24.04.2024 sanasida Axborot texnologiyalari va fizika-matematika fakulteti talaba-yoshlari oʻrtasida badiiy asarlarning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini targʻib qilishga qaratilgan "Eng yaxshi kitobxon talaba" koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
Tanlov yoshlarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kitobdan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, mustaqil va erkin fikrga ega iste'dodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga yo‘naltirildi.
#psixolog_faoliyati
⚡️2024-yil 23-aprel kuni Guliston davlat universiteti psixologi Mashhura Karimova tomonidan, universitetda faoliyat olib borayotgan tyutorlarga "Talaba yoshlar bilan ishlash jarayonida psixologik metodlar orqali, ularni dunyoqarashini kengaytirish" mavzusida seminar trening tashkil etildi.
💠Seminar davomida yosh davrlar inqiroziga ko‘ra dunyoqarashni shakllanishiga ta‘siri hamda ranglar psixologiyasini inson xarakterterida namoyon bo‘lishi o‘rganildi. Talabalar bilan ishlashda qo‘llaniladigan qiziqarli psixologik mashg‘ulotlar amalda qo‘lanilib ko‘tarinki kayfiyatga erishildi.
😎 /channel/gulduuz
#E’LON
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasini o‘tkazish to'g'risida.
Olimpiada bitiruvchi maktab o'quvchilari o'rtasida kimyo, biologiya, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan bo'lib o'tadi.
☝️Eslatma: Olimpiada bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni olimpiada to'g'risidagi nizom orqali tanishib chiqishingiz mumkin❗️
2024-yil 23-aprel kuni Guliston davlat universitetida “O‘simlik mahsulotlarining yetishtirishda kimyoviy, biotexnologik va molekulyar genetik yondashuvlar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Guliston shahridagi istirohat bog‘ida Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi va Sirdaryo viloyati kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Guliston davlat universiteti talabalari ham faol qatnashdilar.
#milliy_qadriyatlar_festivali
#osh_chempionat
2024-yil 22-aprel sanasida Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida osh chempionati tashkil etildi.
"Milliy qadriyarlar festivali" shiori ostida tashkil etilgan mazkur bellashuvda sportchi talabalar tomonidan "To‘y oshi","Choyxona palov","Zig‘ir palov" va "Pay oshi" kabi oshlari taqdim etildi.
Joriy yilning 22-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi va Koreya Respublikasining World Friends (Korea) NIPA agentliklarining hamkorlikdagi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetida Raqamli Iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari, yosh izlanuvchilari, magistrantlari va talabalari uchun Seminar tashkil etildi. Seminarda World Friends NIPA agentligining mutaxassislari Joo Jae-Won va Kim Sung-Zualar Koreya Respublikasining dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lishidagi tajribasi hamda o‘zlarining yirik korparatsiyalarda orttirgan uzoq yillik tajribalari bilan bo‘lishish uchun ma’ruza taqdimotlarini o‘tkazdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Читать полностью…#GulDU
#koordinatoar_faoliyati
🫵 Aynan siz kutgan eksklyuziv uchrashuv!
🔸 O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti
23-aprel soat
17:00 da o’tkaziladigan uchrashuvga barchangizni taklif etadi. Uchrashuvda siz
Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi
O’rolboyeva Shohsanamning mahorat darsidan
bahramand bo’lasiz!
💠 Bizni kuzatishda davom eting!📢🎉🎓
✨19-aprel kuni viloyat Yoshlar markazi binosida Xalqaro tasviriy va amaliy san'at festivalining yopilish marosimi tadbiri boʻlib oʻtdi.
🔻Tadbirda Guliston davlat universitetining San'atshunoslik fakultetining ijodkor professor-oʻqituvchilari va talabalariga Oʻzbekiston badiiy akademiyasi tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
🏅Dastgohli rangtasvir taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Abdumajidova Oʻgʻiloy festival doirasidagi faol ishtiroki uchun Oʻzbekiston badiiy akademiyasining xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali bronza medali bilan taqdirlandi.
✔️ /channel/gulduuz
18-aprel kuni TTJ binosida "Kafedra kunlari" doirasida Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchilari: A. Oʻrozov va Sh. Roʻziqulovlar, F. Muxudillayev va S. Mamaraximovlar tomonidan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab " El suygan shoir" nomli kichik davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbati davomida shoirning ijodiy faoliyati, shoir she'riyati va boshqalar haqida talabalarga maʼlumotlar berib oʻtildi.
🏛 Joriy yilning 18-aprel kuni Guliston davlat universiteti “Psixologiya va ijtimoiy fanlar” fakultetida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan f.f.n dotsent O‘rinboy Begimqulov tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan Shaxmat bo‘yicha an’anaviy XIII xotira turniri o‘tkazildi. Turnirda olimning oila a'zolari ham ishtirok etishdi.
🔰 Turnirda professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Turnir natijalariga ko'ra
🥇 1-oʻrin: Ismoilov Sobirjon -"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti;
🥈 2-oʻrin: Novro'zov Inoyat- Xovos tumani 25-sonli maktab o'qituvchisi;
🥉 3-oʻrin: Nizomov Alisher- "Boshlangich ta'lim uslubiyoti" kafedrasi katta o
qituvchisi;
⚜️ Ishtirokchilarga pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
📢🎉🎓
🎥 Guliston davlat universitetida "Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali" doirasida tashkil etilgan tasviriy san’at koʻrgazmasining ochilishiga bag‘ishlangan tadbirdan videolavha...
✝️ Telegram
#Tadqiqot_tahlil
📚Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini baholashda nohalollik va korrupsiya omillari o'rganilgan tadqiqot natijalari bilan tanishtiramiz.
Talabalarning akademik o'zlashtirishini baholashda qanday korrupsiyaviy xavflar bor?
#ma’rifat_maydoni
⚡️“Ma’rifat maydoni” respublika tanlovining mintaqaviy bosqich ishtirokchilari aniqlandi!
🏛 Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan aprel oyining ilk haftasida “Ma’rifat maydoni” ko‘rik-tanlovining hududiy 2-bosqichi respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etildi.
Unda 100 ta oliy ta’lim muassasasining saralangan jamoalari guruhlarga bo‘lingan holda o‘zaro bellashdilar. Har bir guruh g‘olibi tanlovning 3-mintaqaviy bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
☑️Mintaqaviy bosqichda ishtirok etadigan oliy ta’lim muassasalari bilan tanishing:
Bizni kuzating
#xalqaro_hamkorlik
#ETA
🫥Joriy yilning 15-17-aprel kunlari Qozog’ston Respublikasining Olmaota shahrida Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasi tashabbusi bilan “ETA Media Literacy and Reflections Workshop” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
🫥Anjumanda O'zbekiston, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridan Fulbrihgt dasturi asosida ishtirok etayorgan Amerikalik ETA (English Teaching Assistant) vakillari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan mahalliy 'oqituvchilar qatnashmoqdalar.
🫥Ushbu xalqaro anjumanda Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta o’qituvchisi Qodirova Lola ham o’z ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
🫥Anjumanda media savodxonlik, madaniyatlararo muloqot va ularning turli sohalarda samaradorligini oshirish mazalalari ilgari surilmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
Сирдарёда «Корейс тилини ўқитиш маркази» ташкил этилади
👉 https://xs.uz/uzkr/112606
Расмий саҳифаларимиз 👇
Instagram | Facebook | Youtube | Telegram
#DAS2024
📢DAS-2024: 2023/2024-o‘quv yili bakalvriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari uchun YaDAS, Bitiruv malakaviy ishi hamda Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini o‘tkazish JADVALI
⬇️2023/2024-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 3-bosqich talabalari uchun
⬇️2023/2024-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 4-bosqich talabalari uchun
⬇️2023/2024-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari 5-bosqich Sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
⬇️2023/2024-o‘quv yili magistratura mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari uchun
✈️ /channel/gulduuz
🇺🇸 Hope learning center-
ingliz tili o'rganishni biz bilan boshlang!
✅ GENERAL ENGLISH
✅ MULTILEVEL (CEFR)
✅ IELTS
🏡 Bizning o'quv markazda:
📕 | Qulay narx va bepul darsliklar
👨🏫 | IELTS 8/CEFR C1 ustozlar
🌒 | Kechki guruhlar
💸 | Har oy 50% gacha chegirmalar
🇷🇺 | Rus tilida darslar
📍Manzil: Yoshlar Texnoparki
Mo'ljal: Ishlab chiqarishni oldi, Universitet
Bog'lanish uchun:
👩🏻💻 @hope1_admin
📞 +998904001731 Sardor
📞 +998883411405 Sarvinoz
Telegram | Instagram | Lokatsiya
O’zbekiston – Koreya biznes forumi
#23apr #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi "Ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" PQ № 54-sonli qarorining 2-ilovasida ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida 2024-yil 22-aprel kuni Guliston davlat universiteti fizika kafedrasining o'qituvchilari va Sayxunobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchi sinf o'quvchilari hamda fizika fani o'qituvchilari bilan davra suxbati o'tkazildi.
✅Fizika kafedrasi o'qituvchilari G.Nafasova va N.Imankulovlar maktabdagi o'qituvchilarga yangi zamonaviy o'qitish metodikalarini o'rgatish bo'yicha seminar treninglar tashkil etishdi.
✅Maktabning bitiruvchi sinf o'quvchilari qobilayati moyilliklarini aniqlash, ularning rivojlanishiga psixologik-pedagogik tashxis qo'yish va ularni zamonaviy kasblarga yo'naltirish ishlari kabi vazifalar bajarildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5148-son
qarori hamda 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonida belgilangan topshiriqlarni
ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yil 22-apreldan 10-maygacha 2-bosqichda oliy
taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari oʻtkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan bugun 22-apreldan boshlab Guliston davlat universitetining barcha fakultet talabalaridan jismoniy tayyorgarlik sport sinovlarini o‘tkazish boshlandi.
Bugun Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston va Koreya forumi tashkil etildi. Forum doirasida Koreya Respublikasining bir qator tadbirkorlik subyektlari hamda Oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. Guliston davlat universitetiga Honam universiteti va Gvangju universiteti prezidentlari o‘zlarining delegatsiyalari bilan tashrif buyurishdi. Ushbu uchrashuvlarni tashkil etishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad Guliston davlat universiteti va Koreya OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish edi.
Bugungi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aniq rejalar va aniq takliflar muhokama qilinib, aniq kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Guliston davlat universitetida koreys tili markazini tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi va Koreya Respublikasining tegishli universitetlari hisobidan ushbu loyihalarni amalga oshirish belgilab olindi. Guliston davlat universitetida Koreya Respublikasi OTMlari hisobidan to‘liq moliyalashtiriladigan Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan “Koreys tilini o‘qitish markazi” tashkil etilishi belgilandi. Ushbu markaz kelgusida Sirdaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlarini tashkil etayotgan Koreya tadbirkorlariga kadrlar yetkazib berish va Koreya Respublikasida o‘qish istagini bildirgan yoshlarni koreys tilini o‘rgatgan holda Koreya OTMlariga maqsadli qabullarni amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari mazkur uchrashuvda ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik va boshqa bir qator qo‘shimcha kelishuvlarga erishildi.
📢🎉🎓
🎥 "Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali" doirasida tashkil etilgan tasviriy san’at koʻrgazmasining yopilishiga bag‘ishlangan tadbirdan videolavha...
✅ /channel/gulduuz
Joriy yilning 17-18-aprel kunlari Toshkent shahrida Halqaro Eco-Agro turizmga bag'ishlangan forum bo'lib o'tdi.
Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o'qituvchisi Kamalova Dilnoza o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan ushbu Xalqoro anjumanda O'zbekiston va xorijiy mamlakat vakillari "O'zbekistonda turizmni rivojlantirish tendentsiyalari, agro va ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari" to'g'risida faoliyat yuritishning kelgusidagi rivoji to'g'risida fikr almashishdi.
Guliston davlat universiteti hududida XQMB inspektori S.Tursunboyeva, Filologiya fakulteti tyutorlari va “Qalqon” jamoasi aʼzolari bilan birgalikda tunda talabalar tomonidan turli huquqbuzarlik hamda koʻngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida “Tungi tekshiruv” tadbiri amalga oshirildi.
Ushbu tadbir profilaktika maqsadida o‘tkazilib, talabalarning xavsizligini taʼminlashga qaratildi. Ichki tartib qoidalarni buzgan talabalarga tushuntirishlar olib borildi va ular oʻzlariga tegishli xulosalarni chiqardilar.
#festival_2024
Festival uchinchi kun
📢🎉🎓
🏦Tasviriy va amaliy sanʼat festivali oʻz ishini boshladi
🌿Avval eʼlon qilinganidek, joriy yilning 15-19-aprel kunlari Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab "Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali" oʻtkazilmoqda.
⚜️17-aprel kuni Guliston davlat universitetida mazkur festival doirasida Sanʼatshunoslik fakultetining san’at va amaliy san'at ustaxonalarida ijodkor talabalar tomonidan tasviriy san’at koʻrgazmasi tashklil etildi.
🌱Mazkur koʻrgazmaning rasmiy ochilish marosimida Oʻzbekiston badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasining tajribali sanʼatshunoslari tashrif buyurishdi. Tashrif kun tartibiga muvofiq, tajribali rassomlar ishtirokida ijodkor talabalar bilan davra suhbati va mahorat darslari tashkil etildi.
✈️/channel/gulduuz
#sayyor_qabul
⚡️Sayyor qabul o‘tkazildi
🫥16-aprel sanasida Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Yangiyer shahrida joylashgan Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
🫥Unda mavjud muammolarni o‘rganish va yechimi yuzasidan amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Sayyor qabul jarayoni ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, bildirilgan takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🫥Sayyor qabul fakultetlar kesimida davom etmoqda.
✈️/channel/gulduuz
4️⃣4️⃣4️⃣
15-19-aprel kunlari Respublikamiz bo‘ylab Xalqaro anʼanaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali o‘tkaziladi. Jumladan Guliston davlat universitetida ham ushbu festivalning ochilish marosimi 17-aprel soat 10-00 da bosh bino ko'rgazmalar zalida o'tkaziladi. Qiziquvchilarni kutib qolamiz
Assalomu alaykum barcha KITOBSEVAR GULDU Yoshlari !
Kitobjavoningizdagi kitoblardan zerikdingizmi ? O'qilmagan va qiziqarli kitobga TEKINGA ega bo'lishni xohlaysizmi ? Unda bu loyiha aynan siz uchun !!! 📚
Barchangizni 18 - aprel kuni bo'lib o'tadigan KITOB ALMASHUV LOYIHAsiga taklif etamiz. 🎉
Bo'lib o'tish tartibi: 👇
15, 16, 17 - Aprel 🗓 kunlari ⏰ 13:00 dan keyin siz almashmoqchi bo'lgan kitoblar qabul qilinadi . Sizga ismingiz va kitoblaringiz raqami yozilgan kartochka beriladi ! 🏷
1. Loyihamiz boshlangan kunda kartochkangizda yozilgan raqam bilan bir xil miqdorda kitob tanlaysiz.
2. Kartochkangizdagi raqam bilan kitoblar sonini tekshirib ularni sizga taqdim etamiz. QARABSIZKI YANGI VA QIZIQARLI KITOBLARGA EGA BO'LDINGIZ !!! 🥳
Yosh chegarasi umuman yo'q !
Savollar va murojaatlar uchun:@Mirzaaxmedova