gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalari kirish imtihonlarida qatnashish uchun 732 ming 411 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Bu so‘nggi 7 yildagi eng past ko‘rsatkich.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/abituriyent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Konimex tumanida Ford Transit avtomobili haydovchisi uxlab qolishi oqibatida to‘siqqa borib urildi. Oqibatda bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, yana biri shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🤝 O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida qo‘shma deklaratsiya imzoladi.

📄 Senat muxolif partiya huquqlarini kengaytirish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

🇮🇷 “Eron fuqarolarining O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi muhokama qilinmoqda” — elchixona vakili.

⚠️ “Yo‘l infratuzilmasidagi muammolar faqat raqamlar emas, inson hayoti bilan bog‘liq”. “Yuksalish” yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi muammolarni o‘rgandi.

🇺🇸 AQShning Eronga bergan zarbalari uning yadroviy dasturini yo‘q qilmadi, faqat taraqqiyotni ortga surdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi alkogol va tamaki uchun aksiyalarni taqiqlashni taklif qildi. Shuningdek, keyinchalik chegirmalar niqobi ostida pasaytirish orqali narxlarni sun’iy ravishda oshirish amaliyotini to‘xtatish taklif qilinmoqda. Loyihaga ko‘ra, chegirmagacha narx oxirgi 30 kun ichidagi eng past darajasida bo‘lishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/promotion/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Minglab yo‘l belgilari va yuzlab svetoforlar o‘rnatilgani haqida hisobotlar berilmoqda, ammo bu yo‘llarni xavfsizroq qilmayapti. “Yuksalish” harakati infratuzilmaga oid qator qoidabuzarliklar: yo‘l va trotuarlarning yomon holati, bitmagan ishlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik kabilarni aniqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/roads/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Smart Business kompaniyasi P10 terminalini taqdim etdi — onlayn kassa va naqd pulsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun to‘lov terminali funksiyasini birlashtirgan zamonaviy “2 ta 1” qurilmasi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/smart-business/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarga noqonuniy ravishda diniy ta’lim berganlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jinoiy javobgarlikka tortish rejalashtirilmoqda. Tegishli o‘zgarishlar ko‘zda tutilgan qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/diniy-talim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning Eron yadroviy obyektlariga bergan zarbalari ularni yo‘q qilmadi, balki Eron yadroviy dasturini bir necha oy orqaga surdi. AQSh razvedkasi shunday xulosaga kelgan, deya xabar qildi CNN va NYT. Tramp AQShning zarbalari muvaffaqiyatli bo‘lganini ta’kidlab, nashrlarni noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda aybladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/strikes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy obyektlarda energiya sarfini kamaytirish dasturi boshlandi — dastlabki tekshiruvlar iste’molni 45−50 foizga kamaytirish mumkinligini ko‘rsatdi, dedi Energiya samaradorligi agentligi rahbari Ziyoviddin Badriddinov.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/energy-efficiency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Muxolif siyosiy partiyaga “hukumat soati” va parlament so‘rovi doirasida kamida bittadan masala kiritishi huquqi berilmoqda. Shuningdek, muxolifat qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar ham uning muqobil tahririni kiritishi mumkin bo‘ladi. Tegishli qonun Senatda ma’qullandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/muxolifat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari turmush o‘rtoqlari bilan birgalikda Ulan Batordagi “Ix Tenger” davlat majmuasidagi bog‘da ko‘chat o‘tqazdi, mo‘g‘ullarning an’anaviy “Naadam” bellashuvlarini tomosha qildi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Migratsiya agentligi raisi Behzod Musayev Shvetsiya migratsiya vaziri bilan noqonuniy migratsiyaning oldini olish, tashkillashtirilgan tizim yaratish, shved mehnat bozoriga o‘zbekistonlik mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan loyihalarni boshlash masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/sweden/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eron fuqarolarining O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deb xabar berdi mamlakatdagi elchixona vakili. Uning aytishicha, hozirda o‘zbekistonliklar Eronga yiliga ikki marta ikki haftadan sayyoh sifatida vizasiz borishi mumkin. Bundan tashqari, tibbiy turizm ham muhokama qilinyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/eron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport prokurori Toshkent yerusti metrosining rekonstruksiya ishlarini o‘rgandi. “Qator kamchilik va xatolar aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi”, — deyiladi xabarda. Gazeta liniyada relslar butunlay olib tashlanayotgani haqida yozgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida fuqaro uyida bir bosh Nil timsohini saqlab kelgani aniqlandi. Jonivor hayvonot bog‘iga topshirildi, holat bo‘yicha hujjatlar sudga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/crocodile/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat xizmatchilari ijtimoiy ne’matlardan foydalanishni ta’minlaydi va hayot sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, deb hisoblaydi Samarqandda bo‘lib o‘tgan BMT Davlat xizmati forumi ishtirokchilari. Rol muhim ekan, nega fuqarolar unga har doim ham ishonishga tayyor emaslar? Gazeta ekspertlarning fikrlarini to‘pladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/26/public-service/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Yaponiyaning Le One Co., Ltd kompaniyasi bilan biogazdan metan olish loyihasi ustida hamkorlik qilishni reja qilmoqda. U chiqindilarni qayta ishlashni takomillashtirish va ekologiyaga tushadigan bosimni kamaytirishi kutilmoqda. Loyiha yapon texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston senatorlari Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida bir qator tovarlar importiga ikki tomonlama soliq solishni bekor qiluvchi tuzatishlarni ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/import/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Abu Dabi Interpoli BAA politsiyasi ko‘magida jinoiy faoliyatda ayblanib qidiruvga berilgan 12 nafar o‘zbekistonlikni ekstraditsiya qildi. Ular mamlakat sudi oldida javob berishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/extradition/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan huquq-tartibot idoralari mamlakatda hokimiyatni egallab olishning oldini olganini ma’lum qildi. Bu “Muqaddas kurash” muxolifat harakati yetakchisi arxiyepiskop Bagrat Galstanyan va uning tarafdorlari tomonidan tayyorlangani aytildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/armenia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vetnam sakkizta jinoyat, jumladan, hukumatni ag‘darishga harakat, josuslik, davlat mulkini talon-toroj qilish kabilar uchun o‘lim jazosini bekor qiladi. Ushbu jinoyatlar uchun endi maksimal jazo umrbod qamoq bo‘ladi. 2011-yilda otib o‘ldirish bekor qilingan, yagona usul o‘limga olib keluvchi in’eksiya yuborishdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/vietnam/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi doirasida tayyorlangan kitoblarning dastlabki 27 nomdagisini chop etish bo‘yicha e’lon qilingan tenderda “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi g‘olib chiqdi va u bilan shartnoma imzolandi. Kitoblar 45 ish kunida tayyor holda yetkazib berilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/ming-kitob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 26-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 75,53 soʻmga qimmatlab, 12 531,25 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi oshdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Metso, Teran va Ostim kabi kompaniyalar TMK bilan hamkorlik memorandumlarini imzoladi — bu jarayon Minex Central Asia 2025 forumi doirasida amalga oshdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/tmk/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning amaldagi pensiya tizimi islohotlarni talab qiladi, deb hisoblaydi XVJ. Takliflar orasida pensiya yoshini oshirish, imtiyozli stavkalarni bekor qilish va to‘lovlarni avtomatik indeksatsiyalashga o‘tish bor. Pensiya islohoti konsepsiyasi loyihalari prezidentga sentabrgacha taqdim etilishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/pension-system/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari Ulan Batordagi muzokaralarda o‘zaro tovar ayirboshlashni 20 barobar oshirish, kuzdan poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, yangi transport yo‘nalishlarini ochishga kelishib oldi. Mo‘g‘uliston allaqachon 100 ming bosh qoramol yetkazib berishni boshlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/uzb-mongolia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch shahri prokuraturasi katta tergovchisi fuqarodan tergov ishlarini tugatib berish evaziga 3000 dollar talab qilganlikda gumonlanmoqda. U ish o‘xshamaganidan keyin olgan ming dollarlik seyf, ish stoli jamlanmasi va 1000 dollarni qaytarib bermoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/investigator/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki O‘zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va elektr ta’minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyiha uchun 150 mln dollarli imtiyozli kredit ajratdi. Qayd etilishicha, elektr energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/hydropower/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabrdan boshlab umumta’lim maktablarining 1,5 ming nafar 9-sinf bitiruvchisi jahondagi yetakchi universitetlarga tayyorlanadi. Dasturda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari qatnashmaydi. Saralash imtihonida ingliz tili va matematikadan test topshiriladi. Dastur haqida batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/25/edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2028-yilgacha muhim xomashyo bo‘yicha qiymati $1,6 mlrd bo‘lgan 70 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu raqamlar mintaqada nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga bag‘ishlangan MINEX Central Asia 2025 xalqaro konferensiyasi va ko‘rgazmasida ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/rare-minerals/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал