#Bayonot
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.
Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.
Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:
1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim
Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).
Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Xushhabar!
Sirdaryo viloyat 2 liga kubok finali bo'lib o'tdi. Unda Berdiyor Omonboyev va Ibrohim Jalolov murabbiylik qilayotgan Guliston davlat universitetimizning ,,Universitet" jamoasi taniqli futbolchilardan tarkib topgan ,,Boyovut" jamoasi ustidan 2:1 hisobida zafar quchishdi va respublika bosqichiga yo'l olishdi. Jamoamizdan J.Xudoyberdiyev va D.Turdiqulovlar gollar mualliflariga aylanishdi. Jamoamizni respublika bosqichida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonib qolamiz!
#Matbuot_anjumani #Live
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi.
Matbuot anjumani «UzReport TV» telekanali va AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatilmoqda.
➖➖➖
Началась пресс-конференция по итогам тестовых вступительных экзаменов.
Пресс-конференция транслируется на телеканале «UzReport TV» и в прямом эфире на официальной странице АОКА в Фейсбук.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Qabul 2023: Texnikum bitiruvchilarini Guliston davlat universitetining bakalavariat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish bo‘yicha 22-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakka tartibdagi suhbat natijasi
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 👇
👉 60810900-Agronomiya (Anorchilik)
👉60410100-Buxgalteriya hisobi va audit
👉 60411200-Menejment (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 👇
👉 60710200-Biotexnologiya (Oziq-ovqat, ozuqa. Kimyo va qishloq xo‘jaligi)
👉 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit
#Qabul2023
Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!
✅ Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.
📍 Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishlari shart emas.
▶️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.
👉 Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari: https://uzbmb.uz/page/representatives
📆 Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).
❗️ Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Bilimni baholash agentligining vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube
/channel/experimental_biologylab Guliston davlat universiteti Eksperimental biologiya laboratoriyasi rasmiy kanali
Читать полностью…⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.
📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:
my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:
mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
5️⃣ QR-kod orqali:
Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
👉@eduuz
🖐Ta’lim muassasalaridagi o’quvchi-talabalar o'rtasida ham endi “Besh tashabbus” olimpiadasi bo’lib o’tadi!
Sentabr-noyabr oylarida quyidagi tanlovlarda ishtirok etishingiz mumkin👇
📌 Maktablarda:
• zakovat intellektual o’yini
• quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovi
• quvnoq startlar musobaqasi
• shashka
• yengil atletika
• stol tennisi
• mini-futbol
• voleybol
📌 O’rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarida:
• quvnoqlar va zukkolar ko’rik-tanlovi
• zakovat intellektual o’yini
• voleybol
• shaxmat-shashka
📌 Oliy ta’lim muassasalarida:
• intellektual olimpiada
• stol tennisi
• voleybol
• mini-futbol
Arizalar 5tashabbus.uz sayti orqali qabul qilinmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Facebook 📲Instagram
Qabul 2023: Texnikum bitiruvchilarini Guliston davlat universitetining bakalavariat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish bo‘yicha 21-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakka tartibdagi suhbat natijasi
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 👇
👉 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit
👉 60812100-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
👉 60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 👇
👉 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit
👉 608101100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
👉 60721200-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi (Ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
#Qabul2023 #Imtiyoz
⚡Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi
Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.
📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot
Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.
Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘qishni_ko‘chirish
TEZKOR!
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#diqqat
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
🏗 ТТЖ қурилмоқда
Гулистон давлат университетининг Янгиер шаҳрида жойлашган педагогика факультети ҳудудида 400 ўринли талабалар турар жойи биноси ва спорт иншоотларининг қурилиш жараёнилари давом этмоқда.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
#Qabul2023 #Apellatsiya
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.
Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.
Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.
Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Qabul2023: Guliston davlat universitetiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo‘yicha o‘tkazilgan suhbat natijasi
Читать полностью…Qabul 2023: Guliston davlat universitetiga ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo‘yicha hujjat topshirgan talabgorlar uchun 24-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan suhbat uchun guruhlar taqsimoti
👉60510100-Bilogiya (turlari bo‘yicha)
👉60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (taqmoqlar bo‘yicha)
👉60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
👉60220300-Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
II - liga Sirdaryo viloyat kubogi musoboqalarida ishtirok etayotgan Berdiyor Omonboyev va Ibrohim Jalolov murabbiylik qilayotgan ,,Universitet" jamoamiz bugun yarim final uchrashuvini o'tqazdi unda ,,Yangiyer" jamoasi bilan uchrashib 4:2 hisobida zafar quchti jamoamiz safida Jamshid Xudoyberdiyev dubl qayt etgan bo'lsa Turdiqulov Doniyor va Toshpo'latov Dilshodlar gollar mualliflari bo'lishdi jamoamizni 24-avgust kuni bo'lib o'tadigan final uchrashuvida omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
Читать полностью…#Muhim
#Qo‘shimcha
Hozirda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati o‘z ishini boshlamadi.
Ushbu ishlar yakuniga yetganidan so‘ng ariza berish imkoni yaratiladi. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha maʼlumot beriladi.
➖➖➖
На данный момент услуга подачи заявления на размещение в студенческих общежитиях не запущена, так как информация о рекомендованных к обучению на 1-м курсе вносится в электронные базы данных.
После завершения данных работ услуга будет доступна. Дополнительная информация о статусе услуги будет предоставлена.
➖➖➖
At the moment, the service of applying for accommodation in student dormitories has not been launched, since information about those recommended for study in the 1st year is entered into electronic databases.
After the completion of these works, the service will be available. Additional information about the status of the service will be provided.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#Professional_taʼlim
#texnikum
Toshkent gidrometeorologiya texnikumiga 2023/2024 -o'quv yilining 11-sinf bitiruvchilarini quyidagi ta'lim shakllari:
🔵Kunduzgi ta'lim:
🔵Kechgi ta'lim:
🔵Sirtqi ta'lim:
🔵Dual ta'lim:
Quyidagi ta'lim mutaxasisliklar bo'yicha o'qishga taklif qilamiz:
- meteorologiya;
- gidrologiya;
- gidrometeorologiya va aloqa va telekommunikatsiyalar;
- kadastr;
- seysmologiya;
- ekologiya va atrof muhitni himoya qilish.
Texnikumga hujjat topshirish my.uzbmb.uz saytining “Professional ta’lim muassasalariga qabul” (https://my.uzbmb.uz/service/67) bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Qabul 10-sentabrgacha davom etadi.
Manzil: Toshkent shaxar.Shayxontaxur tumani.Taxtapul ko'chasi, 45 uy
Murajat uchun telefonlar: (71)2414013,(93)5319561,(88)0189090.
#talabaga_qulaylik
#eslatma
⚡️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!
2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilindi. Endilikda, talabalikka tavsiya etilganlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.
☝️Eslatib oʻtamiz, ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tib, so‘rov yuboradi.
➖➖➖
Вниманию абитуриентов, рекомендованных к обучению!
Объявлены результаты (мандат) вступительных тестовых испытаний в государственные вузы на 2023/2024 учебный год. Рекомендованные к обучению могут подать электронное заявление о размещении в студенческих общежитиях государственных высших образовательных учреждений через Центр государственных услуг или Единый портал интерактивных государственных услуг — my.gov.uz.
Напоминаем, что заявитель подает заявку после прохождения регистрации и/или авторизации на ЕПИГУ.
➖➖➖
Attention to applicants recommended for study!
The results (mandate) of entrance tests to state universities for the 2023/2024 academic year have been announced. Those recommended for study can submit an electronic application for placement in student dormitories of state higher educational institutions through the Center for Public Services or the Single Portal of Interactive Public Services — my.gov.uz.
We remind you that the applicant submits an application after registration and / or authorization at the SPIS.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tanlov va sport musobaqalarini oʻtkazish tartibi.
/channel/gulduuz
#talabaga_qulaylik
Yangiyer shahridagi Guliston davlat universiteti Pedagogika fakultetida Guliston davlat universiteti, Yangiyer shahar hokimligi va Yangiyer shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunda fakultet “Talabalar turar joyi”ga 350 nafar, ijara manzillari boʻyicha esa 535 nafar talabani joylash imkoniyati mavjud.
Guliston davlat universitetidagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining https://my.edu.uz platformasi orqali ro‘yhatdan o‘tib, belgilangan tartibda ariza bergan talabgorlar uchun suhbat jarayoni 2023-yil 24-avgust kuni soat 9.00 da Ishlab chiqarish fakulteti 5-binosida o‘tkaziladi. Talabgorlardan shaxsni tasdiqlovchi xujjat bilan kelishlari so‘raladi.
Qabul komissiyasi
Qabul 2023: Texnikum bitiruvchilarini Guliston davlat universitetining bakalavariat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish bo‘yicha 21-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan yakka tartibdagi suhbat uchun guruhlar taqsimoti
👉Guruhlar ro‘yxatini yuklab olish
#so‘ragan_edingiz
SAVOL: O‘qishimni ko‘chirishga ruxsat berilgan yoki berilmaganini qanday bilsa bo‘ladi?
✅ JAVOB: mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqami kiritilganda:
➖“Talab bajarildi” — sariq rang ko’chirish uchun yetarli ball to’plandi va ruxsat etildi,
➖“Talab bajarilmadi” — qizil rang o’tish bali to’planmadi va ko’chirish rad etildi degan ma’noni bildiradi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
🤝BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI SIRDАRYO VILOYATI BO‘LIMINING TАSHАKKURNOMАSI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-iyundagi F-31-son Farmoni hamda Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 27-1-son yig‘ilish bayonlari ijrosi Sirdaryo viloyatida yuqori saviyada ta’minlandi.
❇️ 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda boshqa ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazilishida tashkiliy ishlarda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, test sinovlarini adolatli, shaffof va tenghuquqiylik asosida o‘tishida, abituriyentlarimizning xavfsizligi va sog‘lig‘ini asrash yo‘lida o‘zining samarali mehnati va beminnat xizmatlarini ayamagan Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi), Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi, “Alpomish” sport majmuasi ma’muriyati, Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat sho'basi, “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo viloyati filiali, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi, viloyat Transport boshqarmasi, “Vatanparvar” MK tashkiloti viloyat Kengashi, “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ, viloyat “Suv ta’minoti” MCHJ, Guliston shahar hokimligi, Davlat fel’degerlik xizmati Guliston shahar bo‘linmasi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, Sirdaryo yoshlari radiosi, viloyat hokimligi matbuot xizmati, Guliston shahar hokimligi matbuot xizmati hamda test sinovlarini yoritib borgan viloyatimizdagi barcha ijtimoiy tarmoqdagi kanallar administratorlari, “Xalq so‘zi”, “Yangi Sirdaryo”, “Новая Сырдарья”, “Guliston yangiliklari” gazetalari tahririyatlariga Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi o‘zining samimiy MINNATDORCHILIGINI bildiradi. 👍🙏
❇️ Yoshlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmay, davlat tadbirini hamkorlikda, hamjixatlikda va ko‘tarinki ruhda tashkil etilganligi uchun barcha tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlariga o‘zimizning samimiy TАSHАKKURIMIZni bildiramiz.
👉 @bbasirdaryo 👈
Xohish bor ekan imkoniyatlar ham boʻladi! 👍
Asakabank imtiyozli shartlarda taʼlim kreditini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi shaklda tahsil oluvchi talabalarning taʼlim shartnomasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi kredit.
✅ Kredit miqdori:
Oʻquv yili uchun tuzilgan shartnomaning 100% koʻp boʻlmagan miqdorda.
✅ Foiz stavkasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida.
✅ Kredit muddati:
Oʻqish davri + bitirgandan keyin 7,5 yil
✅ Kerakli hujjatlar:
- Pasport/ID
- To’lov kontrakt shartnomasi
- Birgalikda qarz oluvchi shaxsning pasporti
- Kafil pasporti
Kredit talaba nomiga rasmiylashtiriladi. Kredit rasmiylashtirish uchun talabaning yaqin qarindoshlari, shuningdek boshqa jismoniy shaxslar “birgalikda qarz oluvchi” sifatida ishtirok etishi mumkun.
----
Есть желание – будут возможности! 👍
Образовательный кредит от Asakabank на выгодных условиях.
Оплата контрактов студентов очной формы обучения высших учебных заведений Республики Узбекистан.
✅ Сумма кредита:
В размере не более 100% от заключенного договора на учебный год.
✅ Процентная ставка:
В размере основной ставки Центрального банка Республики Узбекистана.
✅ Срок кредита:
Период обучения + 7,5 лет после выпуска
✅ Необходимые документы:
- Паспорт/ID
- Контракт на обучение
- Паспорт созаемщика
- Паспорт поручителя
Кредит оформляется на имя студента. Близкие родственники студента, а также другие лица могут участвовать в качестве созаемщика, при получении кредита.
Guliston davlat universiteti rektoriga Tashakkurnomalar bildirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida “Yoshlar balansi” asosida yoshlarni “yaxshi”, “o‘rta” va “og‘ir” toifalarga ajratgan holda ular bilan individual ishlash bo‘yicha mas’ul vazirlik, idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi ijrosini bajarish maqsadida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Nurafshon MFY hududida istiqomat qiluvchi 30 nafar yoshlarini Vatanga muhabbat, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, salomatliklarini tiklash va jamiyatimizning to‘laqonli a’zosiga aylantirish borasidagi samarali mehnati uchun universitet rektori M.T.Xodjiyevga Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi J.M.Yariyev hamda Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Sirojiddinovlar o‘z tashakkurnomalarini bildirishdi.