#LIVE #nocomment #xalqaro_forum
Ikkinchi O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi.
___
Второй Узбекско-Турецкий образовательный форум.
___
The second Uzbek-Turkish educational forum.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#xalqaro_forum
Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahri bo‘ylab sayohat qildi.
Mehmonlar “Registon maydoni”, “Amir Temur maqbarasi”, Al-Moturudiy maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif buyurdi.
___
Делегация во главе с председателем Совета высшего образования Турции Эролом Озваром совершила поездку в Самарканд.
Гости посетили «Площадь Регистан», «Мавзолей Амира Темура», мавзолей Аль-Мотруди и обсерваторию Мирзо Улугбека.
___
The delegation led by the Chairman of the Council of higher education of Turkey Erol Ozvar toured the city of Samarkand.
The guests visited Registan Square, Amir Temur Mausoleum, Al-Motrudi Mausoleum, Mirzo Ulugbek Observatory.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#huquqiydarsxona
Iqtisodiy sudlarga murojaat qilish huquqi va murojaatning shakli haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 3-moddasiga muvofiq har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun iqtisodiy sudga (sudga) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Bunda manfaatdor shaxs deganda, oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisida murojaat qilayotgan shaxs (daʼvogar, qarshi daʼvo arizasi boʻyicha esa javobgar, arizachi, nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs) tushunilishi lozim.
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudga boshqa shaxslar ham murojaat qilishga haqli.
Sudga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
Sudga murojaat qilish:
fuqarolik huquqiy munosabatlaridan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha — daʼvo arizasi shaklida;
buyruq tartibida ish yuritish, alohida toifadagi ishlar boʻyicha hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza shaklida;
apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlariga murojaat etilganda, shuningdek ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda shikoyat (protest) shaklida amalga oshiriladi.
Murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
N.Abdullayev
Guliston tumanlararo iqtisodiy
sudi sudyasi
#GulDU #Yoshlar_ittifoqi
"TALABALAR HAFTALIGI"GA MARHAMAT!!!
🗣 Joriy yilning 13-18-noyabr kunlarida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan "Talabalar haftaligi" o'tkaziladi.
💥 Talabalar haftaligi doirasida quyidagi tanlov va loyihalar ⬇️ o‘tkaziladi. Tanlovlar haqida batafsil ma'lumot olish uchun loyiha nomlariga e'tibor qarating.
➡️ 13-noyabr - "Eng yaxshi kitobxon jamoa" ko'rik-tanlovi (@Gulfil3222)
➡️ 14-noyabr - "O'zbekiston-yoshlar mamlakati" insholar tanlovi (@Gulfil3222)
➡️ 15-noyabr - "ART BATTLE" ko'rik-tanlovi (@Nodira_Gayberdiyeva)
➡️ 15-noyabr - "GulDUda kuz tarovati" mavzusidagi fotosuratlar tanlovi (@QurbonAli_Xoliqov)
➡️ 15-noyabr - "Wise intellektual o'yini" loyihasi (@sd_2807)
➡️ 16-noyabr - "Mening qadrli kitobim" loyihasi (@Sarvarbekh_Sheraliyev)
➡️ 16-noyabr - "Universitet malikasi-2023" ko'rik-tanlovi (@Pragmatik27)
➡️ 16-noyabr - "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovining fakultetlararo bellashuvi
💥 Agarda siz, ushbu haftalikda yana qanday loyihalar o'tkazilishini xohlasangiz @Gulfil3222 murojat qiling.
Bizni kuzatishda davom eting...
📲@gulduyoshlari_yi
⭕️ "Ma'naviyat karvoni" doirasida Sirdaryoda o‘tqazilgan tadbirlar tafsiloti respublika OAVlarida yoritildi.
💥"Biz bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz!" shiori ostidagi "Ma'naviyat marafoni" Guliston davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo tumanining bitiruvchi yoshlari Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi
Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari, ma’naviy va marifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektori Faxriddin Niyazov tomonidan yoshlarga ta’lim sohasidagi yangiliklar va universitet haqida ma’lumot berib o’tildi.
Tibbiyot xodimlari kuni nishonlandi
Oʻzbekiston Respublikasining 12.09.2006-yildagi OʻRQ-47-son Qonuni bilan Noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot xodimlari kuni" etib belgilangan. Mazkur sanaga bagʻishlangan bayram tadbiri Guliston davlat universitetining Madaniyat saroyida tashkil etildi.
Tadbirni universitetning Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha 1-prorektori F.Niyazov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Prorektor F.Niyazov o'z nutqida universitetda Tibbiyot fakultetining tashkil etilishi, bugungi kunda Guliston tibbiyot klasterining tashkil etilishida fakultet professor-oʻqituvchilari va talabalarining ahamiyati borasida fikr bildrib, jonkuyar soha xodimlarini kasb bayramlari bilan qutladi.
Shundan soʻng Tibbiyot fakulteti dekani F.Shernazarov, kasaba yushma qoʻmitasi raisi A.Yusufaliyev va tibbiyot faxriylari soʻzga chiqishib, buguni bayram bilan qutlashdi. Shundan soʻng bir qator tibbiyot xodimlari va talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.
Tadbirning badiiy qismida Sanʼatshunoslik fakulteti jamoasi tomonidan bayramona kuy-qoʻshiqlar ishro etildi.
🚀/channel/gulduuz
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Baxtli bo'lish o'z qo'limizda" mavzusida talaba-yoshlar bilan psixologik suhbat o'tkazildi.
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Ma'naviy ekskursiya" loyihasida marafon ishtirokchilari univeristet qoshidagi "Qatag'on qurbonlari muzeyi"ga tashrif buyurishdi.
Bu yerdagi eksponatlardan joy olgan ashyolar bilan tanishib chiqib, muzey ilmiy xodimi H.O'rmonov tomonidan qarag'onlik siyosati oqibatlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#manaviyat_marafoni
“Maʼnaviyat marafoni”ga start berildi
Bugun 10-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan “Maʼnaviyat marafoni”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Univeristet rektori M.Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining yordamchisi Gʻ.Yusupov, Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo vilyati boʻlimi rahbari M.Xayitov va O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Sirdayo viloyati Kengashi raisi M.Sirojiddinovlar ishtirok etgan ochilish marosimida mazkur Marafonning ahamiyati va undan koʻzlangan maqsadlar toʻgʻrisida fikr bildirildi.
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar, shuningdek “Assalomu alaykum”, “Men odobning oʻgʻliman”, “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!”, “Oʻzbekiston – mening Vatanim!”, “Fazilatli avlod”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”, “Oila – maʼnaviyat qoʻrgʻoni”, “Or-nomus – yigitning koʻrki”, “Kitob – mening eng yaqin doʻstim”, “Milliy maqom sanʼati”, “Odamiylik mulki”, “Alpomishlar oʻtgan bu diyor!”, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman”, “Milliy qadriyatlar” kabi oʻndan ortiq yirik loyihalar doirasida oʻtkaziladigan ellikdan ziyod tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting!
📱/channel/gulduuz
#GulDU
#Yoshlar_Oqshomi
⭕️ Guliston davlat universitetida “Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida "Yoshlar oqshomi" tashkil etilishi rejalashtirilgan.
⚡️ Shu munosat bilan 10-noyabr kuni soat 19:00 da universitetimizning yozgi amfiteatrida bo'lib o'tadigan Yoshlar oqshomiga taklif etamiz!
🌐@GulDU_Tabiiy_fanlar_fakulteti
🌳 “Yashil makon” aksiyasi Guliston davlat universiteti Sirtqi bo‘limida
Jarayonlarni tomosha qiling...
📲@gulduyoshlari_yi
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat unuversitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev Malaysiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Z.Zikriyayev Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi D.Umarov hamrohligida Malayziyaga tashrifi davomida universitet hamkori bo'lgan Binary universitetida bo'ldi va hamkor oliygohning rektor, prorektor, dekan, bo'lim boshliqlari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturi bitiruvchilariga diplom topshirish va kelgusida ilmiy tadqiqot hamda innovatsiyalar sohasida yaqin hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilib aniq yechimlarga erishildi.
Читать полностью…🛑 #Diqqat Tanlov!
⭕️13-18 noyabr "Talabalar haftaligi" doirasida talaba-yoshlarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida "2030 - yilgacha O'zbekistonni qanday tasavur qilasiz?'' mavzusida (plakatlar) tanloviga start beramiz.
📍📆Ijodiy ishlarni qabul qilish uchun muddat 16 - noyabr.
🕛 Soat: 12:00
Murojaat uchun: @Nodira_Gayberdiyeva
#Tanlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
◀️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
◀️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
◀️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
◀️Yilning eng faol sportchi talabasi;
◀️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
◀️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
◀️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Yil talabasi” tanlovi nizomi
Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.
👉 На Русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
II-O'zbekiston- Turkiya ta'lim forumiga start berildi.
Ushbu ta'lim forumida Guliston davlat universiteti rahbariyati ham faol ishtirok etmoqda. Forum doirasidagi tadbirda Rektorlar o'rtasida B2B formatida hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalarga mas'ul prorektorlar o'rtasida B2B formatida uchrashuvlar o'tkazilishi reja qilingan.
✅✅✅✅✅✅
📢“Wiley” xalqaro nashriyot kompaniyasi yurtimizdagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalariga resurslaridan bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etish taklifini bildirgan. Shu munosabat bilan joriy yil 13-noyabr sanasidan boshlab yil oxiriga qadar “Wiley” nashriyot resurslaridan Respublikamiz olii ta'lim vа ilmiy tadqiqot muassasalariga sinov tariqasida bepul foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
Shu munosabat bilan tadqiqotchilarimiz mazkur nashriyot kompaniyasi resurslaridan ilmiy tadqiqot ishlarida samarali foydalanishlari mumkil.
➡️“Wiley” xalqaro nashriyot kompaniyasi resurslari: https://onlinelibrary.wiley.com
#kreditmodul
#hemis
O'quv-uslubiy faoliyat bo'yicha master-klass o'tkazildi
Guliston davlat universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori D.X.Turdibayev professor-oʻqituvchilarga oʻquv meʼyoriy xujjatlarni rasmiylashtirish, kredit-modul tizimida taʼlim jarayonini tashkil qilish, Hemis platformasida kontenlarni sifati joylashtirish va oʻquv meʼyoriy xujjatlarni sifatli yaratish va ulardan taʼlim jarayonida foydalanish boʻyicha master-klass oʻtkazdi.
#yoshlarittifoqi
#guldu
🛑 Talaba qizlarning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida talabalar turar joyida "Pazanda qizlar" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi.
🔶 Ko'rik-tanlov O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi Guliston davlat universiteti Yoshlar Kengashi "Axborot-texnologiya va fizika-matematika" fakulteti koordinatori Qahharboyeva Shahnoza tomonidan tashkil etildi.
📌 Tanlovda ishtirokchilar tomonidan mazali salatlar tayyorlandi hamda malakali hakamlar tomonidan munosib baholandi.
🏆 G'olib bo'lgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
💥 Bizni kuzatishni davom eting!
/channel/gulduyoshlari_yi
#eslatma
#ikki_kun_qoldi
⚡️Kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar vakant joylarga qabul qilinmoqda
Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.
Batafsil: 👉/channel/eduuz/18037
Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.
👉 На Русском
👉 In English
Bizni kuzating 👉@eduuz
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida “Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning zamonaviy bosqichida metrologiy, standartlashtirish va sertifikatlashtirishning muammolari va innovatsion yechimlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat muassasasi Sirdariyo filialini bosh mutaxassislari Ataboyev Obid va Berdimurodov G'ulomlar ishtirok etishib, sohaga tadbiq qilinayotgan innovatsion usullar to'g'risida ma'lumot berishdi.
Читать полностью…#Guldu #talabalar_kuni #QVZ
📣 Xabaringiz bor "17-noyabr-Talabalar kuni"ga bag'ishlab 16-noyabr kuni "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi o'tkazilishi haqida e'lon bergandik, shu kungacha ishtirok etish niyatida bo‘lgan barcha jamoalar o'z arizlarini topshirishdi
🗓 11-noyabr kuni soat 11:00da Guliston davlat universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazi 1-qavat 5-xonasiga jamoalar topshirgan arizlari bilan yetib kelishi hamda ko'rik-tanlovning badiiy kengash tahririyatiga hazillari va sahna ko'rinishlarini taqdim qilishi so'raladi.
⭕️ Ertaga sizni kutib qolamiz, demak, barcha jamoalarga omad tilaymiz!!!
🔵 @Gulduuz
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Salomlashishni unutish-o'zliklni unutish" mavzusida talaba-yoshlar bilan suhbat o'tkazildi. Universitet professori R.Mahmudov tomonidan olib borilgan mazkur suhbatda talabalar ijtimoiy odoblar, kasbiy ma'naviyat, etika va estetika borasidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Ma'naviyat va ma'rifat kubogi" uchun "Zakovat" va "Munozara" bahslari o'tkazilmoqda. Shuningdek, marafon doirasida sport o'yinlari, kitobxonlik, turli psixologik suhbatlar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Vatan himoyasi – ijtimoiy mas’uliyatdan boshlanadi!
Qator oliy ta’lim muassasalarida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilik holatlarining oldini olish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
___
Защита Родины начинается с социальной ответственности!
В целях воспитания студентов в духе патриотизма, содействия поддержанию общественного порядка, предотвращения правонарушений и уголовных дел в ряде высших образовательных учреждениях налажена деятельность общественной группы “Калкон”.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥"Yashil makon" umummilliy loyihasi
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (08.11.2023)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
Https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlariga 24.10.2023-yil sanasida start berilgan edi.
09.11.2023-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi Boyovut tumanida joylashgan Sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlari bilan tashkil etildi.
Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini o‘rganib chiqdi. Ular bilan odob-axloq, ichki tartib qoidalar borasida suhbatlashdi. Sportchi talabalarning yutuqlari sarhisobi, imkoniyati cheklangangan talabalar bilan suhbatlar, ularga yaratilayotgan shart sharoitlar to’g’risida fikr va mulohazalar ayniqsa samarali bo’ldi.
Bugungi ochiq muloqotda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, rektor maslahatchisi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar Kengashi raisi va psixologdan iborat jamoa ham talabalar bilan bevosita muloqot olib borishdi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda.
Guliston davlat universiteti Rangtasvir (dastgohli) ta'lim yo'nalishi talabasi Axmatkulova Karomat
Читать полностью…Texnologiya sohasiga qiziqadigan iqtidorli GulDU talabalari diqqatiga❗️
Taqdim etilayotgan loyiha ishtirokchilari aniq bir muammo yoki mavjud potensial imkoniyatdan kelib chiqqan holda innovatsion xarakterga ega g'oya yoki loyihani taklif etishlari lozim.
G'oya va loyihalar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
- G'oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G'oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo'naltirilganligi;
- Mavjud analoglaridan afzalligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G'oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha taqdimotining mukammalligi;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to'ldirilganligi.
👉 Batafsil ma'lumot olish uchun 👈
Murojat uchun:
+998 97 902 77 17
@Ayorqin1989
🛑Diqqat tanlov!
⭕️13-18 noyabr "Talabalar haftaligi" doirasida talaba-yoshlarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida "ART BATTLE'' ko'rik-tanloviga start beramiz.
♻️Ushbu tanlov 3 shart asosida o'tkaziladi.
1-shart: "Turbo tezlik"
2-shart: "Xotiralar bellashuvi"
3-shart: "Men..."
⁉️Qachon: 15.11.2023 soat 14:00.
📍Qayerda: Tasviriy san'at ustaxonasi.
📝Murojaat uchun: @Nodira_Gayberdiyeva