O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tumani sudi tergov sudyasi tanishlari orqali fuqaroga oqlov hukmi chiqartirib berish evaziga 15 ming dollar talab qilgani aniqlandi. U va’dasini bajarolmay, olgan pullarini qaytarayotganda qo‘lga olindi. Sudya JKning ikki moddasi bilan ayblanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/judge/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik tadbirkor Qahramonjon Olimovni Parijda o‘g‘irlab ketgan shaxslar undan 10 mln dollar talab qilgan, deb yozdi Le Monde. Fransiyadagi tergovchilar bilan suhbatda u o‘g‘rilardan birini bankirning sobiq sherigi bilan bog‘liq bo‘lgan “qonundagi o‘g‘ri” deb atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/olimov-france/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlari 2024-yil noyabr oyida Xonkendi shahrida ishga tushirilgan qo‘shma tikuv fabrikasi faoliyati bilan tanishdi. Foto.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/hankendi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Slovakiya o‘zbekistonlik yuk mashina haydovchilarini ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi hamda rus va ingliz tillarini bilishi lozim. Qabul qilinganlar viza, sug‘urta va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/driver/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bokudagi “O‘zbekiston” bog‘iga kiritilgan investitsiyalar hajmi 80 mln dollarga baholanmoqda. Loyiha Samarqand, Buxoro, Xiva uslubidagi me’moriy obyektlar, ustaxonalar, milliy taomlar restoranlari, plyaj, okeanarium, do‘konlar va boshqalarni qurishni nazarda tutadi, dedi tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/uzb-park-baku/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Arxitektura-qurilish universitetida qurilish korxonalarida amaliyotlar o‘tkaziladigan dual ta’lim shaklini joriy etish, 10 mln dollarlik investitsiya jalb etish va dunyoning eng yaxshi 1000 ta oliygohi qatoriga kiritish reja qilinmoqda. Talabalar uchun Bauxaus universiteti bilan almashinuv dasturlari ochiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/education/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bojxona qo‘mitasi Tojikistonda 60 ga yaqin avtomobilni noqonuniy olib o‘tish va sotishda gumon qilingan sakkiz kishidan iborat guruhni fosh qildi. Ular olib o‘tgan har bir mashina uchun 100−200 dollar olgani aytilmoqda (+video).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/auto/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1−3-avgust kunlari Samarqandda ilk bor “Samarqand oshi” festivali o‘tkaziladi. Tadbirda 200 dan ortiq osh ustalari bellashuvi, taniqli oshpazlarning mahorat darslari hamda “Boqiy shahar” majmuasida 7 tonna Samarqand oshi tayyorlanishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/samarqand-osh/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Liverpul” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Diogu Jota va uning ukasi Ispaniyada avtohalokatda vafot etdi. 28 yoshli futbolchi 5 kun avval to‘yidan suratlarni ulashgandi. Jota 2020-yildan beri “Liverpul” tarkibida o‘ynab kelayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/diogo-jota/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Deputatlar qora va rangli metallar lomi va chiqindilarini tayyorlash hamda qayta ishlash, shuningdek, tabiiy gaz savdosini litsenziyalash to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat sohaga xususiy sektorni jalb qilish va qonunchilikni JST talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/licensing/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Sevimli TV musiqiy asarlardan noqonuniy foydalangani uchun jarimaga tortildi. Kanal telenovellalardan tashqari, kontentni Splay va You Tube platformalarida ham e’lon qilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/sevimlitv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zbekkosmos” dala yong‘inlari monitoringi portali va ular haqida xabar beruvchi botni ishga tushirdi. Agentlik dala yong‘inlarini sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatishni boshlagan may oxiridan beri ularning maydoni 14,5 ming gektardan oshdi. Dalalar asosan Andijon, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yonmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/uzcosmos/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2024-yilda 8833 kishi aliment to‘lamagani uchun javobgarlikka tortilgan, bu 2023-yilga nisbatan 35 foizga ko‘p. Aliment to‘lovlari jamg‘armasi 40,6 mlrd so‘mni to‘lab bergan, biroq qarzdorlardan bu mablag‘ning atigi 2 foizi undirilgan. Senat sohada hamon muammolar mavjudligi bois hukumatga so‘rov yubordi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/alimony/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
✍️ Ittifoqchilik munosabatlaridan kemasozlikkacha: O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 10 dan ortiq bitim imzoladi.
📄 Senat hukumatga aliment undirish bo‘yicha parlament so‘rovi yuboradi.
🗣 Mirziyoyev Aliyevga: “Siz otangizning azaliy orzusini ro‘yobga chiqardingiz”.
🚕 O‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilari uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi — Davlat soliq qo‘mitasi.
📊 Markaziy bank hisob-kitoblari: muddatli to‘lov kreditdan qimmatroq — iPhone misolida.
☎️ Rossiya va Fransiya prezidentlari salkam 3 yil ichida ilk bor telefon orqali gaplashdi. Tafsilotlar.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Bokuda “O‘zbekiston” bog‘iga poydevor qo‘ydi. U O‘zbekiston xaritasi shaklida bo‘ladi. Shuningdek, hududda muzey, kinoteatr, kafe, savdo maydoni va mehmonxona ochiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/park/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegaraoldi savdo va tegishli infratuzilma, qazib chiqarish, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Shavkat Mirziyoyev va Mulla Abdul G‘ani Barodar Xonkendidagi uchrashuvda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish zarurligini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/uzb-afg/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
5-iyul kuni IT Park University’da abituriyentlar, ota-onalar va axborot texnologiyalari sohasida ta’lim olish hamda karera qurishga qiziquvchilar uchun keng ko‘lamli tadbir — Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/it-park-university/
Janubiy Koreyada parlament harbiy holatni tartibga soluvchi qoidalarni qayta ko‘rib chiqishni ma’qulladi. Jumladan, qonun chiqaruvchilarning Milliy Assambleyaga kirishiga to‘sqinlik qilishga har qanday urinish taqiqlandi. Shuningdek, assambleya spikeri roziligisiz harbiylar va politsiyaning u yerga kirishi cheklandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/south-korea/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda fermerlar dala chetlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmasa, ularni jazolash taklif etilmoqda. Ayrim deputatlar g‘oyani qo‘llab-quvvatladi, boshqalari esa fermerlar uchun bankrotlik xavfi borligini ta’kidladi. Qonunchilikda esa tadbirkorlarga yangi majburiyatlar joriy etish taqiqlangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/farmers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Markaziy bank 4-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 34,15 soʻmga arzonlab, 12 557,56 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Anorbank o‘zining yagona aksiyadori Qahramonjon Olimovning Parijda o‘g‘irlab ketilganiga munosabat bildirib, “ushbu hodisa shaxsiy, korporativ bo‘lmagan xususiyatga va bankning operatsion faoliyatiga aloqador emas”ligini ta’kidladi. Bank o‘z ishini odatdagi tartibda davom ettirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/anorbank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Indoneziyaning Bali oroli sohillarida bortida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, 30 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/bali/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonlik bankir, Anorbank egasi Qahramonjon Olimov Parij markazida o‘g‘irlab ketildi. Uni kaltaklashgan, tahdid qilishgan va tovon puli to‘langanidan keyingina qo‘yib yuborishgan, deb yozmoqda Le Monde.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/kakhramonjon-olimov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning qo‘shimcha shartlari belgilandi. Yangi talablarga ko‘ra, OTMning ta’lim jarayoniga mo‘ljallangan binolari maydoni 5 ming kv/metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Dastlabki ustav fondi 2 mln dollardan kam bo‘lmasligi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/xususiy-otm/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati saralash bosqichidagi BAAga qarshi o‘yini oldidan kiyinish xonasida futbolchilarga nimalar deyilgani e’lon qilindi. Masharipov Qatar bilan o‘yin kerak emasligini aytgan bo‘lsa, Kapadze tarixni bugun yaratish kerakligini ta’kidlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/futbol/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Jizzaxda sud kelinlik libosidagi bir necha qiz, jumladan, voyaga yetmaganlar “Er kerak” yozuvi tushirilgan plakat bilan ko‘chada yurgan reklama aksiyasi tashkilotchilarini jarimaga tortdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/promotional-flash-mob/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti Ozarbayjon rahbari hamrohligida Kaspiy dengizi sohilidagi Sea Breeze kurort majmuasi bilan tanishdi. Emin Agalarov kompaniyasi Chorvoq suv ombori sohilida Sea Breeze Uzbekistan kurortini qurishni rejalashtirmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/sea-breeze/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Boku shahrida O‘zbekiston elchixonasi yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/03/embassy-baku/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yandex Uzbekistan’ning aniqlik kiritishicha, o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar va kurerlar uchun soliqlar Davlat soliq qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda ushlab qolinadi. Ushlab qolingan summalar bo‘yicha ma’lumot xodimlar uchun ilovada ko‘rinadi va alohida xabar bilan beriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/yandex/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-iyuldan O‘zbekistonda import dorilarni faqat rasmiy dilerlar orqali sotish mumkin. Farmatsevtika agentligi rahbari bu chora aholini sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlashda ortiqcha vositachilarni bartaraf etishiga ishonch bildirmoqda. Unga ko‘ra, distribyutorlar va dorixonalar birlasha boshlaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/drugs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube