#tadbirkor_va_yoshlar_uchrashuvi
Guliston davlat universitetida tadbirkor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Bugun Guliston dvlat universiteti Madaniyat saroyida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Unda “Do‘stlik” ordeni sohibasi, Guliston shahridagi “Agro youth” ishlab chiqarish kooperativ direktori (Guliston shahar “Shirintoy va kichkintoy Sabina” xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri, “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi raisi) Usmanova Barchinoy Mamatqulovna hamda universitetning 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbir boshida universitet rektori M.Xodjiyev tadbirkor B.Usmanovani davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan yuksak mukofot-“Do‘stlik” ordeni sohibasi bo‘lganligi bilan tabriklab, uning kelgusidagi ishlarida muvafaqqiyat tiladi.
Tadbir davomida B.Usmanova talabalarga o‘zining hayot yo‘li va tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. O‘z nutqida tadbirkor shu oliy ta’lim dargohida tahsil olganligiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.
Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti 1-kurs talabalariga unversitet faollar zalida ichki tartb intizomlar tanishtirilmoqda
Читать полностью…Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani J.Komilov 1-bosqich talabalari uchun “ Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonini tashkil etish” mavzusida maʼruza mashgʻulotini oʻtdi
Читать полностью…2023-2024 yangi o’quv yili boshlanishi munasabati bilan Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti jamoasi va talabalar bilan "Tanishtiruv haftaligi" doirasida uchrashuvlar o'tkazilmoqda.
2023 yil 7 sentabr kuni navbatdagi tadbirda fakultet dekani A.Tanberdiyev ochib berdi hamda fakultet dekanatining to'liq jamoa tarkibi bilan tanishtirib o'tdi. Uchrashuvni o'tkazishdan asosiy maqsad 1-bosqich talabalariga universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq kodeksi va yoshlar tizimida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi. Fakultetga qabul qilingan 5 ta yo’nalishda jami 89 nafar talablarga keyingi o’qish faoliyatida zafarlar tiladi. Tadbir davomida dekan o'rinbosarlari o'z yo'nalishlari doirasida, shuningdek kafedra mudirlari tomonidan talabalarga kerakli ma'lumotlarni berib o'tishdi hamda talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarni fakultet masullariga bildirishdi va o'zlariga kerakli javoblarni olishdi.
Qabul 2023: Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolar bilan o‘tkazilgan suhbatning yakuniy NATIJALARI
👉60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
👉60540200-Amaliy matematika
👉601110300-Sport faoliyati (kurash, voleybol)
👉60220300-Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
#Guldu
#Tabiiy_fanlar
#Tanishtiruv_haftaligi
Bugun Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti jamoasi talabalar bilan "Tanishtiruv haftaligi" doirasida uchrashuv o'tkazdi. Tadbirni fakultet dekani M.Ergashev ochib berdi hamda fakultet dekanatining to'liq jamoa tarkibi bilan tanishtirib o'tdi.
Uchrashuvni o'tkazishdan asosiy maqsad 1-bosqich talabalariga universitet ichki tartib qoidalari, odob-axloq kodeksi va yoshlar tizimida amalga oshirilishi kerak bo'lgan ishlar haqida ma'lumotlar berishdan iborat edi.
Tadbir davomida fakultet dekani va dekan o'rinbosarlari o'z yo'nalishlari doirasida talabalarga kerakli ma'lumotlarni berib o'tishdi hamda talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarni fakultet masullariga bildirishdi va o'zlariga kerakli javoblarni olishdi.
Uchrashuv ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.
Bu ko’rinishdagi tadbirlar Tabiiy fanlar fakulteti namunasida boshlab berildi va universitetning barcha fakultetlarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Joriy yilning 5-sentabr kuni GulDU akademik litseyida "Mustaqillik" darslari tashkil etildi. Akademik litsey ijrochi direktori, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchi-xodimlar va litsey o‘quvchilari ishtirok etgan yig‘ilishda ma'ruzachilar tomonidan mustaqillikning tarixiy mohiyati, mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun kurashgan milliy vatanparvarlar, jadidlar faoliyati, ozod va obod vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimizning shonli o‘tmishi haqida ma'lumot berish bilan bir qatorda mustaqilligimizning 32-yillik davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, tarixiy natijalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi xaqida fikrlar bildirildi. Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D. Qudratov o‘z ma'ruzasida mustaqillikning mohiyati, davlat ramzlari, yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ta'lim tizimidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berib o‘tdi.
Читать полностью…#To‘lov_kontrakt
2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Mustaqillik_32_yil
#Bilimlar_kuni
#Guldu
Guliston davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32-yilligi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida “Bilimlar kuni” bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram tadbiridan so’ng, universitet rektori M.T.Xodjiyev tomonidan 1-bosqichga qabul qilingan Tabiiy fanlar va Tibbiyot fakultetlari talabari uchun “Mustaqillik darsi” o’tkazildi. Jarayondan lavhalar…
Qabul 2023: Guliston davlat universitetining magistratura yo'nalishlari bo'yicha qabul Natijalari
👉Natijani yuklab olish
GulDUda yangi 2023-2024 o‘quv yili “Mustaqillik” darslari bilan boshlandi
Yangi o‘quv yilining ochilishiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan tadbirdan so‘ng yangi o‘quv yili “Mustaqillik” darslari bilan boshlandi.
Universitet rektori, prorektorlar va malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan darslarda mustaqillikning tarixiy mohiyati, uni qo‘lga kiritish uchun kurashgan, ozod va obod vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘tgan 32 yillik tariximiz davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, tarixiy natijalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi kabi mavzularda talabalar bilan suhbatlar, savol-javoblar, mulohazalar olib borildi.
"Ўлим машинаси", “Пахта иши”, “Ўзбек иши”: қатағонга учраган зиёлилар, сургун қилинган аёллар, етим қолган болалар тақдири...
Гулистон давлат университети тузилмасида ташкил этилган "Қатоғон қурбонлари хотираси" музейида хотира маросими бўлди. Унда вилоят ҳокими Акмалжон Махмудалиев, профессор-ўқитувчилар, нуронийлар ва кенг жамоатчилик иштирок этди. Қуръон тиловат этилиб, ўтганлар ҳақига дуо қилинди.
Йиғилганлар музей фаолияти билан ҳам танишди. Бу ерда Туркистоннинг чор Россияси томонидан босиб олиниши ва маҳаллий халқнинг бунга қарши кураши, “Миллий уйғониш ҳаракати, унинг намоён бўлиши ва амалий йўналишлари (1901-1917)”, “Туркистон мухторияти ҳукумати тугатилиши ва совет давлатида қатағон сиёсатининг бошланиши (1917-1924)”, “1937-1938 йиллардаги сиёсий қатағонлар”, “1940-1950 йиллардаги қатағон сиёсати”, “Мустақиллик йилларида тарихий адолатнинг тикланиши, қатағон қурбонлари хотирасининг абадийлаштирилиши, миллий қадриятларни асраб-авайлаш ва ривожлантириш йўлида амалга оширилган тарихий ишлар (1991 йилдан кейинги давр)” каби 8 бўлим мавжуд.
Уларда мустамлакачилик ва мустабид тузум даврида рўй берган ҳодисалар, Ватанимиз озодлиги ва мустақиллиги йўлида жон қурбон қилган, қатағон этилган аждодларимиз ҳаёти ва фаолияти ҳақида атрофлича маълумотлар келтирилган. Шунингдек, ушбу даврларга оид суратлар ва турли буюмлар музей экспонатлари қаторидан жой олган.
Telegram | Facebook | sirdaryohokimligi">Instagram
Guliston davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizining Moldova davlatida “Mantiqiy tafakkurni rivojlanirishda TRIZning imkoniyatlari” nomli kitobi nashr etildi va bugungi kunda ko‘plab yevropa davlatlarida ommalashmoqda.
Ushbu muvaffaqiyat bilan G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizini universitet jamoasi nomidan tabriklaymiz!
http://www.morebooks.shop/bookprice_offer_e532c55775dcc870140c462fd990ad3307e01887?locale=gb%C2%A4cy=EUR
Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlandi
2023-yilning 30-avgust sanasida Gulsiton davlat universiteti Kengashining yangi-2023/2024 o‘quv yilidagi ilk majlisi kengaytirilgan tarzda o‘tkazildi. Mazkur tadbirni universitet rektori, Kengash raisi M.Xodjiyev ochib berdi va olib bordi.
Kengash raisi kirish so‘zida jamoani Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz-Mustqilligimizning 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng Kengash kun tartibidagi ilk masala: yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi. Shuningdek universitetda ma’muriy islohotlar, strukturaviy o‘zgarishlar bo‘yicha batafsil ma’lumot bedrildi.
O‘z nutqida universitet rektori 2023/2024 o‘quv yilida o‘quv, uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy hamda moddiy-texnik bazani yanada yaxshilash bo‘yicha dolzarb maslalar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan prorektorlar, bo‘lim boshliqlari va tajribali professor o‘qituvchilar ham so‘zga chiqishib o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
#to‘lov_kontrakt
Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.
Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Xitoylik hamkorlar universitetga tashrif buyurdi
Xitoy Xalq Respubliksi Syan provinsiyasi vakillari, tadbirkorlar, Syan Texnologiya universiteti professorlari Guliston davlat universitetiga tashrif buyurib, professor-o'qituvchilar va talabalar bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda ilmiy tadqiqot ishlarida hamkorlik qilish va talabalar stajirovkalarini tashkil qilish bo'yicha aniq takliflar muhokama qilinib, hamkorlik yuzasidan bir qator kelishuvga erishildi.
“Axborot texnologiyalari” fakulteti dekani dotsent D.X.Turdiboyev talabalarga “Dekan soati” dars mashgʻuloti oʻtkazdi. Mashgʻulotda talabalarga kredit-modul tizimining mazmun mohiyati, mustaqil taʼlim, Xemis platformasi va fanlarni oʻzlashtirishni baholash boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.
Читать полностью…Xohish bor ekan imkoniyatlar ham boʻladi! 👍
Asakabank imtiyozli shartlarda taʼlim kreditini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi shaklda tahsil oluvchi talabalarning taʼlim shartnomasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi kredit.
✅ Kredit miqdori:
Oʻquv yili uchun tuzilgan shartnomaning 100% koʻp boʻlmagan miqdorda.
✅ Foiz stavkasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida.
✅ Kredit muddati:
Oʻqish davri + bitirgandan keyin 7,5 yil
✅ Kerakli hujjatlar:
- Pasport/ID
- To’lov kontrakt shartnomasi
- Birgalikda qarz oluvchi shaxsning pasporti
- Kafil pasporti
Kredit talaba nomiga rasmiylashtiriladi. Kredit rasmiylashtirish uchun talabaning yaqin qarindoshlari, shuningdek boshqa jismoniy shaxslar “birgalikda qarz oluvchi” sifatida ishtirok etishi mumkun.
----
Есть желание – будут возможности! 👍
Образовательный кредит от Asakabank на выгодных условиях.
Оплата контрактов студентов очной формы обучения высших учебных заведений Республики Узбекистан.
✅ Сумма кредита:
В размере не более 100% от заключенного договора на учебный год.
✅ Процентная ставка:
В размере основной ставки Центрального банка Республики Узбекистана.
✅ Срок кредита:
Период обучения + 7,5 лет после выпуска
✅ Необходимые документы:
- Паспорт/ID
- Контракт на обучение
- Паспорт созаемщика
- Паспорт поручителя
Кредит оформляется на имя студента. Близкие родственники студента, а также другие лица могут участвовать в качестве созаемщика, при получении кредита.
#Guldu
#Tanishuv_haftaligi
#Rais_va_yoshlar_uchrashuvi
Joriy yilning 6-sentabr kuni Guliston davlat universiteti madaniyat saroyida “Tanishtiruv haftaligi” doirasida “Rais va yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Uchrashuvda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Rahmonov Azizbek Kozimjon o’g’li talabalar bilan ochiq muloqot ko’rinishida suhbatlashdi. Rais o’z nutqi davomida yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar hamda talaba-yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun tashkil etiladigan to’garaklar, loyihalar va tanlovlar haqida ma’lumotlar berib o’tdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga rais tomonidan javoblar olishdi. Uchrashuvda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar kitoblar bilan taqdirlandi.
Uchrashuvlarimiz davom etadi…
Сирдарё вилояти Ёшлар технопаркида ўзбек тилида сўзлаша оладиган "AI assistant" ишлаб чиқилди
Технопарк раҳбари Баҳодир Қўшиевнинг таъкидлашича, ушбу "AI assistant" "ChatGPT" модули асосида ўзбек тилида тўлиқ ва равон гаплаша олади. Эндиликда бирор юмушни бажариш ёки маълумотларни топиш керак бўлса “Siri”, “Alexa” ёки “Alisa”га эмас, "Texno AI"га ҳам мурожаат қилиш мумкин.
Ҳозирда Ёшлар технопарки жамоаси томонидан ушбу сунъий идрок устида охирги тест ишлари олиб борилмоқда ва тез кунларда оммага тақдим этилади.
Telegram | Facebook | sirdaryohokimligi">Instagram
#Super_kontrakt
2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori
💾 PDF shaklida yuklash
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 2/10-4/2-548-son xati, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 2023-yil 21-iyuldagi 32-3-son majlis bayoni tasdiqlangan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan quyidagi talabgorlar 2023-yil 6 -sentabr kuni soat 15.00 da Guliston davlat universiteti Ishlab chiqarish fakulteti 5-binosida bo‘lib o‘tadigan suhbat jarayoniga passport, tavsiyanoma va “Tashkilot tomonidan o‘qitishni kafolatlash haqidagi xat va tashkilot vakili” bilan kelishingiz so‘raladi
Читать полностью…#Guldu
#Ttj_va_ijara_joylashuvi
#Registration
Guliston davlat universitetida tashkil etilgan talaba-yoshlarni talabalar turar joylariga va ijara honadonlarga joylashtirishga yordam beruvchi ma’lumotlar markazi ish faoliyatidan lavhalar…
Bugun 4-sentabr kuni Guliston davlat universiteti akademik litseyida 2023-2024-o‘quv yili "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostidagi bayram radbiri bilan boshlandi. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori Xakimjonov Bahodir kirish so‘zi bilan ochib beridi va barchani mustaqilligimizning 32 yilligi bilan muborakbod etdi.
Tadbir davomida bu yil litseyni a‘lo baholarga tamomlab tibbiyot bilim yurtiga yuqori ball to‘plab qabul qilingan Jo‘rayev Shoxruh hamda akademik litsey qabul imtihonlaridan eng yuqori ball to‘plab 1-bosqichga qabul qilingan Mamadiyorova Shaxzodalar so‘zga chiqib barchani mustaqillik bayrami va bilimlar kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, ijodkor o‘quvchilar tomonidan vatan mavzusidagi she'rlar o‘qildi. Tadbir yakunida Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Davlatbek Qudratov 1-bosqich talabalariga litsey ichki tartib qoidalari, dars jarayonlari haqida ma'lumotlar berib o‘tdi.
Guliston davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
2023-yilning 04-sentabr kuni Guliston davlat universitetida Yangi 2023/2024-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T.Xodjiyev ochib berdi va tabrik nutqini so‘zladi. Universitet rektori tabrik so‘zida barcha rprofessor-o‘qitvuchilarni, talaba-yoshlar va ota-onalarni jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklab, 2023/2024-o‘quv yilida universitet jamoasining maqsad va vazifalari haqida qisqacha fikr bildiri.
Tadbir davomida universitet prorektorlari va jamoatchilik vakillari ham tabrik so‘zlari bilan ma’ruza qilishdi.
#tavsiya
⚡️Talaba-yoshlar uchun ajoyib yangilik!
Ayni kunlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tashabbusi bilan OTMlarda maxsus tashkil etilgan markazlar talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirishga ko‘maklashmoqda.
Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda “MAAB Innovation” MCHJ ham oliy o‘quv yurtiga kirgan yoshlar uchun yangi innovatsion ilova taklif etmoqda.
“Roommate” ilovasi orqali ijaraga turmoqchi bo‘lgan talaba o‘z universitetida tahsil olayotganlardan sherik topib, ijara uylarini olish imkoniga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari ilova:
✅ hududlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar boshqa talabalar bilan tanishish va do‘st orttirish;
✅ ijaraga uy beruvchilar uchun esa, platformada e’lon joylashtirish imkonini beradi.
💾 Ilovani yuklab olish: Android | iOS
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Қуш учса қаноти, одам юрса оёғи куядиган Мирзачўл қандай ўзлаштирилган?
⚡️МИРЗАЧЎЛНИНГ АСОСИЙ МАЙДОНИ ҚАНЧА?
⚡️У ЕРДА КЎПРОҚ ҚАНДАЙ АҲОЛИ ЯШАЙДИ?
⚡️МИРЗАЧЎЛНИ ЎЗЛАШТИРИШ ТАШАББУСИ ҚАНДАЙ ПАЙДО БЎЛГАН?
⚡️КАНАЛ ҚУРИЛИШИ УЧУН ҚАНЧА МАБЛАҒ САРФЛАНГАН?
Шу каби саволларга жавоб олиш мақсадида Гулистон давлат университети Тарих кафедраси доценти Назира Мирзаева билан суҳбатлашдик.
📍 https://uza.uz/posts/515442
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
#qabul2023
⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.
Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:
davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.
Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
QABUL 2023: 2023/2024 O‘QUV YILI UCHUN GULISTON DAVLAT UNIVERSITETINING BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA O‘QISHGA KIRISH HAMDA O‘QISHNI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETIGA KO‘CHIRISH UCHUN O‘TKAZILGAN TEST SINOVLARI NATIJALARI (MANDAT)
👉 KUNDUZGI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA NATIJA
👉 SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA NATIJA
👉 O‘QISHNI KO‘CHIRISH BO‘YICHA NATIJA