gazetauz_ozb | Unsorted

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Subscribe to a channel

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahridagi uchta bog‘chaning 62 nafar tarbiyalanuvchisi o‘tkir diareya tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Viloyat SSB holatni tasdiqladi. Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonalar bemor bolalar bilan to‘lgan, mas’ullar esa vaziyatni jamoatchilikdan yashirishga urinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/poisoning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda hafta iliq va quruq ob-havo bilan boshlanadi. Seshanbadan hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Harorat +8…+11 darajagacha pasayishi, ayrim joylarda shamol tezligi 20−25 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2026-yil martida MIBning 204 ta tuman va shahar bo‘limlari bodi kamera bilan ta’minlanadi. Xodimlar uydan chiqarish yo kiritish, “snos” kabi tomonlar qarshiligiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan vaziyatlarda bodi kameradan foydalanadi. Byuro vakiliga ko‘ra, bundan asosiy maqsad noxush holatlarning oldini olishdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/bodi-kamera/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 7-sonli tergov hibsxonada saqlanayotgan 35 yoshli erkak vafot etdi. IIVga ko‘ra, u shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda hayotdan ko‘z yumgan. Marhumning o‘limi 2-tip qandli diabetning og‘ir asoratlari sababli yuzaga kelgani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/mahbus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Sherobod tumanida fuqaro 3 bosh it bolasining quloqlarini qo‘li bilan yulib olgani aks etgan video tarqaldi. Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga ko‘ra, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/22/inhumanity/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanidagi Ritz-Carlton mehmonxonasi qurilayotgan hududda moratoriyga zid ravishda 12 tup qimmatbaho daraxt ildizi bilan qo‘porib tashlangani aniqlandi. Ekologiya qo‘mitasi tabiatga 351 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazilganini hisobladi. To‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/22/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiyda qamoq jazosini o‘tayotgan Mubashshir Ahmad 20-fevral kuni Toshkentdagi “Sangorod” kasalxonasiga o‘tkazildi. Advokatga ko‘ra, mahkumning oyoqlarida yana shish paydo bo‘lgach, u to‘liq va chuqurlashtirilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun poytaxtga olib kelingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/22/mubashshir-ahmad/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston 61-Venetsiya biyennalesida qatnashishini e’lon qildi. Milliy pavilonda Orol dengizi haqida The Aural Sea loyihasi namoyish etiladi. Unga parallel ravishda Toshkent zamonaviy san’at markazi tomonidan Vyacheslav Axunovning ko‘rgazmasi ham tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/aural-sea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan oliy malaka toifadagi pedagoglarga ipoteka kreditlari boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi. Mazkur subsidiyalarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan har yili 200 mlrd so‘mgacha mablag‘ yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi 98-sonli avtobusda 13 yoshli o‘g‘il bolaga tegajog‘lik qilgan erkak 6 yilga qamaldi. Mast holda bo‘lgan 37 yoshli erkak bolaga zo‘rlik ishlatib, uni qo‘rqitgan va uyatsiz buzuq harakatlar sodir qilgan. Sud hukmida yozilishicha, u muqaddam 4 marta jinoiy javobgarlikka tortilib, sudlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/harassment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turizmni Qoraqalpog‘iston rivojining asosiy drayverlaridan biriga aylantirish reja qilinmoqda. Orolbo‘yining Marsni eslatuvchi landshaftlarida glemping zonalarini tashkil etish taklif qilindi. Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish muhokama etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/karakalpakstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Oliy sudi Tramp tomonidan dunyoning aksariyat davlatlariga nisbatan bir tomonlama tartibda joriy etilgan bojlarni noqonuniy deb topdi. Sudning fikricha, Tramp tariflarni joriy etishda favqulodda iqtisodiy vakolatlar to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash orqali o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/tariffs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (21–22-fevral)

“Jannat 2: Onamga maktub” va boshqa yettita kinopremyera, O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida (Panorama) bepul kinonamoyishlar, xokkey o‘yinlari, Kulgilektual shou, “Alisher Navoiy.” Davrlar muloqoti» ko‘rgazmasi, teatrlardagi bir qator spektakllar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar:

https://www.afisha.uz/uz/gorod/2026/02/20/21-22-fevral

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Toshkentdagi mehmonxonalardan birida hamkasbiga nisbatan shilqimlik qilgan bank xodimiga sudya 5 sutka qamoq jazosi tayinlagani muhokama qilinmoqda. Sudlar matbuot xizmatiga ko‘ra, ish materiallarida bu vaziyatda jinoyat alomatlari topilmagani sababli ma’muriy jazo tayinlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/incident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida sodir bo‘lgan 6 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida 2−3 ball ko‘rinishida sezildi. Toshkent shahri aholisi ham yer silkinishini his qilganini bildirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/zilzila/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Las-Vegasda Sena Agbeko ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. U kamarini saqlab qoldi va WBA chempionlik kamariga yana bir qadam yaqinlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/boxing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sankt Peterburgda 7-qavatdan qulagan bolani 36 yoshli o‘zbekistonlik Xayrullo Ibodullayev qutqardi. U bolani ushlab, pod’ezdga olib kirib yordam ko‘rsatgan, keyin uni tez yordam olib ketgan. Hozir bola reanimatsiyada, ahvoli barqaror, bir nechta joyidan shikastlangan. O‘zbekistonlik ham jarohat olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/7-qavat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, O‘zbekistondagi tug‘uruqxonalarda korrupsiyaga qarshi qattiq kurashilyapti. Vazir bu borada vijdonan yondashish usuli qo‘llanilib, ochiqlik siyosati olib borilayotganini ta’kidladi. “Barcha hududlardagi tug‘uruq komplekslarida oddiy tug‘uruq bepul tarzda o‘tkaziladi”, — deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/23/ssv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov pedofillarga umrbod qamoq jazosi joriy etilayotganiga munosabat bildirdi. “Oxirgi yillarda ko‘p jinoyatlar uchun jazoni liberallashtirdik, lekin har qanday jazoning maqsadi jinoyatning oldini olishdir. So‘nggi paytlarda juda mushkul holatlar kuzatildi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/22/pedofiliya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud ajrimi chiqqani, ammo kompensatsiya masalasi vazirlik vakolatida emasligini bildirdi. U jabrlangan bolalarga ambulator va statsionar tarzda tibbiy xizmat ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/22/dok-1-maks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Gentra Toshkent markazida jiddiy YTHga uchradi. Mashina avvaliga o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan boshqa bir avtomobil bilan to‘qnashgan, so‘ngra beton to‘siq osha qarama-qarshi yo‘nalishga uchib o‘tgan. Oqibatda svetoforni sindirgan va uchinchi bir avtomobilga borib urilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/22/dtp/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yilda 3,1 trln so‘m miqdorda aliment mablag‘lari undirildi. MIBga ko‘ra, o‘tgan yili alimentdan qarzdor 16 mingdan ziyod shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 1283 nafariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Hozirda 350 mingdan ortiq aliment to‘lovchining 61 foizi ishsiz”, — deydi byuro vakili.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/aliment/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2025-yilda MIB tomonidan 9,6 millionta hujjat ijrosi ta’minlanib, 57,8 trln so‘m mablag‘ undirildi. Bu 2024-yilga nisbatan 10 trln so‘mga ko‘p. Byuro vakiliga ko‘ra, o‘tgan yili hokimliklardan 660 mlrd so‘m kompensatsiya pullari, qarzdorlardan esa 3,1 trln so‘m aliment mablag‘i undirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/mib/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qatarning Jusour kompaniyasi bilan kelishuvga ko‘ra, mamlakatdagi vakansiyalar bazasi o‘zbekistonliklar uchun ochildi. Nomzodlar 18−45 yoshda bo‘lishi, ingliz tilini kamida A2 darajada bilishi kerak. Arizalar Tawzeef platformasi orqali yuboriladi, tanlangan nomzodlar bilan uch tomonlama shartnoma tuziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/qatar-vacancies/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida qurilish mahsulotlari sotish bozorida yong‘in bo‘ldi. Oqibatda 200 kv metr maydonda joylashgan rom va eshiklar yonib ketdi. FVVning ta’kidlashicha, bozorda 5 kun avval yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kamchiliklar aniqlangan. Yong‘in o‘sha kamchiliklar bartaraf etilmagani uchun yuz bergan. Jabrlanganlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/21/izza/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kuzatilgan kuchli shamol havo sifatining keskin yomonlashishiga olib keldi. Termiz shahrida (Surxondaryo viloyati) havo tarkibidagi PM2,5 zarrachalari miqdori yillik me’yordan 36,7 baravar oshib ketdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/dust/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tramp masalaga “katta qiziqish” borligi uchun Mudofaa vazirligiga o‘zga sayyoraliklar va NUJlar haqidagi hukumat hujjatlarini e’lon qilishni topshirdi. Jurnalistlarning o‘zga sayyoraliklar mavjudligiga oid dalillarni ko‘rgan-ko‘rmagani haqidagi savoliga Tramp: “Ular mavjudmi yoki yo‘qmi, bilmayman”, — dedi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/alien-files/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vashingtonda “Tinchlik kengashi”ning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Donald Tramp to‘qqizta a’zo davlat, jumladan O‘zbekiston, G‘azoga yordam sifatida 7 mlrd dollar ajratishga va’da berganini e’lon qildi. Yana beshta davlat, jumladan, Qozog‘iston u yerga tinchlikparvar kuchlarini yuboradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/board-of-peace/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon oyi davomida Uzum Market’da maxsus “Oziq-ovqat yarmarkasi” amal qiladi. Bu xaridorgir oziq-ovqat mahsulotlarining alohida to‘plami bo‘lib, Uzum kartasi bilan to‘langanda 60% gacha chegirmalar taqdim etiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo tumanida Jarqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari hokimlik zaxirasidagi yerni ijaraga berish evaziga fuqarodan 90 mln so‘m talab qilgan. Namangan viloyatida esa hokim yordamchisi sanoat zonasi hududidan joy ajratib berish evaziga 23 ming AQSh dollari talab qilgan. Ikkisi ham DXX tomonidan ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/02/20/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Subscribe to a channel