Akademik litseyda mahorat darsi
Joriy yilning 11-may kuni GulDU akademik litseyida Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD) D.T.Qudratov tomonidan "Ijtimoiy fanlar" yo‘nalishi 2-bosqich talabalariga Jahon tarixi fanidan "2-Jahon urushining oqibatlari. Urushdan keyingi xalqaro munosabatlar" mavzusida master klass darsi tashkil etildi.
Dars davomida talabalarga urushning salbiy oqibatlari, urush keltirib chiqargan iqtisodiy va ma'naviy zarar haqida, shuningdek jahon urushidan keyin yuzaga kelgan "Sovuq urush" holati va urushdan keyingi xalqaro munosabatlardagi og‘ir siyosiy vaziyat faktlar asosida sharhlab berildi.
Master klass darsida akademik litsey o‘quv bo‘limi boshlig‘i O.Topganova, kafedra mudiri V.Egamberdiyeva va tarix fani o‘qituvchisi D.Mamatqulovalar ishtirok etishdi.
📌 /channel/gulduuz
#xotinqizlar_maslahat_kengashi
Joriy yilning 10-may kuni universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi hamda Lider qizlar klubi raisi ishtirokida TTJ da istiqomad qilayotgan talaba-qizlar bilan "Yangi maqsadlar sari" deb nomlangan Lider qizlar klubi faoliyatiga doir uchrashuv o'tkazildi. Unda klubning rejalari, maqsad va vazifalari hamda talaba-qizlar faoliyatidagi o'rni haqida suhbatlashildi.
Undan tashqari, suhbat jarayonida qizlarning bo‘sh vaqtlarida qanday mashg‘ulotlar bilan band ekanliklari bilan yaqindan tanishildi. Ularni qiynab kelayotgan muammolari haqida dildan suhbat qurildi. Odob-axloq, kiyinish madaniyati yuzasidan qizlarga kerakli maslahatlar aytib o‘tildi.
✈️ /channel/gulduuz
#korrupsiyaga_qarshi_kurash
#komplaens_nazorat
"Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish"
Universitetning Tabiiy fanlar fakultetida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish" mavzusida profilaktik – targ’ibot tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Hamzayev tomonidan korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va uning salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish choralari boʻyicha ma’ruza qilindi.
Tadbir davomida yakuniy nazoratlar va davlat attestatsiya sinovlarini shaffof o‘tkazish, jarayonga kiritilayotgan yangiliklar yuzasidan tushuntirish berildi.
📌 /channel/gulduuz
🔅 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Guliston davlat universitetida o’tkazilgan loyihalar yuzasidan maxsus videorolik…
♻️ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan selektor yigʻilishida belgilab berilgan Taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 24-noyabrdagi №510-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan konsepsiyada belgilangan vazifalar ijrosini bajarish, bunda professional,oliy taʼlim muassasalari hamda tadbirkorlik tashkilotlarining oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish maqsadida, Guliston agrotexnologiyalari texnikumida Guliston davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektor va kafedra mudirlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda ish beruvchi va tadbirkorlik tashkilotlari bilan hamkorlikda seminar trening tashkil qilindi.
Tadbirda, professional taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ularni amalga oshirish mexanizmlari boʻyicha fikrlar bildirildi.
🌐 /channel/gulduuz
Xotira bor ekan – millat barhayot
2024-yil 8-may kuni GulDUning Filologiya fakulteti tomonidan 9-may Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab “Xotira bor ekan – millat barhayot” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Filologiya fakulteti dekan o‘rinbosari G‘.Shayzakov ochib berdi. G‘.Shayzakov o‘z nutqida inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir dedi. Tadbir davomida fakultet tyutorlari ham ushbu mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.
Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi.
2024-yil 8-may kuni 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan San’atshunoslik fakulteti talabalari Xotiraga bag‘ishlangan videorolik qo‘yib berildi va Xotirani qadirlash yod olish, Xotira maydonlariga borib gulchambarlar qo‘yish kerakligi haqida fiklar bildirildi.
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.
2024-yil 8-may kuni Guliston davlat universitetining Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida 9- may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari ko‘tarinki ruhda davom ettirilmoqda.
Читать полностью…#xotira_va_qardlash_kuni
2024-yil 8-may kuni Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetida “Ustozlar xotirasi abadiy yashaydi” mavzusida tadbir tashkil qilindi.
“Uch avlod uchrashuvi” davra suhbatlarida Boyovut tumani xokim o’rinbosari Mavlon Toshtemirov, mehnat faxriysi Husayin Mirpo’latovlar ishtirok etib, xotirani qadirlash, yod olish, Xotira maydonlariga borib vatandoshlarimizning jasoratlarini eslash, ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslik, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetish yuzasidan so'z bildirishdi.
Tadbirda Vatanga sadoqat hissi bilan yashash, doimo ogoh va hushyor bo‘lish, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash mavzusiga doir hujjatli film namoyish etildi.
🚀 /channel/gulduuz
#xotira_va_qadrlash_kuni
2024-yil 8-may kuni "9-may-Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Tabiiy fanlar fakulteti talabalari Xotiraga bag‘ishlangan videorolik qo‘yib berildi va Xotirani qadirlash yod olish, Xotira maydonlariga borib gulchambarlar qo‘yish kerakligi haqida fiklar bildirildi.
9-may – “Xotira va qadrlash kuni” ikkinchi jahon urushining ayanchli oqibatlarini unutmaslikka, tinchlik va osuda hayotning qadriga yetishga, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashga, shuningdek, doimo ogoh va hushyor bo‘lishga, tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.
✈️ /channel/gulduuz
Радикализм инсоният учун улкан хавфдир. Унинг ҳар қандай кўриниши, миллий, диний ёки сиёсий бўлсин, атрофдагиларнинг ҳаётига ёмон таъсир қилади, издан чиқаради, баъзида минглаб қурбонлар ҳам беради.
Радикализм:
- шахс ёки гуруҳ ўз дунёқарашига, фикрларига, ҳаёт тарзига, принципларига тўғри келмайдиган ҳар қандай тушунчани рад этиши,
- ўз йўлини энг тўғри йўл деб билиб, қолганларни адашганлар деб билиш;
- ўзгача фикрлайдиганларга нисбатан нафрат;
- керак бўлса уларни мажбурлабда ўз йўлидан юргизишни хоҳлаш.
Радикализм демократия ва толерантлик ғояларининг бутунлай қарама-қаршисидир чунки асосий муаммо улар бошқаларнинг эркини кескин чеклаши ёки шунга ҳаракат қилишидадир.
Бизда сўнгги йилларда радикализм сўзи асосан диндорларга нисбатан қўлланилди. Лекин, аслида радикализмнинг турлари кўп ва унинг ҳар қандай шакли жамият учун хавфли. Радикал диндорлар хавфли бўлгандек, радикал атеистлар, радикал феминистлар, радикал миллатпарастлар, радикал коммунистлар ва бошқа радикаллар ҳам бирдек хавфли.
Ривожланган мамлакатлар матбуотида радикал гуруҳлар ҳақида кўпроқ ёритилгани учун бу муаммо кўпроқ уларга хосдек кўринади. Лекин, радикализм кўпроқ учинчи дунё мамлакатларига хос хусусиятдир. Масалан, дунёда энг миллатпарастлик ёки миллий радикализм ривожланган мамлакат Ҳиндистон ҳисобланади.
Бизда асосий миллий ғояга айлантирилган "маънавият ғояси" атрофида ҳам маълум радикал шахслар шаклланиб улгурди. Уларнинг бир қисми собиқ радикал коммунистлар бўлса, сўнгги йилларда маънавият ғоясига боши билан шўнғиган янги унданда радикал ёш маънавиятчилар етишиб чиқди. Энди биз улар билан яшашга, ҳаётимизда уларнинг таъсирини сезиб туришга мажбурмиз. Аввалроқ, калтапайпоқ масаласи ҳам мана шу "радикал маънавиятизм"нинг кўринишидир. Радикал маънавиятчилар сизнинг қанақа яшашингиз, фикрлашингиз, кийинишингиз, сўзлашингиз, ҳатто тўшакда қанақа алоқа қилишингиз устидан ҳукм ўқишга ўзини ҳақли деб билади.
Одатда радикал шахслар тоқатсиз бўлганлиги учун уларни ўзгартириш, муаммони ечиш йиллар, баъзида асрлар талаб қилади. Улар билан баҳслашиб дунёқарашини ўзгартириш, уларни эркин фикрлашга мажбурлаш имкони деярли йўқ. Чунки соғлом фикр айтилган ҳолатда уларнинг психологик қуроли сизнинг оилангиз, турмуш ўртоғингиз, фарзандларингиз ёки шахсиятингизга ҳужум билан бошланади ва одатда энг қабиҳ психологик қуролларни қўллашади. Уларда скептик дунёқараш йўқлиги сабабли умумлаштиришни жуда яхши кўришади. Ҳар бир калтапайпоқ кийган одам гомосексуал, соқол қўйган одам террорист, тиззадан баландроқ кийим кийган аёл фохиша, қайсидир диний дунёқарашни савол остига қўйган одам дин душмани каби умумлаштиришлар радикалларнинг аксарига хос хусусиятдир. Улар билан қанчалик баҳс қилиб, уларга қанчалик қаршилик кўрсатсангиз, улар шунчалик радикаллашиб боришади чунки улар ҳаётни ўз догмаси ўлчовлари билангина кўроладилар.
Кўпинча радикаллар ўзига ишонган, бахтли одамлардек кўринади. Аслида улар ўзгаларга нисбатан нафрат билан яшайдиган, руҳий томондан жуда кучсиз одамлар бўлишади. Радикалларга хос хусусиятлардан бири скептик ёки таҳлилий онгнинг мавжуд эмаслиги, ўз догмасига тўғри келадиган ҳар қандай маълумотни ҳеч қандай таҳлилсиз, саволларсиз мутлақо ҳақиқат сифатида қабул қилишдир. Шу учун ҳам радикал инсонларни манипуляция қилиш, ўзидан чиқариш, улардан ўз мақсадлари йўлида фойдаланиш жуда осон.
Толерантлик, очиқ фикрлилик бу зиёли, билимли, кенг дунёқарашга эга қатламга тегишли хусусиятлар бўлиб, радикаллардаги ички ожизлик, шахс сифатида шаклланишидаги муаммолар бу хусусиятларни ўзларида шакллантириш имконини бермайди.
Хуллас, радикализмнинг ҳар қандай кўриниш жамият учун хавфлидир. Маълум бир радикал гуруҳларнинг жамиятда таъсири ошиб кетиши бошқа қатламларнинг ҳуқуқи ва эрки чекланишига олиб келади.
Биз радикаллар билан ривожланган мамлакат қуролмаймиз. Бизга очиқ фикрли, ўзини, билимларини савол остига қўя оладиган, сўнгги ҳақиқатга даво қилмайдиган, изланишдан тўхтамайдиган, ўз устида ишлайдиган, ҳақиқатни айтишдан қўрқмайдиган интеллектуал элита керак.
/channel/gulduyoshlari_yi
#huquqiy_profilaktika
#psixolog_faoliyati
Guliston davlat unversiteti 2-talabalar turar-joyida XQMB inspektori S.Tursunboyeva hamda universitet psixologi M.Karimovalar birgalikda qizlarning yashash sharoitlari va ichki tartib-qoidalarg' rioya qilishlari o‘rganildi.
Talaba qizlarga rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratilganligi tushintirilib, yashash xonalarini toza, ozoda saqlashlari, o'zaro xushmuomala boʻlishlari targ‘ib qilindi.
Har qanday tushinmovchilikka kerakli yechim topilishihi tushuntirildi. Talabalar yashash xonasida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha ogohlantirish berilib, xonalarni toza va ozoda saqlashlari borasida ko‘rsatmalar berildi.
✈️ /channel/gulduuz
🎥 O‘zbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, kulolchilik sanʼatining mohir ustasi, M.Raximov nomidagi Toshkent Badiiy kulolchilik kombinati faxriy kuloli Maxmudjon Mamajonov bilan ijodiy uchrashuvda videolavha
🚀 /channel/gulduuz
#jarayon
#ekspeditsiya
🏔Guliston davlat universiteti professor oʻqituvchilari tomonidan Yuqori Toʻpalang milliy tabiat bogʻi ilmiy hodimlari, Termiz davlat universiteti professor oʻqituvchilari, Samarqand davlat universiteti hamda Zoologiya instituti ilmiy tadqoqitchilari bilan birgalikda milliy tabiat bogʻi hududidagi malyuskalar, hasharotlar hamda yovvoyi hayvonlar dunyosini oʻrganish uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.🌲🌲⛰🐗🐻🐌🦋🐚
Bizni kuzating:
😎Telegram
📹
Ayni vaqtda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Otabek Mahkamov Guliston davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va doktorantlari hamda tadqiqotchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda.
Bizni kuzating:
😎 /channel/gulduuz
📌📌
Hurmatli talaba-yoshlar! 13-may kuni soat 14:00 da Bosh bino sport zalida fakultetlar oʻrtasida sportning Voleybol (qizlar) va stol tennis (yigitlar va qizlar), 14-may kuni 14:00 da Universitet sunʼiy qoplamali maydonida Mini-futbol sport musoboqalari bo'lib o'tadi.
Talabnoma taqdim etish uchun 13-may soat 11:00 ga qadar murojaat qilishingiz soʻraladi.
Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin!
Murojat uchun tel:
99 473 74 94
Universitet sport targʻibotchisi B.Anorqulov
✈️ /channel/gulduuz
#Guldu
#Koordinatorlar_faoliyati
#Ijtimoiy_rolik
🔰 9-may “Xotira va qadrlash kuni” uchun Guliston davlat universiteti koordinatorlari tomonidan tayyorlangan maxsus ijtimoiy rolik…
✨ Maroqli tomosha tilaymiz…
Telegram | Instagram | Facebook
#xotira_va_qadrlash_kuni
2024-yil 8-may kuni, "9-may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti proffesor- o'qtuvchilari va hodimlari o'z joni va mehnatini shu oliy dargohda ayamay ko'plab shogirdlar yetishtirib chiqargan marhum ustozlarni yod olishdi.
📌 /channel/gulduuz
9-may Xotira va qadrlash kuni!
2024-yil 8-may kuni Guliston davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti tyutorlari va talabalari erta tongdan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Guliston shahrida joylashgan “Xotira maydoni”ga sayohat uyushtirishdi.
Sayohat davomida tyutorlar tomonidan talabalarga El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida bo‘lishi ,ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan momolarimizni, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma'no-mazmun bilan boyiganligi ta'kidlab o‘tildi.
2024-yil 8-may kuni Guliston davlat universiteti San‘atshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilar hamda talabalari tomonidan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Mangu barhayot siymolar mening tasavvurimda” shiori ostida rasmlar tanlovi va ko‘zgazmasi tashkil etildi.
Читать полностью…#9may
#sharaf_lentasi
Guliston davlat universitetida erta tongdan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan universitet Yoshlar ittifoqi koordinatorlari va volontyor talablar tomonidan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarga "Sharaf lentalari" tarqatilmoqda.
😎 /channel/gulduuz
#Navoiy_va_Pushkin
#xalqaro_konferensiya
#ilmiy_anjuman
📹 Filologiya fanlari nomzodi, Guliston davlat universiteti dotsenti Mustafo Bayeshanov: Sharq adabiyoti-Pushkin ijodini yuksaltirgan omillardan biridir
✈️ /channel/gulduuz
🌐🇺🇿7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni!
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Qayerda bo‘lmaylik, uzoq-yaqindagi qadrdonlarimiz bilan doimiy aloqada bo‘lishimiz, zamon bilan hamnafas yurishimizda aloqa xodimlarining hissasi katta.
Soha oldiga belgilab berilgan vazifalarni sifatli darajada ta’minlashda tinim bilmay mehnat qilayotgan aloqachilarimizning xizmati beqiyosdir.
✅ Guliston davlat universiteti 7-may – O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni bilan sohada faoliyat olib borayotgan Sizdek fidoyi va jonkuyar xodimlarni samimiy tabriklab, ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaydi.
📩Telegram
#profilaktika
Korrupsiyaga qarshi profilaktika tadbiri o‘tkazildi
Bugun Guliston davlat universiteti sirtqi ta’lim yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi professor-oʻqituvchilar va xodimlar uchun korrupsiyaga qarshi profilaktika tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda universitetning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori D.Turdiboyev, rektor maslahatchisi O.Inamov va korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat boʻlimi boshligʻi B.Xamzayevlar tomonidan korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar va uning salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish choralari boʻyicha ma’ruza qilindi.
Tadbir yakunida yakuniy nazoratlar va davlat attestatsiya sinovlarini shaffof o‘tkazish, jarayonga kiritilayotgan yangiliklar yuzasidan tushuntirish berildi.
✈️ /channel/gulduuz
#ETA
#FULBRIGHT
📹
Ayni vaqtda Guliston davlat universitetida Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi Fulbright dasturi ETA Ingliz tili o‘qituvchisi yordamchilari Sabrina Chowdhury (University of Florida) va Haley Zehrung (Columbia University) tomonidan Ingliz tilii o‘qitish masalalari bo‘yicha seminar-treyning o‘takizlmoqda.
Seminar-treyning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev so‘zga chiqib, Guliston davlat universitei hamda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi o‘rtasida Fulbright ETA dasturi doirasidagi hamkorlik ko‘lami kengayib borayotganligini, xorijiy tillarni o‘qitishni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish ta‘limdagi islohotlarnining maqsad va vazifalaridan biri ekanligi ta’kidladi.
Mazkur seminar treyningda universitetning Xalqari aloqalar bo‘limi boshlig‘i G.Norimova hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarini mukammal o‘rganadigan, xorijiy tilda erkin so‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash, chet tillarini o‘rganish orqali dunyo xalqlari madaniyatiga kirib borish kabi masalalarda bunday seminar treyninglarni ahamiyati borasida fikr bildiri.
Seminar treyning Sabrina Chawdhury va Haly Zehrung xonimlar tomonidan ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy texnologiyalari va ulardan samarali foydalanish bosqichlari borasidagi mahorat darslari bilan davom etmoqda.
📌 /channel/gulduuz
Ustoz-shogird an'analari davom etmoqda
Sanʼatshunoslik fakulteti Amaliy sanʼat va dizayn kafedrasi Badiiy kulolchilik ustaxonasida ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi aʼzosi, kulolchilik sanʼatining mohir ustasi, M.Raximov nomidagi Toshkent Badiiy kulolchilik kombinati faxriy kuloli Maxmudjon Mamajonov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda Badiiy kulolchilik taʼlim yo‘nalishi talabalari Maxmudjon Mamajonovdan kulolchilikning o‘ziga xos jihatlarini o‘zlashtirgan holda, sohaga oid masalalar yuzasida ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
🚀 /channel/gulduuz
Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining oʻrinbosari Otabek Mahkamov Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif rejasiga ko‘ra navbatdagi manzil San'atshunoslik fakuktetining Badiiy kulolchilik ustaxonasi bo‘ldi. Mazkur dargohda sopol buyumlardan san'at namunalari tayyorlanadi.
Vazir o‘rinbosari mazkur buyumlarni sifatli va buyurtma asosida tayyorlash borasida ko‘rsatmalar berdi.
Kulolchilik ustaxonasi hunarmandlari tomonidan universitet logotipi asosida tayyorlangan sopol buyum sovg‘a qilindi.
Bizni kuzating:
📌 /channel/gulduuz
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy texnik innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ratsionalizatorlik ishlanmalarini keng joriy qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 2, 3 va 4-may kunlari poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘ida” majmuasida Mudofaa sanoati sohasiga doir “Texnofest” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada Guliston davlat universiteti “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi talabalari va professor o‘qituvchilaridan iborat universitet jamoasi ham munsib ishtirok etib diplom bilan taqdirlanishdi.
Читать полностью…