#talabaga_qulaylik
Yangiyer shahridagi Guliston davlat universiteti Pedagogika fakultetida Guliston davlat universiteti, Yangiyer shahar hokimligi va Yangiyer shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari boʻyicha maʼlumotlar markazi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Bugungi kunda fakultet “Talabalar turar joyi”ga 350 nafar, ijara manzillari boʻyicha esa 535 nafar talabani joylash imkoniyati mavjud.
Guliston davlat universitetidagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining https://my.edu.uz platformasi orqali ro‘yhatdan o‘tib, belgilangan tartibda ariza bergan talabgorlar uchun suhbat jarayoni 2023-yil 24-avgust kuni soat 9.00 da Ishlab chiqarish fakulteti 5-binosida o‘tkaziladi. Talabgorlardan shaxsni tasdiqlovchi xujjat bilan kelishlari so‘raladi.
Qabul komissiyasi
Qabul 2023: Texnikum bitiruvchilarini Guliston davlat universitetining bakalavariat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish bo‘yicha 21-22-avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan yakka tartibdagi suhbat uchun guruhlar taqsimoti
👉Guruhlar ro‘yxatini yuklab olish
#so‘ragan_edingiz
SAVOL: O‘qishimni ko‘chirishga ruxsat berilgan yoki berilmaganini qanday bilsa bo‘ladi?
✅ JAVOB: mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqami kiritilganda:
➖“Talab bajarildi” — sariq rang ko’chirish uchun yetarli ball to’plandi va ruxsat etildi,
➖“Talab bajarilmadi” — qizil rang o’tish bali to’planmadi va ko’chirish rad etildi degan ma’noni bildiradi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
🤝BILIM VA MALAKALARNI BAHOLASH AGENTLIGI SIRDАRYO VILOYATI BO‘LIMINING TАSHАKKURNOMАSI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” 2023-yil 15-iyundagi F-31-son Farmoni hamda Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 27-1-son yig‘ilish bayonlari ijrosi Sirdaryo viloyatida yuqori saviyada ta’minlandi.
❇️ 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda boshqa ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarini yuqori saviyada o‘tkazilishida tashkiliy ishlarda tashabbuskorlik ko‘rsatgan, test sinovlarini adolatli, shaffof va tenghuquqiylik asosida o‘tishida, abituriyentlarimizning xavfsizligi va sog‘lig‘ini asrash yo‘lida o‘zining samarali mehnati va beminnat xizmatlarini ayamagan Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi (Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi), Milliy gvardiyaning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi, “Alpomish” sport majmuasi ma’muriyati, Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi viloyat sho'basi, “O‘zbektelekom” AK Sirdaryo viloyati filiali, viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi, viloyat qurilish bosh boshqarmasi, viloyat Transport boshqarmasi, “Vatanparvar” MK tashkiloti viloyat Kengashi, “Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” АJ, viloyat “Suv ta’minoti” MCHJ, Guliston shahar hokimligi, Davlat fel’degerlik xizmati Guliston shahar bo‘linmasi, “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, Sirdaryo yoshlari radiosi, viloyat hokimligi matbuot xizmati, Guliston shahar hokimligi matbuot xizmati hamda test sinovlarini yoritib borgan viloyatimizdagi barcha ijtimoiy tarmoqdagi kanallar administratorlari, “Xalq so‘zi”, “Yangi Sirdaryo”, “Новая Сырдарья”, “Guliston yangiliklari” gazetalari tahririyatlariga Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi o‘zining samimiy MINNATDORCHILIGINI bildiradi. 👍🙏
❇️ Yoshlarimiz kelajagiga befarq bo‘lmay, davlat tadbirini hamkorlikda, hamjixatlikda va ko‘tarinki ruhda tashkil etilganligi uchun barcha tashkilot rahbarlari va mas’ul xodimlariga o‘zimizning samimiy TАSHАKKURIMIZni bildiramiz.
👉 @bbasirdaryo 👈
Xohish bor ekan imkoniyatlar ham boʻladi! 👍
Asakabank imtiyozli shartlarda taʼlim kreditini taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi shaklda tahsil oluvchi talabalarning taʼlim shartnomasi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi kredit.
✅ Kredit miqdori:
Oʻquv yili uchun tuzilgan shartnomaning 100% koʻp boʻlmagan miqdorda.
✅ Foiz stavkasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida.
✅ Kredit muddati:
Oʻqish davri + bitirgandan keyin 7,5 yil
✅ Kerakli hujjatlar:
- Pasport/ID
- To’lov kontrakt shartnomasi
- Birgalikda qarz oluvchi shaxsning pasporti
- Kafil pasporti
Kredit talaba nomiga rasmiylashtiriladi. Kredit rasmiylashtirish uchun talabaning yaqin qarindoshlari, shuningdek boshqa jismoniy shaxslar “birgalikda qarz oluvchi” sifatida ishtirok etishi mumkun.
----
Есть желание – будут возможности! 👍
Образовательный кредит от Asakabank на выгодных условиях.
Оплата контрактов студентов очной формы обучения высших учебных заведений Республики Узбекистан.
✅ Сумма кредита:
В размере не более 100% от заключенного договора на учебный год.
✅ Процентная ставка:
В размере основной ставки Центрального банка Республики Узбекистана.
✅ Срок кредита:
Период обучения + 7,5 лет после выпуска
✅ Необходимые документы:
- Паспорт/ID
- Контракт на обучение
- Паспорт созаемщика
- Паспорт поручителя
Кредит оформляется на имя студента. Близкие родственники студента, а также другие лица могут участвовать в качестве созаемщика, при получении кредита.
Guliston davlat universiteti rektoriga Tashakkurnomalar bildirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida “Yoshlar balansi” asosida yoshlarni “yaxshi”, “o‘rta” va “og‘ir” toifalarga ajratgan holda ular bilan individual ishlash bo‘yicha mas’ul vazirlik, idoralarni vertikal va gorizontal biriktirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi ijrosini bajarish maqsadida Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Nurafshon MFY hududida istiqomat qiluvchi 30 nafar yoshlarini Vatanga muhabbat, kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, salomatliklarini tiklash va jamiyatimizning to‘laqonli a’zosiga aylantirish borasidagi samarali mehnati uchun universitet rektori M.T.Xodjiyevga Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hokimi J.M.Yariyev hamda Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Sirojiddinovlar o‘z tashakkurnomalarini bildirishdi.
Qabul2023: 2023-2024 o‘quv yilida o‘qishni xoroijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat universitetiga ko‘chirib kelayotganlar uchun 14.08.2023-yil sanasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijasi
👉60111300-Musiqa ta’limi
👉60112200-Jismoniy madaniyat
👉61010300-Sport faoliyati (kurash)
👉 60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
2023-2024 o‘quv yilida o‘qishni xoroijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat universitetiga ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha guruhlar taqsimoti
👉Guruhlar ro’yxatini yuklab olish
Diqqat e'lon!
O‘qishni xorijiy OTMlardan Guliston davlat universitetiga ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar sanasi jadvali.
Qabul: 2023. Texnikum bitiruvchilarini suhbat asosida 2-bosqichga qabul qilish uchun suhbat o‘tkazish kunilari.
Читать полностью…⚡️ Sirdaryoda test sinovlari to‘liq yakunlandi
✅ 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriyatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida 2023-yilning 1-11-avgust kunlari o‘tkazildi.
♻️ Test sinovlari bir kunda 2 smenada (1-smena soat 8-00 dan 11-00 gacha, 2-smena soat 15-00 dan 18-00 gacha) bo‘lib o‘tdi.
❇️ Joriy yilda test sinovlarini Sirdaryo viloyatida topshiradigan abituriyentlar soni 33 367 nafarni tashkil etdi.
✅ Test sinoviga yakuniga qadar 31 597 nafar abituriyentlar (94,6 %) belgilangan tartib bo‘yicha test sinovlariga qatnashdi, qolgan 1170 nafari (5,4 %) esa test sinovlariga qatnashmadi.
❌ 11 kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida jami 6 nafar abituriyentlar belgilangan tartib-qoidalarni buzganligi sababli test sinovlaridan chetlashtirildi.
🖥 Test sinovlari test2023.uz sayti orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatib borildi.
👉 @bbasirdaryo 👈
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 25-avgustga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴Oybekning “Navoiy” asari
🔴Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asari
✅Yakunda 50 nafar ishtirokchi finalga yo‘l oladi va final bosqichi bellashuvi natijasiga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi hamda quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Smartfon (6/128);
🔵5-o‘rin (10 nafar) – Smartfon (4/64);
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
2023-yilning 30-iyuldan 30-avgustgacha Respublikada "Obodonlashtirish oyligi" o'tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Guliston davlat universitetida “Obodonlashtirish oyligi” doirasida ta'lim muassasasi hududida obodonlashtirish, o'quv binolari va talabalar turar joylarida tozalash ishlari amalga oshirib, binolar atrofini obod qilish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
#imkoniyat
#magistraturaga_qabul
⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.
Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.
Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.
Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Qabul 2023: Texnikum bitiruvchilarini Guliston davlat universitetining bakalavariat ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilish bo‘yicha 21-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yakka tartibdagi suhbat natijasi
Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 👇
👉 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit
👉 60812100-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
👉 60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (Tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 👇
👉 60410100-Buxgalteriya hisobi va audit
👉 608101100-Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish
👉 60721200-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasi va texnologiyasi (Ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
#Qabul2023 #Imtiyoz
⚡Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi
Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.
Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.
📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_bayonot
Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan
Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.
Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#O‘qishni_ko‘chirish
TEZKOR!
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi
Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha 2023-yil 16-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
Izoh: mutaxassislik fanlaridan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan (topshiradigan) talabgorlarning natijalari OTMlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etilgandan soʻng e’lon qilinadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#diqqat
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
🏗 ТТЖ қурилмоқда
Гулистон давлат университетининг Янгиер шаҳрида жойлашган педагогика факультети ҳудудида 400 ўринли талабалар турар жойи биноси ва спорт иншоотларининг қурилиш жараёнилари давом этмоқда.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
Viloyat prokurori yangi qurilayotgan TTJlarni ko‘zdan kechirdi
Sirdaryo viloyati prokurori Imatov Savit Bozorboyevich Sirdayo viloyatida yangi barpo etilayotgan TTJlardagi qurilish ihslarini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, Guliston shahridagi 4-mavze “Bo‘ston” MFY hududida tadbirkor tomonidan qurilayotgan 600 o‘rinli TTJ qad rostlayotgan qurilish obyektida bo‘lib, qurilish-montaj ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakuniga eytkazish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Qabul2023: 2023-2024 o‘quv yilida o‘qishni xoroijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat universitetiga ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi
Bugun 14-avgust sanasida mazkur o‘quv yili uchun o‘qishni ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar tegishli ta’lim shakli bo‘yicha “60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi”, “60111300-Musiqa ta’limi”, “60112200-Jismoniy madaniyat” va “61010300-Sport faoliyati (kurash)” ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishmoqda.
2023-2024 o‘quv yilida o‘qishni xoroijiy va nodavlat OTMlardan Guliston davlat universitetiga ko‘chirib kelayotganlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturi va baholash mezonlari
60111200-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
60111300-Musiqa ta’limi
60112200-Jismoniy madaniyat
61010300-Sport faoliyati (kurash)
Bojxona qoʻmitasi Idoralararo Shtab rahbari - Bojxona qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari O.Ibragimov tomonidan 2023-yil 11-avgust kuni Sirdaryo viloyatida quyosh panellarini oʻrnatish ishlari nazorat tartibida oʻrganildi.
Tashrif Guliston davlat universitetidan boshlandi.
Universitetga bugungi kunda jami 875 kVt quyosh panellari oʻrnatilib, “Yashil energiya” platformasi doirasida belgilangan reja (825kVt) 106% bajarilgan. Shuningdek, quyosh panellarini toza tutish, samaradorlik darajasini yuqori saqlash, “Hudud elektr tarmoqlari” AJ bilan tuzilgan shartnoma ijrosidagi xato-kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan universitet mutasaddilariga tavsiyalar berildi.
#e’tirof
130 nafar oliy ta’lim fidoyisi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan vazirlik va idoralarda faoliyat ko‘rsatib, jamiyatda hurmat qozongan bir guruh fuqarolar “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Quvonarlisi, ular qatori Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida hayotini ilm-fan ravnaqi, shuningdek, yoshlarni jamiyat oldida mas’uliyatli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmati uchun 130 nafar nafaqa yoshidagi ustozlar ham e’tirof etildi.
💐 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi jamoasi zahmatkash ustozlarni ushbu e’tirof bilan samimiy qutlab, umrlariga baraka, oilaviy to‘kislik bo‘lishini tilaydi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi hamda ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Guliston davlat universitetida talabalarni turar joy bilan taʼminlash
ishlari amalga oshirilmoqda
Bugungi kunda Guliston davlat universitetida 2094 sigʻimga ega 4 ta talabalar turar joylari mavjud. Shundan 910 ta oʻrin 1-kursga qabul qilinadigan talabalar uchun ajratib qoʻyilgan. Qolgan 1184 ta oʻrin guldutalabalarturarjoyi platformasi orqali onlayn ariza bergan talabalarga taqsimlab berilmoqda.
Guliston davlat universiteti talabalarini TTJ va ijara bilan taʼminlash boʻyicha shtab tashkil etilgan boʻlib, yangi o'quv yili boshlanish davrida turar joyga ehtiyoji bor talabalarning yashash joy qidirib sarson bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida shtab aʼzolari tomonidan 1262 o‘ringa ega bo‘lgan 164 ta zaxira ijara xonadonlarining manzilli ro'yxati shakllantirilgan. Yangi o'quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko'riladi.
#o‘tish_ballari
#eslatma
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari
Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTMlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabgorlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballarini to‘plagan taqdirda, ko‘chirishga ruxsat etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)
📲 Foydali bot: 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube