#Guldu #talabalar_kuni #QVZ
📣 Xabaringiz bor "17-noyabr-Talabalar kuni"ga bag'ishlab 16-noyabr kuni "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovining fakultetlararo bosqichi o'tkazilishi haqida e'lon bergandik, shu kungacha ishtirok etish niyatida bo‘lgan barcha jamoalar o'z arizlarini topshirishdi
🗓 11-noyabr kuni soat 11:00da Guliston davlat universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazi 1-qavat 5-xonasiga jamoalar topshirgan arizlari bilan yetib kelishi hamda ko'rik-tanlovning badiiy kengash tahririyatiga hazillari va sahna ko'rinishlarini taqdim qilishi so'raladi.
⭕️ Ertaga sizni kutib qolamiz, demak, barcha jamoalarga omad tilaymiz!!!
🔵 @Gulduuz
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Salomlashishni unutish-o'zliklni unutish" mavzusida talaba-yoshlar bilan suhbat o'tkazildi. Universitet professori R.Mahmudov tomonidan olib borilgan mazkur suhbatda talabalar ijtimoiy odoblar, kasbiy ma'naviyat, etika va estetika borasidagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Ma'naviyat va ma'rifat kubogi" uchun "Zakovat" va "Munozara" bahslari o'tkazilmoqda. Shuningdek, marafon doirasida sport o'yinlari, kitobxonlik, turli psixologik suhbatlar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Vatan himoyasi – ijtimoiy mas’uliyatdan boshlanadi!
Qator oliy ta’lim muassasalarida talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilik holatlarining oldini olish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yib kelinmoqda.
___
Защита Родины начинается с социальной ответственности!
В целях воспитания студентов в духе патриотизма, содействия поддержанию общественного порядка, предотвращения правонарушений и уголовных дел в ряде высших образовательных учреждениях налажена деятельность общественной группы “Калкон”.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📺"Diyor Yangiliklari"
🎥"Yashil makon" umummilliy loyihasi
🗺Sirdaryo viloyati
💿LAVHA (08.11.2023)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
Https://t.me/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg
Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlariga 24.10.2023-yil sanasida start berilgan edi.
09.11.2023-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi Boyovut tumanida joylashgan Sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlari bilan tashkil etildi.
Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini o‘rganib chiqdi. Ular bilan odob-axloq, ichki tartib qoidalar borasida suhbatlashdi. Sportchi talabalarning yutuqlari sarhisobi, imkoniyati cheklangangan talabalar bilan suhbatlar, ularga yaratilayotgan shart sharoitlar to’g’risida fikr va mulohazalar ayniqsa samarali bo’ldi.
Bugungi ochiq muloqotda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, rektor maslahatchisi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar Kengashi raisi va psixologdan iborat jamoa ham talabalar bilan bevosita muloqot olib borishdi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda.
Guliston davlat universiteti Rangtasvir (dastgohli) ta'lim yo'nalishi talabasi Axmatkulova Karomat
Читать полностью…Texnologiya sohasiga qiziqadigan iqtidorli GulDU talabalari diqqatiga❗️
Taqdim etilayotgan loyiha ishtirokchilari aniq bir muammo yoki mavjud potensial imkoniyatdan kelib chiqqan holda innovatsion xarakterga ega g'oya yoki loyihani taklif etishlari lozim.
G'oya va loyihalar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi:
- G'oya yoki loyihaning ilmiy va innovatsion yangiligi;
- G'oya yoki loyihaning aniq bir muammoning yechimiga yo'naltirilganligi;
- Mavjud analoglaridan afzalligi;
- Biznes modeli va monetizatsiyasi;
- G'oyaning amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar;
- Loyiha taqdimotining mukammalligi;
- Loyiha pasporti, biznes-rejasi va xarajatlar smetasi hujjatlari to'ldirilganligi.
👉 Batafsil ma'lumot olish uchun 👈
Murojat uchun:
+998 97 902 77 17
@Ayorqin1989
🛑Diqqat tanlov!
⭕️13-18 noyabr "Talabalar haftaligi" doirasida talaba-yoshlarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida "ART BATTLE'' ko'rik-tanloviga start beramiz.
♻️Ushbu tanlov 3 shart asosida o'tkaziladi.
1-shart: "Turbo tezlik"
2-shart: "Xotiralar bellashuvi"
3-shart: "Men..."
⁉️Qachon: 15.11.2023 soat 14:00.
📍Qayerda: Tasviriy san'at ustaxonasi.
📝Murojaat uchun: @Nodira_Gayberdiyeva
Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlariga 24.10.2023-yil sanasida start berilgan edi.
08.11.2023-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi Yangiyer shahrida joylashgan Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari bilan tashkil etildi.
Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini o‘rganib chiqdi. Ular bilan odob-axloq, ichki tartib qoidalar borasida suhbatlashdi. Muloqotda rektor tomonidan talabalar amaliyotini tarix yo‘nalishida ta’lim oluvchi talabalar uchun Eski Xovos, Sardoba yodgorliklarida, ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari uchun ijtimoiy himoya milliy agentligi bo‘limlarida va amaliy psixologiya yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oila markazining hududiy bo‘linmalarida tashkil etish yuzasidan bildirgan taklifi talaba-yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Bugungi ochiq muloqotda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, rektor maslahatchisi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar Kengashi raisi va psixologdan iborat jamoa ham talabalar bilan bevosita muloqot olib borishdi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda.
✈️/channel/gulduuz
#Guldu #Qalqon #YoshlarKengashi
🗣 Guliston davlat universitetida tashkil etilgan 🛡 “Qalqon” jamoatchilik guruhining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.
🗣 Ushbu yig'ilishda Universitet yoshlar yetakchisi Faxriddin Zikriyayev va universitet profilaktika inspektori kapitan Ahmadjon Usmonov ishtirok etib, jamoa a’zolariga maxsus kiyim bosh va xizmat guvohnomalarini topshirishdi.
🟢 Yig’ilishdan so’ng, guruh a’zolari universitet hududi bo'ylab taqsimlandi va xizmat faoliyatini amalga oshirishdi.
✅ Guruh a’zolari hafta davomida doimiy ravishda xizmat faoliyatlarini olib boradilar.
🎙 Jarayonlarni kuzatishda davom eting…
📲@gulduyoshlari_yi
#xalqaro_reyting
O‘zbekiston OTMlari QS reyting agentligi sammitida qatnashmoqda
2023-yil 7–9-noyabr kunlari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammitida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ullaridan iborat delegatsiya faol ishtirok etmoqda. Oliy ta’lim muassasalari uchun alohida pavilon ajratilgan bo‘lib, unda oliygohlarning ilmiy-pedagogik faoliyati haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Mazkur tadbir oliy ta’lim muassasalarining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, xalqaro nufuzni oshirish, xalqaro reyting tashkilotlari ro‘yxatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, mazkur sammit doirasida “QS Quacquarelli Symonds” xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS Dunyo universitetlari reytingi: Osiyo 2024” reytingini e’lon qilish kutilmoqda.
👉 На Русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
⚡️Guliston davlat universitetida inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda
6-noyabr sanasida Guliston davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Dilshod Turdibayev boshchiligidagi ishchi guruhining O‘zbekiston Karlar jamiyati Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limida navtbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’limda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, mazkur sohani rivojlantirishda tomonlarning vazifalari, kelgusida o‘qishda, o‘rganishda imkoniyati cheklangan talablar bilan ishlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda jamiyat a'zosi Nilufar Uralova universitet rektori M.Xodjiyev tomonidan bo‘lim xodimlarini shartnoma asosida inklyuziv ta’limni rivojlantirish jarayonlariga jalb qilish, imkoniyati chekalangan talabalar bilan individual ravishda ta’lim berishda hamkorlik qilish taklifi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.
😎/channel/gulduuz
#Guldu #Qalqon #YoshlarKengashi
🛡 Guliston davlat universitetida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi.
🗣 Ushbu yig'ilishda Universitet yoshlar yetakchisi Faxriddin Zikriyayev va universitet profilaktika inspektori kapitan Ahmadjon Usmonov ishtirok etib, jamoa a’zolariga maxsus kiyim bosh va xizmat guvohnomalarini topshirishdi.
🟢 Yig’ilishdan so’ng, guruh a’zolari universitet hududi bo'ylab taqsimlandi va xizmat faoliyatini amalga oshirishdi.
✅ Guruh a’zolari hafta davomida doimiy ravishda xizmat faoliyatlarini olib boradilar.
🔄 Jarayonlarni kuzatishda davom eting…
#Guldu
#talaba_qizlar
🤩Siz uzoq kutgan eksklyuziv yangilik!
🛑Eng faol, eng iqtidorli, eng bilimdon qizlarimiz uchun "Universitet malikasi-2023" ko'rik-tanloviga start berildi.
🫵Ijtimoiy faol, jamoatchi xotin-qizlarni aniqlash uchun tashkil etilgan ushbu ko'rik tanlovda universitetda tahsil olayotgan barcha xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.
🔰Tanlov ochiq va shaffoflik asosida
3 bosqichda o'tkaziladi.
🔗Ko'rik-tanlov nizomi bilan tanishing.
⏳Tanlovga ariza topshirish 7.11.2023 gacha davom etadi.
📩Tanlovda ishtirok etish uchun "Talaba-qizlar" koordinatori R.Rahmonova (@Pragmatik27)ga murojaat qiling.
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Baxtli bo'lish o'z qo'limizda" mavzusida talaba-yoshlar bilan psixologik suhbat o'tkazildi.
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#manaviyat_marafoni
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, bugun Guliston davlat universitetida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan Ma'naviyat marafoniga start berilgan edi. Mazkur marafon doirasida "Ma'naviy ekskursiya" loyihasida marafon ishtirokchilari univeristet qoshidagi "Qatag'on qurbonlari muzeyi"ga tashrif buyurishdi.
Bu yerdagi eksponatlardan joy olgan ashyolar bilan tanishib chiqib, muzey ilmiy xodimi H.O'rmonov tomonidan qarag'onlik siyosati oqibatlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Marafon doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
#manaviyat_marafoni
“Maʼnaviyat marafoni”ga start berildi
Bugun 10-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan “Maʼnaviyat marafoni”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Univeristet rektori M.Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining yordamchisi Gʻ.Yusupov, Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo vilyati boʻlimi rahbari M.Xayitov va O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Sirdayo viloyati Kengashi raisi M.Sirojiddinovlar ishtirok etgan ochilish marosimida mazkur Marafonning ahamiyati va undan koʻzlangan maqsadlar toʻgʻrisida fikr bildirildi.
Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar, shuningdek “Assalomu alaykum”, “Men odobning oʻgʻliman”, “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!”, “Oʻzbekiston – mening Vatanim!”, “Fazilatli avlod”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”, “Oila – maʼnaviyat qoʻrgʻoni”, “Or-nomus – yigitning koʻrki”, “Kitob – mening eng yaqin doʻstim”, “Milliy maqom sanʼati”, “Odamiylik mulki”, “Alpomishlar oʻtgan bu diyor!”, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman”, “Milliy qadriyatlar” kabi oʻndan ortiq yirik loyihalar doirasida oʻtkaziladigan ellikdan ziyod tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Bizni kuzatishda davom eting!
📱/channel/gulduuz
#GulDU
#Yoshlar_Oqshomi
⭕️ Guliston davlat universitetida “Psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi birgalikda kurashamiz" mavzusida "Yoshlar oqshomi" tashkil etilishi rejalashtirilgan.
⚡️ Shu munosat bilan 10-noyabr kuni soat 19:00 da universitetimizning yozgi amfiteatrida bo'lib o'tadigan Yoshlar oqshomiga taklif etamiz!
🌐@GulDU_Tabiiy_fanlar_fakulteti
🌳 “Yashil makon” aksiyasi Guliston davlat universiteti Sirtqi bo‘limida
Jarayonlarni tomosha qiling...
📲@gulduyoshlari_yi
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat unuversitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Zikriyayev Malaysiya davlatida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Z.Zikriyayev Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas'ul xodimi D.Umarov hamrohligida Malayziyaga tashrifi davomida universitet hamkori bo'lgan Binary universitetida bo'ldi va hamkor oliygohning rektor, prorektor, dekan, bo'lim boshliqlari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturi bitiruvchilariga diplom topshirish va kelgusida ilmiy tadqiqot hamda innovatsiyalar sohasida yaqin hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilib aniq yechimlarga erishildi.
Читать полностью…🛑 #Diqqat Tanlov!
⭕️13-18 noyabr "Talabalar haftaligi" doirasida talaba-yoshlarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida "2030 - yilgacha O'zbekistonni qanday tasavur qilasiz?'' mavzusida (plakatlar) tanloviga start beramiz.
📍📆Ijodiy ishlarni qabul qilish uchun muddat 16 - noyabr.
🕛 Soat: 12:00
Murojaat uchun: @Nodira_Gayberdiyeva
#Tanlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
◀️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
◀️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
◀️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
◀️Yilning eng faol sportchi talabasi;
◀️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
◀️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
◀️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Yil talabasi” tanlovi nizomi
Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.
👉 На Русском
👉 In English
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🗣"KITOBXON YOSHLAR" KLUBINING NAVBATDAGI MASHG'ULOTI O'TKAZILDI
🟢Talabalarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida talabalar-turar joyida mashg'ulotlar olib borilmoqda. Bu galgi mashg'ulotda O'zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid ijodiga to'xtalib o'tildi. Shuningdek, yosh ijodkorlar o'z ijod namunalarini namoyish qildi.
✅ Mashg'ulotni Filologiya fakulteti koordinatori Y.Hayitboyev olib bordi.
➡️Loyihada "O'zbek adabiyotshunosligi" kafedrasi professor-o'qituvchilari A.Primov, A.To'ychiyev, O.Normurodov, R.To'raqulov, Filologiya fakulteti tyutorlari va klub a'zolari ishtirok etdi.
➡️ Mashg'ulot davomida faol bo'lgan talabalarga tyutorlar tomonidan kitoblar sovg'a qilindi.
#Tezkor
⚡️2023/2024-o‘quv yili qabulida kollej va texnikumlarga o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar diqqatiga!
Professional ta’limda o‘qish imkoniyati kengaytirilmoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida my.uzbmb.uz platformasi orqali kollej va texnikumlarda (yuridik texnikumlar bundan mustasno) kasb yoki mutaxassislik egallash istagida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni qabul parametri doirasida mavjud vakant (bo‘sh) o‘rinlarga qabul qilish imkoniyati yaratildi.
Bunda birinchi navbatda, abituriyentlar test natijalari bo‘yicha ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda qabul qilinadi.
Shuningdek, qabul yakunlari bo‘yicha shakllanmagan (o‘quvchilar soni 12 nafardan kam bo‘lgan) guruhlarga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar arizasiga ko‘ra, ta’lim shakli o‘zgarmagan holda davlat granti asosida boshqa kasb (mutaxassislik)ga o‘zgartirishi mumkin.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar faqat ushbu texnikumdagi mos mutaxassislik bo‘yicha vakant o‘rinlarga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Ushbu texnikumlarning vakant o‘rinlariga mos mutaxassislik bo‘yicha o‘qishga da’vogar abituriyent bo‘lmagan taqdirda, mazkur muassasaning boshqa mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlar qabul qilinishiga ruxsat beriladi.
Shu bilan birga, tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisliklarga tavsiya etilmagan abituriyentlar boshqa kollej va texnikumlardagi vakant o‘rinlarga o‘qish uchun ham murojaat etishlari mumkin.
Vakant o‘rinlariga o‘qish istagida bo‘lganlar 2023-yilning 13-noyabr kuniga qadar professional ta’lim muassasasi ma’muriyatiga murojaat qilishlari lozim.
Izoh: Prezidentning 200-son (03.07.2023-y.) hamda Vazirlar Mahkamasining 516-son (29.09.2023-y.) qarorlarida belgilangan kasb (mutaxassislik)lar davlat granti asosida o‘qitiladi.
👉 На Русском
👉 In English
Bizni kuzating 👉@eduuz
GulDU Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalar fakulteti talabalari bilan Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barxam berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Ushbu davra suhbatiga Universitet profilaktika inspektorlari A.Usmonov, Universitet psixologi M.Karimova va xotin qizlar masalalari qoʻmitasi raisi N.Sultonovalar taklif etildi. Asosiy mavzu xotin qizlar orasida jinoyatchilikni butkul bartaraf etish xamda sodir etilayotgan jinoyatchilik sabab va sharoitlari aniq faktlar asosida talabalarga misol tariqasida koʻplab hodisalar aytib oʻtildi.Uchrashuv so‘ngida mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi
Читать полностью…🌱 «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda
🌴Guliston davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.
🌿Bugun mazkur umummilliy loyiha doirasida Guliston davlat universitetining Boyovut tumanida joylashgan Sitrqi bo‘limi hududida universitet rektori M.Xodjiyev boshchiligida prorektorlar, dekanlar va ularning o‘rinbosarlari, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlar tomonidan yangi tashkil etilayotgan “Ota-onalar” va “Ustozlar” bog‘iga mevali va manlazarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ham faol ishtorik etishdi.
☘️Umummilliy loyihada ko‘chat ekish tadbirlari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlarida ham davom etmoqda.
✈️/channel/gulduuz
Kuala Lumpur shahrida QS xalqaro reyting agentligining Osiyo sammitida prorektor Z.Zikriyayev ishtirok etmoqda. Ushbu sammitda Malayziya qirolligi shahzodasi va bir qator OTMlar rektorlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Sammit yakuniga qadar QS reyting agentligi kordinatorlari va Osiyo reytingida nufuzli 500 lik safidan joy olgan OTMlar prorektorlari bilan uchrashuvlar reja qilingan.
Читать полностью…Сирдарё вилоятини узоқ муддатли истиқболга мўлжалланган ривожлантириш стратегияси ишлаб чиқилади
Вилоят ҳокими Москва давлат университети қошидаги Москва иқтисодиёт мактабининг “Иқтисодий ва молиявий стратегия” кафедраси мудири, академик В.Л.Квинт ҳамда профессор ўқитувчилари билан видеоконференцалоқа орқали мулоқот қилди.
Шу йилнинг 4-5 октябрь кунлари ўтказилган “Ўзбекистон–Россия ўртасидаги ҳудудлараро ҳамкорликнинг III форуми” доирасида эришилган келишувларнинг амалий босқичи сифатида ўтган мулоқот давомида “Сирдарё вилоятини узоқ муддатли истиқболга мўлжалланган ривожлантириш стратегияси концепцияси”ни ишлаб чиқиш масаласи муҳокама этилди.
Батафсил
Telegram | Facebook | Instagram