#qabul_2023
#infografika
12-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 433 ming 790 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 215 ming 752 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 218 ming 038 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).
❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#ikkinchi_mutaxassislik
⚡️Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn qabul
2023/2024-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlardan hujjat qabul qilish Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
KVOTA:
🔹KUNDUZGI — jami 4 046 ta (shu jumladan: 3 209 ta oʻzbek, 837 ta rus)
🔸SIRTQI — jami 21 072 ta (shu jumladan: 17 632 ta oʻzbek, 3 440 ta rus)
🔹KECHKI — jami 1 092 ta (shu jumladan: 1 014 ta oʻzbek, 78 ta rus)
🔸MASOFAVIY — jami 1 140 ta (shu jumladan: 840 ta oʻzbek, 300 ta rus)
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
https://www.youtube.com/watch?v=MTz5h69g7d0&ab_channel=Bilimnibaholashagentligi
Читать полностью…#qabul2023
📹 magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
👉Sertifikatlar ro‘yxati
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon
🏛 Guliston davlat universitetida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda baholash mezonlari
✔️61010301 - sport faoliyati (basketbol)
✔️61010301 - sport faoliyati (futbol)
✔️61010301 - sport faoliyati (voleybol)
✔️61010301 - sport faoliyati (kurash)
✔️61010301 - sport faoliyati (gandbol)
✔️60211500 - cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari)
✔️60211400 – vokal san’ati (an’anaviy xonandalik)
✔️60210800 – amaliy san’at (badiiy kulolchilik)
✔️60210500 – rangtasvir (dastgohli)
✔️60210500 – dizayn (inter’yerni loyihalash)
Alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy fanlar (O‘zbekiston tarixi, matematika va ona tili)dan ham test sinovlaridan o‘tadilar.
❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
😎/channel/gulduuz
#qabul_2023
#infografika
10-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 331 ming 577 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 165 ming 981 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 165 ming 596 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).
❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Guliston davlat universiteti ikkinchi oliy ta’lim bo‘yicha baholash mezonlari
👉Biologiya
👉Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha)
👉Iqtisodiyot
👉Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha)
✅/channel/gulduuz
Xushxabar!
Sirdaryo viloyati II-ligasida ishtirok etayotgan Guliston davlat universitetimizning ,,Universitet" jamoamiz novbatdagi turni ,,Mirzaobod" jamoasiga qarshi olib borib ishonchli tarzda 5:1 hisobida zafar quchishdi va turnir yakka peshqadamligini mustahkamladi. Gollarni jamoamiz tarkibidan Atabayev I, Ne'matov A, Mahmudov J va Mashrabov Nodir dubl qayt etti jamoamizga kelasi o'yinlarda ham omad yor bo'lishini tilab qolamiz!
#bilasizmi
Bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratilgan:
Akademik litseyga qabul (1-iyundan 10-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
Kasb-hunar maktablariga qabul (1-iyuldan 20-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul (20-iyundan 20-iyulga qadar)
👉 my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz
Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulga qadar)
👉 magistr.edu.uz
Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz
Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz
O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥Sayyor qabul
🗺 Guliston shahar
💿LAVHA (05.07.2023)
/channel/gulduuz
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
Ҳудудларимизда қурилаётган уйларнинг 25-30 фоизи профессор-ўқитувчиларга имтиёзли шартларда берилади
Бу ҳақда президентликка номзод Шавкат Мирзиёев сирдарёлик сайловчилар билан учрашувда маълум қилди. Шунингдек, номзод яна бир таклифни ўртага ташлади.
“Яна бир таклифим бор. Олийгоҳларда узоқ йиллар ишлаб, илмий мактаблар яратган профессор-ўқитувчилар номини шу даргоҳдаги кафедра, лаборатория, кутубхона, аудитория ва ўқув биноларига бериш амалиётини жорий қилсак, нима дейсизлар?”, — деди номзод.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
Ҳар йили 5 минг нафар профессор-ўқитувчиларимиз тажриба алмашиш учун хорижга юборилади
Бу ҳақда президентликка номзод Шавкат Мирзиёев сирдарёлик сайловчилар билан учрашувда маълум қилди. Ушбу мақсад учун 2030 йилга қадар 50 миллион доллар йўналтириш режалаштирилмоқда.
“Шунингдек, ҳар йили 200 нафар ёш олимларимизни, кейинчалик олийгоҳларга қайтиб дарс бериш шарти билан, хорижий илмий ташкилотларда диссертация ёқлашга жўнатамиз. Олийгоҳларнинг Илмий кенгашларига дунёнинг нуфузли олийгоҳларидан етакчи профессорларни жалб қилиш вақти келди”, — деди номзод.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
Келгуси йилдан абитуриентлар 3 та асосий ва 2 та қўшимча фанни танлаб, тест синовларидан ўтади
Сирдарёлик сайловчилар билан учрашувда президентликка номзод Шавкат Мирзиёев ёшларни талабаликка қабул қилиш тизимини ўзгартиришга оид режалар ҳақида тўхталиб ўтди. “Энди ёшларимизнинг мактабда ўқиган баҳоларини ҳам инобатга олиш амалиётини йўлга қўямиз. Келгуси йилдан абитуриентлар 3 та асосий ва 2 та қўшимча фанни танлаб, тест синовларидан ўтади ва унинг натижаларига қараб олийгоҳ, таълим йўналиши ва таълим шаклини танлаш имкониятига эга бўлади.
Хабарингиз бор, хорижий тиллардан халқаро сертификати бор абитуриентларга чет тили бўйича имтиҳон топширмаслик имтиёзини берган эдик. Энди, бу имтиёзни математика, физика, кимё ва биология фанлари бўйича халқаро тан олинган сертификати бор ёшларга ҳам татбиқ этамиз”, — деди номзод.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
#qabul2023
#kasbiy_ijodiy_imtihon
⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qanday tartibda o‘tkaziladi?
Bugun “Yoshlar” telekanalida har hafta jonli efirga uzatilayotgan “Abituriyent-2023“ loyihasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.
Unda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bor OTMlarda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazish tartibi hamda baholash mezonlari haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar mavzu doirasidagi savollarini @abituriyent2023bot telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
Savollarga vazirlik, agentlik va tegishli oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan javob beriladi.
Ko‘rsatuvni bugun, soat 15:00 da “Yoshlar” telekanali hamda vazirlikning http://youtube.com/c/eduuz Youtube videohostingi orqali jonli efirda ko‘rishingiz mumkin.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#o‘tish_ballari
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
Sohalar kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)
📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#abituriyentga_qulaylik
⚡️@eduuzuniversalbot yangilandi
Endi abituriyentlar OTMga 2023-yil qabuli bo‘yicha eng muhim quyidagi maʼlumotlarni oson topishi mumkin.
BAKALAVR:
✔️ 2023/2024-o‘quv yili qabul kvotalari — kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy;
✔️ fanlar majmuasi — 2023;
✔️ darsliklar ro‘yxati — 2023;
✔️ o‘qishni ko‘chirish — 2023;
✔️ ijodiy imtihon o‘tkaziladigan OTM va yo‘nalishlar ro‘yxati;
✔️ OTM haqida maʼlumotlar (joylashgan manzili, sayt va ijtimoiy tarmoqlari, undagi mavjud yo‘nalishlar v.h).
MAGISTRATURA:
▪️qabul kvotalari—2023;
▫️turdosh mutaxassisliklar ro‘yxati — 2023.
Shuningdek:
📊 O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
🧰 Yo‘nalishlar kesimida o‘tish ballari;
🏛 OTM yo‘nalishlari ro‘yxati.
☝️@eduuzuniversalbot biz sanamagan yana koʻplab qulayliklarga ega.
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#infografika
Akademik litseylarga qabul yakunlandi
Yakuniy ma’lumotga ko‘ra, akademik litseylarga jami 33 876 nafar o‘quvchi onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ularning 62%i o‘g‘il, 38%i qiz bolalar.
Ma’lumot uchun buy yil litseylarga jami 14 534 nafar qabul kvotasi belgilangan.
Eslatma: Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) binoan, akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilingan. Qabul Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlari o‘tkazishning aniq sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
https://www.youtube.com/watch?v=EGSdxSJu4IM&ab_channel=Bilimnibaholashagentligi
Читать полностью…#qabul_2023
#infografika
10-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 2 ming 801 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).
Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.
❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🟡Guliston davlat unversitetida 2023-2024 o'quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga sirtqi ta'lim shakli bo'yicha qabul parametrlarining taqsimoti (kvota)
Читать полностью…#qabul_2023
#infografika
9-iyul soat 21:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 322 ming 082 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 161 ming 049 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 161 ming 033 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).
❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul_2023
#infografika
9-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 301 ming 524 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 151 ming 579 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 149 ming 945 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).
❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.
Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qabul2023
#statistika
2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2023-yil 7-iyul 18:00 holatiga)
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 255 254 nafar.
🔹Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
O‘zbek tili — 219 529 nafar;
Rus tili — 29 873 nafar;
Qoraqalpoq tili — 4 815 nafar;
Boshqa tillar — 1 037 nafar.
🔸Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
Kunduzgi ta’lim shakli — 171 505 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 6 368 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 75 299 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 2 082 nafar.
🔹Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🏛O‘zbekiston milliy universiteti — 9 770 nafar;
🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 8 373 nafar;
🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 8 042 nafar;
🏛Toshkent davlat pedagogika universiteti — 8 011 nafar;
🏛Farg‘ona davlat universiteti — 7 639 nafar.
🔸Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha top 5 talik:
Samarqand viloyati — 26 200 nafar;
Qashqadaryo viloyati — 24 373 nafar;
Toshkent viloyati — 23 663 nafar;
Andijon viloyati — 22 916 nafar;
Farg‘ona viloyati — 20 436 nafar.
📲 Kvotalar to‘liq 👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
Шавкат Мирзиёев: Келгуси ўқув йилидан бакалавр педагогик кадрлар тайёрлаш тўлиқ давлат грантига ўтказамиз.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
"Профессор-ўқитувчиларнинг ўқув юкламаси 25 фоизга қисқартирилади, лекин иш ҳақи камайтирилмайди" — Шавкат Мирзиёев
“Профессор-ўқитувчилар шароитларини янада яхшилаш бўйича ислоҳотларни давом эттирамиз. Масалан, бугунги кунда оддий ассистент ўқитувчининг йиллик ўртача ўқув юкламаси 1 минг соатдан ошади. Бундай кўп юклама билан ўқитувчи қачон илм қилади, қачон ўз устида ишлайди? Шу боис, профессор-ўқитувчиларнинг ўқув юкламаси 25 фоизга қисқартирилади ва уларнинг илмий фаолият билан шуғулланиши учун қўшимча шароитлар яратилади. Энг муҳими, бунда уларнинг иш ҳақи камайтирилмайди.
Ўз йўналиши бўйича халқаро тан олинган касбий сертификатларга эга бўлган ўқитувчиларга қўшимча устамалар белгиланади. Шунингдек, бундай сертификати бор амалиётчиларга дарс бериш учун магистрлик дипломи талаб этилмайди", — деди номзод.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
"Корхоналарнинг ўзига зарур кадрларни тайёрлаш учун ажратган грант маблағлари солиқ базасига киритилмайди" — Шавкат Мирзиёев
“Бундан ташқари, давлат грантлари билан бир қаторда, иш берувчилар ва олийгоҳлар томонидан грантлар бериш амалиёти йўлга қўйилади. Мисол учун, йилига 100 миллиард сўм “оборот” қилаётган корхона ўзига зарур 30 нафар ёш мутахассис учун грант ажратса, йилига ўртача 300 миллион сўм харажат қилади. Фаолият турига қараб, корхоналар ушбу харажати доирасида 30-35 миллион сўм солиқ тўлаши керак.
Энди, корхоналар ва олийгоҳларнинг ушбу мақсадларга йўналтирган маблағлари солиқ базасига киритилмайди. Шунда, иш берувчилар ўртасида иқтидорли ёшларни жалб қилишга кураш, олийгоҳларда сифат учун рақобат кучаяди”, — деди номзод.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
🇺🇿 #Сайлов2023 #LIVE
"Келгуси ўқув йилидан бакалавр педагог кадрлар тайёрлашни тўлиқ давлат грантига ўтказамиз" — Шавкат Мирзиёев
“Педагогика йўналишидаги олийгоҳларни алоҳида ёндашув асосида ривожлантирамиз. Келгуси ўқув йилидан бакалавр педагог кадрлар тайёрлашни тўлиқ давлат грантига ўтказамиз. Магистратурада эса, квоталар 2 карра оширилиб, тўлиқ давлат ҳисобидан бўлади, кадрлар етишмайдиган, таълим сифати оғир мактаблар олдиндан танланиб, улар учун мақсадли давлат буюртмаси жорий қилинади.
Бунда, буюртма асосида ўқишни тамомлаган ёшларга, ушбу мактабларда бориб ишлашлари учун жозибадор рағбатлантириш тизимини йўлга қўямиз. Пировардида, 2030 йилга бориб боғча тарбиячиси ҳам, мактаб ўқитувчиси ҳам фақат ва фақат олий маълумотли бўлади”, — деди номзод.
Канал👉 @SirdaryoSadosi
↗️
✅✅✅
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Resbulikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq:
2023/2024 o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanishi;
Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi qayd etilgan.
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini kiritadi va quyidagi hujjatlarni yuklaydi:
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi
(yoki diplomdan ko‘chirma ̶ O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);
Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.
Bunda, xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
#qabul2023
#kvota
O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti
🔹BAKALAVR:
➖ KUNDUZGI — 127 259 nafar;
➖ SIRTQI — 49 078 nafar;
➖ KECHKI — 11 125 nafar.
➖ MASOFAVIY — 2 825 nafar.
❇️ MAQSADLI QABUL:
➖ Sog‘liqni saqlash (8 064 ta);
➖ Pedagogika (23 605 ta);
➖ Veterinariya (225 ta);
➖ Ijtimoiy ish (325 ta);
➖ Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).
🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);
➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);
➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);
➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);
➖Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta).
Izoh: ushbu kvotalar umumiy kvotalardan tashqari ajratilgan.
🔸MAGISTRATURA:
➖Kvota — 17 128 nafar.
➖Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.
Bizning rasmiy sahifalarimiz👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube