BAYRAM MUBORAK AZIZ USTOZLAR !
Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida 1-oktyabr "Ustozlar va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirga fakultetning faxriy ustozlari va barcha professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi. Fakultet dekani J.Komilov barchani bayram bilan qutladi va esdalik sovg`alarini topshirdi.
Joriy yilning 28-sentabr kuni O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida "Zakovat" turnirining Sirdaryo viloyati yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Viloyatda mavjud 23 ta O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari jamoalari ishtirok etgan musobaqada GulDU akademik litsey jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Читать полностью…28- sentabr kuni GulDU akademik litseyida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-sentabrdagi 3/15-4/-5769- sonli xatining ijrosini ta'minlash maqsadida akademik litseyda tahsil olayotgan o‘quvchi-qizlar, ayol o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida "Xon atlas" festivali tashkil etildi. O‘zbekona urf-odat va an‘analarni, milliy merosimizni va buyuk ajdodlarimiz qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan bu tadbirda barcha ishtirokchilar yuqori kayfiyatda va o‘zgacha ko‘tarinki ruhda qatnashdilar.
Читать полностью…#Diqqat
#GulDUda_umumiy_yigilish
Hurmatli yoshlar, ertaga soat 11:30da Guliston davlat universiteti faollar zalida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining joriy oʻquv yilgi umumiy yigʻilishi oʻtkaziladi.
Shu munosabat bilan, barchangizni Faollar zalida kutib qolamiz. Yigʻilish doirasida barcha talabalar uchun kutilmagan syurprizlar taqdim etiladi. Marhamat, yoshlarning yoshlarbop yigʻilishida ishtirok eting.
Guliston davlat universiteti "Psixologiya va ijtimoiy fanlar" fakulteti talabalari o'rtasida "Besh tashabbus" doirasida sportning stritbol turi bo'yicha fakultet 1-bosqich musobosi o'tkazildi. Musoboqada fakultetni 120 nafar talabasi ishtirok etdi. Musoboqa juda ko'tarinki ruhda o'tdi. Musobaqa yakunida g'olib kamandalar aniqlandi, g'olib kamandalar 2-bisqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Читать полностью…Joriy yilning 27-sentabr kuni GulDU akademik litseyida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tasabbus tadbirlarini sifatli va mazmunli tashkil etish maqsadida Jismoniy tarbiya rahbari A. Ergashev va Yoshlar yetakchisi SH. O‘ktamovlar tashabbusi bilan sportning voleybol turida o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida musobaqa tashkil etildi. Qizg‘in kechgan bahslarda qizlar o‘rtasida 202-guruh o‘quvchilari, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 204-guruh o‘quvchilari g‘olib bo‘lishdi.
Читать полностью…📚 Фақат китоб ҳақида
"Мард ўғлон" Давлат мукофоти билан тақдирланган ҳамда "Ёш китобхон" ғолиби, Президент совғаси "Спарк" соҳиби бўлган Гулистон давлат университети талабаси Ёрқинжон Ҳайитбоев билан китоб ҳақида суҳбат уюштирилди.
youtu.be/982DfJ6snOU 👈📹
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
#Guldu
#Xalqaro_forsayt_formatidagi_anjuman
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️
Guliston davlat universitetida o’tkazilayotgan “Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro forsayt formatidagi ilmiy-amaliy anjumani boshlanish arafasida
✈️/channel/gulduuz
Q U T L O V
Ham olimlik, ham rahbarlik oson emas, albatta. Bu ikkisi hayotda kishidan juda katta salohiyat, matonat, sabr-toqat va fidoyilikni talab qiladi. Shunday hislatlarni o‘zida mujassam etgan mahoratli rahbar va pedagog, tilshunos olimlarimizdan biri – Yodgorov Hamid Ergashevichdir.
Ustozimiz, Hamid Ergashevich uzoq yillar davomida ilmiy-pedagogik faoliyatidan tashqari, ta’lim tizimining turli bo‘g‘inlarida mas’ul rahbarlik lavozimlarida ham samarali faoliyat olib borgan. Ustoz uzoq yillar davomida Sirdaryo viloyat pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining viloyat bo‘limi boshlig‘i kabi o‘ta mas’uliyatli lavozimlarda xizmat qilib viloyatimiz ta’lim sifati ortishida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Bulardan tashqari, “O‘zbek tilshunosligi “ kafedrasi dotsenti sifatida kafedra ilmiy nufuzi ortishida, talaba-yoshlarga tilshunoslik sir-asrorlarini o‘rgatishda ham sidqidildan mehnat qilib kelmoqda.
Yaqinda Filologiya fanlari nomzodi, dotsent - Yodgorov Hamid Ergashevich Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Sirdaryo viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari etib tayinlandilar.
“O‘zbek tilshunoslik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Ustozimizning ushbu mashaqqatli va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyatlariga omad tilaydi. "O'zbek tilshunosligi" kafedrasi
🗣 Tayinlov!
🇺🇿 Xasanov Shuxratjon Zokirjon o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashining Boshlang´ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
➡️ Tayinlovga qadar Sh.Xasanov Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Ta´lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo´yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.
🎉 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi jamoasi nomidan Shuxratjon Xasanovni mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
#yoshlarittifoqi #tayinlov
Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Instagram 📲Facebook
Filologiya fakulteti dekan oʻrinbosari hamda tyutorlar TTJdagi talabalar holidan xabar olishdi.
2023 yil 25-sentyabr kuni Universitetimizning Talabalar turar joyida talabalarning yashash sharoitini yanada yaxshilash va uni namunali tashkil qilish bo’yicha master klass oʻtkazildi. Shuningdek, ularning yashash sharoitlari bilan tanishib o’zlarining hayotiy maslahatlarini berishdi.
San'atshunoslik fakultetida birinchi bosqich talabalariga Guliston davlat universiteti profilaktika inspektori A.Usmonov, Universitet Harbiy bo'lim boshlig'i U.Hakimov, Universitet ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha bo'lim boshlig'i Sh.Abdurasulov, fakultet dekani A.Babadjanov, yoshlar masalalari va ma'naviy va marifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari M.Mirzaliyev hamda guruh tyutori M.Akilovlar boshchiligida ma'naviy va ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda huquq buzarliklarni oldini olish, Harbiy xisob masalalari bo'yicha talabalarga tushunchalar berildi.
Читать полностью…24-sentabr kuni Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar instituti Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha direktor o’rinbosari J.Djumanov , tyutorlar O.Turdaliev,Yu.Norkuziyevlar TTJ da yashovchi talabalar holidan habar olib talabalar bilan davra suhbatlar oʻtkazildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazrilgining 3/15-4/1-2276-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida, 18-23-sentabr kunlari sportning minifutbol, badminton, stritbol va workout turlari bo'yicha "Muassasa sporti" musobaqalari o'tkazildi. G'oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Читать полностью…📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (19.09.2022)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
O‘rta maxsus va professional ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Sirdaryo viloyati bosqich yakuniy natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g'olib bo'lishdi:
🥇Guliston davlat universiteti akademik litseyi;
🥈Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi;
🥉Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi.
Ushbu jamoalar endilikda turnirning respublika bosqichida ishtirok etishadi.Eslatib o’tamiz, turnirning respulika bosqichida kuchli uchlikka kirgan jamoalarga esdalik sovg’alari, “Zakovat stipendiyasi” va eng asosiysi ta’limning keyingi bosqichiga to’lov kontrakti asosida imtixonlarsiz qabul kutmoqda.
@sirdaryo_zakovat
MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘RKI
Har qanday millatning o‘ziga xosligini ko‘rsatuvchi qadriyat va timsollar, mezon va manbalar majmuida milliy liboslar ham alohida o‘rin tutadi. Milliy liboslar xalqning uzoq asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlarini o‘zida mujassam etadi.
Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rkini, balki ma’naviy mafkuralarimizni va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.
Shu boisdan ham respublikamizda har yili sentyabr oyida milliy liboslarimizni targ‘ib etishga qaratilgan “Xon atlas” festivali o‘tkazib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 28-sentabr kuni Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida 'Xon atlas-2023' festivali doirasida targ‘ibot chellenji o‘tkazildi.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari milliy liboslarimz, milliy qadriyatlarga muhabbat va e’tiborimizni oshirib, vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Guliston davlat universitetida o'tkazilgan "Xon atlas" festivaliga doir videolavha
Читать полностью…Shakli, ranglari, gullari va matolari bilan ajralib turuvchi, bir-birini takrorlamaydigan ushbu milliy liboslarni umumiy nafislik, sharqona jozibadorlik va yorqin ranglar birlashtirib turadi. Milliy liboslar xalqning qiyofasini koʻrsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Dunyo xalqlari ajdodlaridan meros boʻlib qolgan milliy koʻrinish, milliylikni asrash, anʼanalarni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratadi. Shunday ajoyib udumlarni davom ettirgan holda joriy yilning 27-sentabr kuni Guliston davlat universitetida “Xon atlas” festivali boʻlib oʻtdi. Festivalda universitetimiz barcha fakultetlari talaba-qizlari faol ishtirok etishdi.
Universitet Xotin-qizlar Kengashi.
#Guldu
#Xalqaro_forsayt_formatidagi_anjuman
⚖️👨💻👩💻💬
Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba
Bugun 27-sentabr sanasida Guliston davlat universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Guliston davlat universiteti, Balikesir universiteti, Qozon federal universiteti, shuningdek Samara politexnika tayanch universitetlari bilan hamkorlikda “Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro forsayt formatidagi ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini boshladi.
27-28-sentabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan mazkur xalqaro konferensiyaning ochilish marosimiga bagʻishlangan yalpi majlis Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida boʻlib oʻtdi.
Yalpi majlisni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev kirish soʻzi bilan ochib beradi. Universitet rektori oʻz nutqida Yangi Oʻzbekiston sharoitida Sirdaryo viloyati ilmiy va innovatsion makonga aylanib borayotganligini, rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, hududlarni innovatsion rivojlantirish taʼlim tizimini, jumladan fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlanishini taqozo qilayotganligini, bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston sharoitida uzluksiz taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarini toʻliq isloh qilish, bunda ishlab-chiqarish tarmoqlariga malakali mutaxassislarni tayyorlash yuqorida qayd qilinganidek fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi masalalariga alohida yondashuvni talab qilishi borasida fikr bildirdi.
Shuningdek, konferensiyaning ochilish marosimida soʻzga chiqganlar xalqaro anjumanning ahamiyatini, ilm va innovatsiya oʻzaro bir-birini toʻldirib boruvchi omil ekanligini, Sirdaryo viloyatini innovatsoin makonga aylantirishda Guliston davlat universiteti ilmiy va innovatsion markaz vazifasini bajara olishi imkoniyatlari toʻgʻrisida fikr bildirishdi.
Anjuman shoʻbalar kesimida 28-sentabr sanasiga qadar oʻz ishini davom ettiradi.
😎/channel/gulduuz
2023-yil 27-sentyabr kuni 2-TTJda talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Filologiya fakulteti tyutorlari tomonidan filologiya fakulteti 1-2-3-kurs talabalari oʻrtasida 5-tashabbus doirasida Zakovat inteliktual oʻyinlari oʻtkazildi.
Читать полностью…Hurmatli professor-o‘qituvchi va ishchi-xodimlar! Joriy yilning 7-8 oktabr kunlari universitet rektorining 14-avgustdagi 120-O sonli buyrug'i bilan Futbol bo'yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkaziladi. Arizalar 29-sentabga qadar qabul qilinadi. Barcha bo’limlar, fakultetlar va institutlar o‘z jamoalarini shakllantirib, “GulDU” sport klubi va (yoki) universitet sport targ‘ibotchisiga arizalarini berishlari lozim. Musobaqa universitet sport inshootlarida o‘tkaziladi.
Читать полностью…#Guldu
#Xalqaro_forsayt_formatidagi_anjuman
Guliston davlat universitetida o’tkazilayotgan “Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish: muammo, yechim va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro forsayt formatidagi ilmiy-amaliy anjumanga start berishdan oldingi tayyorgarlik jarayoni
Bizni kuzatishda davom eting…
Guliston davlat universiteti "Psixologiya va ijtimoiy fanlar" fakulteti talabalari o'rtasida "Besh tashabbus" doirasida sportning yengil atletika turi bo'yicha fakultet 1-bosqich musobosi o'tkazildi. Musoboqada fakultetni 150 nafar talabasi ishtirok etdi. Musoboqa juda ko'tarinki ruhda o'tdi. Musobaqa yakunida g'oliblari aniqlandi.
Читать полностью…💼 #Тайинлов Газетамизга янги раҳбар тайинланди
“Янги Сирдарё - Новая Сырдарья” газеталари бош муҳаррири вазифасини бажарувчи лавозимига — Баймуратов Бахром Янгибаевич тайинланди. У 1979 йил Оқолтин туманида туғилган, 2003 йил Ўзбекистон миллий университетини тамомлаган.
Бахром Баймуратов мазкур тайинловга қадар “Янги Сирдарё - Новая Сырдарья” газеталари бўлим мудири лавозимида фаолият юритган. Ижодий жамоамиз номидан Бахром Янгибаевичнинг ижодий ишларига муваффақиятлар тилаб қоламиз 🤝👍
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
“Zakovat” intellektual klubi NNT Sirdaryo viloyat koordinatorlari bilan uchrashuvi haqida
MA’LUMOT
2023 yil 25-sentyabr kuni GulDUning 1-ma’ruzalar zalida Filologiya fakultetining “Zakovat” oʻyinlariga qiziqishi baland yoshlari hamda “Zakovat” intellektual klubi NNT Sirdaryo viloyat koordinatorlari, Dilshod Yuldashev va Abdukayim Abdushukurovlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvni GulDUning Yoshlar yetakchisi Faxriddin Zikriyoyev kirish soʻzi bilan boshlab berdi. Talabalarga o‘ziga xos motivatsiya bergan muloqotda Dilshod Yuldashev 2020-2023 yillarda viloyatlarda bo‘lib o‘tgan «Zakovat» Breyn-ring intellektual o‘yini respublika bosqichlarida qatnashganligini hayajon va g‘urur bilan so‘zlab berdi. Bilim hamisha muvaffaqiyat va g‘alaba kaliti ekanligi, har bir sabr ortida, albatta, muvaffaqiyat borligiga ishonish muhimligi haqida talabalarga o‘z tavsiyalarini berdi.
📌 DIQQAT...!
🚩 Xabaringiz bor, joriy yilning 14-sentabr kuni Guliston davlat universiteti yo'nalish, fakultet hamda institutlar Koordinatorligiga saylov o'tkazilgan edi.
🔺Natijalarga qiziqyapsizmi?
🔺Javoblarini bilishni xohlaysizmi?
Demak, 26-sentabr kuni natijalar soat 9:00dan boshlab e'lon qilinadi...
Bo'lajak Koordinatorlarimiz faoliyatiga omad tilaymiz!
#brifing
Ayni paytda AOKAda kollej va texnikumlarga test sinovlari o‘tkazilishi bo‘yicha brifing boshlandi.
Unda masala yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lumot bermoqda.
Quyidagi havola orqali toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin:
📹 Jonli efir
➖➖➖
В то же время в АОКА начал брифинг по итогам тестовых испытаний в колледжи и техникумы.
Информацию по данному вопросу предоставит руководитель Пресс-службы Министерства высшего образования, науки и инноваций Назокат Абдукундузова.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Bugun 23-sentabr Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar instituti "Talabalar ligasi" sport musobaqasinig minni futbol turidan institut chenpionati uchun 12 ta jamoa ishtirokida musobaqa oʻtkazildi musobaqada 150 nafar talaba yoshlar ishtirok etdi keskin va murosasiz oʻtgan oʻyinda 50-22- guruh talabalari faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib keyingi bosqichga yoʻl oldi
Читать полностью…#Yotoqxona_qurilishi
Talabalar turar joylarini qurish ishlari qanday ketmoqda?
Talabalar uchun turar joy barpo etish boʻyicha 7 ta muhim fakt!
1. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturga koʻra, 2026-yilga qadar respublika boʻyicha 100 ming oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi quriladi.
2. Dastur qabul qilingandan buyon 26 171 oʻrinli 55 ta yotoqxona qurilib, foydalanishga topshirildi.
3. Birgina 2023-yilda respublika miqyosida 38 633 oʻrinli jami 85 ta talabalar turar joyini bunyod etish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda:
➖ 55 tasi (24 621 oʻrinli ) davlat-xususiy sheriklik;
➖ 30 tasi (14 012 oʻrinli) oliygoh va byudjet mablagʻlari, investitsiya dasturi asosida.
4. Joriy yil yakunigacha davlat dasturida belgilangan 18 ming oʻrinli talabalar turar joylari qurib bitkaziladi. Jumladan, o‘tgan 9 oy davomida jami 9 014 oʻrinli 21 ta talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi. Shundan:
➖ 11 tasi (4 942 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
➖ 10 tasi (4 072 oʻrinli) oliy taʼlim muassasasi mablagʻlari hisobidan qurilgan.
5. Yil yakuniga qadar yana 9 469 oʻrinli 20 ta talabalar turar joyi qurib, foydalanishga topshiriladi. Xususan, ularning:
➖ 12 tasi (5 429 oʻrinli) davlat-xususiy sheriklik;
➖ 5 tasi (2 400 oʻrinli) oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari;
➖ 3 tasi (1 640 oʻrinli) investitsiya dasturi asosida.
6. Hozirda 25 569 oʻrinli 54 ta talabalar turar joyini qurish ishlari olib borilmoqda.
7. 115 ta davlat oliygohida jami 324 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, ularning sigʻimi 117 646 oʻrinni tashkil etadi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube