gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🌐 Prezident Yaqin Sharqdagi notinch vaziyat sharoitida savdo yo‘llarini diversifikatsiya qilishni buyurdi.

🇲🇳 O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi.

📌 Eron o‘rniga Pokiston va O‘rta koridor. O‘zbekistonda logistika muammolarini hal qilish bo‘yicha shtab tashkil etildi.

🗣 Suv xo‘jaligi O‘zbekiston energetika tizimiga yuk bo‘lib qolmaydi — suv xo‘jaligi vaziri.

🎭 RF Mudofaa vazirligi bilan tuzilgan shartnoma haqidagi dipfeykda o‘zbekistonlik og‘ir atletikachining obrazi ishlatildi.

🇺🇸 AQSh O‘zbekiston fuqarolarining tashrif vizasiga arizalarining qariyb 65 foizini rad etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston deputatlari elektr energiyasi va gazdan nooqilona foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Shuningdek, jazoni YATTlarga ham tatbiq etish taklif qilinmoqda, bayonnomalarni esa IIV va FVV xodimlari ham rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/energy-resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident korxonalarga energiya samaradorligini oshirish, “yashil” energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Yirik kompaniyalar, jumladan, “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz” va OKMK boshlangan loyihalari haqida so‘zlab berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/okmk-ung-utg/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi doirasida geologiya sohasida qo‘shma loyihalarga kelishib olindi. Xomashyo resurslari konlarini o‘zlashtirish va texnologiyalar transferi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Geologiya vazirligining Ulan Batordagi vakolatxonasi ish boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/uzb-mon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Donald Tramp Isroil va Eronni 24-iyun kuni ertalab e’lon qilingan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda aybladi. “Bizda ikki davlat bor, ular shunchalik uzoq vaqtdan beri va shunchalik qat’iyat bilan urishmoqdaki, nima qilayotganlarini, jin ursin, bilmayapti”, — dedi AQSh prezidenti.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/trump-ceasefire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga borgan Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasini rasmiy kutib olish marosimida mamlakat prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan qarshi oldi. Suxe-Botir maydonida faxriy qorovul saf tortdi, madhiyalar yangradi, rasmiy delegatsiyalar a’zolari qutlandi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/uzb-mng/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Яшнобод туманидаги Оҳангарон шоҳкўчасида қурилиш ва таъмирлаш ишлари олиб борилиши сабаб кўчанинг бир қисмида 25 июндан 1 июлга қадар транспорт воситалари ҳаракати тўхтатилади.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/ohangaron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 25-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 45,26 soʻmga qimmatlab, 12 456,25 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl esa tushdi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda prezident maslahatchisi Ruslanbek Davletov boshqa lavozimga o‘tkazilgani va Sardor Umurzoqovning lavozimi oshirilgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deya ma’lum qildi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Gazeta’ga.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/presidents-administration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vetnamda kurash bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonliklar yunon-rum kurashi bo‘yicha uchinchi, erkaklar o‘rtasida erkin kurashda to‘rtinchi, ayollar o‘rtasida beshinchi o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/asian-wrestling-championships/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidentining Mo‘g‘ulistonga to‘qqiz yildan so‘ng ilk davlat tashrifi barqaror hamkorlikka umid bag‘ishlaydi. Agrosektor va avtosanoatdan geologiya-qidiruv va logistikagacha bo‘lgan munosabatlarning rivojlanishi — Gazeta sharhida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/mongolia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yil oxirigacha O‘zbekistonda umumiy qiymati 5 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi, shuningdek, 12 ta energiya saqlash tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan. Iqtisodiyotning 18 ta energiya sig‘imli tarmog‘i, jumladan, suv xo‘jaligi va neft-gaz avtonom ta’minotga o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosining “Quruvchilar” — “Yangiobod” bekatlari oralig‘idagi 6 ta bekat 28-iyundan boshlab vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun “Qipchoq — Yangiobod — Qipchoq” bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreya prezidenti Demokratik partiyadan deputat An Gyu Bekni mamlakat mudofaa vaziri etib tayinladi. U harbiy idoraning so‘nggi 64 yil ichidagi birinchi fuqarolik rahbari bo‘ldi. Sobiq mudofaa vaziri harbiy holat joriy etish orqali isyon ko‘tarishda ayblanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/south-korea/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-iyun kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

🇲🇳 Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga boradi.

🌊 “Biz yagona ichimlik suvi manbasini yo‘qotishimiz mumkin”. Ijtimoiy tarmoqlar Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasini qanday qarshi oldi?

📦 Kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi.

🇮🇷 AQShning Eronga qilgan hujumiga dunyo qanday munosabatda?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda AQSh O‘zbekiston fuqarolarining B-1/B-2 tashrif vizasi uchun arizalarining qariyb 65 foizini rad etdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/visa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar sifatida ekspertlarni keng jalb qilgan holda samarali transport yo‘nalishlarini birgalikda rivojlantirishga kelishib oldi. Joriy yilning kuzidan poytaxtlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/transportation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bundan tashqari, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/declaration/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Semurg Insurance O‘zbekistonda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” sug‘urta turi bo‘yicha summani oshirish yuzasidan tahliliy sharhni tayyorladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/semurg-insurance/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda BMTning davlat xizmati masalalariga bag‘ishlangan forumi boshlandi. Forum O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilmoqda. XXI asrda davlat xizmati qanday bo‘lishi, uni nima uchun raqamlashtirish zarurligi va xorijda bunga qanday qarashlar mavjudligi haqida batafsil Gazeta materialida.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/public-service/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayevning aytishicha, yaqin yillarda soha mamlakat energetika tizimiga yuk bo‘lmaydi, hatto elektr energiyasi ishlab chiqara boshlaydi. Birgina 2025-yilda sanoatda eski nasoslarni yangilash hisobiga 340 mln kVt/soat elektr energiyasini tejash rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/water/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari Maxmud Istamov adliya vaziriga yangi o‘rinbosar bo‘ldi. U 2017−2019-yillarda ham adliya vaziri o‘rinbosari, 2021−2024-yillarda Buxoro viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/maxmud-istamov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hisob palatasi turli davlat tibbiyot markazlarida bir xil xizmat narxida olti barobar farq borligini aniqladi, dedi Qonunchilik palatasi deputati. Sog‘liqni saqlash vazirligi tariflar bir xil holatga keltirilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/price/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vaziri O‘zbekistonda tashqi yuklarning uzluksiz tashilishini ta’minlash, boshqa yo‘llar izlash bo‘yicha shtab tashkil etilganini bildirdi. “Eron orqali muammo bo‘lsa, yuklarni Pokiston portlari orqali yo‘naltirish mumkin”, — dedi u va Eron orqali o‘tadigan Janubiy koridor ahamiyatini alohida ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/logistics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bitimi kuchga kirganini ma’lum qildi. Netanyahu buni tasdiqladi. Eron TIV rahbari, Isroil bunga amal qilsa, “javob qaytarishda davom etish niyati yo‘q”ligini bildirdi. Kecha Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa uchirgandi. Asosiy ma’lumotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/peace-deal/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov dipfeyk qurboni bo‘ldi, Gazeta’ga sportchi go‘yoki Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolaganini aytgan soxta video kelib tushdi. Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni rad etdi. Tahririyatga muntazam ravishda ushbu mavzu bo‘yicha turli dipfeyklar kelib tushmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/deep-fake/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-iyuldan boshlab O‘zbekiston tadbirkorlari tog‘ va cho‘llarda ziplaynlar va kanatli parklar (tayparklar) tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha subsidiya olishi mumkin bo‘ladi. Subsidiyalar obyektlar foydalanishga topshirilgandan keyingina ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/extreme/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqda yanada keskinlashgan notinch vaziyatda yuk oqimini xavfsiz portlarga yo‘naltirish zarurligini ta’kidlab, tashqi savdo va transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi. Logistika xarajatlari oshishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/trade/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda davlat kambag‘al oilalar farzandlari uchun IT, chet tillari va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar narxining 80% gacha qismini qoplaydigan tartib tasdiqlandi. To‘garak xarajatlarini qisman qoplash martdayoq rejalashtirilgan bo‘lib, bu uchun davlat budjetidan 200 mlrd so‘m ajratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/24/school-club/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saidlaziz Saidkarimov, Utkirjon Kodirov va Jaxongir Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Prezident administratsiyasidagi lavozimlaridan ozod etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/changes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал