O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Prezidentning huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish bo‘yicha sobiq maslahatchisi Bekzot Mavlonov uning yordamchisi etib tayinlandi. Prezident sobiq yordamchisi Aziz Magrupov esa uning xorijiy investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/rotations/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
⚡️Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi qayta joriy etildi va bu vazifaga Saida Mirziyoyeva tayinlandi. U bugungacha prezident yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/appointment/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Ekologiya vazirligi, shuningdek, Vision International Investment va Suez kompaniyalari xavfli chiqindilarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 78 mln dollarlik loyiha chiqindilardan yoqilg‘i ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/waste/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi Vashingtonning Eronga bergan zarbalaridan so‘ng Qo‘shma Shtatlarda teraktlar va kiberhujumlar xavfidan ogohlantirdi. Davlat departamenti butun dunyo bo‘ylab AQSh fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/us/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi tushishda davom etmoqda
Markaziy bank 24-iyundan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 85,95 soʻmga arzonlab, 12 410,99 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh Erondagi uchta yadroviy obyektga zarba bergach, Yevroittifoq rahbarlari Eron “hech qachon bombaga ega bo‘lmasligi shart”ligini ta’kidlamoqda. Rossiya va Shimoliy Koreya, o‘z navbatida, “mas’uliyatsiz qaror” ortidan AQShni tanqid qildi. BMT esa AQShning Eronga kuch ishlatganidan xavotirda. Munosabatlar.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/reactions/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston prezidenti 24−25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi. Oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi, tovar ayirboshlash hajmini oshirish kabi masalalar ko‘rilishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/visit/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi, havo +38…+41 darajagacha isiydi. Payshanbadan boshlab respublika bo‘yicha harorat +30…+35 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/meteo/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xitoy Eksport import banki O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 million dollar miqdorida qarz berdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/eksimbank/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bokuda Hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishi hamda O‘zbekiston va Ozarbayjon hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatlar savdo aylanmasini 2030-yilga borib 1 mlrd dollarga yetkazmoqchi. 2025-yilda bu ko‘rsatkich 40 foizga oshdi. Iyulda Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/az/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston joriy hafta boshida +40 darajadan yuqori issiq ob-havo qarshisida qoladi. Chorshanba kuni respublikaning katta qismida davomli kuchli shamol va chang to‘zonlari ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, payshanba kuni janubiy hududlardan boshqa joylarda haroratning sezilarli pasayishi ro‘y beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/weather/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklardan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishni, ushbu mamlakatlardagi vatandoshlardan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlarini so‘radi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/22/tiv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh Erondagi uchta asosiy yadroviy obyektga aviazarbalar berdi. Prezident Donald Trampning aytishicha, bu obyektlar “butunlay va batamom yo‘q qilingan”. BMT rahbari AQShning urushga aralashuvini xavfli eskalatsiya hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka tahdid deb atadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/22/us/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Belarusda 14 nafar siyosiy mahbus, jumladan, mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskayaning turmush o‘rtog‘i Sergey Tixanovskiy ozod qilindi. Bu Donald Trampning maxsus vakili Kit Kellogning Minskka tashrifidan keyin sodir bo‘ldi. Barcha ozod qilinganlar Litvaga jo‘nab ketdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/22/belarus/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘rta Chirchiq tumanida fuqaro hojatxonaga tushib ketgan qo‘shnisining farzandini qutqarib qoldi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqaroga tashakkurnoma va esdalik sovg‘a topshirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/21/fvv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasi yangi rahbari Saida Mirziyoyevaning mustaqil maslahatchisi etib tayinlandi. U investitsiya, so‘z erkinligi va mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahat beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/komil-allamjonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Chorvoq qirg‘og‘ida Sea Breeze Uzbekistan turistik majmuasi qurilishi haqidagi xabar jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otdi. Ijtimoiy tarmoqlarda ekologik xavflar muhokama qilinib, nega qaror ochiq muhokamasiz qabul qilingani so‘ralmoqda. Gazeta blogerlar va internet foydalanuvchilarining fikrlarini to‘pladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/save-chorvoq/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish terminalida 6 ta kapsuladan iborat mehmonxona faoliyatini boshladi. Har bir kapsula ortopedik matras, choyshablar to‘plami va USB portlar bilan jihozlangan. Narxlar 400 ming so‘mdan, 1 mln so‘mgacha.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/kapsula/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kurer tovar va yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli. Bunda u nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llashi yoki chek taqdim etishi kerak.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/kuryer/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Raqobat qo‘mitasi bukmekerlik kompaniyasining tovar belgisini ishlatgan, shuningdek, qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi sahna ko‘rinishlari aks etgan videoroliklar tayyorlagan bir qancha blogerlar javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/blogers/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Suriya poytaxtidagi yunon pravoslav cherkovida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Mamlakat rasmiylari javobgarlikni “Islom davlati”ga yukladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/syria/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlari va raketalarining Kiyevga ommaviy hujumi oqibatida besh qavatli turar joy binosining pod’ezdi vayron bo‘ldi, vayronagarchiliklar Ukraina poytaxtining yana bir qancha hududlarida qayd etildi. Kamida olti kishi halok bo‘lgan, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/kyiv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston nodir minerallar global bozoriga chiqmoqda. TMK Kanadada o‘tgan xalqaro anjumanda Kamyob yer elementlari uyushmasiga a’zo bo‘lib, mamlakatni dunyodagi yirik texnologiyali metallar zanjiriga qo‘shdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/tmk/
So‘nggi oylarda O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirganlarning (paper based) javoblari qayta tekshirilmoqda, ayrim natijalar ommaviy bekor qilindi. Bu test javoblarining internetga sizdirilayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gazeta British Council va IDP bilan bog‘lanib, vaziyatni o‘rgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/ilets/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
24-iyun kuni Iordaniyaning Aqaba shahridan Toshkentga charter reys tashkil etilmoqda. Isroildagi elchixona chegaradan o‘tishda amaldagi xorijga chiqish pasporti va boshqa zarur hujjatlar bo‘lishi lozimligini eslatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/reys/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Gazeta” Yandex Music bilan hamkorlikda “Mahallalar musiqasi” loyihasini davom ettiradi. Biz bunda mashhurlar bilan piyoda sayr qilamiz. Bu safar Bu Qala guruhi vakillari — Ehsonbek va Azizxon bilan poytaxtni aylanib, rok va uning O‘zbekistondagi holati, shaharsozlik va Samarqand oshi haqida gaplashdik.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/23/bu-qala/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Isroil mudofaa armiyasi mamlakatda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etdi. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatda bo‘lib turgan vatandoshlarni ushbu cheklovlar haqida ogohlantirdi va ehtiyotkorlikni oshirishga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/22/isroil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda ikkilamchi avtomobil bozorida mahalliy va xorijiy avtomobillar narxi pasaydi. Bozordagi elektromobillar narxi esa sezilarli ko‘tarildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/22/cars/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston energotizimining quvvati qisqa vaqt ichida 50 foizga oshib, 25 GVt ni, jumladan, 3,5 GVt “yashil” energetika quvvatlarini tashkil etdi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev. “O‘zbekistonga Xudo quyosh, shamol va suvni in’om etgan. Shuning uchun bu salohiyatdan foydalanish eng to‘g‘ri yo‘l”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/21/green-energy/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Eron hududida bo‘lib turgan qariyb 60 nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi. Turkmaniston bu jarayonlarda o‘z hududini tranzit yo‘li sifatida taqdim etgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/06/21/iran/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube