ Guliston shahrida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik" shiori ostida "Yoshlar festivali" o‘tkazildi.
🛑 Ushbu festivalda Oliy ta’lim muassasalaridagi namunali boshlang’ich tashkiloti yetakchisi sifatida Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Zikriyayev Faxriddin Ma’mur o’g’li Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev hamda viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev tomonidan taqdirlandi.
🪩 Muvaffaqiyat bilan yoshlar yetakchimizni tabriklaymiz!
Yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni hammamizga muborak bo‘lsin!
🚥 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram
O‘zbekiston – Koreya: strategik hamkorlikning yangi bosqichi
#15june #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
📌 Yilning eng faol prorektori kim? soʻrovnomasi davom etmoqda!
Final bosqichi 14-iyun 16:00 dan 19-iyun 23:59 gacha davom etadi
O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG.
👉 OVOZ BERISH
Kanalga obuna bo’ling⤵️
/channel/OTM_Minbari
Sammit samarali va mazmunli o'tdi
Oliy ta'lim kengashi raisi Syed Fauad Haider Naqvi (Pokiston), Chitkara universiteti departament rahbari Rina Angel (Xindiston), Santo Tomas universiteti ilmiy tadqiqot ishlari vakili Nestor (Filippin), Gadjah Mada universiteti prorektori Malina Sugdiana (Indoneziya), Mapua universiteti prezidenti Dalie Senoro (Filippin), F.P.T Education universiteti kordinatori Ca Phung (Vetnam), Abu Dabi universiteti kordinatori Ibrohim (BAA), Milliy universitet prorektori Waqar Baig (Pokiston), Baku davlat universiteti rektori Asiman Ilyasov (Ozarbayjon), Hanyang universiteti prorektori Minsu Joo ( Korreya) universitetlari bilan muzokaralar o'tkazildi.
Kelgusida universitetni xalqaro reytingga kirishida hamkorlik qilish, ilmiy tadqiqot va innovatsiya sohalarida hamkorlik qilish bo'yicha ushbu universitetlardan takliflar kelib tushdi. GulDU tajribasi taqdimot qilindi. Sammit o'z yakuniga yetdi
“O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi tadqiqotchisi Latipov Murotali Mannobovich Guliston davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.02.2020.Fil.91.02 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashning 2024-yil 12-iyun kungi yig‘ilishida 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligida “Is’hoqxon Ibrat asarlarining leksik-grammatik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 100% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi
Читать полностью…#zakovat
QUTLOV!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030” stretegiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“gi 2024-yil 21-fevraldagi farmoni ijrosini taʼminlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirish va ularni har tomonlama qoʻllab quvvatlash maqsadida, Ichki ishlar vazirining 2024-yil 9-maydagi ”Ichki ishlar organlari tizimida “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish toʻgʻrisida“gi buyrugʻini taminlash maqsadida joriy yilning 11-iyun kuni tasjkil etilgan Zakovat intelektual oʻyini Sirdaryo viloyati bosqichida Guliston Davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va Innovatsiyalar fakulteti “Moliyachi” jamoasi 1-oʻrinni egallab Sirdaryo viloyati IIB tomonidan diplom va 3 mln soʻm pul mukofoti, esdalik sovgʻalari hamda respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.