Estoniya adliya va raqamli texnologiyalar vaziri mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, jumladan, pul yetishmovchiligi tufayli jinoyatchilik 4 foizga ortganini ma’lum qildi. Bunda oziq-ovqat va velosiped o‘g‘irlash soni eng ko‘p o‘sgan. Mamlakat inflyatsiya bo‘yicha Yevrohududda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/estonia/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kelgusi haftada mamlakat uchun urush davridagi “matonat rejasi”ni taqdim etishini bildirdi. U o‘nta bandni, jumladan, Ukrainaning “madaniy suvereniteti”, xavfsizlik, energetika va qurol-yarog‘ va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/resilience-plan/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
SSV huzurida dorilarini ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish hamda ularni hududlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi Xaridlar markazi tashkil etilmoqda. Shifoxonalar uchun dorilar 15 oylik talabdan kelib chiqib sotib olinadi, yaroqlilik muddati yaqin qolgan dorilarni xarid qilish taqiqlanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/xaridlar-markazi/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Samarqandning Nurobod tumanida yashovchi yigit Telegram orqali diniy ekstremistik materiallarni tarqatib kelgani aniqlandi. Sud hukmi bilan unga 3 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/nurobod/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Rossiyadagi xodimlar uchun “T-Bank”ning Black kartasini rasmiylashtirishning bir nechta sabablari
Black kartasidan foydalanishning birinchi oyida O‘zbekistonga 100 ming rublgacha pul o‘tkazish mumkin va ilovada oluvchi summaning mahalliy valyutadagi aniq miqdorini ko‘ra oladi. Qiyinchilik tug‘ilsa, yordam xizmati o‘zbek tilida yordam beradi.
Ariza berish uchun havola orqali so‘rov qoldirish mumkin, kompaniya kartani Rossiya bo‘ylab bepul yetkazib beradi.
Reklama huquqlari asosida.
BMT shtab-kvartirasida O‘zbekistonning mojaroli hududlardan qaytganlarni reintegratsiyalash tajribasi ko‘rib chiqildi. “Davlatlar O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda reabilitatsiya va reintegratsiya strategiyalarini ishlab chiqishi dolzarb masala”, — dedi BMT Aksilterror qo‘mitasi rahbari Vladimir Voronkov.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/reintegration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Milliarder Ilon Mask saylangan prezident Donald Trampga deyarli doim yaqin bo‘lib, qarorlariga ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. Bu siyosatchi atrofidagilarni g‘azablantira boshlagan, ularga ko‘ra, Mask “o‘zini hamprezidentdek tutyapti”, Trampni “o‘zidan qarzdor his qildirish"ga harakat qilyapti, deb yozdi NBC.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/elon-musk/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston futbolchilari JCh-2026 saralashi bahsida Qatarga imkoniyatni boy berdi. Jamoa ikkinchi bo‘limda Abbosbek Fayzullayevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandi, biroq qatarliklar o‘yinning so‘nggi soniyalarida g‘alaba to‘pini kiritdi (video).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/football/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda ipoteka subsidiyalarini olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni 14 ish kunidan 5 ish kunigacha qisqartiriladi. Foiz to‘lovlarining kompensatsiyalangan qismi oshadi, subsidiya berishning ijtimoiy mezonlari ham o‘zgaradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/subsidy-ipoteka/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zbekkosmos” agentligi CanSat mini sun’iy yo‘ldosh sinov parvozlarini tashkil etdi, unda 100 dan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etdi. Modullar dron yordamida 500 metrgacha balandlikka ko‘tarildi, u yerda balandlik, harorat va bosim haqidagi ma’lumotlar qayd qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/cansat/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari sport bilan shug‘ullanishni istagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarida bepul sport bilan shug‘ullanish uchun yo‘llanma berishni boshlaydi. Shuningdek, adaptiv sport turlari ommalashtiriladi va rivojlantiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/adaptiv/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Yunusobod tumanida qiymati 199 mln so‘mlik 10 ming quti antibiotikni noqonuniy sotishga urinishning oldi olindi. Gumonlanuvchilar xorijda ishlab chiqarilgan dorilarni sifatini tasdiqlovchi hujjatlarsiz sotishga uringan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/drugs/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
AQSh Madaniy merosni asrab-avaylash jamg‘armasi Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda Samarqanddagi Sherdor madrasasida konservatsiya va restavratsiya ishlarini amalga oshiradi. 500 ming dollarlik loyihaga mahalliy hunarmandlar va xorijlik mutaxassislar taklif etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/sherdor/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida “Ipak yo‘li” temiryo‘l sayohati turi yo‘lga qo‘yiladi. “Olmaota — Turkiston — Toshkent — Olmaota” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 2024-yil 16-noyabr kuni yo‘lga chiqadi. 4 kunlik tur sayyohlarga Buyuk Ipak yo‘li izlari bo‘ylab sayohat qilish imkonini beradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/great-silk-road/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda o‘ynaydi. Terma jamoa yordamchi murabbiyi yutqazmaslikni yaxshi natija deb hisoblash mumkinligini aytdi. Qatar bosh murabbiyi esa o‘z futbolchilaridan “200 foiz kuch berib, O‘zbekistonga o‘z uslubini o‘tkazishni” so‘radi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/qatar-uzb/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda 16−17-noyabr, dam olish kunlari havo asta-sekin ilib, harorat +14…+17 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, lekin kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/hydromet/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Shu vaqtgacha Yangiyo‘l shahar hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/dilshod-sultonov/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/screening/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan elektron shaklda sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/insurance/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
2025-yildan boshlab O‘zbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro ro‘yxatiga kirmaydigan ishlab chiqaruvchilardan quyosh panellari, invertorlar va akkumulyatorlarni olib kirishga taqiq joriy etiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/solar-panels/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Dunyoning eng rivojlangan mamlakatlariga qonuniy migratsiya 2023-yilda rekord darajaga yetdi. Migrantlar oqimi ularga inflyatsiya inqirozidan chiqishga yordam bermoqda, ammo saylovchilarning noroziligini ham keltirib chiqarmoqda, bu esa saylov natijalariga ta’sir qilmoqda, deb yozdi Financial Times.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/migration/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
School 21 kampusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB jamoasi uchun “SI-kasb transformatsiyasi: raqamli yordamchi bilan yangi marralar sari” mavzusida ta’lim intensivi bo‘lib o‘tdi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/15/school-21/
14-noyabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🚗 Oktabrda yengil avtomobillar savdosi oʻtgan oyga nisbatan 6 foizga kamaydi.
🕌 Samarqanddagi Sherdor madrasasining fasadi AQSh koʻmagida qayta tiklanadi.
🚃 Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida birinchi temiryoʻl sayohat dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
♻️ Germaniya Oʻzbekistonga “yashil” sanoatlashtirish uchun yana 3 mln yevro grant ajratadi.
“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:
❗️ Reportaj: Boysunliklar M-25 konidagi avariyadan ikki oy oʻtib qanday yashayapti?
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/dayjest/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xorazmdagi “Urganch — Xonqa — Hazorasp — Toshsoqa — Amudaryo — A380” avtoyo‘li rekonstruksiyasi uchun 294 mln dollar mablag‘ sarflanadi. Loyihani moliyalashtirish uchun YeTTBning 238 mln dollar miqdoridagi krediti jalb etildi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab 30 ming tup daraxt ekish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/khorazm-road/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Qarshi aeroportida bojxonachilar 116 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaroni qo‘lga oldi. Qimmatbaho buyumlar Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/valuable-coins/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
“O‘zmilliybank” AJning NBU Invest Group kompaniyasi va Turkiyaning Pala Golden Jewellery kompaniyasi o‘rtasida Buxoro shahrida zamonaviy zargarlik markazini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/nbu/
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 15-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,90 soʻmga arzonlab, 12 800,13 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
O‘zbekiston Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)dan “yashil” sanoatlashtirishda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida yana 3 mln yevro miqdorida grant oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/giz/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube
Xalqaro ot sporti federatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi 10-14 noyabr kunlari Abu-Dabida o‘tkazilmoqda
Assambleya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
— otlar farovonligi va xavfsizligini yaxshilash;
— sportchilarni qo‘llab-quvvatlash;
— hududiy rahbarlarni saylash;
— otlar uchun raqamli pasportlar yaratish;
— 2025-yil uchun xizmatlar narxini va ro‘yxatdan o‘tish badallarini qayta ko‘rib chiqish;
— musobaqa qoidalarini yangilash.
Assambleyada O‘zbekiston otchilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘oziev ishtirok etdi va boshqa milliy federatsiya yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Instagram.
Reklama huquqlari asosida.
Samarqandda avtobus haydovchisi maktab yaqinida yoʻldan oʻtayotgan 3-cinf oʻquvchisini urib yubordi. Bola voqea joyida halok boʻldi. Suratda yoʻlni ajratib turuvchi chiziqda maktab oʻquvchisining maketi oʻrnatilganini koʻrish mumkin. “Gazeta.uz” bunday maketlar xavfni kamaytirishi oʻrniga oshirishi haqida koʻp yozgan.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/11/14/yth/
Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube