Qurolli Kuchlari akademiyasi “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqichini tamomlagan talabalarni o‘qishga taklif etadi
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.
Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.
Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot: 13-57 qisqa raqami
Batafsil: https://edu.uz/uz/news/view/6450
#Qurolli_Kuchlar #Psixologiya #o‘qish
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
2024-yil 16-fevral kuni Guliston davlat universiteti talabalari bilan universitet psixologi M.Karimova hamda tyutor D.Elmurodova hamkorligida "Go'zal hayotimning go'zal maqsadlari" mavzusida psixologik trening o‘tkazildi. Treningni o‘tkazishdan maqsad, o'zlarida mavjud bo‘lgan cheksiz quvvatni to'g'ri yo'naltirish orqali yaxshi o'qish, bilim olish va o'ziga bo‘lgan ishonchni orttirib maqsadlari tomon dadil qadam tashlash malaka va ko‘nikmalariga ega bo'lishdir.
Читать полностью…#Guldu
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur
✨ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541-yilligi munosabati bilan Guliston davlat universitetida o’tkazilgan tadbirdan videorolik
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting !
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇦🇿 МЕН ЖУДА СОҒИНДИМ ЎЗБЕКИСТОННИ!
Туркий давлатлар ташкилоти томонидан 11-18-февраль кунлари Озарбайжон Республикасида ташкил этилаётган II халқаро ёшлар форумида Ўзбекистон делегацияси таркибида 3 нафар талаба (2 нафар бакалавр, 1 нафар магистр) иштирок этмоқда. Улар орасида Гулистон давлат университети талабаси Ёрқинжон Ҳайитбоев ҳам бор.
Гарчи ҳашаматда юрибман, дўстлар,
Гўзал ўтказяпман ҳар лаҳза, онни.
Аммо нигоҳларим бир жойни излар,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Соғиндим отамни — тиргак тоғимни,
Соғиндим онамни — бахт чироғимни,
Улар кутиб яшар қўнғироғимни,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Қароғимдан қишлоқ сурати кетмас,
Ёт шаҳар бус-бутун бахтиёр этмас,
Етмайди, ҳеч гўша Ватанга етмас,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Маломат қиляпти, деманг, азизлар,
Ахир Губада ҳам ҳар кимса сизлар,
На қилай, қалбимдан чиқар бу сўзлар,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Ватанда Ватаннинг қадрин билмабман,
Боғдаги атиргул атрин билмабман,
Юрак соғинчининг дардин билмабман,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Гарчи дўст орттирдим чандон, зиёда,
Озар диёрини кездим пиёда,
Ўзбекдай меҳрибон йўқдир дунёда,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Юртдаги тонгнинг ҳам қадри бор экан,
Уйғотар бонгнинг ҳам қадри бор экан,
Тупроқнинг, чангнинг ҳам қадри бор экан,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Яхши ҳам дўппинг бор бошимда, халқим,
Кўрсатиб туради аслиятим ким?
Сенинг хизматингга бахшида умрим,
Мен жуда соғиндим Ўзбекистонни.
Ёрқинжон Ҳайитбоев,
Озарбайжон, Губа, 15.02.2024
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
Bugun O‘zbekiston xalq shoiri, Guliston davlat universiteti professori To‘ra Sulaymon tavallud topgan kun!
Читать полностью…#Guldu
#Koordinatorlar_faoliyati
✨ 15-fevral - O’zbekiston xalq shoiri, Sirdaryo xalqining suyukli farzandi To’ra Sulaymon tavalludining 90 yilligidir.
⚡️ Adabiyotshunoslarning fikriga ko’ra To’ra Sulaymon o’zbek she’riyatining bobodehqoni bo’lgan. She’riyatning gullab-yashnashi uchun o’z hissalarini qo’shgan yetuk bir shaxs hisoblanadi.
▶️ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
#GulDU
#koordinatorlar_faoliyati
🇺🇿 O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi “Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi” munosabati bilan e’lon qilingan chellenjni qabul qildi.✨ Zahiriddin Muhammad Bobur - butun Osiyo tamadduniga ulkan ta'sir ko'rsatgan buyuk shaxslardan biridir.
🔹 Ushbu chellenjni davom ettirishni Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filialiga topshiramiz.
♻️ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
#ZMBobur
#14fevral
Bobur kabi seving Vatanni…
✨2024-yil 14-fevral kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag‘ishlangan “Shoh va shoir” mavzusidagi ma’naviy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Tadirda Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha fan doktori (DsC) I.Ermatov soʻzga chiqdi.
🎖So‘zga chiqqan ma’ruzachilar Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim bo‘lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda bo‘lganligi, Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, serimlo o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olgani, uning nafis, go‘zal ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “G‘arb ishi”, Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo‘lib qo‘shilganligini ta’kidlab o‘tdishdi.
🎶Tadbirning badiiy qismida San’atshunoslik fakulteti iste’dodlari ijrosida Bobur g‘azallari bilan aytiladigan “Bahor ayyomi”, “Qaro zulfing”, “Lola”, “Soqiynomai savti kalon” qo‘shiqlari, Filologiya fakulteti talabalari tomonidan Boburning g‘azallaridan namunalar va P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” asaridan sahna ko‘rinishlarini mahorat bilan namoyish etildi.
✈️ /channel/gulduuz
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI TALABASINING KITOBI OZARBAYJONDA TAQDIMOT QILINDI
Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan 11-18-fevral kunlari Ozarbayjon Respublikasida tashkil etilayotgan II xalqaro forumda Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida mamlakatlarning badiiy chiqishlari namoyish etildi. Xususan, Y.Hayitboyevning "Muhabbat semestri" kitobi ham ishtirokchilarga taqdim etildi.
Forum davom etmoqda.
#e’lon
⚡️ 1 200 nafar talaba-o‘quvchini xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda
🔰 Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS Granti” tanlovining III mavsumi o‘tkaziladi.
Unda 25 yoshgacha bo‘lgan, barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan talabalar (magistr, bakalavr) hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
Talabgorlar 25-fevralga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @IELTS_Registan_bot
👉 @IELTS_Registan_bot
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#brifing
Ayni vaqtda AOKAda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar yoʻnalishida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan brifing boshlandi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lumot beradi.
https://youtube.com/live/cSzDpgDdhRA?feature=share
___
В АИМК начался брифинг, посвященный анализу деятельности в сфере высшего образования, науки и инноваций в 2023 году.
Информацию представляет руководители пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузова.
https://youtube.com/live/cSzDpgDdhRA?feature=share
Bizni kuzating
#GulDU
#koordinatorlar_faoliyati
🗣Talabalar o’rtasida "WISE" intellektual o’yinining navbatdagi mavsum o’yini bo’lib o’tdi.
🔹Ushbu loyiha iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni intellektual oʻyinlarga keng jalb qilish va intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. ✅ Intellektual o'yin O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti "Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti" koordinatori Anvarov Sodiqjon tomonidan tashkil etildi.
♻️ Jarayonlarni biz bilan birga kuzatib boring!
Telegram | Instagram | Facebook
GULDU TALABASI OZARBAYJONDA
Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan 11-18-fevral kunlari Ozarbayjon Respublikasida turkiy tilli davlatlar ishtirokida II xalqaro forum tashkil etilmoqda.
Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev ham ishtirok etmoqda.
Forum doirasida bellashuvlar, musobaqalar, treninglar, tadbirlar, kitobxonlik loyihalarining tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kun yoshlari – ertangi kun vatan himoyachilaridir.
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Vatanparvarlik
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (09.02.2024)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
2024-yil 16-fevral kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida yoshlarni teatrga qiziqishlarini oshirish va keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarni faol ishtirokini ta’minlash, talaba-yoshlarni ezgu maqsadlarga ilhomlantirish, adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish, ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish maqsadida tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi
Ushbu “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy bosqichida 3 ta jamoa ishtirok etdi.
Guliston davlat universitetining “Guliston guldastasi” teatr jamoasi, Guliston davlat pedagogika institutining teatr jamoasi va Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filialining “Texnologlar” teatr jamoalari “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy bosqichida ishtirok etishdi.
1-o‘rin - Guliston davlat universiteti “Guliston guldastasi” jamoasi
2-o‘rin - Toshkent kimyo texnologiyalari instituti Yangiyer filiali “Texnologlar” teatr jamoasi,
3-o‘rin - Guliston davlat pedagogika institutining teatr jamoasi qo‘lga kiritdi.
1-o‘rin egallagan Guliston davlat universitetining “Guliston guldastasi” jamoasi mintaqaviy bosqichga yo‘l oldi.
🇺🇿 🇦🇿 OZARBAYJON TELEVIDENIYESIDA TALABAMIZ
Turkiy davlatlar tashkiloti tomonidan 11-18-fevral kunlari Ozarbayjon Respublikasida tashkil etilayotgan II xalqaro forumda Guliston davlat universiteti talabasi Yorqinjon Hayitboyev ishtirok etmoqda.
Kuni kecha Ozarbarjonning rasmiy "Real" kanalida forum haqidagi lavha efirga berildi. Unda Y.Hayitboyev ham O‘zbekiston nomidan intervyu bergan.
#e’lon
⚡️Respublika Yoshlar ovozi tanlovi — “Bo‘zatov FEST”ga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Tanlov baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlari bo‘yicha mahalladan boshlanib, sektor, tuman, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.
Gʻolib bo‘lgan iste’dodli yoshlar: 1-o‘rin 50 000 000 so‘m, 2-o‘rin 30 000 000 so‘m, 3-o‘rin 20 000 000 so‘m va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting: @YoshOvozBot
___
Дан старт регистрации на Республиканский молодежный конкурс - «Bozatov Fest»
Конкурс будет проводиться на районном, областном и республиканском уровнях в направлении бахши, традиционного исполнительства, оперной и эстрадной музыки.
Победители будут награждены: 1 место - 50 000 000 сумов, 2 место - 30 000 000 сумов, 3 место - 20 000 000 сумов. Все участники республиканского этапа будут награждены денежным призом в размере 10 000 000 сумов.
Для участия пройдите регистрацию: @YoshOvozBot
Bizni kuzating
Akademik litsey va professional ta’lim muassasalari pedagog xodimlari diqqatiga!
Ayni kunlarda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berishning avtomatlashtirilgan yangi tizimi – pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Talabgorlarga qulaylik yaratish, ularga attestatsiya jarayonlari haqida huquqiy tushuncha berish, shuningdek tizimdan ro‘yxatdan o‘tish borasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida alohida “Call-center” ishga tushirildi.
Endilikda talabgorlar attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasini olish jarayoni yuzasidan savollariga 55 520-08-08 (75 ichki) raqami yoki maxsus Telegram bot orqali javob olishlari mumkin.
“Call-center” xizmati yakshanba kundan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
❗️Eslatma: ushbu xizmat faqat o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish tizimi pedagog.edu.uz platformasi va attestatsiya jarayonlariga taalluqli savollarga javob berish uchun tashkil etildi. Boshqa masalalar yuzasidan 1006 Ishonch telefoni orqali murojaat qilinadi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#Guldu
#koordinatorlar_faoliyati
▶️ Joriy yilning 14-fevral kuni Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti “Harbiy vatanparvarlik loyihalari” koordinatori S.Fayzullayev va "Qalqon” jamoatchilik guruhi tomonidan Guliston davlat universiteti hududida talabalarning tartib qoidlariga rioya qilishi hamda ko’ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida profilaktika ishlari olib borildi.
🌎Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
Respublika miqyosida “Ilmli ayol-jamiyat ko’zgusi” mavzusida tashkil etilgan haftalik doirasida 2024 yil 14-fevral kuni Guliston davlat universiteti faollar zalida Xotin-qizlar kengashi hamda Ilmiy bo’lim bilan hamkorlikda keng qamrovli tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida ilm-fan sohasida yuqori natijalarga erishgan hamda “El-yurt umidi” jamg’armasi homiyligida dunyoning kuchli top 500 taligiga kirgan nufuzli universitetda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib doktorlik dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan ilmli, salohiyatli olimalar so’zga chiqib o’z ilm yo’llari, mashaqqatlari va muvaffaqiyatlari to’g’risida gapirib o’tdilar. Mazkur tadbir yosh professor-o’qituvchilar hamda doktorantlarda o’zgacha taassurotlar qoldirib, ularning ilmga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga zamin yaratdi. Tadbir yakunida bir qator professor-o’qituvchilar universitet tomonidan Tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.
Universitet Xotin-qizlar Kengashi.
🎥 Guliston davlat universiteti professori Ravshanbek Mahmudov "Yuzma-yuz" ko'rsatuvining navbatdagi sonida mehmon bo'ldi va Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning hayoti va ijodi, ullug' allomalarimiz ilmiy meroslaridan komil insonni tarbiyalarsh, yosh avlodda Vatanparvarlik, insoiylik ko'nikmalarini shakllantirish masalasi yuzasidan chiqish qildi.
Читать полностью…🟩🟩🟩🟩
📢 Guliston davlat universitetiga respublikamizda faoliyat olib borayotgan davlat oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza bergan talabalar natijasi eʼlon qilindi!
💾 Ruxsat berilganlar (matn ustiga bosing)
📝 Ushbu roʻyxatdagi talabalar 19-fevral (Dushanba) sanasidan boshlab Guliston davlat universiteti Bosh bino 1-qavat 105-xonada joylashgan "Karyera markazi"dan aloqa xatlarini olishlari mumkin!
📍 Manzil: Guliston davlat universiteti Bosh bino 1-qavat 105-xona "Karyera markazi".
❗️Eslatib oʻtamiz, respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi.
🕊Telegram
13-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti Sport zalida Voleybol sport turi bo‘yicha "Talabalar ligasi" musobaqalarining hududiy 2-bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada "GulDU" sport klubi qizlar hamda yigitlar terma jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritib respulblika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Umumiy natija yigitlar:
🥇-o‘rin "GulDU" jamoasi
🥈-o‘rin "GulDPI" jamoasi
🥉-o‘rin "Yangiyer kimtex" jamoasi.
Umumiy natija qizlar:
🥇-o‘rin "GulDU" jamoasi
🥈-o‘rin "GulDPI" jamoasi
🥉-o‘rin "Yangiyer kimtex" jamoasi.
#o‘qishni_ko‘chirish #natija
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
💾 OTFIV tizimidagi OTMlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)
Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Joylarda Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazilmoqda.
🗺Guliston shahar
💿LAVHA (09.02.2024)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
#GulDU
#koordinatorlar_faoliyati
#ochiq_muloqot
🛑Joriy yilning 10-fevral sanasida “Ishlab chiqarish texnologiyalari” fakulteti koordinatori Xolmatova Ozoda tomonidan "Koordinator va guruh yetakchilari" uchrashuvi o'tkazildi.
♻️Uchrashuv davomida koordinatorlar tomonidan o'tkazilinayotgan loyihalar, erishilayotgan natijalar, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr yuritildi.
⁉️Tinglovchilar tomonidan uchrashuv doirasida berilgan taklif va tashabbuslar "G'oyalar klubiga" taqdim etildi.
✅Uchrashuvda “Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar” koordinatori Q.Xoliqov, “Yoshlar daftari va metsenatlik” loyihalari koordinatori L.Rahmonova o'z yo‘nalishi bo'yicha talabalarga tushunchalar berishdi.
🌎Bizni kuzatishda davom eting!
@gulduuz
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥O'zbek tili
🎥Statistika
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (08.02.2024)
♻️Batafsil👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
🔬 Агробиотехнологиялар ва биокимё илмий тадқиқот институти фаолиятига доир
Мазкур институт, Гулистон давлат университетида профессор Қўшиев Ҳабибжон Ҳожибобоевич томонидан ташкил этилган бўлиб, 20 йилдан ортиқроқ вақтдан буён фаолият юритиб келмоқда. Батафсил маълумот видеолавҳада👇
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
⚡️Talabalar Kadastr boshqarmasida amaliyot o'tashmoqda
Xabaingiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023- yil 21- noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan "Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari" yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi tuzilgan.
Bugun shular jumlasidan Guliston davlat universitetida geodeziya va kadastr yo‘nalishi tashkil etilib tarmoq kelishuviga asosan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida xaftaning har shanba kunlari talabalar amaliyot o‘tamoqda.