Joriy yilning 4-may kuni Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti "Tarix" kafedrasi tasabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetining " O‘zbekiston tarixi" va " Arxeologiya" kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirokida " O‘zbekiston tarixi va Arxeologiya fanlarining dolzarb masalalari ( yangi tadqiqotlar asosida)" mavzusida ilmiy-amaliy seminar uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich,O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti dekаni, siyosatshunoslik fanlari doktori, professor Muminov Alisher ,O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori Xoliqulov Axmadjon ,O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Arxeologiya” kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, Ochildiyev Fayzulla ,O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Usarov Umidjon ,O‘zbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “O‘zbekiston tarix”i kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Tog‘ayev Jasurlar Milliy Universitet faoliyati, ilmiy ishlar darajasi, xalqaro aloqalar to‘g‘risida ma'lumotlar berish bilan bir qatorda bugungi kun tarix fani oldida turgan dolzarb masalalar, turli xil fan nazariyalari, muammolar va ularning yechimlari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar berib o‘tdilar.
Читать полностью…#Mahorat_darsi
#Kitob_taqdimoti
🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
📙📙📙 Bugun ijod maktabida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida GulDU o‘qituvchisi Ma’ruf Qambarov “XX asr 30-yillari nasriy asarlarining tili xususida” mavzusidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, mashg'ulot davomida o‘quvchilarga tarixiy so‘zlarning badiiy asardagi o‘rni, tarixiy asarlar yaratishdagi ahamiyatiga oid ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot so‘ngida ijodkor pedagog "AZIZLARIM..." kitobi haqida, uning yaratilish ehtiyoji borasidagi fikr-mulohazlari bilan yakunladi.
🔰Bizni kuzatishda davom eting!
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti hamda Turkiyaning Balikesir universiteti Iqtisodiyot fakulteti dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilari o'rtasida tanishuv seminari tashkil etildi.
Seminarga prorektor Z.Zikriyayev modiratorlik qildi. Seminar davomida fakultetlar imkoniyatlari, kelgisida ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorliklar muhokama qilindi. Balikesir universitetida mavjud xorijiy va Turkiya markaziy banki loyihalarini birgalikda bajarish, joriy yil sentyabr va oktyabr oyida Balikesir universiteti hamda Guliston davlat universiteti hamkorlikda konferentsiya tashkil etilishi kelishildi.
GulDU professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar Turkiya nashriyoti orqali chop etilishiga kelishib olindi
#GulDU
#koordinatorlar_faoliyati
1-may "Favvoralar kuni" munosabati bilan Guliston shahar istirohat bog'ida Guliston davlat universiteti talabalari o'rtasida o’tkazilgan ko'ngilochar tadbir uchun maxsus videorolik…
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz :
Telegram Facebook Instagram
"Mahorat darsi" o'tildi
30-Aprel kuni Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida Guliston davlat universiteti Matematika kafedrasi dotsenti Xusanboy Norjigitov hamda kafedra o'qituvchisi Rustamjon Xudoyqulovlar tomonidan "Olimpiada masalalarini yechishda ayrim teoremalar haqida mulohazalar" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsi davomida matematika fanidagi olimpiada masalalarini yechishda bir qator yangicha yondashuvlar bo'yicha master-klass namoyish etildi.
Mashg'ulotlarda o'quvchilar mavzuga doir zaruriy bilimlarni egallashdi.
🛑LIVE
1-may "Favvoralar kuni" munosabati bilan ayni paytda Guliston shahar istiroh bog'ida, Guliston davlat universiteti talabalari o'rtasida ko'ngilochar tadbiri o'tkazilmoqda.
🌐Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz :
Telegram Facebook Instagram
🏦“Sirtqi”da bayram shukuhi
🌱Bugun Guliston davlat universitetining sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari uchun “Kasbim-faxrim” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
🌿Uchrashuvda Sirtqi bo‘lim boshlig’i M.Latipov so‘zga chiqib, bitiruvchilarni qutladi hamda ularning kelgusidagi faoliyatlarida zafarlar tiladi, shuningdek birituvchilarga YaDAS tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
⚜️Tadbirda o‘qish davrida yuqori natijalarga erishgan, shuningdek turli tanlovlar va musobaqalar g’oliblari tegishli sertifikatlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Tadbir o‘ziga xos bayram shodiyonasiga ulanib ketdi.
✔️ /channel/gulduuz
#olimpiada
📢Guliston davlat universitetida 2024-yil 30-aprel sanasida umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchiIari o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘p bosqichli olimpiada NATIJALARI
➡️ Biologiya fani bo‘yicha natijalar
➡️ Fizika fani bo‘yicha natijalar
➡️ Kimyo fani bo‘yicha natijalar
🚀 /channel/gulduuz
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
📢Guliston davlat universitetida 2024-yil 30-aprel sanasida o‘tkazilayotgan ko‘p bosqichli olimpiadani quyidagi manzil orqali jonli efirda kuzatib boring
👉JONLI EFIR
🕊 /channel/gulduuz
⭕️Diqqat!!!
⚽️Futbol uchrashuvini birgalikda tomosha qilamiz.
⁉️Qatar mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogida bugun finalchilar nomi ma’lum bo‘ladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Indoneziyaga qarshi yarim final uchrashuvini o‘tkazadi.
Joriy yilning 26-aprel kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchilari va Fulbright dasturi ETA Ingliz tili o'qituvchisi yordamchilari Sabrina Chowdhury (University of Florida) va Haley Zehrung (Columbia University) bilan birgalikda Boyovut tumani 23-umumta'lim maktabi xorijiy til o'qituvchilariga o'quv-metodik jihatdan ko'mak berish va doimiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashrifni amalga oshirdilar.
Tashrif davomida maktab o'quvchilari milliy liboslarda namoyish ko'rsatishdi va milliy urf-odatimiz va qadriyatlarimiz haqida ingliz tilida ma'lumot almashishdi. Tashrif so'ngida Sabrina Chowdhury va Haley Zehrung va maktabning Ingliz tili o'qituvchilari va o'quvchilar o'rtasida o'zaro suhbat o'tkazildi. Suhbat nihoyasida Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchilari va Fulbright dasturi ETA Ingliz tili o'qituvchisi yordamchilari maktab kutubxonasiga metodik yordam ko'rsatish maqsadida Ingliz tilidagi jurnal va kitoblarni taqdim etishdi.
#GulDU
#Yoshlar_festivali
#jarayon
Oshga marhamat!
⭕️Diqqat!
♻️Joriy yilning 26-aprel kuni,
soat 18:00 da "Yoshlar festivali" doirasida Guliston davlat universiteti "Ma'naviyat va ma'rifat" markazi binosi oldida "Gulxan atrofida yoshlar kechasi" bo'lib o'tadi. Ushbu kechaga barcha talaba-yoshlarni taklif etamiz.
✊Unutilmas daqiqalarni biz bilan birga kashf eting!
📹
♻️Guliston davlat universitetida "Yoshlar festivali"ga start berildi!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#marifatulashib
#ijodiy_uchrashuv
💥"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida tashrif buyurgan adiblar maktabda.
🟢Avval xabar berganimizdek, bugun “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoirlar Hayot Shodmon, Husniddin Hayit va Muhiddin Abdusamadlar ishtirokida bir qator ijodiy ucharshuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
🟢Mazkur tadbirlar doirasida adiblar bilan Guliston shahridagi 7, Guliston tumanidagi 7 va 25-umumta’lim maktablarida ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlar bo’ lib o‘tdi.
🟢Tadbirlarda adiblar tomonidan vatanni sevishga qaratilgan ma’ruzalar qilishib, vatanparvarlikni ulug'lovchi ijodlarini taqdim qilishdi.
🟢“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
#psixolog_faoliyati
🧠2024-yil 3-may kuni Guliston davlat universiteti psixologi M.Karimova tomonidan universitetda tahsil olayotgan talabalarga "Turli xil vaziyatlarda o‘zini emotsional ushlash" mavzusida trening o‘tildi.
🫥Mavzu doirasida talabalar fikrni erkin uzatish, vaziyatlarga munosabat bildirish va o‘zlarida mavjud bo‘lgan layoqatlarini namoyon qilish kabi mavzularda umumiy tushunchaga ega bo‘lishdi.
✈️/channel/gulduuz
Sayyor qabul o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi o'rinbosari, universitet rektori M.Xodjiyev Sayxunobod tumani Guliston mahallasida sayyor qabul o'tkazdi.
Sayyor qabul jarayonida 10 ta masala yuzasidan mahalla faollaridan murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tegishli tashkilot rahbarlariga so'rovnomalar kiritildi.
02.05.2024 yil kuni Guliston davlat universitetida universitet Xotin-qizlar Kengashi ishtirokida “Lider qizlar klubi” faol a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasiga ko‘ra Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan xotin-qizlarda liderlik koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Guldu talaba qizlardan iborat “Lider qizlar klubi” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Klubning maqsadi, oliy taʼlim muassasasidagi faol, tashabbuskor va iqtidorli, zamonaviy bilim va isteʼdodiga, yetakchilik qobiliyatiga ega xotin-qizlarni isteʼdodli liderlarga aylantirish, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, yangi avlod istiqbolli kadrlarini saralash, liderlik (rahbarlik) koʻnikmalariga oʻrgatish hamda yuqori malakali yangi avlod xotin-qizlar zaxirasini shakllantirishdan iboratdir.
“Parlament va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi
Milliy tiklanish demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Guliston davlat universitetining liderlari ishtirok etishdi. Unda yoshlarga oid davlat siyosatining mohiyati, siyosiy faol yoshlarni birlashtirish, boʻlgusi parlament saylovlarida tashabbuskor yoshlar davrasini kengaytirish masalalari kun tartibida boʻldi.
Tadbir yakunida yoshlar va parlament vakillari oʻrtasida ochiq muloqot oʻtkazilib, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
⚡️Guliston davlat universiteti vakillari Dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti tomonidan o‘tkazilayotgan mahorat darslarida ishtirok etishdi
📍 Mahorat darslari joriy yilning 29 – 30-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkazildi.
✅ Guliston davlat universitetining Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i B.Matrasulov, bo‘lim mutaxassislari B.Abdujalilov va F.Sidiqov, shuningdek Chet tili kafedrasi o‘qituvchilari L.Qodirova va H.Rahimovalar AQShlik mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan mazkur mahorat darslarida o‘z tajribalarini rivojlantirishdi.
🎗Mahorat darsida ishtirok etganlarga Massachusetts texnologiya instituti tomonidan sertifikat taqdim etildi.
⬇️ Biz kuzating:
Telegram
😚😋😛😝
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda baholash maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma oʻtkazilmoqda!
So‘rovnoma davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun moʻljallangan.
Har bir ishtirokchi survey.hemis.uz saytiga HEMIS platformasidagi login-parol orqali kirgan holda o‘z fikrini qoldirishlari mumkin.
Soʻrovnoma natijalari kelgusida oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Barchadan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
👨🏻💻 Soʻrovnomaga oʻtish: http://survey.hemis.uz
Bizni kuzating
DIQQAT SO‘ROVNOMA!!
Joriy yilning 29-30-aprel kunlari talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maqsadida so'rovnoma o'tkazilmoqda.
Mazkur so'rovnomada Guliston davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalarini ham faol ishtirok etishga chorlaymiz.
❗️Soʻrovnomada ishtirok etish uchun survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiriting va oʻz fikringizni bildiring.
GulDU Agrobiotexnologiyalar va Biokimyo Ilmiy Tadqiqot instituti laboratoriyalarida yosh olimlar T.Djurayev, F.Burxiyev, A.Tojiqulov, M.Xudoynazarov, O.Ismoiljonovalar professor H.H.Qo'shiyev rahbarligida tuproq-o'simlik-mahsulot tizimida molekulyar/elementar yondashuvlar asosida ekologik xavfsiz, regenerativ mahsulot yaratishning raqamlashtirilgan tizimini ishlab chiqdilar.
Tejamkorlik, Iqtisodiy samaradorlik va ekologik xavfsiz mahsulot yaratishga asoslangan ushbu raqamli yondashuvli tizim amaliyotga tadbiq etilmoqda.
9️⃣Bizni kuzating
🕊telegram | 📱instagram | 📱facebook | 📺ExperimentalBiologyLab">youtube
2024-yil 27-aprel kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida “Tarix” kafedrasi va O‘zR FA Tarix instituti olimlari bilan hamkorlikda “TARIXIY VA ADABIY MASALALAR TALQINI” mavzusidagi ilmiy seminar bo‘lib o’tdi. Tadbirni Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent J.Komilov va “Tarix” kafedrasi mudiri U.Mavlyanovlar ochib berishdi. Shuningdek, ilmiy seminarda O‘zR FA Tarix instituti yetakchi ilmiy xodimi t.f.d Nigora Allayeva, O‘zR FA Sharqshunoslik instituti bo‘lim mudiri f.f.n Salimaxon Eshonova, O‘zR FA Tarix instituti katta ilmiy xodimi Nizomiddin Gulboyev va Guliston davlat universiteti “Tarix” kafedrasi dotsenti, t.f.n Dilorom Sangirovalar ma’ruzalar qilishdi. Seminar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi, savol va munozaralarga boy bo’ldi.
Читать полностью…#GulDU
#Yoshlar_festivali
🛑LIVE
"Gulxan atrofida yoshlar kechasi" bo'lib o'tmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#marifatulashib
#ijodiy_uchrashuv
📢"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
💠Avval xabar berganimizdek, bugun “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoirlar Hayot Shodmon, Husniddin Hayit va Muhiddin Abdusamadlar ishtirokida bir qator ijodiy ucharshuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
💠Mazkur tadbirlar doirasida Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida adiblar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
💠Tadbirda adiblar o'zlarining hayot va ijod yo'llari to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi. Shuningdek o'zbek adabiyoti, o'zbek she'riyatining istiqboli to'g'risida fikr bildirishdi. O'z ijodlaridan namunalar taqdim qilishdi.
💠“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
📹
♻️ "Yoshlar festivali" doirasida "Osh chempionati" o'tkazilmoqda. Tayyorgarlik jarayonidan lavhalar...
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
🟢Avval xabar berganimizdek, bugun “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoirlar Hayot Shodmon, Husniddin Hayit va Muhiddin Abdusamadlar ishtirokida bir qator ijodiy ucharshuvlarni o‘tkazilmoqda.
🟢Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir universitet huzurida tashkil etilgan Qatag‘on qurbonlari muzeyida bo‘ldi. Mehmonlarga muzeydan joy olgan eksponatlar to‘g‘risida muzey ijrochi direktori O‘.Erbo‘tayeva batafsil ma'lumot berdi.
🟢“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
#marifatulashib
#ijodiy_uchrashuv
🏦Ma’rifat ulashib
⚜️Bugun “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoirlar Hayot Shodmon, Husniddin Hayit va Muhiddin Abdusamadlar ishtirokida bir qator ijodiy ucharshuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
🌱Mazkur tadbirlar doirasida universitet rektori M.Xodjiyev adiblar bilan uchrashdi, suhbatda ijodiy uchrashuvlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, o‘zbek adabiyotining istiqboli, ijdokor yoshlar qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
🌿 Mehmonlarga universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari-san’atshunoslik fakultetining mohir talabalari ijodlarindan namunalar taqdim qilindi.
⚜️Universitetning Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori F.Niyazov tomonidan ijodkor yoshlarning san’at ko‘rgazmalari namoyish qilindi.
🟡“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
✈️ /channel/gulduuz