AQShning Nyu York shahrida 22 yil ichida birinchi marta qurg‘oqchilik haqida ogohlantirish e’lon qilindi, shahar hukumati aholi va korxonalarni suvni ko‘ngilli ravishda tejashga chaqirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/new-york-city/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShda Donetsk viloyatida rus qo‘shinlarining oldinga siljishini to‘xtatish va Kiyev mudofaasini mustahkamlash uchun Ukrainaga piyodalarga qarshi minalar yetkazib berishga ruxsat berildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/antipersonnel-mines/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Kun fotosi
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari bilan.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQShning Kiyevdagi elchixonasi “ehtimoliy havo hujumi” haqida ma’lumot olgach, ishini vaqtincha to‘xtatdi. Kiyevdagi Ispaniya, Italiya va Gretsiya elchixonalari ham “havo hujumlari xavfi yuqoriligi” sababli yopildi. Aytilishicha, bu Rossiyaning dron va raketa zarbalari tahdidi bilan bog‘liq.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/embassies/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident avvalgi hukumat ishiga baho berib, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida 2030-yilgacha YAIMni 160 mlrd dollarga yetkazish, inflyatsiyani 5−6 foizda ushlab turish, 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish, ijtimoiy sohada islohotlar o‘tkazish va boshqalar bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/government-5-years/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
To‘raqo‘rg‘onda 22 yoshli qiz ikkinchi bor unashtiruvni bekor qilib, turmushga chiqishni rad qildi. Bundan g‘azablangan ota so‘roq qilish davomida qizini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi. Sud otani 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/namangan-marriage/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 21-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,93 soʻmga qimmatlab, 12 855,93 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rubl esa tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avvalroq Toshkent metropolitenining 9 ta bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona qurilishi haqida xabar berilgandi. Metropoliten ushbu 9 ta bekat nomlarini ma’lum qildi. Ularning 4 tasida qurilish ishlari boshlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/hojatxona/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi. Majlisda yig‘ilganlar bu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/yil/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Shavkat Mirziyoyev dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi sharoitda O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining jangovar va ma’naviy salohiyatini oshirishga e’tibor yanada kuchaytirilishini aytdi. U xalqning tinch va erkin hayotini asrash eng muhim vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/armed-forces/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston va Tojikiston chegaralarini faqatgina ID karta orqali kesib o‘tishi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Avvalroq shunday tartib Qirg‘iziston bilan joriy etilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/id-karta/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident 2030-yilgacha iqtisodiyot hajmini 200 mlrd dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirdi va 160 mlrd dollarlik maqsad qo‘yilganda ayrimlar bunga shubha bilan qaraganini aytdi. “Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!”, — dedi u.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/gdp-2030/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets KXDRga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida jamoa faqat bir taym yaxshi o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berdi. “90 daqiqa bir xil o‘ynaydigan jamoalarni topish qiyin bo‘lsa kerak”, — dedi u. Shuningdek, murabbiy maydon sifatini tanqid qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/srecko-katanec/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Oliy Majlis Senatining saylovdan keyingi birinchi majlisida yangilangan yettita qo‘mita va bitta komissiya tuzilib, ulardan oltitasiga rais saylandi. Xotin-qizlar va gender tengligi qo‘mitasi o‘rniga Odob-axloq komissiyasi tashkil etildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/19/committees/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning 1000-kunida mamlakat uchun “matonat rejasi”ni taqdim etdi. U front, qurol-yarog‘, energetika, inson kapitali va madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan 10 banddan iborat.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/19/resilience-plan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident qonunosti hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda har doim ham qonun talablariga rioya etilmayotganidan noroziligini bildirdi. 2018-yilda barcha hujjatlar loyihalarini majburiy jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish talabi kiritilgandi, ammo 2022-yil mart oyida bu talab o‘zgartirilgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/acts/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlariga parlament quyi palatasi qo‘mitalari bilan hamkorlik qilish mas’uliyatini yuklashni taklif qildi. Shuningdek, u parlament va hukumat o‘rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilikka emas, balki konstruktiv muloqotga asoslanishi zarurligini eslatdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/parliament-government/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Deputat Akmal Saidov Qonunchilik palatasining yangi tarkibidagi birinchi majlisida Shavkat Mirziyoyevni Yangi O‘zbekiston parlamenti me’mori, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning butun faoliyati davomida parlament har doim uning diqqat markazida turadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/akmal-saidov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini kengaytirish ishlari boshlandi. Bino old fasadi oldinga suriladi, natijada terminal maydoni deyarli ikki baravarga kengayadi. Ushbu bosqichda yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/airport/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
So‘nggi o‘n yil ichida Polsha poytaxti Varshava yo‘l-transport hodisalaridan o‘limni ikki baravar qisqartirishga erishdi. U bir vaqtlar haydovchilar va piyodalar uchun eng xavfli shaharlardan biri edi. “Gazeta.uz” bunga qanday erishish mumkinligi haqidagi Bloomberg materialini qayta hikoya qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/warsaw/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Avtomobilga benzin, metan va propan quyish, elektromobillarni quvvatlash shoxobchalari haqida ma’lumot beruvchi “Avto24” ilovasi test rejimida ishga tushirildi. U orqali haydovchilar qayerda yoqilg‘i quyishni tanlashi, narxlarni solishtirishi, “zapravka”lardagi qo‘shimcha qulayliklardan xabardor bo‘lishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/gas-station/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ijtimoiy ahvoli og‘ir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxshilash dasturi amalga oshiriladi. Bunga 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/mahalla/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zmilliybank” AJ bank faoliyatining muvaffaqiyatli transformatsiyasi va diversifikatsiyasi tufayli Fitch Ratings tomonidan B+ barqarorlik reytingini oldi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/nbu/
Qonunchilik palatasida deputatlar Abdulla Aripov nomzodini O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/bosh-vazir/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident O‘zbekistonda tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 mln dollar yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Shuningdek, hukumat 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/tuguruqxona/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etdi. “U katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar”, — dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/abdulla-aripov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Namanganning Pop tumanida qo‘lbola pechkadan chiqqan is gazi oqibatida bir oilaning uch nafar a’zosi: ota, o‘g‘il va qiz farzandlar halok bo‘ldi. Ona ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida tirik qoldi. Prokuratura tekshiruv harakatlarini boshladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/19/gas/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Baxmal tumanida yuqori tezlikda harakatlangan Cobalt piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan 4 va 13 yoshli qizlarni urib yubordi, so‘ngra qochib ketdi. Oqibatda opa-singillar voqea joyida halok bo‘ldi. Haydovchi ushlanib, vaqtincha hibsxonaga joylashtirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/20/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
19-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🇺🇿 Oʻzbekiston hukumati iste’foga chiqdi.
🗣 Andijondagi Bobur haykali oʻrnida biznes markazi qurilishi reja qilinmoqda. Munosabatlar.
💼 “Xalq bizga ishondimi, mana shu ishonchni oqlaylik”. Prezident — yangi deputatlarga.
🤰🏻 Mulohaza: Oʻzbekistonda tugʻilish darajasi pasaymoqda. Lekin bu chuqur demografik muammodan dalolat emas.
🏦 Bank kreditlari tavakkalchiligiga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi.
🎓 AQShda oʻzbekistonlik talabalar soni 1200 nafardan oshdi.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/11/19/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Prezident Senatning avvalgi tarkibi xizmatini yuqori baholadi, shuningdek, yangi tarkib oldida turgan sakkizta dolzarb vazifani sanadi. Kengashlarni qonun ijodkorligi jarayoniga jalb qilish, ijro organlari faoliyati ustidan nazorat, korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament nazorati shular jumlasidandir.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/19/senat-president/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube