🟨🟨🟨🟨🟨
⚡️Dam olish kunlari Sirdaryo viloyati 2-liganing 14-15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Guliston davlat universitetining ,,Universitet'' jamoasi 14-turni Sirdaryo viloyat bojxona qo'mitasining ,,Bojxona'' jamoasiga qarshi o'tkazdi va 6:4 hisobida zafar quchdi.
☄️15-turning markaziy o'yinida jamoamiz kuchli futzalchilardan tashkil topgan ,,Shifokor'' jamoasiga qarshi o'tkazib 4:1 hisobida g'alabaga erishgan holda turnir jadvalida yakka peshqadamlikni o'z qo'llarida saqlab turibdi.
✈️ /channel/gulduuz
«Сирдарёга қойил қолдим» — Алишер Садуллаев.
Сирдарё сила💪
👉Сиз ҳам ҳозироқ иловани юклаб олинг ва хорижий тилларни бепул ўрганинг!
✍️Ҳавола — IOS
✍️Ҳавола — Android
🗣Канал👉Sirdaryolik_insider
#Guldu
#Talabamiz_yutugi
"Biz ota-onalarga ko'p narsa kerak emas..."
✨ Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'tkazilgan "Yil talabasi" hamda kitobxonlik bo'yicha "Islohotlar bilimdoni" tanlovining respublika bosqichi taqdirlash marosimi o'tkazildi.
⭕️ E'tiborli jihati, tanlovlar turli vaqtda o'tkazilgan bo'lib, "Yil talabasi" tanlovining ham, "Islohotlar bilimdoni" tanlovining ham respublika bosqichida universitetimiz talabasi, Filologiya fakulteti koordinatori, Yorqinjon Hayitboyev 1-o'rinni egallagan.
☀️ Quvonarli tomoni, bugun Yorqinjon "Islohotlar bilimdoni" tanlovining 1-darajali diplom va esdalik sovg'alarini qabul qilib olgan bo'lsa, ijodkor talabaning onasi Buvhilol Erkaboyeva "Yil talabasi" tanlovining 1-darajali diplomi va esdalik sovg'alarini qabul qilib oldi. Shuningdek, qo'shyutuqli talabaning onasi taqdirlangan barcha talabalarning ota-onalari nomidan so'zga chiqdi va nutq so'zladi.
♻️ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
#psixolog_faoliyati
💫2024-yil 29-mart sanasida Guliston davlat universiteti "San‘atshunoslik" fakulteti talabalariga universitet psixologi M.Karimova tomonida psixologik amaliy mashg‘ulot o‘tildi.
👁Mashg‘ulot davomida keng fikrlash, xavotirni susaytirish, maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish uchun mashqlar va topshiriqlar berildi. Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida ruhiyatdagi chalkash ichki nizolarni va muammolar sababini aniqlashga erishildi.
🚀/channel/gulduuz
2024-yil 29 -mart kuni Guliston davlat universitetining Muhtasham Ma'daniyat saroyida San'atshunoslik fakulteti "An'anaviy xonandalik va xalq cholg‘ulari" kafedrasi Xalq cholg‘ulari orkestrining "ILK BAHOR" nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Badiiy rahbar va Dirijyor: O‘zbekiston Respublikasi Kompozitorlar va Bastakorlar uyushmasi a'zosi Baxadirov Nail Sharifovich rahbarligi ostida orkestor tomonidan ijro etilgan musiqiy asarlar yiĝilganlarga kòtarinki kayfiyat baxsh etdi.
Mahorat darsi
💠2024 yil 29-mart kuni Guliston davlat universiteti akademik litseyi aniq fanlar yo'nalishi talabalariga Guliston davlat universiteti "Matematika" kafedrasi mudiri pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori , dotsent Gaimnazarov Olimjon tomonidan geometriya fanidan "Uchburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalar" mavzusida master klass darsi bo'lib o'tdi.
💠Darsda matematika fani o'qituvchisi U.Jalilov,fizika fani o'qituvchisi X.Komilovlar ishtirok etishdi. Master klass darsi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Dars jonli qiziqarli va savol-javoblar bilan o'tdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar berib bu savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
😎/channel/gulduuz
Mahorat darsi
🌱2024-yil 28-mart kuni Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Obidaxon Fayzullayeva Guliston akademik litseyi O‘zbek filologiyasi yo‘nalishi talabalariga “Abdulhamid Cho‘lpon ijodiyoti” mavzusida mahorat darsi o‘tdi.
🌿Mahorat darsida jadidlarning, xususan, Cho‘lponning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissalari xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, Cho‘lpon she’rlari, hikoyalari, dramatik asarlari, “Kecha va kunduz” romani va publitsistikasi xususida ham atroflicha ma’lumot berildi. Litsey o‘quvchilarininig ijodkor va badiiy adabiyot borasidagi savollariga ham atroflicha javob berildi.
✈️ /channel/gulduuz
Ajoyib yangilik!
Ingliz tilidan yangi va tezkor kurslarimiz 4 -mart sanasidan boshlanmoqda. Qulay sharoit va hamyonbop narxlarda. Bizda ikki xil kurslar mavjud:
1. Grammatika va lug'at boyligi oshirish uchun - (250 ming so'm)
2. CEFR MULTILEVEL ( 300 ming so'm)
Manzil: Guliston Davlat Universiteti, Ma'naviyat va Ma'rifat markazi
Murojaat uchun:
+998902520254
+998915000203
Tg: @mshodmonova
📈 2024-yil 27-mart kuni "Buxgalteriya hisobi va moliya" kafedrasi hamda Freedom Broker Uzbekistan tashabbusi bilan Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari va tadqiqotchilariga qimmatli qog‘ozlar bozorida malakali investitsiya va savdo-sotiqni o‘rgatadigan, bank sohasida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirishni to‘g‘ri tashkil etish, investitsiya g‘oyalarini topishni o‘rgatish maqsadida «Moliyaviy degustatsiya» va «Investitsiya san’ati» bo‘yicha mahorat darslari tashkil etildi.
🎓 Tadbir davomida talabalar qyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi:
Qimmatli qog‘ozlar bozori, Fond bozorining funksiyalari, Emitentlar, Investorlar, Aktsiyalar, Obligatsiyalar, O‘zaro fondlar, Fyuchers va optsionlar, Brokerlik hisob varag‘ini ochish, Investitsiya portfelini shakllantirish, angi investorlarning xatolariga oid Keys tahlillarni o‘rgandilar.
🔹Tadbir qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. Talabalar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassis tomonidan yetarlicha javob olishdi.
#xalqarokonferensiya
📹
🗣Ayni daqiqalarda Guliston davlat universitetida "Ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'z ishini boshladi.
✈️ /channel/gulduuz
2024 yilning 23-mart kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti, Tarix yo‘nalishi tyutorlari va talabalari Toshkent shaharida joylashgan “O‘zbekiston davlat tarixi muzeyi”ga tashrif buyurishdi.Talabalar Muzeyda joylashgan eksponatlar bilan tanishib, Yurtimizning shonli o‘tmishi haqida batafsil ma’lumot olish bilan birga, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.
Читать полностью…#yervaqti
#aksiya
📢 Guliston davlat universitetida “Yer vaqti (kuni)” aksiyasi o‘tkazildi
🌐Mazkur aksiya doirasida universitetdagi bino va inshootlarda chiroq, kompyuter texnikasi, sovutish va isitish uskunalari hamda boshqa elektr energiyasi vositalari ixtiyoriy ravishda tarmoqdan uzilib, universitet hovlisida sayr tashkil etildi.
😎/channel/gulduuz
⭐️СИРДАРЁ ВИЛОЯТИНИНГ СEВИМЛИ РEКТОРИ✅
🗳Сирдарё вилояти ўртасида университет ректорлари рейнтинг бўйича сўровнома.
Ушбу сўровда биз қайси университет ректори ўз талабалари, ишчилари ва янги абитуриентларга кўпроқ эътибор қаратишини аниқламоқчимиз.
📆Университет ректорларининг ишини баҳолаш йил бошидан то ҳозирги кунгача бошланади.
Сўров канал обуначилари ва талабалар ўртасида ўтказилади.
#Guldu
#Navruz
✨ Bugun, 23-mart kuni Sirdaryo viloyati “Navro’z” umumxalq bayrami munosabati bilan sayl o’tkazildi.
🌟 Unda Guliston davlat universiteti jamoasi o’zining tasviriy va amaliy san’at ko’rgazmalari hamda turli xil sahna ko’rinishlari bilan faol ishtirok etdi.
♻️ Jarayonlarni kuzatib boring…
Telegram | Instagram | Facebook
🟦🟦🟩🟩
⚡️Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning "Yashil ipak yo'li" tashabbusi" nomli maqolasi Xalq so'zi gazetasining 2024-yil 20-mart sanasidagi №58 (8681)-sonida chop etildi.
✅/channel/gulduuz
#firibgarlik
Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi: Telegram messenjerida firibgarlar tomonidan yuborilgan noma’lum ilovalarni yuklab olmang!
Bizni kuzating
#mahorat_darsi
💠2024-yil 30-mart kuni Guliston davlat universiteti akademik litseyi Tabiiy fanlar yo'nalishi talabalariga Guliston davlat universiteti "Dorivor o'simliklar va botanika" kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori To'xtayev Boboqul Yorqulovich tomonidan "O'zbekiston florasiga mansub dorivor o'simliklar" mavzusida master klass darsi o'tkazildi.
💠Darsda Akademik litseyning Tabiiy fanlar yo'nalishi mudira D.Abduraimova ham ishtirok etdi. Master klass darsida o'quvchilar qizilmiya, za’faron, kavrak, moychechak, na’matak, ravoch, dalachoy, kiyik o‘ti, qalampir yalpiz kabi ko'pgina dorivor o'simliklarining xalq tabobatidagi ahamiyati va ularni yetishtirish bo‘yicha ma'lumotlar oldi. Dars jonli qiziqarli va savol-javoblar bilan o'tdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar berib bu savollarga yetarlicha javoblar olishdi.
Д И Қ Қ А Т Э Ъ Л О Н !
Божхона қўмитаси ҳудудий бошқармалар божхона постларидаги бўш лавозимларга хизматга қабул қилиш бўйича танлов эълон қилади.
Мазкур лавозимларга танлов асосида Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, ёши ўн еттидан кам бўлмаган ва ўттиздан ошмаган, олий маълумотга эга, ўзининг шахсий, ишчанлик ва ахлоқий сифатлари, соғлиги ва жисмоний тайёргарлиги даражасига кўра божхона органи ходимининг хизмат вазифаларини бажаришга қодир, бўйи 165 см.дан кам бўлмаган ЭРКАКЛАР (10 нафаргача) ҳамда бўйи 160 см.дан кам бўлмаган ҚИЗЛАР (30 нафаргача) қабул қилинади.
Эркак номзодлар муддатли ҳарбий хизматни ўтаган ёки сафарбарлик чақириқ резервида хизмат қилган ёхуд олий таълим муассасаларида ҳарбий тайёргарликдан ўтган бўлишлари лозим.
Номзодлар чет тилларидан бирини мукаммал билиши лозим.
Ўзбекистон Республикасининг “Давлат божхона хизмати тўғрисида”ги Қонунининг 13-моддасига кўра, муомалага лаёқатсиз ёки муомала лаёқати чекланган деб топилган, хизматни ўташга монелик қиладиган касаллиги ёки жисмоний нуқсонлари бўлган, бошқа давлат органларидан салбий сабабларга кўра бўшатилган, содир этган жинояти учун илгари ҳукм қилинганлар, қўлланилган жазо туридан, судланганлик ҳолати тугатилганлигидан ёки олиб ташланганлигидан ва ўзига нисбатан амнистия акти ёки афв этиш қўлланилганлигидан қатъи назар ёхуд ярашув муносабати билан жиноий жавобгарликдан озод қилинган фуқаролар хизматга қабул қилинмайди.
Юқоридаги талабларга мос келмаган, саралаш босқичларидан ўта олмаган ёки ўзи ва яқин қариндошлари тўғрисида била туриб нотўғри маълумотлар берган, шунингдек белгиланган ҳужжатларни белгиланган муддатда тақдим этмаган номзодларни хизматга қабул қилиш рад этилади.
Танловда иштирок этиш аризалар жорий йилнинг 8 апрелига (шу куни ҳам) қадар https://customs.uz/uz/services/vacancy ҳаволаси орқали онлайн қабул қилинади.
Танлов бўйича қўшимча маълумотлар билан танишиш ҳаволаси: https://new.customs.uz/uz/services/vacancy/questions
Қўшимча маълумотлар учун ҳудудий бошқармаларнинг телефон рақамлари: https://new.customs.uz/public/docfiles/1690367527.pdf
“Yil talabasi-2023” va “Islohotlar bilimdoni” tanlovlari gʻoliblari taqdirlandi
29-mart kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti madaniyat saroyida “Yil talabasi-2023” hamda “Islohotlar bilimdoni” keng tarmoqli respublika ilmiy-maʼrifiy koʻrik tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
“Yil talabasi-2023” respublika koʻrik tanlovida 7 ta nominatsiya boʻyicha 23 nafar gʻolib, “Islohotlar bilimdoni” tanlovida 5 ta nominatsiya boʻyicha 15 nafar gʻolib aniqlandi. Ular tanlov statuetkasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli darajadagi diplomlari va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/8359/
#tanlov #taqdirlash
Bizni kuzating
Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi «Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-221-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 2022 – 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilab berilgan strategiyaga muvofiq «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi tomonidan seminar tashkil etildi.
Unda sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari bo‘limi boshlig‘i O‘rinboyev Abdujalil Jaxongir o‘g‘li va Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo’llab quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi boshlig‘i Raxmanov Sunnatulla Ablayarovichlar tomonidan tizimdagi asosiy yangilik va o‘zgarishlar, bugungi kunda intellektual mulk bozoridagi holatlar, ixtirolar va sanoat namularini patentlash jihaltlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
✈️ /channel/gulduuz
🟦🟦🟩🟩
#dayjest
⚡️Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning "Izchil islohotlar ijobiy natijasini beradi" nomli maqolasi O'zbekiston axborot agentligi (O'zA) rasmiy veb-sahifasida 2024-yil 28-mart sanasida chop etildi.
✅/channel/gulduuz
✅ 2024-yil 28 mart kuni soat 11:30 da bosh bino 3-ma'ruzalar zalida Investitsion loyihalar tahlili fanidan 4 kurs talabalariga Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi tashabbusi bilan qiziqarli "StartUP" tanlovi tashkil etildi.
🎓 Startup loyihalar tanlovini o’tkazishdan maqsad — yangi tizimlarni yaratish yoki mavjudlarini texnik, texnologik, axborot, ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy tizimlarni oʻzgartirish va resurslar (ishlab chiqarish, moliyaviy, inson) xarajatlarining pasayishi natijasida mahsulot, xizmat koʻrsatish sifati va yuqori tijorat samaradorligini tubdan yaxshilashga erishishda dastlabki qadamni shakllantirishdan iborat.
🔹"StartUP" tanlovi qiziqarli savol-javoblarga boy bo‘ldi. O’qituvchi va o’quvchilar tomonidan o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga loyiha ishtirokchisi tomonidan yetarlicha javob olishdi.
"StartUP" tanlovida loyiha ishtirokchilari Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti pr. o’qituvchilari tomonidan baholanib borildi va ragʻbatlantirildi.
Turkiyaning Gebze texnika universiteti hamda Guliston davlat universitetida o'rtasida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar chora-tadbiri yuzasidan vebinar tashkil etildi. Ushbu vebinarda ikki universitet prorektorlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda yosh olimlari ishtirok etishdi. Vebinar doirasida ikki universitet faoliyati va imkoniyatlari yuzazidan taqdimotlar o'tkazildi. Fakultet dekanlari, kafedra mudirlari o'zaro tanishtirildi. Vebinar natijasida professor-o'qituvchilar birgalikda maqola chop etishlari, ikki universitet olimlarining monografiyalari birgalikda Turkiya hamda O'zbekistonda nashr etilishi, professor-o'qituvchilarning seminarlari tashkil etilishi, birgalikda loyihalar bajarilishi hamda mavjud laboratoriyalardan erkin foydalanish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Gebze texnika universiteti bugungi kunda Turkiya Respublikasi reytingida 235 ta OTM o'rtasida 9-o'rinni jahon reyting tashkilotlari (THE, QS) kuchli 500 talikdan o'rin olgani hamda professor-qituvchilarinimg ko'pchilik qismining h-indexi 5 dan yuqori ekanligi bilan alohida ahamiyatga egadir.
⚖️👨💻👩💻💬
#xalqaro_konferensiya
Guliston davlat universitetida “Ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz ishini boshladi.
🌱Anjumanning ochilish marosimida Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Z.Zikriyayevlar soʻzga chiqishib, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ahamiyati borasida fikr bildirishdi.
🌿Anjumandagi asosiy maʼruzalarida GulDU professori R.Mahmudov, OʻzMU professori N.Shermuhammedova, OʻzMU professori A.Oʻtamurodov, OʻzMU professori K.Kalonov, Chimkent universiteti (Qozogʻiston) professori M.Rahimshikova, OʻzMU doktoranti B.Sharipov, professor M.Quronov, Qirgʻiz milliy universiteti (Qirgʻiz Respublikasi) professori A.Djusubaliyev, OʻzR QK Akademiyasi professori D.Bozorovlar nutq soʻzlashdi.
⚜️Konferensiya oʻz ishini shoʻbalar kesimida davom ettirmoqda.
✈️ /channel/gulduuz
2024-yil 22-mart kuni Guliston davlat universiteti Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 64-21 guruh talabalari Navoiy va Samarqand viloyatlariga sayohat uyushtirishdi.
Читать полностью…2024-yil 22-mart kuni Guliston davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari va talabalari bilan birgalikda Samarqand viloyatiga sayohat uyushtirshdi.
Читать полностью…🚀Sizni 27-mart kuni soat 10:00 da bosh bino 3-ma'ruzalar zalida Freedom Broker Uzbekistan va Guliston davlat universiteti, Buxgalteriya hisobi va moliya kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan qiziqarli "Moliyaviy degustatsiya" treningiga taklif etadi.🔥
📈Fond bozori qanday ishlashini tushunmoqchimisiz? Siz investitsiya sayohatingizni boshlashni orzu qilasiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi? Unda bu trening siz uchun! Biz investitsiya qilishning barcha jihatlarini tahlil qilamiz va muvaffaqiyatli treydingning asosiy tamoyillarini o'zlashtirishingizga yordam beramiz.
🎓Bu ko'plab yangi narsalarni o'rganish, mavjud tendentsiyalarni muhokama qilish va soha mutaxassislari bilan tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyatdir.
🔝Bizga qo'shiling va moliyaviy muvaffaqiyatingizni bugundan boshlab boshlang!
⚡️Navbatdagi g'alaba!
🤩"Universitet" peshqadamlikda davom etmoqda! Futzal bo'yicha Sirdaryo viloyati 2 -liga musoboqalarida ,,Universitet'' jamoamiz novbatdagi turni musobaqa yetakchilaridan biri ,,Baxt'' shahrining ,,MFK Guliston'' jamoasiga qarshi maydonga tushdi va shiddatli kechgan bahsda jamoamiz 6:5 hisobida g'alaba qozondi!
🎗Keyingi bahslarda jamoamizga omad tilaymiz!
✈️/channel/gulduuz
#Guldu
#koordinatorlar_faoliyati
#Navruz
✨ Guliston davlat universitetida o’tkazilgan “Navro’z” umumxalq bayrami uchun tayyorlangan maxsus videorolikni tomosha qiling.
♻️ Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring…
Telegram | Instagram | Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi ta’lim sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
PQ № 54-sonli qarorining 2-ilovasida ta’lim sohasini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida kadrlar tayyorlash jarayoniga ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik qilish mexanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirishda ish beruvchilar va muhandis texnika yoʻnalishidagi ta’lim yoʻnalishi talabalari ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda kadr buyurtmachilari takliflarini inobatga olish uchun Guliston davlat universitetining Ishlab chiqarish texnologiyalar fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalariga Sirdaryo viloyati “FOTUNA TEXSTIL” MCHJ ma’sul xodimlari bilan seminar tashkil qilindi. Seminar qizgʻin munozara asosida tashkil qilindi.