Mirzaobod tumanida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi va "Yoshlar kutubxonasi" tashkil etildi.
🗣 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Mirzaobod tumani hokimligi, Toshkent harbiy okrugi, Guliston harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda, Mirzaobod tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda yosh harbiy xizmatchilar, Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkilot yetakchilari, koordinatorlari va "Qalqon" jamoatchilik guruh a'zolari ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi.
🎙 Dastlab oliy ta'lim muassasalari boshlang'ich tashkilot koordinatorlari va "Qalqon" guruhi a'zolariga harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
🟡 Shundan so‘ng, Mirzaobod tumani hokimi Sarvarbek Sultonov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi va yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
🟢 Uchrashuv davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan harbiy qismda "Yoshlar kutubxonasi" tashkil etildi. Ushbu kutubxonaga Mirzaobod tuman hokimi Sarvarbek Sultonov tomonidan harbiy xizmatchilar uchun jahon va o'zbek adabiyotining nodir namunalari jam bo'lgan kitoblar to'plami topshirildi.
✅ Uchrashuvdan so‘ng, "Qalqon" jamoatchilik guruh a'zolari uchun harbiy xizmatchilar oshxonasida askarlar bilan birgalikda kechki ovqatlanish tashkil etildi.
Foto: Anvar Tuychiyev.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
“Spelling Bee” bellashuvlari o‘tkazildi
11-dekabr kuni Guliston davlat universitetining Ingliz tili bo‘yicha eng faol talabalari o‘rtasida “Spelling Bee” bellashuvi o‘tqazildi. Ushbu bellashuv Filologiya fakulteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi o‘qituvchilari, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari va Fulbright dasturi ETA Ingliz tili o‘qituvchisi yordamchilari Haley Zehrung (Columbia University) va Sabrina Chowdhury (University of Florida) tomonidan tashkillashtirildi.
Bellashuv ikki bosqichda o‘tqazildi. Birinchi bosqichda Ingliz filologiyasi yo‘nalishi talabalari bellashishdi, ikkinchi bosqichda esa barcha qolgan yo‘nalishlar talabalari o‘z bilimlarini sinashdi. Uzoq davom etgan bellashuv nihoyasida aniqlanilgan g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Mangu jaranglayver faxrim, madhiyam!
#Madhiyakuni
#Meningmadhiyam
10-dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan qutlugʻ sana. Guliston davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Mangu jaranglayver faxrim, madhiyam!” mavzusidagi maʼnaviy-marifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Tadbirda universitet Axborot xizmati rahbari B.Samadov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining qabul qilinishi tarixi, 10-dekabr halqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yoʻlini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan biri ekanligi, shu bilan birga Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalanganligi borasida fikr bildirdi. Shuningdek, Madhiyada mardona va sharaflarga boy oʻtmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuygʻular tarannum etilganigi tushuntirib oʻtildi.
🚀/channel/gulduuz
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari 10-dekabr O’zbekiston Raspublikasi Davlat Madhiyasining 31 yilligi munosabati bilan aziz yurtdoshlarimizni muborakbod etadi
✨ “Milliy ozodlikni qo‘lgan kiritgan, milliy taraqqiyotning tarixiy bosqichiga qadam qo‘ygan har bir xalq o‘zi uchun Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etgan davlat ramzlarini qabul qiladi. Bu ramzlar davlat suverenitetining o‘ziga xos shahodatnomasidir".
⚡️ Bizni kuzatishni davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan chellenj e'lon qilingan edi.
🔶 Chellenj Axborot texnologiyalar va fizika-matematika fakulteti koordinatori Sh.Qahhorboyeva tomonidan yakunlandi
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan chellenj e'lon qilingan edi.
🔶 Chellenjni Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti koordinatori S.Anvarov qabul qildi hamda Axborot texnologiyalar va fizika-matematika fakultetiga topshirdi.
✨ Chellenj davom etadi...
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari 8-dekabr O’zbekiston Raspublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan aziz yurtdoshlarimizni muborakbod etadi
✨ “Konstitutsiya faqat O‘zbekiston xalqining taklif va fikrlari asosida o‘zgartiriladi hamda takomilga yetkaziladi” — Shavkat Mirziyoyev
⚡️ Bizni kuzatishni davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
Sirdaryo viloyati yoshlar texnoparki Innovatsion rivojlanish agentligi Loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi boshqarmasi tomonidan seminar trening bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda texnopark qoshidagi InnoX inkubator tinglovchilari, OTM professor o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar ishtirok etishdi. Loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi boshqarmasi boshlig'i R.Ergashev hamda xodimlari tomonidan ilmiy, startap, tijoratlashtirish tanlovlariga loyihalar topshirish, talov bosqichlarida yuzaga keluvchi kamchiliklar yuzasidan taqdimot qilindi.
Ma'lumot uchun, Joriy yilning 7-aprel kuni Sirdaryo viloyatiga Prezident tashrifi doirasida Sirdaryo viloyatini ilg‘or innovatsiyalar hududiga aylantirish belgilandi va Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yil davomida hududda innovatsiyalarni joriy qilish ilmiy innovatsion potensialni oshirish maqsadida maqsadli ko'rsatkichlar belgilandi.
Bizni kuzating👇🏻
telegram | instagram | facebook | web-sayt
#Guldu
#Yoshlar_tashabbusi
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkiloti yoshlar Kengashi koordinatorlari tomonidan Tabiiy fanlar fakulteti bilan birgalikda universitet hududidagi yer maydonoga 3 000 dona terak qalamchasi qadab chiqildi.
Jarayonni kuzatib boring…
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan koʻkrak nishonlari topshirildi
Bosh qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan Guliston davlat universitetining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida biri guruh fidoiylarni taqdirlash marosimi boʻloib oʻtdi. Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev olib bordi. Unda uzoq yillardan beri ilmiy tadqiqot va pedagoglik faoliyatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan quyidagi uztozlar:
t.f.n. dotsent Oʻ.Erboʻtayeva
katta oʻqituvchi O.Suvonov
b.f.n. dotsent Oʻ.Toshbekov
b.f.d. professor H.Qarshiboyevlarga
“Sirdaryo viloyatining 60 yilligi” koʻkrak nishonlari topshirildi.
Universitet ma'muriyati barchani yana bir bor Asosiy qomusimiz qabul qilingan qutlug' sana bilan muborakbod etadi.
✈️/channel/gulduuz
#GulDU
#Volontyorlar_markazi
#mehr_ulash
📌E'tibordagi yoshlar!
🔸Xabaringiz borki, Guliston davlat universiteti rektori M.T. Xodjiyevga Mirzaobod tumani Nurafshon mahallasidagi 30 nafar "Qizil toifadagi yoshlar" biriktirilgan. Xususan, bu yoshlar orasidan
5 nafari uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan yoshlar hisoblanadi.
🖐Guliston davlat universiteti volontyorlar markazi tomonidan ushbu yoshlarga, bayram kayfiyati ulashish va ularning holidan xabar olish maqsadida foydali sovg'alar(o'quv qurollari, kitoblar jamlanmasi qolaversa Yoshlar ittifoqining maxsus futbolkasi) topshirildi.
🌟Ushbu yoshlarning ko'zlaridagi quvonch, hayotga bo'lgan shukronalik hissi kishini bee'tibor qoldirmaydi.
🪐Unutmaylik, mehr-muruvvat va saxovat insonni ulug'lovchi eng go'zal libosdir.
🌐Biz bilan bitta to'lqinda bo'ling:
Telegram | Instagram | @Sirdaryo_VM_BOT
⚡️Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi
2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 685 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.
Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
____
Определены лауреаты президентских и именных стипендий
На 2023/2024 учебный год право на получение государственной стипендии имени Президента Республики Узбекистан было присвоено 685 студентам бакалавриата высших образовательных учреждений.
Студентам, принявшим участие в конкурсе на президентскую стипендию и не рекомендованным на этап собеседования, вручается сертификат, утверждаемый ректором, и единовременная денежная премия в размере 3 БРВ.
Кроме того, студенты, принявшие участие в конкурсах на именные стипендии и не завоевавшие призовых мест, поощряются сертификатом и единовременной денежной премией в размере 2 БРВ.
Искренне поздравляем всех стипендиатов!
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🏢Sirdaryo viloyati yoshlar texnoparkida Innovatsion rivojlanish agentligi Loyihalarni moliyaviy-iqtisodiy ekspertizasi boshqarmasi boshligʼi R.Ergashev bilan offline uchrashuv bo'lib o'tadi.
📌Prezident tashrifi doirasida Sirdaryo viloyati ilg‘or innovatsiyalar hududga aylantirish yuzasidan Sirdaryo viloyati OTM olimlari, ilmiy izlanuvchilari hamda Sirdaryo texnoparki InnoX inkubatsiya tinglovchilari bilan seminar trening bo’lib o’tadi.
Ushbu uchrashuvda Ilmiy, startup va tijoratlashtirish loyihalar yuzasidan moliyashtirishga doir mavjud savollarga o’z javobingizni olishingiz mumkin bo’ladi.
📆Payshanba: 07.12.2023
⏳Soat:11:00
Bizni kuzating👇🏻
telegram | instagram | facebook | web-sayt
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥10 nafar yurtdoshlarimizga "Xalqlar do'stligi" ko'krak nishoni topshirildi
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (11.08.2022)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
Moziyga sayohat
Muzeylar ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina hisoblanadi.
Bugun Guliston davlat universiteti rektorati vakillari Sirdaryo viloyati o'lkashunoslik muzeyida bo‘lishdi va muzeydagi tarixiy eksponatlar, ma’naviy boyliklar bilan tanishishdi.
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi tomonidan tadbir tashkil etildi.
🗺Guliston shahri
💿LAVHA (09.12.2023)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
#eʼlon
Talabalar uchun poyezd biletlariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) 2023-yil 25-dekabrdan 2024-yil 7-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
___
Объявлена 50-процентная скидка на железнодорожные билеты для студентов
Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поездки во время зимних каникул.
Скидка 50% от полной стоимости железнодорожного билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и скоростного электропоезда «Афросиаб») действует с 25 декабря 2023 года по 7 января 2024 года.
Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими паспортами или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 Guliston davlat universiteti boshlang’ich tashkilot Kengashi koordinatorlari 10-dekabr O’zbekiston Raspublikasi Davlat Madhiyasining 31 yilligi munosabati bilan aziz yurtdoshlarimizni muborakbod etadi
✨ “Milliy ozodlikni qo‘lgan kiritgan, milliy taraqqiyotning tarixiy bosqichiga qadam qo‘ygan har bir xalq o‘zi uchun Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etgan davlat ramzlarini qabul qiladi. Bu ramzlar davlat suverenitetining o‘ziga xos shahodatnomasidir”
⚡️ Bizni kuzatishni davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
#GulDU
#Mening_Konstitutsiyam
🇺🇿"Konstitutsiya - xaqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!"
♻️O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Guliston davlat universitetida Sirdaryo viloyati Prokuraturasi tashabbusi bilan 3 ta OTM talabalari o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar va sport musobaqalari tashkil qilindi.
🔰O'tkazilgan tadbirlar talabalarning bosh qomusimiz mazmun-mohiyati haqidagi bilimlari hamda huquqiy savodxonligini oshirishga ko'maklashdi.
✅Intellektual loyihalar va sport musobaqalarida faxrli o'rinlarni egallagan, qolaversa faol ishtirok etgan talaba-yoshlar viloyat Prokuraturasining diplomlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
📌 Joriy yilning 5-dekabr kuni Guliston davlat universiteti Axborot texnologiya va fizika-matematika fakulteti koordinatori
Sh.Qahharboyeva tomonidan "Konstitutsiya-baxt kafolati" shiori ostida talabalar bilan davra-suhbati o'tkazildi.
🔶 Suhbat davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi hamda yangi tahrirdagi konstitutsiya haqida kerakli va muhim bilimlarga ega bo’ldilar. Suhbat ajoyib va yuqori kayfiyatda bo'lib o'tdi.
✨ “Inson qadr-qimmati va manfaatlari uchun boshlagan islohotlarimizni yangi konstitutsiyaviy makonda yanada qatʼiy davom ettiramiz” — Shavkat Mirziyoyev
🌎 Bizni kuzatishda davom eting.
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan chellenj e'lon qilingan edi.
🔶 Chellenjni Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti koordinatori O.Xolmatova qabul qildi hamda Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetiga topshirdi.
✨ Chellenj davom etadi...
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
Кеча, кўчат экиш бўйича ташаббус кўрсатгандим.
Шахсан Вилоят Ҳокимлиги ушбу ташаббусни қўллаб қуватлади.
АОКАниниг Сирдарё вилояти раҳбари ва бир гуруҳ блогерлар, Сирдарё вилояти Ёшлар сиёсати ва Спорт бошқармаси ва Гулистон давлат университети кўнгилли волонтёрлари биргаликда Мирзаобод туманида кўчат экишга чиқдик.
Тўғриси мазза қилдик. Хеч кимда чарчоқ аломатларини ҳам сезмадим. Кўчатни ҳар биримиз фурсат бўлганда хар куни экишимиз кераклигига амин бўлдик.
Ташаббусимизни бэътибор қолдирмагани учун вилоят Ҳокимимизга жамоамиз ва блогерлар номидан катта раҳмат айтмоқчимиз.
Волонтёрлар Сизлар ТОПсизлар.
Айтганча кўчат экиш осонмас экан😉
🗣Канал👉Sirdaryolik_insider
#GulDU
#koordinatorlarfaoliyati
🛑 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan chellenj e'lon qilingan edi.
🔶 Chellenjni Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti koordinatori O.Xolmatova qabul qildi hamda Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakultetiga topshirdi.
✨ Chellenj davom etadi...
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
Joriy yilning 7-dekabr kuni GulDU akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31-yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda "Adolat" SDP Sirdaryo viloyati kengashi raisi J. Komilov, "Umrboqiy meros" targ‘ibot markazi rahbari D. Ahmedov, GulDU "Tarix" kafedrasi o‘qituvchisi t.f.f.d (PhD) D. Qudratovlar ishtirok etib talabalarga 2023-yil 1-may kuni kuchga kirgan yangi konstitutsiyamizning moddalari, uning qabul qilinish jarayoni, yangi konstitutsiyaning farqlari haqida batafsil ma'lumotlar berishdi.
Читать полностью…#GulDU
#Volontyorlar_markazi
#mehr_ulash
📌E'tibordagi yoshlar!
🔸Xabaringiz borki, Guliston davlat universiteti rektori M.T. Xodjiyevga Mirzaobod tumani Nurafshon mahallasidagi 30 nafar "Qizil toifadagi yoshlar" biriktirilgan. Xususan, bu yoshlar orasidan
5 nafari uyda yakka tartibda ta'lim olayotgan yoshlar hisoblanadi.
🖐Guliston davlat universiteti volontyorlar markazi tomonidan ushbu yoshlarga, bayram kayfiyati ulashish va ularning holidan xabar olish maqsadida foydali sovg'alar(o'quv qurollari, kitoblar jamlanmasi qolaversa Yoshlar ittifoqining maxsus futbolkasi) topshirildi.
🌟Ushbu yoshlarning ko'zlaridagi quvonch, hayotga bo'lgan shukronalik hissi kishini bee'tibor qoldirmaydi.
🪐Unutmaylik, mehr-muruvvat va saxovat insonni ulug'lovchi eng go'zal libosdir.
🌐Biz bilan bitta to'lqinda bo'ling:
Telegram | Instagram | @Sirdaryo_VM_BOT
Moziyga sayohat
Muzeylar ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy xazina hisoblanadi. Bugun Gulsiton davlat universiteti rektori M.Xodjiyev boshchiligida universitet rahbariyati jamoasi Sirdaryo viloyatidagi ana shunday ma’naviyat, ma’rifat markazlarida bo‘lishdi va muzeylardagi tarixiy eksponatlar, ma’naviy boyliklar bilan tanishishdi.
Dastlabki manzil Guliston davlat universiteti huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi” bo‘ldi. Ushbu manzilda muzey xodimlari qatag‘on siyosati natijasida qurbon bo‘lgan ma’rifatparvar, vatanparvar yurtdoshlarimizning ayanchli taqdiriga doir tarixiy hujjatlar hamda osha davrdagi manfur mustamlakachilik siyaisatini yodga soluvchi eksponatlar bilan tanishtirishib, ushbu davrda o‘zbek xalqi boshidan kechirgan zulm haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Shundan keyin navbatdagi tashrif joyi Sirdaryo viloyati O‘lkashunoslik muzeyi bo‘ldi. Mazkur muzey Viloyat tarixiga doir eksponatlar va yodgorliklarni jamlagan yirik madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Unda viloyat hududidan topilgan qadimgi davrdan to bugungi kun tariximizga aloqador ko‘rgazmalar joy olgan. Muzey ilmiy xodimlari tomonidan vilioyat hududining tarixi, unda kechgan urbanizatsion jarayonlar bosqichlari to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar berildi.
🚀/channel/gulduuz
5-dekabr Xalqaro volontyorlar kuni Bu kunni jamoamiz bilan birga ko‘tarinki ruhda o‘tkazdik.
🎙 Aziz volontyorlar, ezgulik elchilari!!!
🗣 Bugungi kun barchamizga yangi yilga yangi ezgu loyihalarni rejalashtirishga bir chiroyli sabab bo‘lsin 🥰🤲
➡️ Mamlakatimizda volontyorlik harakatini rivojlantirishga qo'shgan hissangiz, minglab insonlarning manfaati uchun qilgan mehnatlaringiz va jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlar jarayonida ishtirok etayotganingiz uchun Sizga chin yuragimizdan minnatdorchilik bildiramiz!
🟢 Yuzingiz hamisha tabassum ila, qalbingiz mehr ila porlab tursin!!!
🟡 Bayram muborak bo‘lsin aziz Volontyorlar.
🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook
📷Instagram
Mening Konstitutsiyam-shaʼnim va qadrim himoyachisi!
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam
📢8-dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlugʻ kun. Bugun Guliston davlat universitetining muhtasham Madaniyat saroyida mazkur sanaga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. M.Xodjiyev oʻz chiqishida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixi, ushbu muhim qomusiy hujjat bilan bogʻliq muhim maʼlumotlar, Konstitutsiyadagi yangilanishlar va oʻzgarishlar borasida batafsil maʼlumotlar berdi. Shundan soʻng Davlat madhiyasi yangrab, tadbirning asosiy qismiga start berildi.
Tabrik uchun soʻz Sirdaryo viloyati prokurorining oʻrinbosari R.Quranboyevga berildi. R.Quranboyev oʻz nutqida jamoani bayram bilan samimiy tabriklab, talaba-yoshlarga oʻz konstitutsion huquqlaridan samarali foydalanishga chaqirib, Yangi Oʻzbekiston uchun munosib kadrlar boʻlib yetishish uchun tinimsiz oʻqib-izlanishlari lozimligi borasida fikr bildirdi.
Tadbir davomida 8-dekabr sanasiga bagʻishlab Sirdaryo viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan viloyatdagi mavjud oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan sport va intellektual mosobaqalar gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda futbol, qizlar oʻrtasida volleybol, shaxmat, zakovat intellektual oʻyini va tasviriy sanaʼt turlari boʻyicha gʻolib va sovrindorlar medal va esdalik sovgʻlari bilan, shu bilan birga faxriy 1-oʻrin sohiblari esa Viloyat prokurori kubogi bilan taqdirlanishdi.
Tadbir davomida universitet professori R.Mahmudov so‘zga chiqib, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, uni o‘rganish va targ‘ib qilish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning badiiy qismida Sanʼatshunoslik fakultetining ijodkorlari tomonidan bayramona kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
😎/channel/gulduuz
#Konstitutsiya
#Meningkonstitutsiyam
🛑 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan chellenj e'lon qilingan edi.
🔶 Chellenjni Tabiiy fanlar fakulteti koordinatori Sh.Isroilov qabul qildi va navbatni Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetiga topshirdi.
✨ Chellenj davom etadi...
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi
#Konstitutsiyakuni
#Meningkonstitutsiyam
🛑 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlangʻich tashkiloti tomonidan chellenj e'lon qilingan edi.
🔶 Chellenjni Filologiya fakulteti koordinatori Y.Hayitboyev qabul qildi va navbatni Tabiiy fanlar fakultetiga topshirdi.
✨ Chellenj davom etadi...
⚡️ Bizni kuzatishda davom eting
/channel/gulduyoshlari_yi