O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Boku shahridagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevning Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tiklashdagi xizmatlarini e’tirof etdi. “Siz otangiz va har bir ozarbayjonlikning azaliy orzusini ro‘yobga chiqardingiz. Qaytarib olingan hududlarning iqtisodiyotini faol modernizatsiya qilyapsiz”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/uzb-az/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Markaziy banki hisob-kitoblariga ko‘ra, muddatli to‘lovga texnika sotib olish ko‘pincha bank kreditidan qimmatroqqa tushadi. Rugulyator iPhone 16 Pro Max misolida ustamaning 44 foizgacha yetishi, yillik bank stavkasi esa yillik 74 foizgacha bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/nasiya-iphone/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iyul — O‘zbekistondagi eng issiq, to‘liq yoz chillasi ichida o‘tadigan oy. 2025-yilning iyul oyi issiqroq o‘tishi, shuningdek, oy davomida mintaqaga kamida ikkita anomal issiqlik to‘lqini kirib kelishi kutilmoqda. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Gazeta uchun iyul ob-havosi bo‘yicha sharh tayyorladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2-iyuldan onlayn taksi agregatorlari o‘zini o‘zi band qilgan va yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan haydovchi va kurerlar daromadlaridan soliqni avtomatik ushlab qoladi. DSQ bu ularni soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirish kabi ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos etishini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/taxi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bokudagi “Zagulba” qarorgohida Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/boku/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chilonzor tumanidagi davlat bog‘chasida besh yoshli tarbiyalanuvchi nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat derazasidan tushib ketdi. Oqibatda bola qo‘l, burun, jag‘ sohalari sinishi tashxisi bilan jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi. Poytaxt MMTBga ko‘ra, hozirda uning ahvoli yaxshilangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/kindergarten/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ozarbayjonda Sputnik Ozarbayjon agentligining 2 xodimi, shuningdek, uyushgan jinoiy guruhga a’zolikda ayblangan 8 rossiyalik qo‘lga olindi. Ozarbayjon elchisi Rossiya TIVga chaqirilib, og‘zaki nota oldi. Ikki mamlakat ham bir-birini ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda. Yana nimalar ma’lum?
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/russia-azerbaijan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi boshlandi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev “O‘zbekiston” bog‘iga tamal toshi qo‘yadi va O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasi yangi binosini ochib beradi. Prezidentlar Qorabog‘ tumanidagi Xonkendi, Shusha va Ag‘dam shaharlarida bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/tashrif/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Vladimir Putin va Emmanuel Makron salkam 3 yil ichida ilk bor telefon orqali gaplashib, Eron-Isroil mojarosi va Ukrainadagi urushni muhokama qildi. Putin Tehronning tinch atomni rivojlantirishdagi qonuniy huquqini hurmat qilishga, Makron Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish muzokaralarini boshlashga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/putin-macron/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent metropolitenining “Paxtakor” metro bekatida hojatxona hamda ona va bola xonasi ochildi. “Amir Temur xiyoboni” metro bekatida esa hojatxona qurish ishlari so‘nggi bosqichda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/metro-toilet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyevning diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanayotgan yilda Ozarbayjonga bo‘lajak tashrifi faqatgina mavjud hamkorlikka hurmat bajo keltirish emas. Ikki davlat shunchaki yaxshi qo‘shnilar emas, balki manfaatlari mos keladigan ittifoqchilar maqomini mustahkamlashga intilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/uz-az/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Abdinabi Gʻiyosov Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani hokimi bo‘ldi. U bungacha agrofirma ta’sischisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/yakkabog/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chorshanba tongida Yangihayot tumanida Faw Bestune T55 elektromobilida yong‘in chiqdi. Hodisa oqibatida bir kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/fire/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
U 2009-yildan somon san’ati bilan shug‘ullanadi, ayni damda Milliy rassomlik va dizayn institutida fotografiyadan dars ham beradi. “Iroda” loyihasining navbatdagi qahramoni — “Jasorat” medali sohibi, nogironligi bor inson sifatida Oliy Majlis deputatligiga saylangan ilk o‘zbekistonlik Jasurbek Jumayev.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/jasur-jumayev/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi Roodell kompaniyasini Kia Sonet avtomobili reklamasidagi qoidabuzarlik uchun jarimaga tortdi. Bunga shartnomaning muhim shartlari, jumladan, bo‘lib to‘lashdagi qo‘shimcha to‘lovlar haqida ma’lumotlar yo‘qligi sabab bo‘lgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/roodell/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining Boku shahridagi muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar almashinuvi bo‘lib o‘tdi. 2030-yilgacha tovar ayirboshlash hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish dasturi — shular jumlasidan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/documents/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo”ning uzoq muddatli xalqaro kredit reytingi barqaror “BB” darajasigacha ko‘tarilganini qayd etdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/uzbekgidroenergo/
Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari O‘rta yo‘lak orqali tashilayotgan o‘zbek yuklari hajmi 25% ga oshganini qayd etdi. Shuningdek, ular Yevropaga elektr energiyasi eksport qilish loyihasini tayyorlashni tezlashtirishga kelishib oldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/meeting/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Biznesni ortiqcha xavotir va uzoq byurokratik jarayonlarsiz rivojlantirmoqchi bo‘lingan, TBC Kredit barchaga kredit bo‘yicha qarorni atigi bir minutda olish imkoniyatini beradi — to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada, garovsiz va ortiqcha hujjatlarsiz (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/tbc/
Dollarning rasmiy kursi yangilandi
Markaziy bank 3-iyuldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 84,40 soʻmga arzonlab, 12 591,71 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Sodiq Azimov va O‘zbekiston ovozi ko‘chalari kesishmasida 5-iyul soat 08:00 gacha avtoulovlar harakati vaqtincha cheklandi. Ushbu kesishmadan o‘tuvchi 60-sonli avtobus yo‘nalishi harakati Shahrisabz ko‘chasi orqali tashkil etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/street/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda yaqin kunlarda havo harorati +40 darajadan yuqori bo‘ladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quyoshda yurishdan saqlanishni maslahat bermoqda. JSST, shuningdek, bolalarni mashinada qoldirmaslik lozimligini ta’kidlab, konditsionerdan qanday to‘g‘ri foydalanish kerakligini ham tushuntirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/hot/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xo‘jaobod tumanida uyida janjal chiqargan mast fuqaro uni zararsizlantirish maqsadida kelgan profilaktika inspektorini pichoqladi. Oqibatda xodim shifoxonaga olib ketilayotganida vafot etdi. Hozirda 65 yoshli gumonlanuvchi qidirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/inspektor/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident nomidan velosport bo‘yicha milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Soipovaga Chirchiq shahridan yangi xonadon berildi. Kalitni Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/reward/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Andijon viloyatining Paxtaobod tumaniga Davronbek Sattarov hokim etib tayinlandi. U bungacha viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/02/paxtaobod/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Iyun oyida poytaxtning “Eski juva” bozorida sovitilgan import mol va qo‘y go‘shtining o‘rtacha narxi 3,5% dan deyarli 10% gacha oshdi. Go‘sht importi sezilarli darajada ortganiga qaramay, narxlar o‘sib bormoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/meat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston va OIIB iqlimga chidamli qishloq yo‘llarini qurish uchun 71,1 mln dollarlik kredit bo‘yicha kelishuvga erishdi: avval Xorazm viloyatida, keyin esa Qoraqalpog‘iston. Bu 173,4 mln dollarlik ikkita transhning birinchisi bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/aiib/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqanddagi Art Station galereyasida rassom, shahar gerbi muallifi Grigoriy Ulkoning 100 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Bu rassomning keng qamrovli birinchi ko‘rgazmasi bo‘lib, uning butun ijodiy yo‘li — Afrosiyob freskalaridan tortib Orol fojiasiga bag‘ishlangan asarlargacha hammasini ko‘rsatadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/30/ulko-exhibition/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-iyul kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇦🇿 O‘zbekiston prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga boradi.
🏦 Markaziy bank ijtimoiy nafaqalarni kredit qarzlari uchun yechib olayotgan tashkilotlarni ogohlantirdi.
📊 O‘zbekistonda iyun oyida 0,2 foizlik deflyatsiya qayd etildi.
🕋 Haj ziyoratida 8 nafar o‘zbekistonlik hoji vafot etdi.
💉 “Narkobemorlar ro‘yxatida 10 yoshli bola ham bor” — O‘zbekiston bosh narkologi.
🇺🇸 Amerika partiyasini tuzish, subsidiyalardan mahrum etish: Mask va Tramp bir-biriga tahdid qildi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
1-apreldan O‘zbekistonda 1500 ga yaqin dori vositalari uchun 2 foizlik bojxona to‘lovi joriy etildi. Farmtarmoqni rivojlantirish agentligi direktoriga ko‘ra, ushbu qaror narxlarga ta’sir qilmasligi kerak, chunki boj 1,2 foizni tashkil etgan eski ro‘yxatga olish to‘lovi o‘rnini bosadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/07/01/pharmacy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube