#talim_integratsiyasi
#talimdagi_islohotlar
#najot_talimda
🎥 "Najot ta'limda" tele-loyihasining navbatdagi obyekti-Guliston davlat universiteti Kimyo kafedrasi
✈️ /channel/gulduuz
#xalqaro_hankorlik
#summit2024
⚡️"Global barqaror rivojlanish kongressi" doirasidagi hamkorlik aloqalari kengaymoqda
🇹🇭 Avval xabar berganimizdek, 10-13-iyun kunlari Tayland davlatining Bankok shahrida "Global barqaror rivojlanish kongressi" bo'lib o'tmoqda. Mazkur xalqaro sammitda Guliston davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Zikriyayev Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida ishtirok etmoqda.
🏦Sammit doirasida ko'plab xorijiy davlatlar (Pokiston, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Avstraliya va b.) universitetlari faoliyati o'rganildi va ushbu universitetlar bilan O'zbekistonda ta'lim va yoshlarga qaratilayotgan e'tibor, shuningdek Guliston davlat universiteti tajribasi o'rtoqlashildi. Yangi hamkorlik rejalari tuzildi.
⚜️Sammit doirasidagi hamkorlik muzokaralari davom etmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
Turkiya oliy ta'lim muassasalari bilan Guliston davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi professor-o'qituvchilari ishtirokida "Talabalarga chet tilini (Ingliz tili) o'qitishning yangi metodlari" mavzusida seminar o'tkazildi.
Seminar doirasida ikki davlat tajribalari o'rtoqlashildi. Universitetlar imkoniyatlari taqdimot qilindi. Kelgusida talaba-yoshlar uchu ham seminar treninglar tashkil etishga kelishib olindi.
#tavsiya #abituriyent2024
Oliy ta’lim muassasalarining Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!
O‘zbekistonda rasmiy axborotning birinchi manbasi — axborot xizmatlari hisoblanadi. Hozirgi kunda barcha oliy ta’lim muassasalari Telegram messenjerida o‘z sahifalarini yuritishmoqda. Unda OTM faoliyati, jumladan qabulga doir abituriyent va ularning ota-onalari uchun foydali ma’lumotlar berib boriladi.
Quyida OTMlarining rasmiy kanallari bilan tanishing.
#100savolga_100javob
2-savol: Qabul jarayonida qanday hujjatlar talab qilinadi?
Bizni kuzating
#final2024 #taqdirlash
🗣“Talabalar teatr studiyalari” hamda “Munozara” respublika tanlovlari final bosqichi g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi!
🏛 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Samarqand shahrida 5-6-7-iyun kunlari tashkil etilgan respublika tanlovlarining yakuniy final bosqichi yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bugun Yoshlar markazi zalida tantanali taqdirlandi.
🎭“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
Tanlov g‘oliblari mos ravishda I, II va III darajali diplom, maxsus statuetka va 1-o‘rin 70 mln. so‘m, 2-o‘rin 50 mln. so‘m va 3-o‘rin 30 mln. so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
✔️“Munozara” Respublika turnirida quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni egalladi:
Turnir g‘oliblari I, II va III darajali diplom va 1-o‘rin 30 mln. so‘m, 2-o‘rin 20 mln. so‘m va 3-o‘rin 15 mln. so‘m pul mukofoti va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat boshlandi
📆 Ayni paytda Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz)da ovozli chat o‘tkazilmoqada.
✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etyapti.
❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin.
Bizni kuzating
#qabul_2024
🏢Guliston davlat universiteti Raqamli Iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti Abiturientlarni quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaga o‘qishga taklif qiladi:
1. Iqtisodiyot 📈
2. Bank ishi 🏦
3. Buxgalteriya hisobi va audit 🧾
4. Moliya va moliyaviy texnologiyalar💰
5. Soliq va soliqqa tortish 💸
6. Biznesni Boshqarish💡
7. Menejment 💼
8. Turizm va mexmonxona 🌐
🏢Guliston davlat universiteti Raqamli Iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalarga yuqori malakali professor o‘qituvchilar 👩🏻🏫 chuqurlashtirilgan va samarali iqtisodiyotga oid 📊 fanlaridan sifatli ta’lim berib, kelajakda o'z kasbingizni buyuk mutaxassisi bo'lib etishishingizni kafolatlaydi 🎓
Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, 4-Mavze
😎 /channel/gulduuz
#qabul_2024
🏢Guliston davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Abituriyentlarni quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturaga o‘qishga taklif qiladi:
1. Interyer dizayni 🛋
2. Rangtasvir (dastgohli) 🖼
3. Amaliy san'at🏺
🏢Guliston davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalarga yuqori malakali professor o‘qituvchilar 👩🏻🏫 chuqurlashtirilgan va samarali san'atga oid 🎼 fanlaridan sifatli ta’lim berib, kelajakda o'z kasbingizni buyuk mutaxassisi bo'lib etishishingizni kafolatlaydi 🎓
Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, 4-Mavze
😎 /channel/gulduuz
#Guldu
#Munozara
Ura finaldamiz !
Universitet jamoasini qo’llab-quvvatlaymiz yoshlar, final o’yini ertaga soat 9:00 da bo’lib o’tadi. Universitet jamoasiga omad tilaymiz !
“Korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy bilimlarni shakllantiraylik”
Universitetning Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev tomonidan fakultet mas’ullari hamrohligida semestri yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi.
Bunda fakultet talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
😎/channel/gulduuz
#Qabul2024 #Abituriyent2024
⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi
✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.
📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda.
📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat
📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#qabul2024
⚡️QABUL 2024: Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga! Axborot maslahat markazi “Call center” o‘z faoliyatini boshladi
📣 O‘zbekiston Respublikasida 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazib borish maqsadida Guliston davlat universitetida Axborot maslahat markazi “Call center” tashkil etildi.
📞 Fuqarolar 67-225-02-75, 67-225-09-46, 67-225-18-47, 67-225-03-50 telefon raqamlari orqali Axborot maslahat markazi “Call center” bilan bog’lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
❕“Call center” ish vaqti: dushanba-shanba, soat 09:00-18:00
✈️ /channel/gulduuz
⚡️Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori nimaga o‘zgardi?
Bizni kuzating
#qabul2024
Kasbiy-ijodiy imtihonlar bu yil qanday oʻtadi?
Bizni kuzating
Taylandning Bangkok shahrida "Global barqaror rivojlanish kongressi" bo'lib o'tmoqda. Ayni vaqtda ushbu kongressning rasmiy ochilish marosimi boshlandi.
Kongressda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Z.Zikriyayev Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida ma'ruzachi va tinglovchi sifatida ishtirok etadi.
#xalqaro_hamkorlik
#Balikesir_universiteti
🇺🇿 🇹🇷 Guliston davlat universitetida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman xalqaro hamkorimiz rasmiy nashrida yoritildi
💠23-may sanasida Guliston davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon ma’naviy merosining ta’siri” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilgan edi. Anjumanda Turkiya Respublikasi Balikesir universiteti rektori Yucel Ogurlu ham ishtirok etib, nutq so‘zladi. Balikesir universitetining rasmiy nashrida mazkur konferensiya to’g’risida tahliliy material chop etildi.
Batafsil ma'lumot ➡️ https://www.balikesir.edu.tr/site/haber/4667
⭐ /channel/gulduuz
#xalqaro_hamkorlik
#Balikesir_universiteti
🇺🇿 🇹🇷 Balikesir Universiteti bilan hamkorlik aloqalari Turkiya OAV nigohida
🔻Avval xabar berganimizdek, 22-may sanasida Turkiyaning Balikesir Universiteti rektori professor. Dr.Yucel Ogurlu Guliston davlat universitetiga tashrif buyurgan, muzokaralar yakunida esa bir qator manfaatli kelishuvlar imzlolangan edi.
🔻Turkiya OAVda Balikesir Universiteti rektori professor. Dr.Yucel Ogurluning Guliston davlat universitetiga tashrifiga bag'ishlangan tahliliy ma'lumot chop etildi.
Batafsil ma'lumot ➡️ https://www.balikesir.edu.tr/site/haber/4663
⭐ /channel/gulduuz
#qabul_2024
#infografika
Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga, kollej va texnikumlarga qabul bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish statistikasi
7-iyun soat 18:00 holatiga ko‘ra, 35 ming 692 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 23 ming 296 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 12 ming 396 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir.
Batafsil infografikada👆
Qabulga doir foydali bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
#abituriyent2024
#FanlarMajmuasi
2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlanadi.
👉 Yuklab olish
___
Направления образования и комплекс дисциплин, по которым будут проходить тестовые испытания (профессиональные (творческие) экзамены) в соответствии с направлениями бакалавриата на 2024/2025 учебный год будут утверждены с соответствующими изменениями.
👉 Скачать
Bizni kuzating
“Korrupsiyasiz ta’lim – kelajak poydevori”
Universitetning Tibbiyot fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi U.Begimkulov fakultet dekani o‘rinbosari S.Mamatkulov hamrohligida semestr yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlarini o‘rgandi.
Bunda fakultet talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
😎 /channel/gulduuz
#Guldu
#Rektor_va_yoshlar
✅Mahalla yoshlari bilan ishlar davom etmoqda.
Guliston davlat universiteti rektori, professor M.T.Xodjiyevga biriktirilgan Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Nurafshon MFYda istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvida kam ta'minlangan Dosanov Elyor moddiy yordamga ehtiyoji mavjudligi to'g'risida murojaat qilgan edi.
Bugun Guliston davlat universiteti rektori, professor M.T.Xodjiyev mazkur fuqaroning onasi bilan uchrashib, unga moddiy yordam ajratilganligini ma'lum qildi va ajratilgan moddiy yordam pullarini topshirdi.
Universitet rektorining MFY yoshlari bilan ishlar davom etmoqda
🚀/channel/gulduuz
#AD_Scientific_Index
#Google_Scholar
#H_index
Keng qamrovli tahlil va olimlarning ilmiy samaradorligi va ta'siriga asoslangan reytingini taqdim etuvchi “AD Scientific Index” tomonidan Google Scholardan iqtibos va H-index ko‘rsastkichlari bo‘yicha reyting natijalari e’lon qilindi.
Guliston davlat universitetiga tegishli bo‘lgan reyting ko‘rastkichlarini bilan quyiadgi havola oraqali tanishib olishingiz mumkin: https://www.adscientificindex.com/university/Gulistan+State+University/
✈️ /channel/gulduuz
#final2024 #Munozara
🗣“Munozara” respublika turnirining yarim final ishtirokchilari nomi aniqlandi!
✔️Guruh bosqichi, nimchorak final va chorak final bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, eng kuchli 4 ta jamoa bilan tanishing:
↪️“Tendem 3” jamoasi, FarDU;
↪️“Tarjimon” jamoasi, SamDCHTI;
↪️“Gumata” jamoasi, TerDU;
↪️“Tabiiy intellekt” jamoasi, GulDU.
“Korrupsiyasiz ta’lim – kelajak poydevori”
Universitetning Sirtqi bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev va bosh mutaxassis U.Begimkulov tomonidan dekan o‘rinbosarlari hamrohligida sirtqi ta’limda taxsil olayotgan talabalar tomonidan joriy, oraliq nazorat turlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi.
Bunda talabalarga belgilangan vaqtda o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
😎 /channel/gulduuz
#huquqiy_targibot
#qonunchilik_yangiliklari
“Pedagogning maqomi tog‘risida”gi Qonun targ‘iboti o‘tkazildi
💠2024-yilning 1-fevral sanasida “Pedagogning maqomi tog‘risida”gi O‘RQ-901-son Qonuni qabul qilingan. 5-iyun sanasida Guliston davlat universitetida mazkur qonunning mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
💠Tadbirda universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori D.Turdibayev hamda yuristkonsul B.Hamzayevlar tomonidan Yangi O‘zbekistonda ilk marotaba qabul qilingan ushbu huquqiy hujjatga ko‘ra pedagoglarning maqomi, ularni rag‘batlantirish, ularning kasbiy faoliyatini amalga oshirishlarining huquqiy jihatlari tushuntirildi.
😎 /channel/gulduuz
#Ovozli_chat
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat
📆 2024-yil 4-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va ishtirokchilarning savollariga batafsil javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
“Korrupsiyasiz ta’lim – kelajak poydevori”
Universitetning Tabiiy fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev, profilaktika inspektori S.Tursunboyeva tomonidan fakultet mas’ullari hamrohligida semestri yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi.
Bunda fakultet talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.
😎 /channel/gulduuz
⚡️Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori o‘zi nima?
Bizni kuzating