#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni
🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 14-yanvar”Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Guliston davlat universitetida o’tkazilgan bayramona marsh va konsert dasturidan videolavha.
✨ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni
Xalq va armiya – bir tanu bir jon!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda "Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan Guliston davlat universiteti "Psixologiya va ijtimoiy fanlar" fakultetida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda Yangiyer shahar Mudofa ishlari bo'limi boshlig'i mayor Sh.Utayev, Yangiyer shahar ma'navyat va ma'rifat markazi boshlig'i A.Abduqodirov, Yangiyer shahar IIB yoshlar bilan ishlash bo'yicha inspektor katta leytinant Sh.Omonov va diniy ishlar bo'yisha Yangiyer shahar maslahatchisi Sh.Eshonqulovlar qatnashishdi.
Tadbirni fakultet dekani J.Komilov ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini "Vatan himoyachilari" kuni bilan tabrikladi.
✔️ /channel/gulduuz
#Guldu
#Talabamiz_Respublikada_Tengsiz
GULDU TALABASI RESPUBLIKADA "YIL TALABASI" DEB TOPILDI
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti koordinatori, Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Hayitboyev Yorqinjon O'rmonali o'g'li "Yil talabasi" tanlovining respublika bosqichida "Yilning eng faol ijodkor talabasi" nominatsiyasida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Talabamizni ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz
#14_yanvar
#Vatan_himoyachilari_kuni
"Mardlar qo'riqlaydi Vatanni"
🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Guliston davlat universitetida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo’yicha boshqarmasi va Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda bayramona marsh tashkil etildi. Unda Guliston davlat universiteti talabalaridan tashkil topgan "Qalqon" jamoasi ham ishtirok etdi
♻️Jarayonlarni kuzatib boring.
🕊/channel/gulduuz
“Korrupsiya – ta'lim sifatiga salbiy ta’sir qiladi.”
2024-yil 12-yanvar kuni universitetning Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida dekan J.Komilov, korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi U.Begimkulov, fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Egamov ishtirokida o‘quv yilining qishki semestri yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi. Tadbirda fakultet talabalariga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi haqida tushunchalar berilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi tushuntirib o‘tildi. Fakultetda yakuniy nazorat imtihonlari belgilangan nizom asosida tashkil qilingan bo‘lib, tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘tkazilmoqda.
#ogohlikdavrtalabi
⚡️RASMIY XABARNOMA
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallarning 2024-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra ro‘yxatini e’lon qildi
Ro‘yxat ilovada👆
___
ОФИЦИАЛЬНОЕ УВЕДОМЛЕНИЕ
Комитет по делам религий Узбекистана опубликовал обновлённый список материалов, признанных Верховным судом как содержащие идеи экстремизма и терроризма. Эти материалы запрещены к ввозу, производству, распространению и демонстрации в Узбекистане.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Tanishing:
🇺🇸Sabrina Chowdhury
🇺🇿Guliston davlat universitetida ishlaydigan Fulbrayt ingliz tili o'qituvchisi.
💫Sabrina doimiy dars mashg'ulotlaridan tashqari Toshkent Tibbiyot Akademiyasida ham tahsil oladi.
Hozirda U tibbiy ingliz tilidan dars berigh bilanbirga operatsiya jarayonlarini ham kuzatib boradi. Yaqinda Toshkent tibbiyot akademiyasida bo'lib o'tgan konferentsiyada Sabrina AQSh tibbiyot ta'limi tizimi haqida ma'ruza qiladi. 🇺🇸🇺🇿 Sabrina O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan amerikalik ingliz tili o'qituvchilaridan biri.
/channel/tma_official
👍Sirdaryo yoshlar texnoparki tomonidan texnopark stipendiyasi joriy etildi
Stipendiya “INNO X” inkubatsiya dasturida ishtirok etadigan 25 nafar ishtirokchiga 3 oy davomida har oy toʻlab boriladi. Oylik stipendiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 0.5 barobarini tashkil etadi.
🚀 “INNO X” inkubatsiya dasturida qanday ishtirok etish mumkin?!
1. “INNO X” platformasidan roʻyxatdan oʻting va oʻz gʻoyangizni qisqacha mazmunini yozib qoldiring
(Muddat: 15-yanvarga qadar)
2. Platformada tanqidiy fikrlash test topshiriqlarini bajaring
(Muddat: 17-yanvar)
3. Platformaga oʻz gʻoyangiz taqdimotini yuklang va yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib uni komissiya aʼzolari qarshisida himoya qilib bering
(Muddat: 19-yanvar)
✅ Eng yaxshi 25 nafar gʻoya egasi inkubatsiya dasturiga qabul qilinadi va har oylik texnopark stipendiyasini qoʻlga kiritadi!
Texnoparkning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook.
#GulDU
#Koordinatorlar_faoliyati
🇺🇿 O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti Yoshlar yetakchisi boshchiligida koordinatorlar hamda faol volontyorlar bilan ushbu yilda o’tkaziladigan loyihalar yuzasidan ilk uchrashuv o’tkazildi.
✨ Ushbu yig’ilishda turli xil g’oyalar va takliflar bildirildi, ularni amalga oshirish uchun tizimli rejalar ishlab chiqildi.
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | Facebook
#so‘rovnoma
Sizning fikringiz muhim!
Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish: 👉https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
———
Ваше мнение важно!
Агентством по делам молодежи проводится опрос с целью изучения предложений и пожеланий молодых людей, определения приоритетных направлений работы с ними, а также дальнейшего совершенствования отрасли.
Примите участие в опросе: 👉https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#GulDU
#Koordinatorlar_faoliyati
🇺🇿 2024-yil "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili"
✨ O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori sifatida o’tgan yilda jamoamiz bilan birgalikda turli xil loyihalarni amalga oshirdik. Xususan, talabalar o’rtasida ijtimoiy so’rovnomalar orqali kitobxonlikni keng targ’ib etdik.
⚡️ Jamoam bilan shuni ayta olamizki, 2024-yilda ham yanada faol bo’lishga va o’z ustimizda ishlashga va'da beramiz. Keyingi rejalarimiz hamda maqsadlarimizni yangi yilimiz bilan mushtarak qilgan holatda davom ettiramiz.
➡️ Hurmat bilan, universitet “Yoshlar daftari” va metsenatlik dasturlari koordinatori
Lobar Rahmonova
❗️Bizni kuzatishda davom eting!
/channel/GulDU_yoshlarkengashi
Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari uchun "Menejment" fanidan “Online Olimpiada” tanlovida ishtirok eting va esdalik sovg‘alarni yutib oling! Muddat 5-yanvar 2024-yil soat 23:30
🔹1-bosqich (30 nafar) – eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar saralab olinadi;
🔹2-bosqich (3 nafar) – eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ko‘rsatgichiga qarab aniqlanadi;
Tanlovda ishtirok etish uchun👇link orqali ishtirok eting:
https://test.guldu.uz/ , kirish kodi 6372
📚 Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari uchun "Buxgalteriya hisobi va audit" fanidan “Online Olimpiada” tanlovida ishtirok eting va esdalik sovg‘alarni yutib oling! Muddat 5 yanvar soat 24:00 gacha.
🔹1-bosqich (30 nafar) – eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar saralab olinadi;
🔹2-bosqich (3 nafar) – eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ko‘rsatgichiga qarab aniqlanadi;
Tanlovda ishtirok etish uchun👇link orqali ishtirok eting:
https://test.guldu.uz/ , kirish kodi 6371
#volontyorlarmarkazi #sirdaryo #mehrliqalblar #sportvolontyorlari #guldu #mediavolontyor
O‘zbekiston Volontyorlar Assosiatsiyasi tomonidan bolajonlar uchun yuborilgan bayram tuhfalarini Guliston davlat universiteti volontyorlar markazi a'zolari hamda Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi volontyorlari Guliston shahridagi 15-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasida hamda viloyat ko‘p tarmoqli Bolalar shifoxonasida davolanayotgan bolajonlarga bayramona kayfiyatda ulashishdi.
Jarayonlarni biz bilan birga kuzating...
🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting!
#yil_nomi
2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi.
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z tabrigida ma’lum qildi.
- Yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytiramiz. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, “yashil” va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz, - dedi Prezident o‘z tabrigida.
___
2024 год в Узбекистане объявлен Годом поддержки молодежи и бизнеса.
Об этом сообщил президент Шавкат Мирзиёев в своем новогоднем поздравлении.
«В новом году мы активизируем привлечение иностранных инвестиций, формирование широких возможностей для предпринимательства и частной собственности. Уделим особое внимание развитию науки, инноваций, IТ-сферы, созданию «зеленых» и цифровых технологий», — заявил Ш.Мирзиёев.
Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
“Korrupsiya – ta'lim sifatiga salbiy ta’sir qiladi.”
2024-yil 13-yanvar kuni universitetning Tabiiy fanlar fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorati" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i B.Hamzayev, fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamrohligida navbatdagi semestri yakuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan Yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish jarayonlari o‘rganildi. Tadbirda talabalarga belgilangan vaqtda imtihonlarni o‘z vaqtida topshirish, nazorat turlarini topshirishda shaffoflikni taʼminlash va adolatli o‘tkazilishida barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligi haqida hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi tushuntirib o‘tildi. Tadbir davomida fakultetning professor-o'qituvchilari va 22 ta o'quv guruhlarida 1500 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.
#14_yanvar
#vatan_himoyachilari_kuni
Vatan himoyasi – muqaddas burch
Bugun Guliston davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida ma’naviy tadbir tashlkil etildi. Tadbirni universitetning yoshlar bilan ishlash hamda ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha 1-prorektori F.Niyazov olib bordi.
Tadbirda Vatan posbonlarining sharafli mehnatlari ulug‘lanib, yurtimizda Qurolli kuchlar va mudofaa tizimida olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda harbiy bo'linmalar askar va zobitlari, zaxiradagi harbiy faxriylar ishtirok etishdi. Tadbirda bir qator faol harbiylar va yoshlar taqdirlanishdi.
Tadbirning badiiy qismida Vatanparvarlik va jangovar shaylikni targ‘ib qiluvchi bayramona kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
🚀/channel/gulduuz
#YilTalabasi_2023
⚡️“Yil talabasi – 2023” respublika ko‘rik-tanlov gʻoliblari aniqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan joriy yil 10–11-yanvar kunlari “Yil talabasi – 2023” tanlovining yakuniy bosqichi tashkil etildi. Unda 50 nafar nomzod hakamlar hay’ati tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolislik va shaffoflik asosida baholandi.
“Yil talabasi-2023” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari bilan tanishing:
Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi:
1) Sitorabonu Hamroxoʻjayeva – TMI
2) Murodjonova Mubina – O‘zMU JF
2) Elbek Rahimov – UrDU
3) Kozimbek Nosirbekov – O‘zJOKU
3) Lochin Turdiboyev – JizPI
Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi:
1) Dilshoda Musayeva – NamDU
2) Shoxruh Qoʻchqorov – JIDU
3) Nodirabegim Sotvoldiyeva – O‘zJXU
Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
1) Asadbek O‘runov – TTPU
2) Ulug‘bek Abdukarimov – O‘zMU
3) Aygul Minbayeva – TDAU
Yilning eng faol sportchi talabasi:
1) Abduxoliq Salimov – NDKTU
2) Mirziyod Murodov – BuxDU
3) Shohjaxon Abdulhamidov – FarDU
Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
1) Jasmina Ahmadjonova – TDPU
2) Salamat Allambergenov – QorDU
3) Shahnozaxon Xodjayeva – Yangi Asr
Yilning eng faol ijodkor talabasi:
1) Yorqinjon Hayitboyev – GulDU
2) Mushtariybegim Djuraqulova – MRDI
3) Anvarxon Mallaxodjayev – SamDTI
Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
1) Gulhayo Qushoqova – TTA TF
2) Dilnoza O‘rinova – FTTI
3) Gulsanam Sattorova – SHDPI
Shuningdek, final bosqichida o‘rin ololmagan talabalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi.
Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy muborakbod etamiz!
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
2024-yil 11-yanvar kuni "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan Guliston davlat universiteti talabalaridan iborat "QALQON" jamoasi va faol talabalari Sirdaryo viloyati Milliy gvardiya boshqarmasiga ekskursiya qilishdi. Ekskursiya davomida talabalar askarlar uchun yaratilgan sharoitlar, o'quv xonalari, harbiy texnika va qurollar bilan yaqindan tanishtirildi.
Читать полностью…#Guldu
#shunqorlar
✨ Joriy yilning 10-yanvar sanasida Guliston davlat universitetida fakultetlararo “Xalq va armiya-bir tanu bir jon!” shiori ostida “Shunqorlar” tanlovi o’tkazildi.
⚡️Tanlovda universitetimizning barcha fakultetlaridan tuzilgan jamoalar beshta shart asosida o’zaro kuch sinashishdi. Jarayonlarni videorolikda tomosha qiling!
🇺🇿 Milliy vatanparvarlik g'oyalari bilan sug'orilgan teran tafakkurli yoshlarni tarbiyalash milliy o'zlikni anglashning asosiy omilidir.
😎 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Instagram
| Facebook
Қорақалпоғистон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳрининг ижтимоий-сиёсий ҳаётида содир бўлаётган воқеа-ҳодисалардан биринчилардан бўлиб хабардор бўлишни истайсизми?
Бу борада сизга маҳаллий давлат ҳокимияти органлари ахборот хизматларининг телеграмдаги расмий каналлари ёрдам беради.
❗️Қуйидаги ҳаволалар орқали Сиз барча ҳудудлардаги сўнгги янгиликлардан хабардор бўлишингиз ва ўзингизга маъқул келган каналга аъзо бўлишингиз мумкин.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#Guldu
#Talabamiz_Respublikada_Tengsiz
GULDU TALABASI RESPUBLIKADA "YIL TALABASI" DEB TOPILDI
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti koordinatori, Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi Hayitboyev Yorqinjon O'rmonali o'g'li "Yil talabasi" tanlovining respublika bosqichida "Yilning eng faol ijodkor talabasi" nominatsiyasida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
Talabamizni ushbu yutug'i bilan tabriklaymiz
#GulDU_VM
#Mehr_ulash
#Keksalarni_ezozlab
🖐Guliston davlat universiteti volontyorlar markazi 2024-yilni navbatdagi xayrli ish bilan boshladi.
📌Volontyorlar, joriy yilning 9-yanvar kuni Guliston shahri Bo'ston mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy onaxonning holidan xabar olishdi va ular uchun zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini hadiya qilishdi.
🌐Biz bilan bitta to'lqinda bo'ling:
Telegram |
Instagram |
Facebook @Sirdaryo_VM_BOT
🇺🇿Joriy yilning 8-yanvar kuni Yangiyer shahar hokimligida o'tkazilgan "Ma'rifiy anjuman"da prezidentimizning 2023-yil 22-dekabr kuni ma'ruzaning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratildi.
🔹Anjuman davomida shahar hokimi o'rinbosari J.Egabmberdiyev hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo'limi rahbari M.Xayitov, Guliston davlat universiteti proffessori R.Maxmudov tomonidan ma’naviy-ma’rifiy yuksalish borasidagi islohotlar Yangi O‘zbekiston strategiyasida jamiyatning ruhini belgilab beruvchi eng muhim yo‘l sifatida bejiz tanlanmaganini ta’kidlandi.
📚Tadbir davomida shahar Madaniyat bo‘limi qosidagi “Nihol” teatri aktrisasi Nilufar Quvondiqova Iqbol Mirzoning JADIDLAR she’rini o‘qib berdi.
#GulDU
#Koordinatorlar_faoliyati
🇺🇿 2024-yil "Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash" yili
✨ O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti koordinatori sifatida o‘tgan yil davomida jamoamiz bilan birgalikda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va unumli o‘tkazish maqsadida fakultet va universitet miqyosida turli xil loyihalar va tanlovlar amalga oshirdik. Qilayotgan ishlarimiz va harakatlar yurtimiz rivojiga oz bo'lsada qo‘shayotgan hissamiz hisoblanadi va biz bundan minnatdormiz!
📌 Biz jamoamiz bilan shuni baralla ayta olamizki, 2024-yilda ham yanada faol bo‘lib, o‘z ustimizda ishlashga hamda tengdoshlarimizga o‘rnak bo‘lib, universitetimiz nomini yanada yuqori o‘rinlarga olib chiqishga va'da bera olamiz. Ko'zlangan rejalarimizga, albatta, erishamiz!
⭕️ Hurmat bilan, Tabiiy fanlar fakulteti koordinatori
Shohruh Isroilov
🌐 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram |
Instagram |
Kanal
#ovozli_chat
📢 Startap loyihalarining taqdimotida eng ko‘p uchraydigan xatolar
Bir ozdan so‘ng ushbu mavzuga bag‘ishlangan ovozli chat “Parvoz” loyihasining Telegram kanalida boshlanadi.
Unda ekspert — Ilmiy-texnik kengash raisi Usmonjon Rahimjonov mavzuga doir sizni qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin.
Ovozli chat barchaga birdek foydali bo‘lishi uchun ushbu kanal havolasini do‘stlaringizga ham yuborib qo‘ying! 👉/channel/parvoz_loyihasiii
⏳Vaqti: 6-yanvar (shanba), soat 18:00
———
📢 Частые ошибки, встречающиеся при презентации стартап-проектов
На Telegram-канале проекта “Parvoz” состоится голосовой чат, посвященный этой теме.
Вы сможете получить ответы на интересующие вас вопросы по теме от эксперта – председателя Научно-технического совета Усмонжона Рахимжонова.
Отправьте ссылку на этот канал своим друзьям и присоединяйтесь к голосовому чату! 👉/channel/parvoz_loyihasiii
⏳Время: 6 января (суббота), 18:00.
Bizning kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📚 Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari uchun "Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan “Online Olimpiada” tanlovida ishtirok eting va esdalik sovg‘alarni yutib oling! Muddat 5-yanvar soat 24:00 gacha
🔹1-bosqich (30 nafar) – eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar saralab olinadi;
🔹2-bosqich (3 nafar) – eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalar ko‘rsatgichiga qarab aniqlanadi;
Tanlovda ishtirok etish uchun👇link orqali ishtirok eting:
https://test.guldu.uz/ , kirish kodi 6373
Filologiya fakulteti 4-bosqich talabalari amaliyot bo'yicha maktablarga biriktirilgan. Xususan, Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi 4-kurs talabasi Yorqinjon Hayitboyev ham Mirzaobod tumanidagi 15-maktabga biriktirilgan. Amaliyotdagi talabaning dastlabki faoliyati respublika televideniyesida yoritildi.
Читать полностью…#GulDU
#Yoshlar_ittifoqi
#Sport_tanlovi
🔵 Ta'tilni tanlovlar bilan o'tkazing. O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti “Badantarbiya” videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.
😄 Tanlovda qatnashmoqchi bo'lsangiz, ertalabki badantarbiya mashg'ulotingizni videoga olishingiz va tayyor lavhani ushbu @Sarvarbekh_Sheraliyev profiliga taqdim etishingiz kerak.
🚀 Videolar hajmi 4 daqiqadan oshmasligi lozim. Siz taqdim qilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinadi. G'oliblar likelar hisobiga aniqlanadi.
😎Bizni kuzatishda davom eting!
/channel/GulDU_yoshlarkengashi
#volontyorlarmarkazi #sirdaryo #mehrliqalblar #sportvolontyorlari #guldu #mediavolontyor
O‘zbekiston Volontyorlar Assosiatsiyasi tomonidan bolajonlar uchun yuborilgan bayram tuhfalarini Guliston davlat universiteti volontyorlar markazi a'zolari hamda Sirdaryo viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi volontyorlari Guliston shahridagi 15-sonli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim muassasasida hamda viloyat ko‘p tarmoqli Bolalar shifoxonasida davolanayotgan bolajonlarga bayramona kayfiyatda ulashishdi.
Jarayonlarni biz bilan birga kuzating...
🇺🇿 Bizni kuzatishda davom eting!
/channel/GulDU_yoshlarkengashi