“Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug‘i ilovasidagi chora-tadbirlar rejasining 18-bandi ijrosi yuzasidan “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida o‘quv- seminarlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Shu munosabat bilan 4-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor F.Niyazov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ВМТ bosh assambleyasining 78-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati mavzusida, shuningdek universitet Ijtimoiy fanlar kafedrasi professori R.Mahmudov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Gеrmаniуа Federativ Respublikasi va Qatar davlatlariga tashriflarining mazmun-mohiyati mavzusida seminar o‘tkazildi.
Joriy yilning 4 oktabr kuni Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar instituti 4-kurs bitiruvchi talabalari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-4472-sonli Qaroriga davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlarni keng jalb etish boyicha tizimli ishlarni olib borish Agentlikning asosiy vazifalari mavzusida uchrashuv tadbiri oʻtkazildi.
Читать полностью…Sirdaryo futbol assotsiatsiyasi va Guliston davlat universiteti hamkorligida fakultetlar o'rtasida talabalar ligasiga bugun start berildi
Musobaqadan fotolavhalar 📷
Bizni ijtimoiy tarmoqda kuzating
/channel/SyrdaryaFootballAssociation
GulDU ekologik muammolarga befarq bo'lmagan harakatchan talabalari diqqatiga❗️
“Ideaton – Uzbekiston 2023” tanloviga qabul boshlandi.
Tanlov quyidagi tizim bo'yicha baholanadi:
Loyiha 10 yildagi mavjud bo'lgan aniq muammoga yechim bo'la olishi;
- G'oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G'oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo'naltirilganligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G'oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to'ldirilganligi.
Qabul 31-oktyabr soat 18:00 ga qadar davom etadi.
Ro'yxatdan o'tish uchun 👉 @Husenov_Jahongir ga murojat qiling.
👉 Batafsil...
Янгиликлар 24 | Муаллимнинг обрў-эътибори - миллатнинг, бутун халқнинг обрў-эътибори
#1oct #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
🟥🟥🟥
Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan bayram tabrigi
Hurmatli professor-o'qituvchilar, aziz ustoz va murabbiylar! Barchangizga kasb bayrami muborak bo'lsin. Uchinchi renessansni barpo etishdek sharafli va o'ta mas'uliyatli faoliyatimizda so'nmas shijoat, mustahkam salomatlik va metindek iroda yor bo'lsin! Ilm sarhadlarini zabt etishdan hormang, muhtaram o'qituvchilar va murabbiylar!
😎 /channel/gulduuz
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆
Xanchjou-2022. Hilola Ortiqboyeva chempion!
Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti 1-bosqich talabasi Hilola Ortiqboyeva -52 kg vazn toifasining final bellashuvida ishtiok etdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili oʻzaro toʻqnash kelishdi. Qiziqarli bahs Hilola Ortiqboyevaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Hilola Xanchjouda o’tayotgan Osiyo o’yinlarining oltin medalga sazovor boʻldi.
📩 /channel/gulduuz
2️⃣2️⃣2️⃣
#1_oktabr
#oqituvchi_va_murabbiylar_kuni
AZIZ VA MO'TABARDIR USTOZ!
29-sentabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag'ishlangan bayram kechasi bo'lib o'tdi. Tadbirda universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Tadjiyevich Xodjiyev barcha professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab, muhtaram Prezidentimiz tomonidan “Uchinchi Renessans”ni barpo etishdek buyuk va ezgu maqsadni ro‘yobga chiqarishda jonkuyar kasb vakillariga kuch-g‘ayrat tiladi.
Tadbirda faxriy ustozlar, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatida yutuqlarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilar taqdirlanishdi. Tadbirning badiiy qismida San’atshunoslik fakultetining mohir xonanda va sozandalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
🚀/channel/gulduuz
#men_donorman
#Guldu
🔴Ayni vaqtda Guliston davlat universitetida “Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasi boʻlib oʻtmoqda, barchangizni taklif etamiz!
🗣Guliston davlat universitetida boshlang’ich tashkilotining umumiy yig’ilishi bo’lib o’tdi!
👥 Umumiy yig‘ilishda Markaziy Kengash raisi Temurbek Poyonov va Shirin shahar hokimi Sarvarbek Sultonov masofaviy tarzda ishtirok etishdi.
📌 Yig‘ilish davomida Guliston davlat universiteti Boshlang‘ich tashkilotining bir yil mobaynida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisoboti tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi zarur bo'lgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.
🎉 Yig‘ilishning ahamiyatli jihati shundaki, universitetning boshlang‘ich tashkilot yo‘nalish va fakultet koordinatorlarining ota-onalari universitet rektori tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 27-sentabr kuni GulDU akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.12.2020 yildagi PQ-4910-sonli "IQTIDORLI YOShLARNI SARALAB OLISh TIZIMI VA AKADEMIK LITSEYLAR FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida akademik litsey ijrochi direktori B. Xakimjonov boshchiligida bir guruh faol va a'lo baholarga o‘qigan o‘quvchilarga stipendiya berildi. Ushbu qarorda Davlat byudjetidan akademik litseylarga ajratilgan mablag’lar hisobidan har semestrda bir marotaba uning yakuni bo’yicha barcha fanlardan eng yuqori o’zlashtirish ko’rsatkichlariga ega bo’lgan 10 nafar o’quvchiga akademik litsey pedagogik kengashi qaroriga ko’ra bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi to’lash tartibi belgilangan.
Читать полностью…Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida o‘tkazilgan “Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro forsayt formatidagi ilmiy-amaliy anjumanga oid videolavha
Читать полностью…Davra suhbatida Balikesir universiteti (Turkiya) vakillari oziq-ovqat texnologiyalari sohasida Guliston davlat universiteti bilan birgalikda loyihalar tashkil etish va ilmiy ishlanmalarni almashish taklifini bildirib o‘tdi.
Sultan Idris universiteti (Malayziya) vakillari universitet olimlarini stajirovkaga qabul qilish va tajriba almashishga tayyor ekanligini bildirib, qo‘shma xorijiy loyihalarni amalga oshirish va Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarga birgalikda maqolalar tayyorlash hamda noyabr oyida Guliston davlat universitetiga tashrif buyurib, o‘zaro tajriba almashish maqsadida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etish taklifini bildirdi.
Yanglin universiteti (Xitoy) vakillari Sirdaryoda tashkil etilgan Peng Sheng zavodida yoshlarni amaliyot o‘tashlariga sharoit yaratish va Xitoy Xalq Respublikasiga stajirovkaga yuborishda amaliy yordam ko‘rsatish taklifini bildirib o‘tdi.
Kolumbiya universiteti (AQSh) va Shadrin pedagogika instituti (Rossiya) vakillari universitetda qolib, o‘zaro tajriba almashish maqsadida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun seminar tashkil etish taklifini bildirib o‘tdi.
Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiya instituti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, “MMFT” Milliy tadqiqot yadro universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektorlari Sirdaryo viloyatini tuproq unumdorligini oshirish, sho‘rlanishga qarshi kurashish va sho‘rga chidamli o‘simliklarning yangi navlarini yaratish borasida hamkorlik qilish taklifini bildirib o‘tishdi.
Yuqorida bildirilgan barcha takliflar Guliston davlat universiteti tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinib, hamkorlik qilish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishildi va shu joyning o‘zida tegishli memorandumlar hamda shartnomalar imzolandi.
⚖️👨💻👩💻💬
Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba
27-sentabr kuni Guliston davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida “Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro forsayt formatidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Yalpi majlisda Balikesir universiteti (Turkiya), Sultan Idris universiteti (Malayziya), Yanglin universiteti (Xitoy), Kolumbiya universiteti (AQSh), Shadrin pedagogika instituti (Rossiya) vakillari so‘zga chiqib, rivojlangan davlatlar tajribasi asosida hududlarni innovatsion rivojlantirish taʼlim tizimini, jumladan, fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlanishini taqozo etayotganligini, bunda ishlab-chiqarish tarmoqlariga malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, yuqorida fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi masalalariga alohida yondashuvni talab qilishi borasida fikr bildirishdi.
Shu bilan birga, konferensiyaning ochilish marosimida soʻzga chiqganlar Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirishda muammo, yechim va xalqaro tajriba almashish bilan bir qatorda, ushbu hududda soha va mintaqaviy iqtisodiyot ssenariylari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni keyinchalik forsayt markazlarda rivojlantirish va innovatsion faoliyat istiqbolini prognozlash bilan shug‘ullanishi toʻgʻrisida fikr bildirishdi.
Ushbu anjuman oliy ta’lim muassasalarining kelajakda birgalikda amalga oshiradigan ulkan ishlar uchun debocha bo‘lib xizmat qilishi takidlab o‘tildi.
📩 /channel/gulduuz
#XUSHXABAR
⚡️48 ta OTM World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.
Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun davogarlar o‘tgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.
Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash bo‘yicha ma’lumot taqdim etgan bo‘lib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar maqomiga ega bo‘ldi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Joriy yilning 4-oktabr kuni Guliston davlat universiteti "Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar" instituti talabalari o'rtasida "Besh tashabbus" olimpiyadasi doirasida sportning stritbol va yengil atletika turi bo'yicha institut 1-bosqichi musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada institutning 135 nafar talabasi ishtirok etdi. Musoboqa juda ko'tarinki ruhda o'tdi. Musobaqa yakunida g'olib jamoalar aniqlanib, 2-bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Читать полностью…Talabalar ligasi musobaqasidan videolavha📽
Bizni ijtimoiy tarmoqda kuzating
/channel/SyrdaryaFootballAssociation
💻 Guliston davlat unversiteti Amaliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi tashabbusi bilan talaba yoshlar uchun
🔜 KOMPYUTER SAVODXONLIGI
🔜 DASTURLASH ASOSLARI
kurslariga qabul e'lon qiladi❗️❗️❗️
✅ Kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlarga diplom va imtiyozga ega sertifikat beriladi.
🤔Sizni ish yoki o'qish faoliyatingizda kompyuter bilan ishlashda muammolar mavjudmi yoki kompyuterda erkin ishlashni xohlaysizmi unda ushbu kurslarga a'zo bo'ling.
Kurslarga ro'yxatdan o'tish uchun havola ustiga bosing:
https://forms.gle/2NifhjEop8yS9VLx5
#brifing
Oliy ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar
Bugun, soat 12:00 da AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida ushbu mavzuga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tadi.
🎥 Brifingni “O‘zbekiston24” telekanali hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifasi orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin.
➖➖➖
Приняты меры по подготовке к осенне-зимнему сезону в высших учебных заведениях и проведению его без происшествий
Брифинг на эту тему состоится в АОКА в 12:00 с участием Назокат Абдукундузовой, руководителя информационной службы Министерства высшего образования, науки и инноваций.
Посмотреть брифинг можно непосредственно на телеканале «Узбекистон24» и на официальных страницах АОКА в Facebook.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Ta'lim sohasida olib borilayotgan ishlar
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (30.09.2023)
♻️Do‘stlarga ulashing👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
🚩 Guliston davlat universiteti Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar institutida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi.
30-sentabr kuni Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar instituti talabalari tomonidan "Sizga doim ta'zimdamiz Ustozlar" shiori ostida konsert tashkil etildi hamda tadbir kechasiga fakultetning barcha ustozlari tashrif buyurdi.
Eng avvalida tadbirni institut direktori ochib berdi, undan so'ng esa badiiy qismiga o'tildi.
Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi va barchaga birdek manzur bo'ldi...
30-sentabr kuni GulDU akademik litseyida 1-oktabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan "Sizga ta'zim aziz ustozim!"nomli tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda o‘quv yili davomida yosh avlodni tarbiyalashda alohida o‘rnak ko‘rsatgan ilg‘or pedagog xodimlar litsey ma'muriyati tomonidan taqdirlandi. Iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ustozlarni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar kuylandi.
Bugun Guliston davlat universiteti psixologi M.Karimova "San'atshunoslik" fakulteti talaba qizlari bilan "Ruhiyatning kuchi" mavzusida psixologik trening olib bordi. Treningdan ko'zlangan asosiy maqsad ruhiyatimizni oziqlantirish uchun mavjud ichki va tashqi resurslar bilan tanishtirishdir.
Читать полностью…#men_donorman
#Guldu
Oʻzingizda qahramonlikni kashf eting!
Assalomu aleykum hurmatli
talaba-yoshlar, shijoatli volontyorlar.
🔴29-sentabr kuni universitetimizning 2-talabalar turar joyi binosi, tibbiyot xonasida
“Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasi boʻlib oʻtadi, barchangizni taklif etamiz.
👨⚕️ “Men donorman” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etish orqali ko‘plab insonlar hayotini saqlab qolish imkoniyatiga egasiz!
🫀Yurak amriga quloq tutib, bemorlarga yordam qo‘lini cho‘zish har bir insonga xos bebaho fazilatdir. Siz ham donor bo‘lib mana shunday beg‘araz yordam ko‘rsatadigan insonlar qatorida bo'ling.
🫵Unutmang kimgadir yordam berish uchun boy bo'lish shart emas!
Hurmatli professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talaba-yoshlar!
Joriy yilning 3-4 oktabr kunlari universitet rektorining 14-avgustdagi 120-O sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 28-bandidagi topshiriq ijrosi yuzasidan "Street workout" musobaqasi o‘tkaziladi.
Arizalar 30-sentabrga qadar qabul qilinadi. Barcha bo’limlar, fakultetlar va institutlardan ishtirok etmoqchi bo'lgan talabgorlarini “GulDU” sport klubi va (yoki) universitet sport targ‘ibotchisiga yuborishingiz mumkin.
Musobaqa universitet sport inshootlarida va Yoshlar texnoparki yonidagi "Street workout" maydonchasida o‘tkaziladi.
Guliston davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Ana'naviy xonandalik va cholg'u ijrojiligi kafedrasi o'qituvchisi Sh.Yulyaxshiyev, yoshlar masalalari va ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari M.Mirzaliyev hamda fakultet tyutorlari M.Akilov R.Suvonovlar Talabalar turar joyida talabalar holidan xabar olindi.
Читать полностью…Forsayt dasturiga muvofiq xorijiy ekspertlar va respublika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari Guliston davlat universitetida tashkil etilayotgan ilmiy ishlar va innovatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va ilmiy laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar hamda shu kunning o‘zida universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari uchun seminar mashg‘ulotlarini o‘tib berdilar.
Читать полностью…Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Guliston davlat universiteti hamkorligida “Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro forsayt formatidagi ilmiy-amaliy anjuman davomida respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar innivatsiyalar bo‘yicha prorektorlari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish borasida forsayt formatida davra suhbati tashkil etildi.
Читать полностью…🟨🟨🟨🟨🟨
Guliston davlat universiteti Jahon universitetlari reytingini aniqlovchi The times higher education ranking veb sahifadida reporter universitetlar qatoridan joy oldi
https://www.timeshighereducation.com/world-university-rankings/gulistan-state-university
#eʼtirof
Bir guruh soha vakillari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga ko‘ra 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona faoliyat yuritib, yoshlarning sifatli taʼlim olishi va kasb-hunar egallashida oʻzining samarali mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.
Taqdirlanganlar 👈
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube