Turkiyaning birinchi raqamli Xalq so'zi gazetasida Guliston davlat universiteti Turkiya OTMlari bilan hamkorligi yoritib borilmoqda
Читать полностью…2024-yil 17-may kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasi asosida Guliston davlar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari E.Mo'minov, U.Ravshanov hamda universitetning iqtidorli, ijodkor talaba yoshlari bilan birgalikda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidagi 4-sonli umumta'lim maktabida ijodkor talabalarning o'z qalamiga mansub she'rlari, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimlarning hayoti va ijodiga bag'ishlangan sahnalashtirilgan teatr namoyishlari bo'lib o'tdi.
Читать полностью…2024-yil 17-may kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik va xalq cholg‘ulari kafedrasining 2023-2024-o‘quv yili yakuni bo‘yicha yillik xisobot konserti bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…Joriy yilning 17-may kuni GulDU akademik litseyida Filologiya fakulteti "Fakultetlararo chet tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Muxiddinova tomonidan "Xorijiy tillar va Aniq fanlar" yo‘nalishi talabalari bilan kasbga yo'naltirish bo‘yicha amaliy davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida akademik litsey ijrochi direktori B.Xakimjonov, Filologiya fakulteti katta o'qituvchisi SH. Xakimova, kafedra o'qituvchilari Z. Sobirov, Sh.Xasanova, M. Tog'ayevalar ishtirok etdi.
#kasaba_uyushmasi
2024-yil 16-may kuni Gulsiton davlat universiteti Sport saroyida “9-may Xotira va Qadrlash kuni” bayrami munosabati bilan professor-oʻqituvchi, ishchi-xizmatchi xodimlar oʻrtasida oʻtkazilgan stol tennisi, mini futbol va voleybol boʻyicha sport musobaqalari gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Gʻoliblarga Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan estalik sovgʻalari topshirildi.
#LIVE #Ovozli_chat
⚡️Ayni daqiqalarda milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat boshlandi
🎙 Unda vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar tomonidan mavzuga doir savollarga shaxsan javob beriladi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
Ishtirok etish uchun havola: /channel/BaholashUz?livestream
Bizni kuzating
#Guldu
#Milliy_qadriyatlar_sayli
♻️Guliston shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi "Bilimdonlar" maskanida Guliston davlat universiteti tomonidan o’tkazilgan "Milliy qadriyatlar" sayli uchun maxsus videorolik…
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
“Kitob -bilim manbai”
2024-yilning 15-may kuni Guliston davlat universiteti talabalar turar-joyida “Kitob- bilim manbai” mavzusida kitobxonlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirni Guliston davlat universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi dotsenti Maqsuda Sariboyeva olib bordi va kitob mutolaa qilish, asarlarning mazmun-mohiyati zamiriga yetish insonni komillikka, zukkolikka va teran fikr sohibiga aylantirishi haqida fikr bildirdi.
Tadbir davomida bir qator talabalar ham kitobxonlik insoniy fazilatlari va kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbai ekanligi, kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblashi, shuning uchun kitobga bo‘lgan muhabbat, uni qadrlash lozimligi haqida o'z qarashlarini bayon etishdi. Badiiy asarlardan sahna ko‘rinishlari ijro etdilar.
Tadbir yakunida kitobsevar talabalarga esdalik sovg'alari taqdim qilindi.
#GulDU
#Davom_etamiz
🛑LIVE
"Milliy qadriyatlar" saylida o'tkazilayotgan jarayonlardan fotolavhalar.
#volontoyorlar
Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti Iqtisodiyot yo’nalishi bitiruvchi bosqich volontyor talabalari tomonidan 2024-yil 4-5 aprel kunlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan tashkil etilgan noiqtisodiy ta’lim yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalari 1-2-3 kurs talabalari uchun “Pulingizni himoya qiling, kelajagingizni ta’minlang” mavzusidagi amaliy treningi tashkil etilgan edi.
2024-yil 14-may kuni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sirdaryo viloyati Markaziy banki bosh boshqarmasi boshlig'i o‘rinbosari A.Ernazarov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirokida volontyor talabalarga bank rahbariyatining minnatdorchiligi bildirildi hamda ular rag‘batlantirildi.
😎/channel/gulduuz
#rektor_kubogi
#sport
Guliston davlat universiteti talabalari oʻrtasida sportning stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqalari oʻtkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra
Stol tennisi (yigitlar) sport turi bo‘yicha musobaqa yakunida:
🥇-o‘rin. Nazarqulov Abdulatif (Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti)
🥈-o‘rin. To‘xtaboyev Begzod (Sport faoliyati fakulteti)
🥉-o‘rin. To‘ymurodov Aziz (Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti)
Stol tennisi (qizlar) sport turi bo‘yicha musobaqa yakunida:
🥇-o‘rin. Tagayeva Nafisa (Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti)
🥈-o‘rin. Asanova Nargul (Sport faoliyati fakulteti)
🥉-o‘rin. Safarboyeva Orzugul (Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti)
Voleybol (Qizlar) sport turi bo‘yicha musobaqa yakunida:
🥇-o‘rin. Sport faoliyati fakulteti
🥈-o‘rin. Tabiiy fanlar fakulteti
🥉-o‘rin. Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti
🚀 /channel/gulduuz
#manaviyat_va_marifat_darslari
#milliy_targibot
📽Guliston davlat universiteti ma'naviyat targ'ibotchilari viloyat miqyosidagi "Ma'naviyat va ma'rifat" darslarida faol ishitirok etishmoqda
📌 /channel/gulduuz
🟦🟦🟩🟩
#dayjest
⚡️Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning "Tinchlik va xavfsizlik-bugungi siyosatning bosh mezoni" nomli maqolasi Xalq so'zi gazetasining 2024-yil 3-may sanasidagi №86 (8709)-sonida chop etildi.
✅/channel/gulduuz
#psixolog_faoliyati
2024- yil 13-may Guliston davlat universitet talabalariga universitet psixologi M.Karimova tomonidan "Zamonaviy yoshlarning oila va nikohga munosabati" mavzusida psixologik mashg‘ulot o‘tildi.
Mashg‘ulot davomida kelajak poydevori aynan oiladan qo‘yilishi bois, yoshlarni kelajakdagi oilasi uchun ma‘sulyatni rivojlantirish maqsadida "Oilam nigohida men", "Shaxsiy shartnoma va majburiyat" kabi qizqarli psixologik o‘yinlardan va trening davomida "Art-terepiya" dan foydalanilib psixologik barqarorlik holatiga erishildi.
😎 /channel/gulduuz
🔮 Bo'sh ish o'rni izlayapsizmi?
🖋 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan butun respublika bo‘ylab Davlat muassasalari, vazirliklar, tizim tashkilotlari va hokimliklarda 20 ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylash bo‘yicha doimiy ravishda ochiq tanlov e’lon qilib boradi. Bu borada Sirdaryo viloyatida ham ochiq tanlovlar e’lon qilinib borilmoqda.
✅ Arizalar Davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali vacancy.argos.uz orqali topshiriladi.
🇺🇿 Sirdaryo viloyati bo‘yicha
🇺🇿 Guliston shahrida
🇺🇿 Yangiyer shahrida
🇺🇿 Shirin shahrida
🇺🇿 Boyovut tumanida
🇺🇿 Guliston tumanida
🇺🇿 Oqoltin tumanida
🇺🇿 Mirzaobod tumanida
🇺🇿 Sardoba tumanida
🇺🇿 Sayxunobod tumanida
🇺🇿 Sirdaryo tumanida
🇺🇿 Xovos tumanida
✅ Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarga vakant lavozimlar uchun ochiq tanlovlarda test sinovi o‘tkazilmaydi.
🎬 Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil videoda tanishishingiz mumkin.
📝 @IHMA_Sirdaryoviloyati
2024-yil 17-may kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining talaba-yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan "Ma'rifat ulashib" loyihasi asosida Guliston davlar universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi xodimlari E.Mo'minov, U.Ravshanov hamda universitetning iqtidorli, ijodkor talaba yoshlari bilan birgalikda Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumanidagi 1-sonli umumta'lim maktabida ijodkor talabalarning o'z qalamiga mansub she'rlari, Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimlarning hayoti va ijodiga bag'ishlangan sahnalashtirilgan teatr namoyishlari bo'lib o'tdi.
Читать полностью…2024-yil 17-may kuni O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Maxmudova Raboxon Anvarovna Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida universitetda talabalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganilib, universitet axborot resurs markazi fondi uchun elektron kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.
2024-yil 17-may kuni Guliston davlat universitetida O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odat, an’analarimizga hurmat vа sadoqat ruhida tarbiyalash, qizlarimiz qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirishni keng tаrg‘ib etish maqsadida universitet “Milliy liboslar-mening fахrim” shiori ostida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. Tadbirda San’atshunoslik fakulteti talabalari tomonidan Milliy liboslar namoyishi hamda Amaliy san’at va dizayn kafedrasi Dizaynerlik yo‘nalishi talabalari ishtirokida rаsmlаr ko‘rgazmasi namoyish etildi.
Читать полностью…Reproduktiv salomatlik o’zi nima?
2024-yil 16-may kuni Filologiya fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Sh.R.Hakimova tomonidan talabalar ishtirokida “Reproduktiv salomatlikka rioya qilishini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, talaba qizlarga ijtimoiy-siyosiy faollik, axloqiy etiket normalari va reprodkutiv salomatlik asoslari, sog‘lom oilani shakillantirishning muhim omillari haqida to‘liq ma’lumot berildi.
#xalqarohamkorlik
#Turkiya
🇺🇿 -🇹🇷 O'zbekiston-Turkiya Oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi yakuni bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash va hamkor universitet taklifiga asosan universitet professor-o'qituvchilari Balikesir universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o'tamoqdalar.
Stajirovka doirasida oziq-ovqat texnologiyasi va huquq bilimlari sohasida zamonaviy texnologiyalar mavzusidagi konferensiya ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu konferensiyaning asosiy hamkori Guliston davlat universiteti hisoblanadi. Stajirovka davomida universitetimiz tarixi va bugungi imkoniyatlari yuzasidan targ'ibot tadbirlari, Balikesir universiteti talabalari uchun master-klass darslari va zamonaviy texnologiyalar yuzasidan seminarlar tashkil etilishi reja qilingan.
✈️ /channel/gulduuz
#Ovozli_chat
Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat
📆 2024-yil 16-may (payshanba) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi.
✅ Ovozli chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollarga shaxsan javob beradi.
🙋♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube
#xotinqizlar_maslahat_kengashi
Joriy yilning 14-may kuni Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Oila muqaddas dargoh" deb nomlangan tadbir o'tkazildi. Tadbirda oila vatanning kichik bo'ladi ekanligi to'g'risida taqdimot qilindi va talaba-qizlarning ajoyib chiqishlari namoyish etildi.
Ushbu kun Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan 1993 yil 20-sentyabrda 15-mayni Xalqaro oila kuni sifatida nishonlash to'g'risida qaror qabul qilgan. Bundan maqsad oilalarning ahilligiga va mustahkamligiga erishishdir.
📌 /channel/gulduuz
2024-yil 14-may kuni Guliston shahar Yoshlar markazi madaniyat saroyida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, professor Akmal Vaxabjanovich Nuriddinov (Akmal Nur) bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Sanʼatshunoslik fakulteti Dastgohli rangtasvir, Badiiy kulolchilik va Dizayn taʼlim yoʻnalishlari ijodkor talabalari mahoratli rassom Akmal Nurning ijodi bilan yaqindan tanishib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🛑LIVE
♻️Ayni paytda Guliston shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi "Bilimdonlar" maskanida Guliston davlat universiteti talabalari ishtirokida "Milliy qadriyatlar" sayli o'tkazilmoqda.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#rektor_kubogi
#sport
Guliston davlat universiteti talabalari oʻrtasida sportning Mini futbol turi bo‘yicha "Rektor kubogi" musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
🥇-o‘rin. Sport faoliyati fakulteti
🥈-o‘rin. Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti
🥉-o‘rin. Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti
Eslatib o‘tamiz musobaqa g‘olibi 25-27 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarida Universitetimiz shanini himoya qilishadi.
✈️ /channel/gulduuz
#bitiruvchi2024
#DAS
Gulsiton davlat universiteti Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi bitiruvchilariga dastlabki BMI himoya seminarlari bo'lib o'tmoqda.
Seminarda bitiruvchilarning malakaviy ishlari muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan ko'rsatmalar berilmoqda.
😎 /channel/gulduuz
#muqaddas_qadamjolar
#tarix
🎥 Guliston davlat universiteti dotsenti, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Qahramon ALMANOV: Muqaddas qadamjolar maskani
😎/channel/gulduuz
#uzbekiston24
Menimcha
Kim grantda, kim kontrakt asosida o’qiydi? Qabul jarayonida qanaqa o’zgarishlar bor?
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan suhbat.
Bizni kuzating
#talimintegratsiyasi
#oliytalim
#professionaltalim
🎥 Guliston davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Dilshod TURDIBOYEV: Yangi o'quv yilidan boshlab oliy va professional ta'lim muassasalarining o'zaro integratsiyasi yangi bosqichda tashkil etiladi
😎/channel/gulduuz
Joriy yilning 11-may kuni Guliston davlat universitetining “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi hamda “Fakultetlararo chet tillar “ kafedrasiga AQShning hamkor OTMlaridan Margaret Zehrung hamda Rachel Zehrung tashrif buyurdilar.
Tashrifda ilg‘or davlatlar olit ta'lim tizimlarida ommalashgan, samarali foydalanilayotgan usullar to‘g‘rusida ma’lumot berildi. Shuningdek, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Hilola Raimova 3-bosqich 123-guruh talabalari ishtirokida zamonaviy ped-texnologiyalardan foydalangan holda noan’anaviy ochiq dars tashkil etdi.
Darsda nafaqat mavzular muhokamasi , shuningdek interaktiv onlayn mashg’ulotlar olib borilgan holda mehmonlarga madaniyatimiz, qadriyatlarimiz haqida ham ma’lumot berib o’tildi.
✈️ /channel/gulduuz